Qo‘shimcha hodisalar: ko‘ngil aynishi, qayt qilish, bosh og‘rig‘i, qisqa muddatli
leykopeniya, gavda
yuqori qismining qizarishi, shish, yoshi qaytgan odamlarda arterial
bosimning kcskin pasayishi kuzatiladi.
Ichishga 0,25-0,5
g dan tayinlanib, dozasi sutkasiga 0,75-1 g gacha oshiriladi.
Ishlatib bo‘lmaydigan hollar: o‘tkir gepatit, sirroz, homiladorlik feoxromotsitoma.
Klofelin
(Clophelinum). Sin.: Geminton. В ro‘yxatida. Tabletkalarda 0,075 va
0,15 mg dan va 0.01% li eritma (0,1 mg) ko‘rinishida ampulalarda 1 ml dan chiqariladi.
Gipotenziv, sedativ ta’sir ko‘rsatadi, uyquni yaxshilaydi. Uni qo‘llanilganda tashqi
ta’sirlovchilarga nisbatan birmuncha tinch rcaksiya kuzatiladi. Gipotenziv ta’sir
mexanizmi cho‘zinchoq miya tomir harakatlantiruvchi markazini pasaytirishdan iborat.
Klofelin yaxshi so‘riladi va 3-5 soat o‘tgach qonda yuqori konsentratsiyaga yetadi. Ta’sir
12- 16 soatgacha davom qiladi. Davolash davomliligi 2 oydan 1 yilgacha.
Preparat
yuborilishi bilan arterial bosimning oshishi, keyin uning
tez va barqaror pasayishi
kuzatiladi. Klofelin ko‘z ichi bosimini pasaytiradi.
Gipertoniya kasalligi, gipertonik krizlar; glaukomani (0,25% li eritmada) davolash
uchun qo‘llaniladi. Ichishga 0,075-0,15 mg dan kuniga 2-4 marta, teri ostiga va venaga
0,5-1 ml dan 0,01% li eritmasini tayinlanadi. Uni venaga yuborish uchun 10 ml 0,9 % li
natriy xlorid eritmasida (asta-sekin yuboriladi) eritiladi.
Qo‘shimcha hodisalar: holsizlik, uyquchanlik, lohaslik, ortostatik kollaps.
Do'stlaringiz bilan baham: