Anorganik kimyo
Download 5.87 Mb. Pdf ko'rish
|
0 ‘Z B E K I S T 0 N R E S P U B L IK A S I OLIY VA 0 ‘RTA M A X S U S TA’L IM VA ZIR LIG I H .R .T O ‘XTAYEV, R .A R IST A N B E K O V , K .A .C H O ‘L P O N O V , S .N .A M IN O V ANORGANIK KIMYO О ‘zbekiston R esp u blika si Oliy va о ‘rta m axsus ta ’lim vazirligi tom onidan 5 7 20 5 0 0 — «Farmatsiya» b a ka la vria t talabalari uch un darslik sifatida tavsiya etilgan «N O SH IR » Toshkent — 2011 УДК: 547(075) Б Б К 24.2я73 24.2 А67
Anorganik kimyo: («Farmatsiya» — 5720500- bakalavriat ta ’lim yo'nalishi uchun darslik) / H. R. To'xtayev (va boshq.); 0 ‘zR Oliy va o'rta maxsus ta’lim vazirligi. — Т.: «Noshir», 2011.— 520-b.
I. To'xtayev, H. R. ББК 24.2я73 T a q r i z c h i l a r : A.G‘. Maxsumov — Tibbiyot Akadem iyasium umiy, bioorganik va biologik kimyo kafedrasining professori, O.AShabilolov — Toshkent farmatsevtika institutining anorganik, analitik, fizik va kolloid kimyo kafedrasining professori,
ning fizik va kolloid kimyo kafedrasining dotsenti. Mazkur darslikda farmatsevtika instituti talabalari uchun anorganik kimyoning nazariy asoslari berilgan. Talabalarga qulay bo'lishi maqsadida aw al kimyoning qonunlari, reaksiyalarning energetikasi, tezligi, eritmalar to ‘g‘risidagi ta ’limot, atom va molekula tuzilishi hamda elem entlar kimyosi yoritilib, bu m a’lumotlar talabalarga o'qiladigan m a’ruzalarga mos kelishi, mavzuga tegishli nazariy savollar va masalalarni mustaqil ishlash uchun kerakli nazariy asoslar ham keltirilgan. Darslikdan tibbiyot oily o'quv yurtlarining talabalari, magistlar, aspirantJar va tibbiyot kollejlarining iqtidorli o'quvchilari ham foydalanishlari mumkin. S O ‘Z B O S H I U m u m iy va anorganik kim yo bo'lajak dorishunoslar uchun juda zarur fan hisoblanib , keyingi bosqichlarda boshqa kim yoviy fan (analitik, fizik, kolloid, biologik, farmatsevtik, toksikologik kimyo va boshqa)lam i o ‘rganishda nazariy asos hisoblanadi. Ushbu darslikda bo'lajak dorishunoslar uchun anorganik kimyodan nazariy bilim lar keltirilgan b o ‘lib, ular asosida am a liy m a sh g ‘ulotlar o'tkazish uchun m uhim xulosalar chiqarish im koniyati yuzaga keladi. D a rslik farm atsevtika in stitu tlari farm atsiya, sa n o a t farm atsiyasi, b iotexnologiya, kosm etsevtika va klinik farm atsiya m utaxassisligi talabalari uchun m o'ljallangan bo'lib, anorganik kim yo fani dasturlariga m os keladi. Darslik, uni yozishd a ishtirok etgan m ualliflam ing uzoq yillardan beri anorganik kim yodan olib borgan saboqlari va tajribalarining natijasidir. O 'zbekiston Respublikasining «Ta’lim to ‘g ‘risida»gi qonuni va «Kadrlar tayyorlash m illiy dasturi»dan kelib chiqqan holda o'quv sifatini yangi bosqichga ko'tarishda za m o n a v iy o ‘quv adabiyotlari zarur bo'ladi. Bu adabiyotlar ayniqsa talabalarning mustaqil bilim olish jarayonlarida juda q o ‘l keladi. Talabalarga yordam berish m aqsadida har bir mavzuga oid nazariy bilim lar m ukam m alroq bo'lishiga harakat qilindi. Barcha mavzularni uch qism ga b o ‘lib ko‘rsatish m um kin. Birinchi qismda um um iy kim yoning nazariy asoslari yoritildi. Bu b o ‘limga anorganik m oddalarning sinflari ham kiritilib oksidlar, kislotalar, asoslar va tuzlar to ‘g ‘risida ham m a’lumotlar berilgan. Ikkinchi qism anorganik kim yoga tegish li b o ‘lib, bunda biogen elem en tlar t o ‘g ‘risida m a’lum otlar, s o ‘ngra m etallarning um um iy xossalariga e ’tibor berildi. D arslikning uchunchi qism ida m etallm aslarning um um iy xossalari va metallmaslarga tegishli biogen elementlar tavsifi berilgan. Har bir m avzuga tegishli b o ‘lgan nazariy savollar, masalalar va testlam i ham keltirishni lozim deb topgan holda bu talabalarning mustaqil ta’lim olish jarayonlarini shakllantirishda kerak bo'ladi deb hisoblandi. Barcha moddalarning xossalari va ahamiyatini farmatsiya bilan uzviy bog'lanishini ochiqroq yoritishga harakat qilindi. Im koniyat darajasida ko'proq rasmiy farmakopeyaga murojaat qilinib, unga kiritilgan anorganik moddalarga asosiy e ’tibor berildi. Inson hayoti va oziqlanishi uchun m uhim aham iyatga ega bo'lgan kim yoviy elem entlar ham da ularning birikmalari to'g'risida ko'proq m a ’lu mot keltirildi. Hozirgi paytda kim yo fani biologiya, biokim yo, tibbiyot bilan cham barchas bog'langan. Ana shu fanlar chegarasida yangi fan — bioanorganik kimyo ham paydo bo'ldiki, bu fanda tirik organizmda ketayotgan jarayonlam ing kim yosi o'rganiladi. Darslikda ba’zi anorganik m oddalarning olinishida m ahalliy xom ashyolar zaxirasi va manbalariga ko'proq e ’tibor berilgan. M am lakatim izda mavjud kim yoviy korxonalar, ilm iy muassasalar to'g'risida ham m a’lumotlar berishni lozim deb topildi. Shuningdek, kim yoviy texnologiya va kimyo sanoatining istiqbolli yo'nalishlari ham darslikda o'z aksini topgan. Tibbiyotda va dorishunoslikda ko'p ishlatiladigan ba’zi kimyoviy birikm alam ing asosiy fizik-kim yoviy ko'rsatkichlari va xossalarini ham yoritishni zarur deb hisobladik. Darslikda keltirilgan fizikaviy o'lchovlar qiym ati, atamalar va belgilar TYuPAK tavsiyalariga m os kelishi e ’tiboiga olindi. Birinchi marta hozirgi zam on uchun eng m uhim hisoblangan nanotexnologiya elementlaridan tushuncha berishga harakat qildik. Darslikning oxirida m am lakatim izdagi kim yo fani va sanoati istiqbollari to'g'risida m a’lumotlar keltirilgan. Darslikda yuqori bosqichlarda o'qitiladigan analitik, organik, fizik, farmatsevtik, biologik va toksikologik kimyo fanlarini o'zlashtirish uchun o'ziga xos zam in tayyorlandi deb o'ylaym iz. Ayniqsa ko'p tonnali ishlab chiqariladigan m oddalarning bir necha olinish usullari ko'rsatilib, ularning ichida iqtisodiy samaraliroq usullarga e ’tibor qaratildi. Darslik yozilishida institutda anorganik kim yo bo'yicha ortti- rilgan ko'p yillik tajribalarga asoslangan holda va Jahon Sog'liqni saqlash tashkiloti Yevropa b o'lim i ishlab chiqqan loyiha asosida shuningdek, G P P talablariga m os keluvchi o ‘quv rejalari e ’tiborga olingan. M ualliflar darslikni tayyorlashda qimm atli m aslahatlar bergan Toshkent farmatsevtika instituti anorganik, analitik, fizik va kolloid kim yo kafedrasining xodim lari professor O .A .Shob ilolov, dot- sentlar: E .M .M am atm usayev, S.J.N asriddinov, O .S. Gafurova va boshqalarga o'z minnatdorchiliklarini bildiradilar. Ushbu darslik lotin grafikasida ilk marta chop etilganligi uchun kam chiliklardan xoli bo'lm asligi m um kin, shuning uchun m ual liflar tavsiya va ko'rsatm alarni m am nuniyat bilan qabul qiladilar. Toshkent farmatsevtika instituti anorganik, analitik, fizik va kolloid kimyo kafedrasining mudiri, kimyo fanlari doktori, professor, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan fan arbobi S. N. Aminov ZAMONAVIY MUAMMOLARNI HAL ETISHDA KIMYO FANINING Q ‘RNI 0 ‘zbekiston Respublikasi kim yo sanoati keng rivojlangan m am lakatlar qatoridan o ‘rin olgan . Agar bizda o z iq -o v q a t, to'qim achilik, ten ishlab chiqarish, kim yoviy o ‘g ‘itlar, sintetik y u v ish v o s ita la r i, n e ft, m e ta llu r g iy a , g a z n i qayta ish la sh sanoatlarinin g barchasi k im yoviy sanoat bilan cham barch as b og‘liqligini hisobga olsak, kim yoviy moddalar ishlab chiqarish va ularni sanoat m iqyosida turli sohalarga yetkazib berish qanchalik muhimligini his etish mumkin. Yuqoridagilarga yana bir juda muhim sohani qo'shish mumkin. B u soh a dori-darm onlarva ularasosidagi yordamchi moddalarni ishlab chiqarish va sanoat maqsadlari uchun foydalanishdir. D ori-darm onlar ishlab chiqarishni zam onaviy talablar dara- jasida tashkil etish va amalga oshirish uchun kim yo fanini chuqur egallagan yosh mutaxassislar kerak bo'ladi. U lar kimyo fani va kim yoviy texnologiyani zam onaviy talab darajasida egallagan b o ‘- lishlari kerak. Fan va texnika taraqqiyoti davrida kim yo sanoati hamda dori- darm onlar ishlab chiqarish m uam m olari o'zaro bir-biriga bog'liq bo'lib, quyidagilarni e ’tiborga olish zarur: — yangi oziq -ovqat m ahsulotlari ishlab chiqarish va ularning samaradorligini oshirish. Oxirgi paytlarda mamlakatimizda qishloq xo'jalik m ahsulotlarini qayta ishlashga keng ko'lam da e ’tibor berilm oqda. Yangi m ahsulotlar ishlab chiqarishda konservantlar, bo'yoq m oddalari, biologik faol qo'shim chalar, m ikroelem entlar va boshqalar kerak bo'ladi. Ishlab chiqariladigan m ahsulotlarning yangi, tezkor va samarali sifat nazoratini tashkil etish esa yanada muhim vazifa hisoblanadi; — dori-darmonlar ishlab chiqarishda yangi kimyoviy moddalar va material!ardan foydalanish hamda ulami imkoni boricha mahalliy xom ashyo zaxiralariga almashtirish. D ori-darm onlar olishda keng ko'lamda kimyoviy moddalar ishlatiladi. Bu kimyoviy moddalarning ichidan bezararlarini, yuqori samaradorligini va mahalliy xom ashyo zaxiralari borlarini izlab topish am aliy jihatdan juda dolzarb. Bu sohada respublikamizning boy tabiiy va mineral manbalari e ’tiborga olinsa, ishlar ko'lam i kengligi va zarurligi ko‘rinadi; — yangi dorivor moddalar olishning tabiiy manbalaridan keng foydalanish. 0 ‘zbekistonning juda katta hayvonot va o ‘sim liklar tabiiy zaxirasiga ega ekanligi bu sohada dorishunoslar va kimyogarlar hali juda katta ishlarni amalga oshirishi kerakligini ko'rsatadi. O 'sim lik va hayvonot dunyosidan biofaol m oddalar ajratib olish, ulardan yangi sintezlarni amalga oshirish, turli tarkibiy qismlarga ajratish, ularning ichidan samaradorlarini izlab topish va faolligini baholash katta ahamiyatga ega; — dori-darm onlar ishlab chiqarish va m ahalliy kimyo sanoati- ning jadal rivojlanishi toza suv ishlab chiqarish, yer osti boylikla- ridan to'g'ri foydalanish va eng m uhim i ishlatilgan suvni tozalash muammolarini yuzaga keltiradi. K im yo va farmatsevtika sanoatining kengayishi bilan m ahalliy kichik korxonalarning soni borgan sari ortib bormoqda. Bu korxonalarning har biri toza suvdan foydalanadi va m a’lum oqava suv chiqindilarini ishlab chiqaradi. Korxonalar chiqindi suvlarini tozalash va iloji boricha aylanm a suvdan foyda lanish juda m u h im vazifalardandir. K eyingi paytlarda metallar, brom , yod, o'gitlar olishda yer osti suvlaridan keng foydalanil- m oqda. Shu nin g uchun ham toza suv ishlab chiqarish va oqava suvlardan oqilona foydalanish samarali yechim ga ega bo'lishi kerak bo'lgan vazifalardan biri hisoblanadi; — yangi texnologiyalarning ustivor usullaridan foydalanish. Hozirgi paytda kim yoviy o'zgarishlarni am alga oshirish uchun kim yoga yangi texnologiyalar kirib kelm oqda. Bularga kim yoviy reaksiyalami yuzaga keltirishning yangi usullari, nanotexnologiya usullaridan foydalanib, hayotiy zarur m ahsulotlar yaratishning ustivor usullarini ishlab chiqish kiradi. N an otexn olo giy a usullari dan foydalanib yaratilgan materiallar o 'zin in g xossalari bilan odat dagi kim yoviy moddalardan keskin farq qiladi. D ori-darm onlar olishda ham zam onaviy usullardan foydalanib, samarali dori vositalari yaratilmoqda. Bu o ‘rinda nanotexnologiya usullaridan foydalanish o ‘ziga xos yangi ekologik m uam m olarni ham yuzaga keltirishini hisobga olm oq kerak; — ilm iy texnik va axborot texnologiyalaridan unum li foyda lanish. K im yo fani juda qiziqarli fan hisoblanib, jam iyat hayotida m uhim o'rin tutadi. Bu fanda yuzaga keladigan kashfiyotlar jamiyatda juda katta o'zgarishlarni yuzaga keltirgan. Kimyo sohasida ishlayotgan olim lar ilm iy yangiliklarni, nazariyalarni va olingan tajriba natijalarini bir-birlariga yetkazib turadilar. Buning uchun kimyogarlar orasida m a’lum fan sohasida anjum anlar o'tkaziladi. T u rli-tum an kim yoviy jurnallarda ilm iy m aqolalar, risolalar, m a’ruzalar, monografiyalar kim yoning turli sohalari bo'yicha chop etiladi. Turli mamlakatlardagi kimyogar olimlar orasida o'zaro ilmiy aloqalar o 'm a tila d i, munozaralar va ilm iy yozishm alar amalga oshiriladi. O'zbekistonda kimyo fanining yangiliklarini bayon etish uchun «O 'zbekiston kim yo jurnali», «Tabiiy birikmalar kim yosi», «O 'z bekiston fanlar akademiyasi m a’ruzalari», «Farmatsevtika jurnali», «K im yo va texnologiya«kabi ilm iy jurnallar chop etiladi. Ayni paytda kim yo sohasida fundam ental ilm iy tekshiruv ishlari qator institutlarda olib borilmoqda: O'zbekiston m illiy universiteti kimyo fakulteti, O 'zbekiston fanlar akademiyasi um um iy va anorganik kimyo instituti, o'sim lik moddalari kimyosi va bioorganik kim yo instituti va boshqalar. Toshkent farmatsevtika institutining anorganik, analitik, fizik va kolloid kim yo kafedrasida ham uzoq yillardan beri biofaol m oddalarning koordinatsion birikmalari olin ish i, xossalari va ulardan dori vositalari yaratish bo'yicha ilm iy izlanishlar am alga oshirilm oqda. D unyoda birinchi bor koordinatsion birikmalar sinfiga mansub bo'lgan feramid preparati ishlab chiqilib, tibbiyotda kamqonlik kasalligini davolashga tavsiya etilgan va sanoatda ishlab chiqarish y o 'lg a qo'yilgan. Bu sohadagi izlanishlar oqibatida am aliyotga kam qonlikda, qandli diabet, yurak qon tomirlari kasalliklarida, gepatitda hamda qishloq xo'jaligida chorva va qora mollar m ahsuldorligini oshirish uchun 20 ga yaqin preparatlar tavsiya etilgan. B unday preparatlardan koam id, feram id, kupur, piratsin sanoatda ishlab chiqarildi, kobalt 30, feropir, kogistin, kobalt fitati kabilar tibbiyotga q o ‘llanishga ruxsat etilgan. H ozirda biofaol koordinatsion birikmalar sintezi professorlar O .A .S h o b i- lolov va A .N .Y u n u sxo‘jaevlar ham da ularning shogirdlari to m o n i dan davom ettirilmoqda. Farmatsevtika institutining anorganik, analitik, fizik va kolloid kim yo kafedrasida professor S .N . Aminov rahbarligida m ahalliy xom ashyolardan dori vositalari yaratish, yangi sirt-faol m oddalar sintezi va surtma dorilar uchun asoslar yaratish ustida qiziqarli izlanishlar olib borilm oqda. S.A m inov rahbarligida tabiiy m ineral sorbentlar asosida ich surilishini t o ‘xtatadigan va sorbsion ham da farm akalogik xossalari jihatidan farangistonda ishlab ch iq a rila - digan «Sm ekta»preparatidan q o lish m a y d ig a n «N avb axtit» deb nom langan m ahalliy dori turi ishlab chiqildi. Shuningdek, texnik oltingugurtni to z la sh n in g yan gi u su li q o 'lla n ilib , tib b iy o td a ish latiladigan oltin gu g u rt su b stan siyasi va kapsulasi yaratildi. Talabalarni ham ilm iy ishga qiziqtirish hamda ilm iy ish bilan shug‘illanishi m ustaqil m am lakatim izning rivojlanishi va ilm iy salohiyatining yuksalishida m uhim om illardan biri bo‘lib h isob la nadi. Shu tufayli T oshkent farm atseftika institutida talabalarning ilmiy ish olib borishiga katta e’tibor beriladi. Institutda Talabalarning ilm iy jam iyati (TIJ) tashkil etilgan b o'lib , u talabalarni ilm iy ishga jalb etadi. TIJning asosiy maqsadi iqtidorli yoshlarni qo'llash, ularning ilm iy m aqolalarini ch o p etish , yoshlarning b ilim i, zako- vatini nam oyon etish uchun sharoit yaratib berish, ularni ilm - fanga, izlanishlarga jalb qilish va qiziqtirishdan iboratdir. U M U M IY K IM Y O 1 -b o b . KIMYONING ASOSIY QONUNLARI. KIMYONING TARIXI Kimyo fani moddalarni va ular asosidagi o'zgarishlarni chuqur o'rganadi. K im yoning mustaqil fan sifatida o ‘iganilayotganiga 200 yildan ortiq vaqt o'tdi. C h y m e ia — s o ‘zi quyish, tindirish m a ’nosini beradi. Bu s o ‘z qadim gi sharq tabiblari — farm atsevtlarini o'sim liklar asosida dori moddalari tayyorlash jarayonlarida al- kimyogarlar tom onidan tilga olingan. Boshqacha fikrlarga k o‘ra , alkim yo s o ‘zining ildizi «khem » yoki « c h e m i » balki «chim a» — «qora tuproq» yoki «qora yurt» m a’nosini anglatgan. Qadimgi Misrda kimyogarlar oltin oladigan ustalar deb yuritilgan. Ularni rudalardan turli m etallar oladigan sehrgarlar deb ataganlar. Q adim da kimyogarlar o 'z faoliyatlarini yer boyliklariru o'rganishga (lotincha hum us — yer) bag‘ishlaganlar. Shuning uchun ham kim yo yer to ‘g ‘risidagi san ’at deb qaralgan. K im yogar esa yerdan turli m etallar oladigan s a n ’atkor deb hisoblangan. Insonlar juda qadim dan oltin , kum ush, m is, tem ir kabi metallarni ajratib olishni bilganlar. M usallas, sirka, dori-darm on, teri oshlash, m atolarni b o ‘yash, bo'yoqlar tayyorlash, kulolchilik asosida kim yo elem entlari yotadi. A m m o nazariy kim yo a w a l grek filosoflari asarlarida, keyinchalik arablar asarlarida paydo bo'la boshladi. Arab olimlari va kimyogarlari amaliy kimyoni ancha boyitdilar. Jabr ibn X ayon, ar-R aziy, o'zbek olim lari al-F arobiy, Beruniy, al-X ora zm iy, ibn Sino butun dunyoga tanilgan olim lar hisoblanadi. U lar turli m inerallar, kim yoviy m oddalar, o 's im liklar asosidagi turli ajratmalar va hayvonlar m ahsulotini ajrata bilishgan va o 'z asarlarida ana shunday moddalar olinishini bayon etganlar. IV asrdan XVI asrning o'rtalarigacha b o‘lgan davr alkim yo davriga kiritiladi. Bu davrda turli metallardan oltin va kumush olish asosiy m aqsad qilib olingan. Sim ob va oltingugurt har qanday Download 5.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling