TRANKVILIZATORLAR
Trankvilizatorlar markaziy nerv sistemasiga, ruhiyatga o`ziga xos tinchlantiruvchi
ta`sir ko`rsatadi, ko`rquv, hayajon, bezovtalik, ruhan ezilish, g`am-tashvish tuyg`ularini
kamaytiradi, bu anksiolitik ta`sir deyiladi. Trankvilizatorlar ataraktik— ruhiyatni
tinchlantiradigan, xotirjamlik keltiradigan moddalar deb ataladi. Bu moddalarning
psixozga qarshi ta`siri juda kam.
Trankvilizatorlar markaziy nerv sistemasining qo`zg`alish hamda harakatlantiruvchi
faoliyatini kamaytiradi. Anksiolitik, sedativ ta`sir tufayli bu moddalar uyquga ketishni
osonlashtiradi, odam uzoq tinch uxlaydy. Shuning uchun bu moddalar bolalar va
kattalarda uyqu dori sifatida psixonevroz holatlarida, yurak, me`da-ichak nevrozida
hamda xirurgiyada premedikatsiya uchun qo`llanadi.
Talvasaga qarshi hamda narkotik moddalar ta`sirini oshiradi. Trankvilizatorlar skelst
mushaklarini, ayniqsa ular tonusi oshganda bo`shashtiradi, bolalardagi ko`kyo`talda
talvasali yo`tal xurujida, astmada naf kiladi, Talvasaga qarshi modda sifatida epileptik
statusda, talvasa paydo qiladigan moddalar bilan zaharlanganda, ensefalit, meningit,
yuqumli kasalliklar asosida kelib chiqqan, nsyrotoksikoz, hamda harorat oshib ketganda
— gipertermiyada yuz beradigan talvasalarda qo`llanadi. Ta`sir muddati bo`yicha
benzdiazepinlarni quyidagicha qatorlash mumkin:
fenazepam, xlordiazepoksid,
seduksen, tazepam.
Xlordiazepoksid
(elenium) birinchi benzdiazepin modda bo`lib, nevroz holatlarida,
qo`rquv, hayajonlanishda tavsiya etiladi, psixiatriyada, tutqanoqda hamda alkogolizmda,
narkomaniyada abstinensiya sindromini davolash uchun qo`llanadi. Xlordiazepoksid
og`riq koldiruvchi xususiyatga ham ega.
Seduksen
(sibazon)
anksiolitikligi,
mushaklarni
bo`shashtirishi
jihatidan
xlordiazepoksiddan ustunroq. Benzdiazepinlar ichida yog`da yaxshi erishi tufayli miya
to`qimalarida ko`proq miqdorda aniqlanadi. Bu moddaga psixik tobelik paydo bo`lishi
mumkin, davolash 2 oydan oshmasligi, takroriy davolashni 3 xaftadan keyin boshlash
kerak. Psixomotor qo`zg`alishlarda, kuchli ko`rquvda mushaklar orasiga, epileptogen
statusda venalarga yuboriladi.
Fenazepam
(nozepam) yuqori darajada anksiolitik ta`sir qiladi. Anksioligik va
talvasaga qarshi — relaksant ta`siri bo`yicha boshqa benzdiazepik moddalardan eng
kuchlisi hisoblanadi. Kuchli trankvilizator bo`lgani uchun bu modda qo`llanganda
nojo`ya ta`sirlar ham ko`proq uchraydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |