Anorganik kimyo


Tabiatda kumush juda  kam tug'ma  holda


Download 5.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/61
Sana26.09.2017
Hajmi5.87 Mb.
#16581
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   61

Tabiatda kumush juda  kam tug'ma  holda 

uchraydi.  Ko‘p birikmalar mishyak yoki surma bilan birga uchraydi. 

Masalan, kumush tiosurmanit Ag3SbS3. Ag3AsS3 — kumush tioar- 

senit.  Kumush  yaltirog'i  Ag2S  va  AgCl,  AgBr,  AgCl  lar  ham 

tabiatda uchraydi.

Kumush  tabiatda  ikki  xil  izotop  $ 7Ag  (51,35%)  va 

l4a79

 Ag 

(48,65%) holatida tarqalgan.  Uning radioaktiv izotopi 

Ag  bo'lib 

yarim  yemirilish  davri  253  kun.

Fizik  xossalari. 

Kumush  oq  yaltiroq  metall.  Yuqori  qovush- 

qoqlikka ega.  Undan ingichka sim tayyorlasa bo'ladi. Yuqori issiq va 

elektr o'tkazuvchanlikka ega.  Bu guruh ichida kumushning elektr 

o'tkazuvchanligi eng yuqori. Simob bilan amalgamalar hosil qiladi: 

Ag

3

Hg3, Ag

3

Hg2, Ag

3

Hg



Kimyoviy xossalari. 

Kumush  kislorod,  vodorod  va  kislotalar 

bilan oksidlanmaydi.  Ozon bilan oksidlanadi.  Nitrat va konsentr­

langan sulfat kislota bilan yuqori  haroratda oksidlanad:

2Ag +  2H

2

S0

4

 = Ag

2

S 0

4

  +  S 0

2

 +  2H20  



Gaz holatidagi HCI bilan yuqori  haroratda reaksiyaga kirishadi: 

2Ag  +  2HCl(g)  =  2 AgCl  +  H

2

Kumush  galogenlar  bilan  qiyin  oksidlanadi.  Nam  havoda 



kumush  vodorod  sulfid  ishtirokida  havo  kislorodi  bilan  oson 

oksidlanadi.  Kumushdan yasalgan taqinchoqlami qorayib qolishi- 

ning sababi ana shundadir:

4Ag +  0

2

 +  2H2S  =  2Ag2S  +  2H20  



Kaliy  sianid  ishtirokida  kislorod  va  vodorod  peroksidi  ham 

kumushni  oson  oksidlaydi:

2Ag +  H

2

0

2

  + 4KCN  =  2K|Ag(CN), |+  2KOH 

2H20   + 4Ag  +  0

2

  + 

8

KCN  = 4K| Ag(CN)

2

1+  4KOH 



Kumushning  olinish  usullari:  1.  Sianid usuli:

AgCl + 2KCN = K[Ag(CN)2| + KC1 

Ag2S + 4 KCN = 2K|Ag(CN)2| +  K2S 

Zn + 2K|Ag(CN)2| = 2Ag +  K

2

|Zn(CN)J.



2. Amalgamalarni parchalab olinadi:

Ag3Hg = 3Ag + Hg 

Kumush  idishlar, asboblar, taqinchoqlar, jarrohlik uskunalari 

tayyorlashda ishlatiladi. Taqinchoqlar tayyorlashda tamg'a (proba) 

qo'yiladi.  Kumush  tamg'asi  800—875  orasida  bo'ladi.  Bu  1000 

tarkibiy  qismdan  800—875  qism  kumush,  qolganlari  qo'shim­

chalar ekanligini  ko'rsatadi.  Ko'p  miqdorda kumush  birikmalari 

fotografiya maqsadlari uchun sarflanadi.

Ag+1 

birikmalari. 

Kumushning oksidlanish darajasi +1 bo'lgan 

birikmalari  ko'p  uchraydi.  Lekin  +2 va  +3  birikmalari ham  bor. 

Kumush  II va  III valentligi  birikmalari juda beqaror,  faqat kom­

pleks birikmalar holida  mavjud.

Ag20   qora qo'ng'ir  rangli  kristall  modda:

2

Ag

20

 = 4Ag  + 

0 2 


H

2

  + Ag20  =  H20  +  2Ag 



H

2

0

2

  +  Ag20   =  0

2

  +  2 Ag  +  H20  



Bu  reaksiyalarda  kumush  oksidi  oksidlovchi.  Kumush  (I) 

oksidi ammiakda yaxshi  eriydi:

Ag20  +  4NH4OH = 2[Ag(NH3)2]OH +  3H20  

Bu  reaksiyalarda  kompleks  asoslar hosil  bo'ladi.

AgOH  beqaror  birikma  bo'lib,  kumush  nitratga  ishqorlar 

ta’sir  qilib  olinadi:

2AgN0

3

 + 2NaOH = 2AgOH 



I  +

 2NaN0



2AgOH  i  = Ag20  +  H20



Kumushning galidlari kumush ftoriddan boshqasi yomon eriydi: 

HF + AgF = H[AgF2]

3HF+AgF= H3[AgFJ

Kumush  oksidi  HF  da  eriydi  va  eruvchan  tuz  AgF  ni  hosil 

qiladi:

Ag20  + 2HF =  2 AgF +  H20

AgF  ni  Ag2C 0 3  ga  HF ta’sir etib  ham  olish  mumkin:

Ag2C03+ 2HF = 2AgF + H20  + C02

AgF 2H20   yoki  AgF-4H20   rangsiz  kristallar  hosil  qilishi 

kuzatilgan.

AgCl  ammiak bilan  oson komplekslar hosil  qiladi:

[Ag(NH3)2] Cl, Na3[Ag(S20 3)2]  Na[Ag(CN)2]

Ag+  ioni  kuchsiz kislotali  muhitda kuchli oksidlovchi:

Zn +  2AgN03 = 2Ag +  Zn(N03)2 

Kumush  xloridi  A g N 0 3  ga  xlorid  kislota  tuzlari  ta’siridan 

olinadi:

AgN03 + NaCl = AgCl I  + NaN 03 

Kumush xlorid fotoqog‘ozlarda ishlatiladi:

2AgCl = 2Ag +  Cl2 

Kumush bromid fotoplyonkada ishlatiladi:

2AgBr =  2Ag  +  Br2 

Kumush  galidlari  fiksaj  ta’sirida  eriydigan galogenidlar hosil 

qilib plyonka va qog‘ozdan  nur ta’sirida o ‘zgarishga uchramagan 

galidlar qavatini yo'qotadi:

AgG +  2Na2S20 3 = Na3[Ag(S20 3)2]  +  NaG 

AgJ  birikmasi  kompleks  hosil  qilmaydi. 

Ag2S  kumushning 

eng yomon eriydigan tuzi.  U quyidagicha olinadi:

2AgN03 +  H2S = Ag2S i +  2HN03

Kumush nitrat suvda yaxshi eriydi va gidrolizga uchramaydi:

3Ag + 4H N 03 =  3AgN03 + NO  +  2H20

Kumush birikmalari fotoqog'oz,  fotoplyonkalar tayyorlashda, 

tibbiyotda dezinfeksiya qiluvchi modda sifatida ishlatiladi. Ag+ ionlari 

tibbiyotda  bakteriyalar o'sishini  to'xtatish  uchun  qo'llaniladi.

Bir og'irlik hissa A gN 03 bilan ikki og'irlik hissa K N 0 3 eritmasi 

lyapis deb ataladi va tibbiyotda ishlatiladi.

Ag+Z birikmalari. 

Kumushning oksidlanish darajasi  +2 bo'lgan 

bir necha birikmasi bor.  Bularga AgO  va AgF

2

 misol bo'ladi. AgO 



kumush 

(I) 

oksididan  ozon  ta’sirida  olinadi:

Ag20   +   0 3 =   2A gO   +   0 2 

A g  +   F 2  =   A g F ,

Ag+3birikmalari. 

Oksidlanish darajasi +3 bo'lgan faqat birgina 

birikma m a’lum, u  ham bo'lsa sariq  rangli  K[AgFJ  olingan.

20.5.  Oltin  va  uning  birikmalari

Tabiatda uchrashi. 

Nodir metall tabiatda tug'ma holda uchraydi. 

Tellur bilan birikmasi  bor.  AuAgTe

4

  —  silvanit  deyiladi.  Klaverit 



tarkibi  Au^Te dan iborat.

Fizik  xossalari:  sariq  rangli  yaltiroq  metall.  Oltin plastikligi 



eng  yuqori  bo'lgan  metall.  Undan  qalinligi  0,0002  mm  bo'lgan 

zarqog'oz  tayyorlash,  yoki  1  g  oltindan  uzunligi  3  km  bo'lgan 

ip  tayyorlash  mumkin.

Tabiatda oltinning izotopi faqat 

79

7Au  (100%)  holatida uchraydi. 



Oltinning  radioaktiv  izotopi 

79

s Au  uning  yarim  yemirilish  davri 



2,7  kun.  Bu  izotop  radioaktiv  indikator sifatida  ishlatiladi.

Kimyoviy xossalari. 

Oltin suv,  kislotalar,  kislorod,  nitrat kislo­

ta,  sulfat kislota ta’sirida oksidlanmaydi.  Oltin galogenlar bilan odat­

dagi  sharoitda juda  oz  ta’sirlashadi,  lekin  ftor  bilan  300—400°C 

ta’sirlashadi.  Xlorning suvdagi eritmasi uni  oson oksidlaydi:

2Au +  3C1

2

 =  2AuCl

3

Bu  reaksiya  xlor  ioni  ishtirokida  tezlashadi.  Bunda  suvda 

eruvchan  H[A

u

C14)  kompleksi  hosil  bo'ladi.

Oltin sianid ionlari ishtirokida tez oksidlanadi:

4Au  +  0

2

  + 

8

KCN  +  2H20  = 4K  [Au(CN)2]  +  4KOH

Oltin  zar suvida eriydi:

3HC1 +  H N 0

3

  +  Au = AuCl.  +  NO  +  2H20

Olinishi.  Oltin  rudalarni  yuvish  orqali  olinadi.  Yoki  uning 

simob  bilan  amalgamasini  parchalash  orqali  olinishi  mumkin.

Hozirgi  kunda  oltin  olishning  sianidli  usuli  bor.  Bu  usulga 

ko'ra  ruda kaliy sianid yoki  natriy sianid bilan yuviladi:


0



8

 KCN  + 4Au +  2H20   = 4K[Au(CN)2]+ 4K0H 

Eritmadan  oltin  boshqa  biror  metall  (Zn,Fe)  bilan  ajratib 

olinadi:

2K[Au(CN)J+Zn = KJZn(CN)

4

]+2Au 



Ishlatilishi. 

Dunyoda  ishlab  chiqariladigan  oltinning  ko‘p 

miqdori davlat omborlarida valuta zaxirasi sifatida saqlanadi.  Oltin 

asosan  taqinchoqlar  tayyorlash  uchun  ketadi.  1000  qism  qotish- 

maga nisbatan oltinning  massasi ko‘rsatiladi.  Bu yerda tamg‘a bor. 

750,  583,  500 va 375  tamg‘a qo'yiladi.  Ko'rsatilgani oltin,  qolgani 

qo'shimchalar.  Shu paytgacha topilgan tug'ma oltinning eng katta 

miqdori  112 kg bo'lib, Janubiy Afrika Respublikasida kavlab olingan.

1800-yilda dunyo  bo'yicha  18  t,  1900-yilda 400 t,  1970-yilda 

1500  t oltin  (sobiq  SSSR  hisobga  olinmagan)  ishlab  chiqarilgan.

Au+1 birikmalari. 

Oltinning hamma birikmalari termik beqaror. 

Au20 ,   Au2S  erimaydigan  birikmalar  Au+3  birikmalari  ancha 

barqaror.  Oltinning  xlor  bilan  reaksiyasi  150—300°C  oralig'ida 

ketadi.  Pastroq  haroratda  (150°C)  AuCl3,  yuqori  haroratda 

(300°C)  AuCl  hosil  bo'lishi  kuzatilgan.

AuCl  och  sariq  rangli  kukun  modda  oson  parchalanadi: 

2AuCl 

2Au  +  Cl



AuCl  +  KC1  =  K[AuC12]



Kaliy dibromoauratga  kuchli  ishqorlar ta’sir etganda oltin (I) 

gidroksidi  hosil bo'ladi:

2K[Au(Br)2]+  2KOH  = 2AuOHl + 4KBr 

AuOH  beqaror  birikma,  u  oson  parchalanadi:

2A uO H   =   A

u

20   +   H 20  



A

u

20  



qizdirilsa parchalanadi:

2A

u



20   =   4Au  +   0 2 

Unga vodorod  ta’sir ettirilsa,  oltin  hosil bo'ladi:

H2+  Au20   =  H20   +  2Au 

A

u



20  

disproporsialanish  reaksiyasiga  uchraydi:

2Au20   +  A

u

20   =  A



u

20 3  +   4Au.



AuBr, AuJ, A

u

2S  —  qora modda. AuCN — jigar rang  modda.

Au+3 birikmalari. 

Oltinning 

(III) 

valentli birikmalaridan  AiijOj

— qora qo‘ng‘ir kristall  modda bo'lib,  qizdirilganda oltin va kislo- 

rodga parchalanadi:

2A

u



20 3  -» 4Au  +   3 0 ,

Oltin  birikmalaridan  eng  ko'p  ishlatiladigani  AuCl3  ni  olish 

uchun  kukun  holatdagi  oltinga  20СГС  haroratda  mo'l  xlor  ta’sir 

ettiriladi:

2Au  +  3C12=  2AuCl3 

Hosil bo'lgan  modda qizil  rangli.  AuCl3  ni  suv bilan ta’siridan 

kompleks  anion  hosil bo'lishi  ma’lum:

H20   +  AuCl3 =   H2[OA

u

C13]

B

u

  yerda  qizil jigar rangli  akva kislotalar hosil bo'ladi.  Oltin 

kislotasi  (H[AuClJ)  oltinni  xlor bilan  to'yintirilgan  xlorid  kislo­

tada erishidan hosil bo'lgan birikmasi hisoblanadi:

2Au +  3C12 +  2HC1 =  2H[AuClJ 

Bu birikma eritma bug'latilganda H[A

u

C14]-4H20  holida ajralib 

chiqadi.Shu  kislota  tuzlaridan  sariq  rangli  natriy  tetraxloroaurat 

«oltin tuz»  nomi bilan mashhur.  Bu tuz ham kristallogidrat holatida 

uchraydi  —  Na[AuClJ-2H,0.

AuBr3 — qora qo'ng'ir rangli modda, A u ^ —qora rangli  modda 

hisoblanadi.

Au(OH)3  -qizil-jigar  rangli  kristall  birikma.  Uning  kislotali 

xossalari  kuchliroq  amfoter gidroksid.  Au(OH)3  ishqorlarda  erib 

gidroksiauratlar  hosil  qiladi:

Au(OH)3+NaOH=Na[Au(OH)4]

Ishqoriy  m etallar  tuzlari  ishtirokida  N a [ A u ( N 0 3) J , 

N a[A u(S04)2],  N a[A u(C N )J,  Na[AuS2]  kabi  qator  kompleks 

birikmalar olingan.



В  guruh  elementlarining  tibbiyotdagi  o ‘m i. 

Fermentlar, 

garmonlar,  vitaminlar  bilan  bog'langan  bo'lgani  uchun  mis 

hayotiy muhim jarayonlarga anchagina ta’sir etadi:  bu jarayonlar 

ko'payish,  qonning quyulishi,  pigmentatsiya,  organizmning o'si­

shi va  rivojlanishi,  oksidlanish-qaytarilish jarayonlari va almashi- 

nishdir.  Mis  yetishmaganda gemoglabin  hosil  bo'lishi  kamayib,

anemiya kuzatiladi.  Mis tutgan fermentlar metallofermentlarning 

asosiy qismini tashkil etadi.

Tibbiyot  amaliyotida  C uS04  5H20   ishlatilishi  ma’lum.  Bu 

modda antiseptik xossaga ega.  Kumushning kollargol  (70% gacha 

kumush  bor)  va  protargol  (8,3%  gacha  kumush)  degan  dorivor 

turlari  ma’lum.  Kumush  nitrat  juda  zaharli  bo‘lib,  tashqaridan 

eroziya, yara,  traxoma va boshqa teri kasalliklarida buyuriladi.

Odam organizmida kumushga eng boy miya hisoblanadi.  Bir 

sutkada odam organizmiga 0,1  mg atrofida kumush kiradi.  Kumush 

ko‘proq  tuxum  sarig'ida  ko'pligi  aniqlangan(100  g  da  0,2  mg 

kumush).

Oltin birikmalari organizmning chidamliligini oshirishi ma’lum. 

In  vitro

  tajribalarida  oltin  birikmalarining  sil  kasalligi  chaqiruv- 

chilariga  faolligi  ma’lum  bo'lgan.  Oltinning  kompleks  birikmasi 

AuNaS20 3 volchanka kasalligida ishlatiladi.  Oltinning  krizolgan, 

triftal  degan  organik  birikmalari  ham  shu  maqsadda  ishlatiladi. 

Krizanol  [Au-S-CH 2-C H -0 H -C H 2S 0 3]2Ca  volchanka,  sil  va 

moxov kasalligida samarali dori vositasi sifatida ishlatilishi ma’lum. 

Shuningdek,  krizanol revmatoidli artritda antibiotiklar va kortikos- 

teroidlardan ancha samarali ekanligi aniqlangan.

21-  bob.

  II  В  GURUH  ELEMENTLARI

II  В  guruh  elementlariga  rux,  kadmiy  va  simob  kiradi.  Bu 

elementlarning tashqi qavatida ikkitadan elektron bor, tashqaridan 

ikkinchi  qavatida  o'ntadan  elektron  bor.  Bu  elementlarning  d- 

orbitallari  elektronlarga  to‘lgan.  Qaytaruvchanlik  xossasi  ruxdan 

simobga  qarab  kamayadi.  Kimyoviy  faollik jihatidan  II  В  guaih 

elementlari  ishqoriy yer metallaridan birmuncha zaif. Asosiy guruh 

elementlaridan  farq  qilib  atom  massa  ortishi  bilan  faollik  ortishi 

orniga teskarisiga , ya’ni  kamayadi. Ayni  qatorda atom radiusi  ortib 

borsa  ham  faollik  simobda  kam.  41-jadvalda  II  В  guruh  ele­

mentlarining eng asosiy fizik kattaliklari berilgan.  Rux va kadmiy 

metallari faollik qatorida vodoroddan oldinda joylasgan bo'lsa, simob 

faollik qatorida vodoroddan  keyin joylashgan.  Odatdagi sharoitda

rux va kadmiy metallari sirti juda yupqa oksid pardasi bilan qoplangan 

bo‘lib,  bu parda  keyingi  oksidlanishdan saqlaydi.

41-jadval

II В guruh elementlarining eng asosiy kattaliklari



Asosiy kattaliklar

Rux

Kadmiy

Simob

Atom  massa

65,37

112,40

200,69

Elektron  formulasi

3d"'4s2

4 d 105s2

5d'°6s2

Atom  radiusi,nm

0,139

0,156

0,160

E2+  ion  radiusi,  nm

0,085

0,099

0,112

Ionlanish  energiyasi

17,96

16,90

18,75

M  ->  M e2+

Suyuql.  harorati,  °C

419

321

- 3 9

Zichligi,  g /sm 3

7,1

8,7

13,55

Yer  po‘stlog‘ida

tarqalishi,  %

8,3-IO'3

1, 310 5

7-10 6

Harorat ta’sirida rux va kadmiy oksidlaiga aylanadi:

Z n+02=2Zn0 

2Cd+02=2Cd0 

Suv  bilan  rux  va  kadmiy  ularning  ustida  oksid  parda  borligi 

tufayli ta’sirlashmaydi. Suyultirilgan  sulfat va xlorid kislotalar rux 

va kadmiy bilan ta’sirlashadi,  bunda vodorod ajraladi.  Bu  reaksiya 

kadmiy  bilan  sustroq  boradi  va,  odatda,  qizdirish  kerak:

Zn+H  SO  = ZnSO,+H,  Cd+H,SO  = CdSO,+H7



4 2  



4 

4 2


Konsentrlangan  sulfat  kislota  ta’sirida  rux  oksidlanib  sulfat 

ionlarini  S 0 2,  S  yoki  H2S  hosil  qiladi:

Zn  +  2H2S04  =  ZnS04 +  S 0 2+  2H20  

Suyultirilgan nitrat kislota ta’sirida rux oksidlanib, nitrat ionla­

rini N H 4N 0 3 gacha qaytaradi:

4Zn +  10HN03 = 4Zn(N03)2 + NH4N 0 3 +  3H20  

Simob  suyultirilgan  nitrat  kislotada  eriganida  Hg22+  gacha 

oksidlansa,  konsentrlangan  nitrat  kislota  ta’sirida  Hg2+  gacha 

oksidlanishi aniqlangan:

6Hg +  8H N 03=  3Hg2(NO,)2+  2NO  + 4H20

H g  +   4 H N 0 3=   H g ( N 0 3)2+   2 N 0 2+   2 H 20

K o n s .



Rux  metaJi  konsentrlangan  ishqorlar eritmasida  qizdirilganda 

erib gidroksokomplekslar  hosil  qiladi:

Z n   +   2 N a O H   +   2 H 20   =   N a 2[ Z n ( O H ) J   +   H 2



Kadmiy  va  simob  ishqorlarda  mutlaqo  erimaydi.  Simobga 

suyultirilgan  kislotalar  ham  ta’sir  etmaydi.

Rux,  kadmiy va simob bir-biri  va boshqa  metallar bilan juda 

oson  qotishmalar  hosil  qiladi.  Ayniqsa  simob  oson  amalgamalar 

hosil qiladi. Amalgamalar ko'rinishiga ko‘ra suyuq yoki xamirsimon 

bo'lishi mumkin. Amalgamalar hosil qilish uchun metallar simobga 

qo'shiladi  yoki  havonchada  aralashtiriladi.  Kumush  va  qalay 

amalgamalari  stamotologiyada  tishlarga  quyish(plomba)  uchun 

ishlatishga tavsiya etilgan. Oltinning amalgama hosil qilishi juda oson 

borgani  uchun,  oltin  byumlar  simobga  tegmasligi  kerak.  Temir 

simob  bilan  amalgamalar  hosil  qilmaydi’,  shuning  uchun  ham 

simob  po'lat sisternalarda tashilishi mumkin.

Tabiatda uchrashi. 

Eng muhim ruxning minerallari ZnS —aldama 

rux,  CdS  —  kadmiy  yaltirog'i  yoki  grinokit,  HgS  —kinovar, 

Z n C 03— galmey yoki  rux shpati.  Bu guruh  metallari  polimetallar 

rudalar tarkibiga kiradi.  Simob tabiatda tug'ma holda uchraydi.

Ruxning  barqaror  izotoplari  qatrorida  ^Zn  (48,87% ), 

за Zn  (27,81 %),  j®Zn  (4,11 %),  $Zn  (15,685%),  IJZn  (0,62%) 

ko'rsatish  mumkin.

21.1.  Rux  birikmalari

Olinish  usullari. 

Ishqoriy-yer  metallaridan  farqli  ravishda

II  В guruh  elementlari  pirometallurgiya usullariga ko'ra  ularning 

oksidlari,  sulfidlari  hamda  elektroliz  usulini  qo'llash  orqali  ham 

olinadi.

Ruxni  olinishi bosqichlari. 

Rux karbonati asosida shaxtalarda 

amalga oshiriladi:

ZnCO.  =   ZnO  +  CO,



2

Rux  sulfidini  yoqish  orqali:

2 Z nS   +   3 0 2 =   2 Z n O   +   2 S 0 2



Hosil bo‘lgan  rux oksidiga uglerod qo'shiladi:

С   +   Z n O   =   C O   +   Z n



Koks  bilan  qaytarish:

2 C   +   Z n ,S iO .  =   2 C O   +   2 Z n   +   S iO ,



2



Gidrometallurgiya usullaridan foydalanib,  rux  oksidini  eritib 

so'ngra hosil bo'lgan eritmani  elektrolizga uchratish orqali:

Z n O   +   H , S 0 4 =  Z n S O , +  H , 0





2

2 Z n S 0 4  +   2 H 20   =   2 Z n   +   0 2  +   2 H 2S 0 4



Download 5.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling