Anorganik kimyo


Kadmiy  olish  uchun  uning  tuzlaridan  rux  bilan  qaytarish


Download 5.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/61
Sana26.09.2017
Hajmi5.87 Mb.
#16581
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   61

Kadmiy  olish  uchun  uning  tuzlaridan  rux  bilan  qaytarish 

mumkin.

Xossalari. 

Ko'kish-kumushsimon metall.  Odatdagi sharoitda 

mo'rt.  Yaxshi  bukuluvchan  metall,  uni  oson  yupqa  pardaga 

aylantirish  mumkin. 419,5°C da suyqlanadi. Agar qizdirilsa havoda 

oq yashil alanga berib yonadi va pux oksidiga o'tadi.

Ishlatilishi. 

Ruxlangan  tunuka  olish  ancha  шх  sarf bo'ladi. 

Temirning bunday qotishmasi zanglamaydi.  Galvanik elementlar 

tayyorlashda  ham  ancha  rux  zarur bo'ladi.  Rux  qotishmalaridan 

latun  - 60%  mis va 40%  rux.  Laboratoriyada vodorod olish uchun 

kerak.  Rangli  metallurgiyada oltin  va  kumush  ajratib  olish  uchun 

rux juda ko'p sarflanadi.

Ruxning birikmalari. 

ZnO — oq rangli  1950°C da parchalanadi. 

Rux  oksidi  amfoter xossaga ega.  Oq  bo'yoqlar  uivyorlash  uchun 

ishlatiladi.  U  bolalar upasi  tarkibiga  ham  kiradi.  Rux  oksidi  ham 

kislotalarda,  ham  ishqorlarda eriydi:

Z n O   +   H 2S 0 4=   Z n S 0 4+   H , 0  

Z n O   +   2 K O H   =   K 2Z n 0 2 +   H 20  

Z n 0 + H 20   +   2 K O H   =   K ,[ Z n ( O H ) J



Zn(OH)2—  amfoter xossaga ega gidroksid hisoblanib,  kislota 

va ishqorlarda oson eriydi:

Z n ( O H ) 2i  +   H 2S 0 4=   Z n S 0 4 +   2 H 20



Rux gidroksidi ammiak eritmasida ham oson erib ammiakatlar 

hosii bo'ladi:

Z n ( O H )2 1 +   4 N H 4O H   =   [ Z n ( N H 3)4](O H )2+   4 H 20



Eritmada  rux  birikmalari  akva  komplekslar  hosil  qiladi 

[Zn(H20 ) J 2+  Rux  komplekslaridan sianidlar ahamiyatga ega:

Z n ( C N )2  +   2 K C N   =   K 2[Z n ( C N ) 4]



Rux  komplekslaridan  anion  komplekslar  ham  mavjud:

Z n C l2  +   2KC1  =   K 2[Z n C l4] 



Z n l 2 +   2K I  =   K 2[Z n I 4]

ZnS  ma’lum  sharoitda  shulalanish  xossasini  namoyon  etadi. 

Bu xossa unga og‘ir metallarning sulfidlari aralashib qolganligidan 

kelib chiqadi.

ZnCl2 suvsiz holatda  olish juda  qiyin  bo'lgan  modda.  U  uch 

molekula suv bilan birgalikda  kristallanadi.  Suvda yaxshi  eriydi.

2KC1  ZnCl2  beqaror  kompleks  deb  qarash  mumkin.  Rux 

xlorid  yog‘ochni  chirishdan  saqlash  maqsadida,  metallar  sirtini 

tozalashda va kimyoviy reaksiyalarda suv tortuvchi  modda sifatida 

ishlatiladi

Z n (N 0 3)2  ruxni  nitrat  kislotada  eritish  yo‘li  bilan  olinadi.  U 

olti  molekula suv  bilan  kristallanadi.

Z n S 0 4—rux  sulfati.  Eng  ko‘p  ishlatiladigan  ruxning 

tuzlaridan hisoblanadi.  U elektrolit sifatida, tibbiyotda va ko‘pdan 

ko‘p  rux  birikmalarini  olishda  boshlang'ich  moddadir.  Ruxni 

suyultirilgan  sulfat  kislotada  eritib  rux  sulfati  olinadi.  Uning 

tarkibida  7  molekula  suv  bo'ladi.  Bu  tuz  eritmasi  metallarni 

elektrolitik usulda rux  bilan qoplashda,  tibbiyotda,  to'qimachilik 

sanoatida va boshqa maqsadlarda ishlatiladi.

Ruxning  anchagina  miqdori  teri  tashqi  qavatida(epidermis), 

sochda,  muskullarda Jigar va suyak to'qimalarida borligi topilgan. 

Soch to'kilishi, bitmaydigan yaralarni davolashda  rux sulfati  ichdan 

ichish  uchun  qo'llanilishi  ma’lum.  Rux  sulfati  ortoborat  kislota 

bilan  (2,5  mg 

20  mg)  eritma  holatida  ko'zning  konyuktivit 

kasalligida antiseptik modda sifatida tavsiya etilgan.

ZnO-rux oksidi.  Rux surtmasi tarkibida rux oksidi kiritiladi, u 

bolalar uchun  himoya  qiluvchi va  davolovchi  ta’sirga  ega.  Teriga

adsorbsiyalovchi,  qurituvchi  va  teri  holatini  yaxshilovchi  ta’siri 

bor.  Teridagi  shamollash,  qizarish  va  boshqa  ta’sirlarni  davolash 

xossasiga  ega.Asosan  surtmalarda  tashqaridan  surish  uchun 

buyuriladi.

Rux eng muhim mikroelementlar qatoriga kiradi.  Katta odam 

uchun  ruxning sutkalik  dozasi  10— 15  mg  ni  tashkil  etadi.  Rux 

metallofermentlar qatoriga kiradi.  Ularning  ichida  karbongidraza 

va karboksipeptidaza ko‘proq o'iganilgan.  Karbongidraza qizil  qon 

tanachalari  tarkibiga  kirib,  gidratatsiya  va  C 0 2  ning  degidra- 

tatsiya jarayonlariga ta’sir etadi.  Karboksipeptidaza oshqozon osti 

bezi  tarkibiga kiradi.  U peptidlarr.ir.g gidrolizlanishini tezlashtiradi. 

Bu  jarayon  insulin  sintezi  bilan  bog'langan.  Ana  shu  holat 

diabetni  davolashda ishlatiladi.  Hozirgi  paytda bu  maqsadda rux 

saqlovchi  preparatlar  tavsiya  etiladi.  Ularning  ta’sir  qilish 

muddati uzoq bo'lib,  ularga rux insulin,  protamin  -zink insulin, 

insulinkridez  kiradi.

21.2.  Kadmiy

Tabiatda  uchrashi. 

Kadmiyni  1817-yiIda  F.Shtromeyer  rux 

karbonati  tarkibidan  olgan.  Kadmiy  hamma  vaqt  rux  rudalari 

tarkibida  kadmiy karbonat holida uchraydi.

K adm iyning  barqaror  izotoplari  tarkibi  quyidagicha: 

i°6Cd(l,25% ),  i°8Cd (0,875%),  ‘‘°Cd (12,39%), 

Cd  (12,75%), 

^2Cd(24,07%),  iJj4Cd(28,87%),  va  ‘‘6Cd  (7,58%).

Xossalari. 

Kadmiy  yumshoq,  yaltiroq,  oq,  metall.  Yuqori 

haroratda juda  aktiv metall,  galogenlar bilan birikib gallogenidlaiga 

aylanadi.  Toza  kadmiy oksid jigar rang  bo'lib  havoda sekin-asta 

oqaradi.  Bunda u kadmiy karbonatga aylanadi.

Ishlatilishi. 

Tuzlari  rux tuzlariga o'xshash.  Metall kadmiy past 

haroratda  suyuqlanadigan  qotishmalar  tayyorlashda,  Veston 

normal elementi hosil qilishda  ishlatiladi. Temirning sirti  kadmiy 

bilan qoplansa temir zanglamaydi.

Kadmiy birikmalari. 

Kislorod bilan ikki xil birikma hosil qiladi. 

CdO  va  CdO,.  Bulardan  CdO  ning  amaliy  ahamiyati  bor.  CdO-

qo‘ng‘ir jigar  rangli,  lekin  havoda  C 0 2  ni  yutib  oqarib  qoladi. 

CdO suvda oz eriydigan asoslar jumlasiga kiradi.

Agar vodorod atmosferasida qizdirilsa CdO dan metall kadmiy 

hosil bo‘ladi:

C d O   +   H 2  =   C d   +   H 20



Cd(OH)2—kadmiy  gidroksid,  oq  kristall  modda,  qizdirilsa 

suvini yo‘qotib CdO ga aylanadi.  Rux gidroksidga o'xshash ammiak 

eritmasida eriydi:

C d ( O H ) 2  +   4 N H 4O H   =   [ C d (N H 3)4] (O H )2  +   4 H 20



Agar  kadmiy  gidroksidga  kislotalar  (HF,  HCI,  HBr,  HI) 

ta’sir  ettirilsa,  CdF2,  CdCl2,  CdBr2  va  C dl2  olinadi.  Ular  suvda 

yaxshi eriydigan moddalar.  Cdl2 fotografiyada  ishlatiladi.

CdS—kadmiy sulfid.  Yomon  eriydigan  tuz  hisoblanadi.  CdS 

sariq bo‘yoq va rangli shishalar tayyorlashda qo'llaniladi.

Kadmiyning suvda va kislotalarda eriydigan birikmalari zaharlidir. 

Ayniqsa havoda chang holatda kadmiy oksidi bo'lishi juda xavfli.

21.3.  Simob  va  uning  birikmalari

Tabiatda  uchrashi. 

Suyuq holdagi  simob juda  kam  uchraydi. 

Tabiatda kinovar HgS —  kinovar,  Hg2C l2 kalomel holida uchraydi. 

Simob xlorid sulema deyiladi (  HgCl2).  HgS2Sb2S3 —  livingstonit 

minerali ham ma’lum.

Tabiiy  simob  tarkibida  uning  yettita  barqaror  izotopi  bor: 

j^Hg (10,02%),  8o9H g(16,84%),  go°Hg (23,13%),  j^Hg (13,22%), 

so2 Hg (29,80%),  j^Hg (6,85%).

Olinishi. 

Texnikada  asosan  pirometallurgiya  usuli  bilan  HgS 

dan  olinadi.  Buning  uchun  simob  rudasi  700—800°C  havo 

ishtirokida qizdiriladi:

H gS   +   0 2  =   H g  +   S 0 2



Bug‘  holida hosil qilingan simob  maxsus idishlarga yig'iladi:

F e   +   H gS   =   H g  +   F eS



Laboratoriyada simob oksididan olinadi:

2 H g O   =   2 H g   +   0 2



Ishlatilishi. 

Toza simob  barometrlar va  monometriar tayyor­

lashda  ishlatiladi.  Simob  kvarsli  lampalar,  amalgamalar va  oltin 

hamda kumush ajratib olishda ko‘p  miqdori sarflanadi.  Natriy va 

xlor olishda katod sifatida ishlatilishi ma’lum.

Kimyoviy  xossalari. 

Simob  bug'lari  juda  zaharli.  Simob 

metallarni  o'zida  eritib  amalgamalar hosil  qiladi.  Bunda  K,  Na, 

Ag(45%),  Au(l6,7% ),  Zn,  Cd,  Pb  amalgamalar  hosil  qiladi. 

Fe,  N i,  Mn  va  Sn bilan  amalgamalar hosil  bo'lmaydi.

Simob  konsentrlangan  va suyultirilgan nitrat kislotada eriydi: 

Hg  + 4H N 03(kons.) =  Hg(N03)2 + 2N 02+ 2H20  

3Hg  +  8H N 03(suyul.)  =  3Hg(N03)2 +  2NO  +  4H20  

Hg  +  2H2S 04 (kons.)  =  HgS04+  S 0 2+  2H20  

6Hg  +  8H N 03(suyul.)  =  3Hg2(N 0 3)2 +  2NO  +  4H20  

Hg+I  birikmalari. 

Hg20   qora  rangli.  Barcha  (I)  birikmalarni 

olishda Hg2( N 0 3)2-2H20  ishlatiladi:

Hg(N03)2 +  2NaOH =  Hq2O i +  H20  + 2NaN03 

Hg2+2  (II)  simob  tuzlaridan  qaytarib  olish  mumkin: 

H g ( N 0 3)2  +   H g   =   H g2( N 0 3)2 



Hg22+  ham oksidlovchi va ham qaytaruvchi xossasiga ega: 

Hg2Cl2 +  Cl2 =  2HgCl2 

Hg2Cl2 +  SnCl2 = 2Hg +  SnCl4 

Hg22+  ionidagi  Hg—Hg  bog'lari  biri  bilan  kovalent  birikkan 

ikkita simob  ionlaridan  iborat.  Qanday anion bog'laganiga  qarab 

Hg—Hg  bog'lari  orasidagi  masofa  o'zgaradi.  Eng  kam  kovalent 

bog'  hosil  qilishi  mumkin  bo'lgan  N 0 3-   ionlarida  bu  bog'lar 

orasidagi masofa eng qisqa ekan.

Hg2Cl2 — simob(I) xlorid yoki boshqacha nomi kalomel.  Suvda 

yomon  eriydigan  qattiq  oq  modda,  lekin  organik  erituvchilarda 

yaxshi eriydi.  U  simob (II) xloridni sulfit angidrid bilan  qaytarish 

reaksiyasida hosil bo'ladi:

2HgCl2 +  S 0 2 =  Hg2Cl2 +  S 0 2C12 

Kalomel  olish uchun  HgCl2 ga simob  qo'shiladi:

Hg2( N 0 3)2— tarkibida  ikki  molekula suv bilan  kristallanadi: 

H g2( N 0 3)2  2 H 20 .



Hg2(C N )2  —  eruvchanligi  8  ga  teng.  Nihoyatda  oz  eriydi  va 

zaharli  hisoblanadi.

Hg2S 0 4 —  suvda yomon  eriydigan rangsiz kristall  modda.

Hg+2 birikmalari. 

HgO  —  simob  (II)  oksidi sariq,  qizil  rangli 

modda, 400°C da parchalanadi.

HgO ishqorlarda erimaydi.  Kislotalarda erib tuzlar hosil qiladi:

H g O   +   2HC1  =   H g C l2 +   H 20



Bu  reaksiyada  sulema  hosil  bo'ladi.  Oksidiga  tellur ta’sirida 

simob ajraladi.

Т е  +   H g O   =   T eO   +   H g



Bunda HgO oksidlovchi bo'ladi.  HgO ning olinishi: 

2 H g ( N 0 3) 2=   2 H g O   +   0 2  +   4 N 0 2 



HgCl2+  Ba(OH)2=   HgO  +  BaCl2+  H20  

Hg(OH)2 =   HgO  +  H20

Odatdagi sharoitda simob  kislorod bilan oksidlanmaydi. Lekin 

qizdirilganda oson oksidlanadi:

2 H g   + 0 2=   2H gO  

2 H g 0 = 2 H g + 0 2 

H g + C l^ H g O ,



reaksiyalar oson  sodir bo'ladi.  Hg2+  ioni juda kuchli  oksidlovchi: 

H g ( N 0 3)2+ Z n =   Z n ( N 0 3)2+ H g



HgCl2  zaharli  modda,  suyultirilgan  eritmasi  dezinfeksiya 

maqsadlarida ishlatiladi.  20°C  da  100 g suvda 7,4 g sulema eriydi.

0,2  g  HgCl2  odam  uchun  o'ldirish  dozasi  hisoblanadi.  Spirt, 

efir  va  benzolda  yaxshi  eriydi.  Sulema  qo'shaloq  komplekslar 

hosil  qiladi:

K2[H gC l4],  K J H g C lJ ,  K [H gC l3].  B a’zi  sim ob  kom - 

plekslarining beqarorligini 42-jadvaldan ko'rish  mumkin.  Jadval­

ga  ko'ra  eng  barqaror  kompleks  sianidli  birikmalar  hisobla­

nadi.

Turli simob kompleks birikmalarining beqarorlik doimiysi  (20°C)

Birikma


l H g a 4P

[HgBr4P

[ H g lJ 2-

[H g (C N )J 2-

^bcqaroriih

8,5- IO16

2-10-22

1,8-10 30

4-10-41

HgJ2  preparativ  kimyoda  Nesler  reaktivi  olish  uchun  ish­

latiladi:

K2[HgJ4],

Bu tuzning spirtdagi eritmasi ammiakni aniqlashda qo‘l keladi:

2 K j[ H g I J + 3 N H 4O H   ->   [H gJ0 N H 2] U + 4 K I + 2 N H 4I + 2 H 10 + H I



Reaksiyada jigar rang  cho‘kma hosil bo‘ladi.

H gS04 —  organik kimyoda atsetilendan sirka aldegid  olishda 

katalizator  hisoblanadi.

H g (N 0 3)2—  simobga  m o‘l  miqdorda  kislota  ta’sir  ettirishda 

hosil  bo‘lib,  kristallogidratlar  hosil  qiladi.

Hg(CN)2 — 350—450°C da parchalanib simob va disian hosil qiladi.

II 

В  guruh  elementlarining tibbiyotdagi  ahamiyati. 

Rux  eng 

asosiy  mikroelementlardan  biri.  1  sutka  zarur  miqdor  10—15  mg 

ni  tashkil  etadi.  Tarkibida  Zn2+  bo‘lgan  metallofermentlar  soni

20  dan  ortiq.

Bularning ichidan ikkitasi batafsil o ‘rganilgan.  Ulardan karbon­

gidraza va karboksipeptidaza.  Karbongidraza qizil qon tanachalari 

tarkibiga kirib  S 0 2 ning gidratatsiya va degidratatsiya jarayonlarini 

tezlashtiradi.  Karboksipeptidaza oshqozon osti bezining  fermenti 

bo‘lib,  peptid  bog'larning  gidrolizida  muhim  rol  o'ynaydi.  Rux 

tutgan  preparatlarga  sink 

insulin  kiradi,  va  u  qandli  diabetni 

davolashda ishlatiladi.

Sulema,  odatda,  1:1000  yoki  1:2000  nisbatda  dezinfek- 

siyalovchi  eritma sifatida ishlatiladi.  Boshqa eritmalardan farqlash 

uchun,  odatda,  uni  qizil yoki ko'k rangga bo'yab qo'yiladi.  Simob 

birikmalari  turli  malhamlarva surtmalar tayyorlashda  ham  keng 

qo'llaniladi.

1.  Quyidagi  atomlarning:  Cu,  Ag,  Au,  Zn,  Cd,  Hg va  ionlarning: 

Cu%  Cu2",  Ag+,  Au+,  Au3+,  Zn2+,  Cd2+,  Hg+,  Hg2+  elektron 

konfiguratsiyalarini yozing.

2.  I va II guruhcha d -elementlarining suyultirilgan va konsentrlangan 

xlorid, nitrat va sulfat kislotalar bilan ta’sirlashish  reaksiyalarini yozing.

3.  Quyidagi  oksidlanish-qaytarilish  reaksiyalarini  tugallang  va 

tenglashtiring:

a)  CuJ  +  H,S04  ->  S 0 2  +  ...

b) AgC103 + H N 03 -> AgCU +

d) AuCl3  +H2S  -> Au2S l  +

e)  A

u

20 3  +  H20 2  -» Au  +

4.  48,8  g  mis  (II)  gidroksid  cho'kmasini  to'la  eritish  uchun  2  n 

sulfat kislotasi eritmasidan necha  1  kerak? 

{Javob: 

0,5  1).

5.  1,88  g  kumush  bromid  cho'kmasini  eritish  uchun  0,1  M  natriy 

tiosulfat eritmasidan necha ml sarflanadi?

6.  25 ml mis (II) xlorid eritmasiga kaliy yodid eritmasi qo'shilganda 

0,3173 g yod ajralib chiqqan. Mis (II) xloridning molar konsentratsiyasini 

va uning oksidlovchi sifatidagi normal konsentratsiyasini hisoblang.

7. 300 ml 0,2 n diamin kumush (I) xlorid eritmasiga rux qo'shilganda 

qancha kumush ajraladi?

8. 200 ml 0,1 M ammiak eritmasiga ortiqcha miqdorda sulema qo'shilsa, 

necha g simob (II) amidoxlorid hosil bo'ladi?

9.  Kaliy sinkat tuzini olish uchun konsentratsiyasi 0,2 mol/1 bo'lgan 

0,5  1 hajmdagi rux sulfatga 2 n kaliy gidroksid eritmasidan qancha qo'shish 

kerak?

10.  10  g  45%  li  rux  xlorid  eritmasini  hosil  qilish  uchun  tarkibida 

96% rux tutgan texnikaviy ruxdan hamda 27,5% li xlorid kislota eritmasidan 

qancha sarflanadi? 

(Javob: 

225 kg,  875,6 kg).

11.  Quyidagi birikmalaming  qaysi  birlari  ammiak  bilan  reaksiyaga 

kirishadi?  a)  Cu(OH)2  b)  AgCl  d)  AgJ.

12.  Quyidagi moddalarning qaysi birlari bilan konsentrlangan nitrat 

kislota reaksiyaga kirishadi  a) NaOH  b)  CuO  d) Ag  e)  KC1.

13.  Reaksiyalarni tugallang:

a)

  AgBr + 

N a2S20 3 

(oitiqcha)  ->

b)  Au(OH)3  +  HCI kons -»

d)  AuCI3  +  SnCl2  +  H20   ->


e)  AuCl3  +  Н ,0, +  КОН  -+

f)  Au  +  NaCN  +  0 2  +  H20  ->•

g) Au  +  HCI  +  H N 03->  H[AuClJ  +

14.  Xlorid  kislota  quyidagi  moddalarning  qaysi  birlari  bilan 

reaksiyaga  kirishadi? a)  Zn  b)Hg  d)  HgS  e)  Cd(OH)2  f) Zn(N 03),

g)  Zn(OH)2

15.  Quyidagi moddalarning qaysi birlari bilan Zn(OH)2 reaksiyaga 

kirishadi?  a)  NaCl  b)  H2S 0 4  d)  NH4OH  e)  KOH  f)  Fe(OH)3.

16. Ruxva kadmiy tuzlari aralashmasini bir-biridan qanday ajratib olsa 

bo'ladi?

17. Quyidagi reaksiyalarni tugallang:

a)  Zn  +  NaOH  ->

b) Zn + NaOH  +N aN 03 -> NH3 +

d)  Hg  +  H N 03 kons  ->

e)  Hg  +  H N 0 3 iuvul  ->

0   Hg(N03)2  +  H2S  ->

g)  Hg(N03)2  +  KJ(ortiqcha)

18.  1,56 g  rux karbonati va  rux oksidi  aralashmasi  kuydirilganda

1,34 g rux oksidi hosil bo'ldi.  Berilgan aralashmaning tarkibini foizlarda 

ifodalang.

M E T A L L M A S L A R N IN G   U M U M IY   X O S S A L A R I

M eta llm a sla r  D .I .  M en d e le y e v   davriy  ja d va lid a  a so siy  

guruhchalarda  va  davrlarning  o ‘ng  tarafida  joylashgan.  M etall- 

m aslam ing  xossalari  metallarnikidan  keskin  farq  qiladi.  Odatda, 

metallmaslar elektr tokini  va  issiqni  yom on  o'tkazadi.  U lar oddiy 

sharoitda rangsiz  (yoki  rangli),  suvda erimaydi  yoki yom on  eriydi. 

M etallmaslar organik erituvchilarda  eriydi  yoki  aralashadi.

M etallm aslarning  tashqi  qavatidagi  elektronlari  son i  ular 

joylashgan guruh nom eriga teng(geliydan  tashqari).  M etallmaslar 

o '

2

larifiing tashqi qavatidagi elektronlarini to'Idirish uchun elektron 



biriktirishga  moyildir.  Bunday  holda  m etallmaslar oksidlovchilar 

hisoblanadi.  Har bir davrda chapdan o'ngga qarab  metallmaslarning 

elektron  biriktirib  olish  xossasi,  demak  m etallm as  xossasi  ortib 

boradi.  Birguruhning o'zida  metallmaslarning elektron biriktiiish 

xossasi guruhda pastdan yuqoriga qarab  ortadi.

O 'ziga  elektron  biriktirish  xossasiga  ko'ra  ftor  metallmaslar 

ichida  eng  oldinda  turadi.  Q olgan  m etallm aslarning  elektron 

biriktirish  xossasi  ularning  elektromanfiylik  qatoriga  m os  keladi. 

M etallmaslar  qatoriga,  odatda,  oddiy  moddalari  oksidlovchilik 

xossasiga ega bo'lgan elementlar kiritiladi.

V o d o r o d   ham   m etalla rga   va  ham   m e ta llm a sla r g a   xos 

xossalarni  o 'zid a   birlashtirgan.  U n in g   tashqi  qavatida  xuddi 

ishqoriy  m etallarga  o 'xsh ash   bitta  elektron  m avjud.  V od orod 

metallardan ozining kichik ion radiusiga egaligi  va metallmaslarga 

o'xchash xossalarga ega bo'lishi  bilan  farq qiladi.  Shuning uchun 

ham  vodorod  davriy sistem aning  ham  birinchi  va ham   yettinchi 

guruhchasiga  qo'yilgan.

Kimyoviy elementlardan faqat 22  tasi  metallmasdir.  Ular orasida 

odatdagi  sharoitda  qattiq  holatda(B ,  C,  Si,  P,  As,  S,  Se,  Те,  I, 

A t),  gazlar  (H 2,  N 2,  F 2,  0 2,  C l2),  faqat  brom gina  suyuqlikdir.

M etallm aslarning  rangi  ham  juda  keskin  farq  qiladi  va  turlicha 

o'zgaradi.

Barcha  m etallm aslar m etallar bilan  ta’sir etadi.  M etallarning 

v o d o r o d   b ila n   b irik m a la ri  g id rid la r  ( N a H ,  C a H 2,  A 1H 3), 

fto rid la r(N a F ,  C a F 2,  A1F3),  xloridlar  (N a C I,  C aC I2,  A1C13), 

b ro m id la r(N a B r,  C aB r2,  A lBr3)  iod id la r  ( N a l ,  C a l 2,  A1I3), 

oksidlar  ( N a

2

0 ,   C aO ,  A1

2

0 3),  sulfidlar  ( N a

2


Download 5.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling