Suv-tuz almashinuviga ta’sir qiladigan vositalar.
Siydik haydovchilar (salureliklar: dixlotiazid; furosemid va boshq.). Odatda,
gipertoniya kasalligining hamma shakllarida tayinlanadi. Ular ta’sir ostida aylanib
yuradigan qon hajmi natriy ionlari va suvning chiqarilishi hisobiga kamayadi, tomir
devorlarining periferik qarshiligi pasayadi, tomir dcvoridagi natriy miqdori kamayadi,
tomirlarni toraytiradigan impulslarga sezuvchanligi pasayadi, shuningdek yurak ishi
sustashadi (ya’ni yurak bo‘shliqlaridan qon chiqarib tashlanishi kamayadi). Saluretiklar
boshqa gipotenziv vositalar ta’sirini kuchaytiradi, toksinligi kam.
Boshqa gipotenziv vositalar bilan birgalikda qo‘llaniladi. Gipotenziv vositalarni
kombinatsiya qilib qo‘llanish bemorJarning ahvolini yaxshilaydi va gipertoniya
kasalligining og‘ir asoratlari rivojlanishining oldini oladi.
Retseptlarga misоllar.
Rp.: Reserpini 0,00025
D.t.d. N. 20 in tab
S. 1 tabletkadan kuniga 2 marta.
Rp : Oetadini 0,025
D.t.d. N. 50 in tab.
S. 1 tabletkadan kuniga 1 marta.
Rp.: Clophelini 0,000075
D.t.d. N. 50 in tab.
S. I tabletkadan kuniga 2-4 marta.
Rp.: Sol. Papaverini hydrochloridi 2 % -2 ml
D.t.d. N. 10 in ampuil.
S. 2 ml dan mushaklar orasiga
Toj tomirlar yetishmovchiligida qo‘llaniladigan vositalarga ishemiya kasalligiga
davo qilishda foydalaniiadigan dori moddalari kiradi. Yurakning ishemik kasalligi
(ishemiya - qonsizlanish) toj tomirlar spazmi natijasida rivojlanadi, bunga emotsional
tanglik, ateroskleroz, tromboz, emboliya sabab bo‘ladi. Uning o‘tkir shakllari -
stenokardiya va miokard infarkti - miokardning qon bilan yetarlicha ta’minlanmasligi va
yurak mushagiga kislorod yetkazib berilishining pasayishi natijasida rivojlanadi.
Stenokardiyaga davo qilish asosida kollateral qon aylanishini ‘ yaxshilaydigan, toj
tomirlarni kengaytiradigan vositalarni va yurakning I kislorodga chtiyojini
kamaytiradigan vositalarni qo‘llash tashkil etadi. I Bu gruppaning dori vositalari quyidagi
maqsadlarda qo‘llaniladi: 1) stenokariya xurujlarini to‘xtatish uchun (nitroglitserin,
validol) va 2) bu xurujlarning oldini olish uchun (sustak, papaverin, no-shpa, ierinit,
karbokromen, anaprilin va b.).
Do'stlaringiz bilan baham: |