Annotatsiya ushbu ma’ruza matnda, mavzular haqida tushuncha, ularning tasnifi, dori preparatlarining yangi avlodlari, tibbiyot amaliyotida eng ko’p qo’llaniladigan xillari haqida axborot berilgan


Download 0.79 Mb.
bet134/230
Sana08.11.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1756344
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   230
Bog'liq
Annotatsiya ushbu ma’ruza matnda, mavzular haqida tushuncha, ula-www.hozir.org

Triftazinning nojo`ya ta`sirlari
; ekstrapiramid o`zgarishlar aminazinga, nisbatan
ko`proq uchraydi, agranulotsitoz, gepatotoksik ta`siri aminazinga nisbatan kamroq.
Etaperazin
psixozga qarshi kuchli ta`sir qiladi, ushbu ta`siri bilan triftazinga to`g`ri
kelib qoladi. Qusishga, hiqichoqqa qarshi ta`siri aminazinga nisbatan ancha ustunroq,
mushaklarni bo`shashtirish xususiyati ancha sezilarli; uxlatuvchi, narkotik moddalar
ta`siriii oshiradi, adrenolitik xususiyati aminashnga nisbatan kamrok.
Ftorfenilinning
psixozga qarshi xususiyati etaperazinga o`xshab ketadi, ularga
o`xshab markaziy nerv sisemasiga rag`barlantiruvchi ta`sir ko`rsatishi mumkin.
Galoperidol
qayt qilishga qarshi kuchli modda, narkotik ta`sir qiladigan moddalar
bilan qo`llanganda potensirlash xususiyati bor, periferik Mxolinolitik, gangliylarni
bloklovchi ta`sirlari yo`q. Galoperidol shizofreniya hurujlarida, ayniqsa maniakal
xolatlarda qo`llanadi. Boshka neyroleptiklar ta`sir etmaganda galoperidol ta`siri
ko`pincha natijali bo`ladi, gallyutsinatsiyalarga sezilarli ta`sir ko`rsatadi.
Butirofenon 
unumlariga
droperidol 
ham kiradi. Bu modda juda qiska vaqt ta`sir
etadi, kuchli periferik a adrenolitik xususiyatiga ega. Narkotik analgetik fentanil bilan
neyrolyoptoanal`geziya, o`tkir toj tomirlar yetishmovchiligida og`riq sindromini qoldirish
uchun hamda gipertonik krizlarda qo`llanadi.
Tioksantin unumlaridan
xlorprotiksen 
qo`llanadi. Uxlatuvchi va og`riq qoldiruvchi moddalar ta`sirini oshiradi. Qusishni
qoldiradi, adrenolitik, ozroq bo`lsa ham talvasaga qarshi o`rtacha ta`sir ko`rsatadi.
Xlorprotiksenning depressiyaga qarshi xususiyati ham bor.
Xlorprotiksen
psixoz va psixonevrozlarda, alkogol psixozida qo`llanadi.
Xlorprotiksen aminazinga nisbatan kam zaharli, ekstrapiramid o`zgarishlar nisbatan
kamrok bo`ladi. Ba`zi xollarda uyquchanlik, taxikardiya, gipotoniya, og`iz qurish hollari
kuzatiladi.
Dibenzodiazepin unumlariga
klozapin 
kiradi. Bu modda kuchli psixozga qarshi
hamda sedativ ta`sirga ega. Klozapinning kuchli markaziy xolinolitik xususiyati bor,
balki shu tufayli bu modda qo`llanganda ekstrapiramid o`zgarishlar — parkinsonizm


xolatlari kuzatilmaydi. Kataleptogen ta`siri yo`q, ba`zi holatlarda boshqa neyroleptiklar


ta`siri bo`lmaganda klozapin yaxshi natija beradi.

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling