Aniqlik tо‘g‘risida tushuncha. Ishlov berish aniqligiga ta’sir etuvchi asosiy omillar


Download 64.49 Kb.
bet5/8
Sana06.04.2023
Hajmi64.49 Kb.
#1329880
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Mexannik ishlov berish uchun qushimlar (pripusklarini) aniqlash usullari

Aylanish о‘qiga ega bо‘lgan yuzalarga ishlov berishda bazalash va mahkamlash xatoliklari vektorlari turli burchak ostida о‘zaro joylashgan deb qaralsa:
. (3.5)
Agarda о‘rnatish bazasi bilan о‘lchov bazasi birga bо‘lsa Yeb= 0 bо‘ladi.
3.1-rasmda kо‘rsatilgan holat uchun L о‘lchamli ta’minlashda YebL=0 chunki A-A yuza ham bazalash ham о‘lchov bazasidir. K о‘lchamni ta’minlashda esa о‘lchov bazasi V-V bо‘lgani uchun Yeb =.
Detallarni bazaviy teshiklari bо‘yicha silindrik yuzalarga о‘rnatishda (barmoqlarga) о‘lchov bazasi ta’minlanayotgan о‘lcham yо‘nalishida siljishini inobatga olish kerak (3.1-rasm). Kengayuvchi barmoqqa о‘rnatilganda (oraliq yо‘q holda) l-о‘lchamga nisbatan xatolik xomashyo diametri D ning qо‘yimi maydoning yarimiga teng bо‘ladi. Yeb=2. Bikr barmoqqa о‘rnatilganda esa Yeb hosil bо‘lgan oraliq qiymatiga katta bо‘ladi:
Yeb= or (3.6)
Texnologik ishlov beruvchi tizimga (TIBT) ta’sir etuvchi kuch ostida dastgoh detallari ishlov berilayotgan detal va kesuvchi asbobning deformatsiyasi TIBT ning bikrligi. Metall kesish dastgohlarida detallarga ishlov jarayonida hosil bо‘lgan kesish, moslamani siqish kuchlari va boshqa kuchlar dastgoh detallariga ishlov berilayotgan detalga, kesuvchi asbobga ta’sir kо‘rsatadi. Natijada ularning deforamatsiyalanishi, kesuvchi qirrani holatini о‘zgarishi, detal о‘lchamlarini о‘zgarishi kabilar kuzatilib tо‘g‘ri geometrik shaklda og‘ish hollari vujudga keladi (konussimonlik, ovallik).

3.1-rasm. Detallarni tekis va silindrik yuzalari bо‘yicha о‘rnatish
Ishlov berish jarayonida hosil bо‘lgan deformatsiyalar ta’sirida sodir bо‘luvchi tо‘g‘ri shakldan og‘ish hollari 3.2-rasmda keltirilgan.

3.2-rasm. TIBT ning deformatsiyasi natijasida tо‘g‘ri geometrik shakldan og‘ishi hollari.
Yuqoridagilardan kо‘rinib turibdiki TIBT ning bikrligi detallarni tayyorlash aniqligiga katta ta’sir kо‘rsatadi.
TIBT ning bikrligi deganda elastik ishlov berish tizimining kuch ta’sirida deformatsiyasiga qarshilik kо‘rsatish qobiliyati tushuniladi.
JT= Ru/u, kg/mm, (3.7)
bu yerda: JT- tizimning bikrligi; Ru- kesish kuchining radial tashkil etuvchisi; u- kesuvchi qirraning siljishi (deformatsiyasi).
Bikrlikka teskari tushuncha moslanuvchanlik deb yuritiladi yoki:
mm/kg mkm/kg. (3.8)

Download 64.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling