Annotatsiya ushbu ma’ruza matnda, mavzular haqida tushuncha, ularning tasnifi, dori preparatlarining yangi avlodlari, tibbiyot amaliyotida eng ko’p qo’llaniladigan xillari haqida axborot berilgan


Download 0.79 Mb.
bet163/230
Sana08.11.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1756344
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   230
Bog'liq
Annotatsiya ushbu ma’ruza matnda, mavzular haqida tushuncha, ula-www.hozir.org

GIPOTENZIV VOSITALAR
Arterial bosimni pasaytiradigan dori moddalaridir. Gipertoniya kasalligiga davo
qilishda qo‘llaniladi. Qon tomirlar mushaklarining tonusi nerv mexanizmlari, shuningdck
tomir dcvori metabolizmi bilan quvvatlab turiladi. Nerv regulyatsiyasi va tomir devori
yuqoriga


metabolizmining buzilishi (miogen tonusni idora qiladigan) arterial bosimning oshishini


keltirib chiqaradi. Gipertoniya kasalligi rivojlanishida buyraklarda renin hosil bo‘lishi
katta ahamiyat kasb etadi, renin jigarda buyrak usti bezlarida aldosteron hosil bo‘lishini
rag‘batlantiradigan angiotenzinga o‘tadi.

Angiotenzin va aldosteron hosil bo‘lishining oshishi organizmda va tomir


devorida natriyning tutilib qolishiga olib keladi. Tomirlarning devorlari qalinlashadi,
ularning bo‘shlig‘i torayadi, ular tomirlarni toraytiruvchi impulslarga nisbatan birmuncha
sezuvchan bo‘lib qoladi. Bu arterial bosimning barqaror oshib lurishiga olib keladi.
Sog‘lom odamda qon bosimi muvozanati organiz.mda qarshi ta’sir ko‘rsatuvchi
depressor sistema borligi tufayli qaror topadi. Qon bosimining oshishi faqat qon tomirlar
tonusiga emas, balki yurakdan otiladigan qon va aylanib yurgan qon hajmiga bog‘liq,
ya’ni arterial bosimni idora qilishda ko‘p organlar: buyraklar, bosh miya po‘stlog‘ida
yagona zanjir bo‘lib birikadigan va po‘stloq tomonidan nazorat qilinadigan ichki
sekrctsiya bezlari qatnashadi. Turli shikastlar, ruhiy zo‘riqish, nevrozlar bu zanjirning
buzilishiga olib keladi, bu esa arterial bosimning ko‘tarilishi bilan o‘tadi.
Uning keskin oshishi (gipertonik kriz) sog‘likning yomonlashuvi bilan o‘tadi
va bemor hayotiga tahdid soladi. Gipcrtoniya kasalligi bilan kasallangan bemorlarga davo
qilish qon tomirlar tonusini pasaytirishga, aylanib yuradigan qon hajmini va yurakdan
oliladigan qonni kamaytirishga qaratilgan. Bunday bemorlarga mehnat va dam olish
rejimiga rioya qilish, ovqatda osh tuzi qabul qilishni ehegaralash va emotsional
zo‘riqishlardan xoli bo‘lish tavsiya etiladi.
Gipertoniya kasalligining serebral, kardial va buyrak shakllariga davo qilishda
qo‘llaniladigan dori moddalarni bir necha gruppaga bo‘linadi : neyrotrop vositalar,
miotrop ta’sir qiladigan preparatlar va tuz-suv almashinuviga ta’sir ko‘rsatadigan
moddalar.

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling