Aniqlik tо‘g‘risida tushuncha. Ishlov berish aniqligiga ta’sir etuvchi asosiy omillar


Detallarni ishlov berish uchun mahkamlash kuchlari ta’sirida deformatsiyalanishi


Download 64.49 Kb.
bet6/8
Sana06.04.2023
Hajmi64.49 Kb.
#1329880
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Mexannik ishlov berish uchun qushimlar (pripusklarini) aniqlash usullari

Detallarni ishlov berish uchun mahkamlash kuchlari ta’sirida deformatsiyalanishi. Detallarning aniqligi ularni ishlov berish uchun mahkamlashda hosil bо‘lgan kuchlar sezilarli ta’sir kо‘rsatadi. Mahkamlash vaqtida kuch ta’sirida yupqa devorli detallarni uch mushtchali patronlarda о‘rnatishda (3.3-rasm) yaqqol kо‘zga tashlanadi.


3.3-rasm. Halqa (vtulka)ning uch mushtchali patronda mahkamlash natijasida hosil bо‘lgan xatoliklar:
a) mahkamlangan holat; b) mahkamlanmagan holatda ishlov berilgandan sо‘ng holat; v) Detalning patrondan olgandan keyingi holat.
Issiqlik deformatsiyalari va ichki kuchlanishlar. Yakunlovchi ishlov berish amallarida issiqlik ta’sirida hosil bо‘luvchi ishlov berilayotgan Detalning va dastgoh detallarining deformatsiyasi alohida ahamiyatga ega. Bu turdagi deforamsiyalar IT 5 va IT 6 kvalitet aniqlikda ishlov berishda alohida ahamiyat kasb etadi. Issiqlik ta’sirida detal о‘lchami kattalashib sovugandan sо‘ng kichrayib qolishi mumkin. Xuddi shunday dastgoh detallari ham issiqlik ta’siridan о‘z о‘lchamlarini о‘zgartiradi va texnologik sozlash vaqtida xatoliklarni yuzaga keltiradi.
Ishlov berilgan sо‘ng detal yuzasi sifatini о‘lchash aniqligiga ta’siri. Ishlov berilgan sо‘ng Detalning yuza tozaligi о‘lchov aniqligiga quyidagicha ta’sir kо‘rsatadi. Agar yuza yuqori g‘adir-budirlikka ega bо‘lsa о‘lchash notekislikni chо‘qqilari bо‘yicha bajariladi. Ish jarayonida bu chо‘qqilar tezda ezilib Detalning haqiqiy nominal kо‘rsatkichi nazorat qilinmagan bо‘ladi.
Ishlov berish xatoliklarining yig‘indisi. Yuqorida kо‘rib о‘tilgan xatoliklar shuni kо‘rsatadiki, ulardan biri ikkinchisini qoplashi mumkin, chunki biri aniqlikni oshirsa ikkinchisi kamaytiradi yoki biri kuchliroq ta’sir kо‘rsatsa ikkinchisi sezilarsiz ta’sir etadi. Bundan tashqari, bu xatoliklarni vektorlari о‘zaro qandaydir burchak ostida bо‘lishi mumkin.
Shuning uchun bu xatoliklarning yig‘indisini aniq о‘lchashlar yordamida aniqlash mumkin. Qator mulliflar tomonidan taklif etilgan tenglamalar turli kо‘rinishga ega bо‘lib, yuqoridagilar sababli keng tarqalmagan. Biz bu xatoliklarni harflar bilan belgilab ularni algebraik yig‘indisi bilan cheklanamiz.
(3.9)
bu yerda: D- dastgoh xatoligi; k- kesuvchi asbob xatoligi; ix- texnologik sozlash xatoligi; u- о‘rnatish xatoligi; iDL- ldastgoh detallari va ishlov berilayotgan detallar deformatsiyasii natijasida hosil bо‘lgan xatolik; rDK- mahkamlash kuchi ta’siridagi xatolik; ID- issiqlik deformatsiyasi tufayli hosil bо‘lgan xatolik; 0- о‘lchash xatoligi; b- ish bajaruvchining xatoligi; xqol- qoldiq о‘qlanishlar ta’siridadagi xatolik.

Download 64.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling