Annotatsiya ushbu ma’ruza matnda, mavzular haqida tushuncha, ularning tasnifi, dori preparatlarining yangi avlodlari, tibbiyot amaliyotida eng ko’p qo’llaniladigan xillari haqida axborot berilgan


Miotrop ta’sir qiladigan preparatlar


Download 0.79 Mb.
bet165/230
Sana08.11.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1756344
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   230
Bog'liq
Annotatsiya ushbu ma’ruza matnda, mavzular haqida tushuncha, ula-www.hozir.org

Miotrop ta’sir qiladigan preparatlar.
Miotrop ta’sir ko‘rsatadigan preparatlar qon tomirlarni kengaytirish xossasiga ega
bo‘lib, bevosita ularning silliq muskulaturasiga ta’sir qiladi.
Papaverin gidroxlorid 
(Papaverini hydrochloridum). В ro‘yxatida. Ko‘knordan,
shuningdek sintetik olinadigan alkaloid.
Tabletkalarda 0,02 va 0,04 g dan, 2% li eritma ko‘rinishida 2 ml dan,
suppozitoriylarda 0,02 g dan chiqariladi.
Gipertoniya kasalligiga davo qilish uchun qo‘llaniladi, chunki qon tomirlar silliq
muskulaturasi tonusini pasaytiradi, arterial bosimni pasaytiradi. Ichki organlar silliq
muskulaturasiga yaxshi ifodalangan spazmolitik ta’sir ko‘rsatadi, shuningdek spastik
holatlarda - sanchiq, bronxial astmada, ;omir kengaytiruvchi sifatida - stenokardiya, bosh
miya tomirlari va periferik tomirlar spazmida qo‘llaniladi. Odatda boshqa spazmolitik va
gipotenziv vositalar bilan birga ichishga va rcktal 0,02- 0,05 g dan kuniga 2-5 marta, 1-2
ml dan 1-2 % li eritmasi teri ostiga va venaga tayinlanadi.
Magniy sulfat 
(Magnesii suifas). Miotrop gipotenziv vositalar qatoriga kiradi.
Mushak orasiga va venaga 5-10-20 ml dan 20 % yoki 25 % li eritmasi gipertonik
krizlarda, nefropatiyada (homiladorlik toksikozi) qo‘llaniladi.
Magniy sulfatni venaga quyishni ehtiyotlik bilan o‘tkazish lozim, chunki lining
narkotik ta’siri ro‘yobga chiqib, nafas faoliyatini susaytirishi inumkin.
Magniy suIfatning antagonist bo‘lib nafas faoliyati sustlashganda ishlatiladigan
kalsiy xlorid va kalsiy glyukonat hisoblanadi.
Kukunda, 2% va 25% li eritmalar ko‘rinishida ampulalarda 5, 10 va 20 ml dan
chiqariladi.
Dibazol (Dibazolum). Miotrop ta’sirga ega gipotenziv vosita. Arterial bosimni
yurakdan qon otilib chiqishining pasayishi va periferik qon tomirlarning kengayishi
hisobiga pasaytiradi.
Ichishga boshqa gipotenziv vositalar bilan birga 0,02 g dan, venaga 1-2-5 ml dan
0,5-1% li eritmasi gipertoniya krizlarida tayinlanadi.
Kristepin 
(Cristepin). Sinonimi: brinerdin.


Farmakologik ta’siri. Tarkibida ta’sir mexanizmi turlicha bo‘lgan uch xil modda


borligidan kristcpin arterial bosimga sinergetik ta’sir o‘tkazadi.
Ishlatiladigan o‘rni. Gipertenziyaning hamma xillarida: essensial, buyrakka
aloqador, kardiovaskulvar, endokrin, neyrogen gipertenziyada qo‘llaniladi.
Ishlatish usuli va dozalari. Kuniga 1 drajedan ichiladi. Og‘ir hollarda kuniga 2-3
drajedan ichishga buyuriladi, shu bilan arterial bosimning tez pasayishiga erishiladi.
Gipertoniya kasalligi bilan ogrigan bemorlarni uzoq muddat davolab borishda kuniga 1
drajedan ichib turiladi, ba’zida 2 kunda 1 draje ichish kifoya bo‘ladi.
Nojo‘ya ta’siri. Horg‘inlik hissi, bosh aylanishi, og‘iz qurishi, bosh og‘rishi.
Chiqariladigan shakli. Draje, o‘rovida 30 dona.
Yaroqlilik muddati 3 yil.
Chexoslovakiyadan olinadi.


Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling