Anjuman: Resurstejamkor qishloq va suv xo‘jalik mashinalarini yaratish va ulardan foydalanish samaradorligini oshirish


Qomilova Tursinoy Dilmurodjon qizi


Download 7.34 Mb.
Pdf ko'rish
bet255/309
Sana17.11.2023
Hajmi7.34 Mb.
#1783301
1   ...   251   252   253   254   255   256   257   258   ...   309
Bog'liq
Tabiiy resurslarni boshqarish instituti Respublika konferensiyasi

Qomilova Tursinoy Dilmurodjon qizi 
 Farg‘ona davlat universiteti, geografiya 
kafedrasi mustaqil tadqiqotchisi. 
Akbarov Jahongirmirzo Ahmadjon o‘g‘li 
 Farg‘ona davlat universiteti, 
geografiya kafedrasi magistri 
 
Annotatsiya. Ushbu maqolada yosh avlodni milliy g‘urur va vatanparvarlik 
ruhida tarbiyalashda o‘lkashunoslik to‘garaklarining ahamiyati ko‘rib chiqilgan 
bo‘lib, maktablarda sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish imkoniyatlari asoslab 
berilgan. 
Kalit so‘zlar: o‘lkashunoslik, muqaddas еrlar, muhofaza etiladigan tabiiy 
hududlar, barqaror rivojlanish, rekreatsiya, turizm, biololgik va landshaft xilma-
xilligi. 
Bugungi globallashuv va keskin raqobat davrida, dunyoning turli 
burchaklarida, jumladan, mintaqamizda yuz berayotgan qurolli mojarolar va 
qarama-qarshiliklar, yangi tahdid va xatarlar oldimizga kechiktirib bo‘lmaydigan 
dolzarb vazifalarni qo‘ymoqda. Aynan shunday sharoitda mamlakatimiz yoshlarini 
vatanparvarlik, yuksak ma’naviy-axloqiy qadriyatlar ruhida tarbiyalash, ularning 
ongiga ona tabiatni asrab-avaylash zarurligini chuqur singdirish talab etilmoqda. 
O‘zbekiston Respublikasida maktablarni isloh qilish ishlari avj oldirilgan hozirgi 
kunda yoshlarga milliy g‘urur, iftihor va vatanparvarlik g‘oyalarini singdirishda olib 
borilayotgan talim-tarbiyaviy ishlarning saviyasini oshirishga, kadrlar tayyorlash 
sifatini yaxshilashning keng dasturi belgilab berilgan. Yosh avlodni har tomonlama 
kamol toptirish bo‘yicha Respublikamiz tomonidan maktablar zimmasiga 


Anjuman: Resurstejamkor qishloq va suv xo‘jalik mashinalarini yaratish va ulardan 
foydalanish samaradorligini oshirish
 
 
263 
yuklangan vazifalarni muvaffaqiyatli bajarish, eng avvalo, talim-tarbiyaning 
samarali usullaridan keng foydalanishga bog‘liqdir.
Yoshlarda vatanimizga bo‘lgan mehr-muhabbat, g‘urur va iftihor hislarini 
shakllantirish dars jarayonida hamda sinfdan tashqari ishlarda amalga oshirish 
mumkin. Bu ishlar bir-birini to‘ldiradi va ular bir vaqtning o‘zida olib boriladi. Dars 
jarayonida mavzuni o‘rganishda turli ko‘rgazmalar, texnika vositalari, rasmlar, 
magnitli doska, perfokartalar, o‘yinlar, taqqoslash yordamida bilim va tarbiyani 
uzviyligini taminlashga harakat qilinadi.
Geografiya fani singari ona tili va adabiyot fanlarini maktablarda o‘qitishda 
o‘lkashunoslik tamoyiliga keng o‘rin beriladi. Mavzuning mazmuni bilan bog‘liq 
bo‘lgan o‘lkashunoslik ma’lumotlaridan doimo foydalanib borilsa, o‘quvchilar 
o‘zlari ko‘rmagan ob’ektlarni tushunishlari oson bo‘ladi. Masalan, o‘lkaning 
tabiatini shoirlar va yozuvchilar tomonidan tasvirlanishi, badiiy asarlarda tabiat va 
jamiyat o‘rtasidagi munosabatlarni yoritilishi kabilarni taxlil qilish o‘quvchilarda 
o‘zlari yashayotgan hududga, vatanga bo‘lgan muhabbatini shakllantirishda katta 
ahamiyatga egadir. Shuning uchun, “Vatanparvarlik o‘z o‘lkasini o‘rganishdan 
boshlanadi.”–deb bejiz aytilmagan.
“Sahovatning eng buyuk jasurliklari vatanga bo‘lgan muhabbat tufayli yuzaga 
keladi.” – deb yozgan edi J.J.Russo. Har bir o‘quvchi o‘zi yashayotgan joyining 
tarixi, tabiati, joy nomlarining ma’nosi, aholisi urf-odatlari, allomalari, ishlab 
chiqarish korxonalarini bilishi hamda ulardan g‘ururlanishi kerak. Chunki milliy 
g‘urur o‘zi yashayotgan qishloq yoki shaharga mehr-muhabbat tuyg‘ularini 
ezozlashda, o‘z yurtining tarixi, bugungi kuni va kelajagi bilan fahrlana olishda o‘z 
aksini topadi.
Sheriyat insonlarning ichki dunyosiga, ruxiyatiga kuchli ta’sir ko‘rsatishi 
mumkin. Masalan, sho‘rolar davridagi badiy asarlarda jamiyat va tabiat o‘rtasidagi 
munosabatlarni taxlil qilsak, bu davrda inson tabiat ustidan xukumronlik qilishi va 
uni o‘ziga bo‘y sundirishi eng ma’qbul yo‘llardan biri sifatida e’tirof etilgan. O‘sha 
davrda daryolarni jilolab suv omborlar barpo etgan, qo‘riq еrlarni, “muqaddas еrlar” 
yoki “muqaddas qadamjoylar”ni o‘zlashtirgan shaxslar o‘sha davrning qaxromoni 
sifatida e’tirof etilgan. Bugungi kunda sho‘ro tuzimi davrida iqtisodiyotni bir 
tomonlama, ya’ni xom ashyoga va paxta еtishtirishning yakka hokimligiga 
yo‘naltirilganligi O‘zbekistonning tabiatiga va aholi genofondiga o‘ta halokatli 
ta’sir ko‘rsatganligi xech kimga sir emas.
Dunyoni qoyil qoldirishda allomalarimiz Al Beruniy, Al Xorazmiy, Ahmad al 
Farg‘oniy, Ibn Sino va boshqalarning faoliyati va ijodi milliy g‘ururimizni jo‘sh 
urdiradi. Masalan, Ahmad al Farg‘oniy (Alfraganus) yozgan “Astronomiya” asari 



Download 7.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   251   252   253   254   255   256   257   258   ...   309




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling