Antitra nspirantlar


Download 34.43 Kb.
bet9/21
Sana29.01.2023
Hajmi34.43 Kb.
#1139316
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   21
Bog'liq
bbbbbbb

21.
22. Fikobilinlar. Suv o ‘tlaridan yuqoridagi pigmentlardan tashqari maxsus pigmentlar ham uchraydi. Ularga fikobilinlar deyiladi. Ularga fikoeritrin va fikotsianin kiradi. Fikoeritrin (C34H47H4O8) qizil suv o ‘tida uchraydi, rangi qizil boMadi. Fikotsianin (C34H42H4O8) ko‘k yashil suv o ‘tini pigmenti boMib, ko‘k rangda boMadi. Ular murakkab oqsillardir, tarkibida to 'rtta pirol halqasi uchraydi va ular qo'sh bogMar bilan bog’langan.
23. 0 ‘simlikning muqobil o‘sishiga barcha tashqi muhit omilari, xususan, harorat, yorugMik, namlik, gazlar tarkibi, mineral oziqlanish va boshqalar ta’sir etadi. Harorat. 0 ‘sishni belgilovehi asosiy omildir. Harorat 0-35 °C oraligMda boMganda o‘sish tezligi Vant-Goff qonuniga bo‘ysunadi. 0 ‘sishni harorat bo‘yicha 3 nuqtasi mavjud: 1. Minimal; 2. Optimal; 3. Maksimal. Ammo bu ko‘rsatkichlar turli o‘simliklar uchun har xil boMishi mumkin. Suvning miqdori. Hujayra suvning hisobiga o'sishi ma’lum. Binobarin, o'simlikni meyorida suv bilan ta’minlash o'sishga ijobiy ta’sir etadi. Ildizning o'sishi ham tuproqda namlik yetarli bo'lgandagina jadal bo'ladi. Suv taqchilligi o'simliklaming yer ostki va yer ustki organlarining o'sishini sekinlashtiradi. Mineral oziqlanish. O'simlik o'sayotgan muhitda biron-bir ozuqa elementlarini chiqarib tashlash uning o'sishini sekinlashtiradi. Ammo muhitda mineral elementlar miqdorining normadan ko'p bo'lishi o'sishga salbiy ta’sir ko'rsatishi mumkin. Masalan, o'simliklarga azot ko'p berilsa, ulardagi vegetativ organlarning o'sishi kuchayadi, biroq o'simlikni vegetatsiya davri cho'ziladi, ya’ni hosili juda ham kech pishadi. O'simliklaming tinim holati. O'simlik ontogenezida faol o'sish, sekin o'sish va tinim holatlari davriy ravishda almashinib turadi. Yil fasllariga qarab o'simliklarda fiziologik jarayonlar ham o'zgarib turadi. O'sishning tinim davrida hujayralardagi hayotiy jarayonlar eng minimal darajaga tushib qoladi. Tinim holati ikki xil bo'ladi, ya’ni majburiy va fiziologik.
24. Fotosintez jarayonida o'simliklarda organik modda hosil bo'ladi va to'plana boradi. Organik moddalarning umumiy miqdori, fotosintez va nafas olish jarayonlarining jadalligiga bog'liq. 0 ‘simlik tanasida vegetatsiya davrida sintez boMgan quruq moddaning umumiy miqdori bioiogik uning hosili deyiladi. Bioiogik hosilning xo‘jalik maqsadlariga ishlatiladigan qismi (donlar urugMari, ildizmevalari va boshqalar) xo‘jalik hosili deyiladi.
25. Ma’lumki, o’simliklarga suv va suvda erigan moddalar hujayra membranasi orqali o’tadi. O’simliklarning hujayra membranasi yarim o’tkazuvchanlik xususiyatiga ega, ya’ni bir xil moddalarni tez va oson o’tkazadi, bir xillarini esa, aksincha juda sekin va qiyinroq o’tkazadi. Mana shu fikrimizni quyidagi tajribada ko’rib chiqamiz.Ishning bajarilishi. Bu ishni bajarish uchun o’zining ko’rinish jihatidan, o’simlik hujayrasi membranasidek, yarim o’tkazish xususiyatiga ega bo’lgan xaltacha tayyorlab olinadi. Shunday yarim o’tkazgich parda vazifasini, kollodiy eritmasidan yoki sellofan qog’ozidan tayyorlangan xaltacha bajaradi. Agar yarim o’tkazgich xususiyatli xaltachani, kolloid eritmasidan tayyorlash zaruriyati tug’ilib qolsa, bu eritma og’zi keng, toza yuvilib quritilgan probirkaga solinadi va probirka qiyshaytirilgan holda bir tekisda aylantiriladi. Buning natijasida eritma probirka devoriga bir tekisda yopishib, yupqa qavatli plenka hosil qiladi. Ortib qolgan kollodiy eritmasi boshqa idishga olinadi. Probirkani qo’lda ishqalash yo’li bilan sal qizdiriladi. Ma’lum vaqtdan so’ng esa probirka sovuq suv bilan chayqab tashlanadi va probirka devoriga ilashgan kollodiy parchasi sekin-asta pinset bilan devordan ajratiladi. Mana shu ajralgan joyga bir necha tomchi suv tomizilsa, parda probirka devoridan osongina xaltacha ko’rinishida ko’chib chiqadi. Xaltachaning butunligini puflab ko’rish bilan aniqlanadi.

Download 34.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling