Antoni Van Levenguk tomonidan mikroorganizmlarni kashf qilinishi
Download 104.04 Kb.
|
virusdan majmua
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bakteriyalarning sporalari va ularning hosil bo’lishi.
- 19..bakteriyalarning hujayrasi strukturasi.
- Kimyoviy tuzilishi.
18.Prokariot hujayralar tuzilishi. Bakteriya hujayrasining struktura asoslari. Hujayra devori, tuzilishi, tavsifi va kimyoviy tarkibi, sitoplazmatik membrana, uning ba’zi xususiyatlari va kimyoviy tarkibi. Sitoplazmatik membrana funksiyasining xilma-xilligi. Mezosomalar. Sitoplazma. Bakteriya hujayrasining qo’shilmalari, kimyoviy tarkibi va axamiyati.Bakteriya endosporalari, spora hosil bo’lish jarayoni va sporaning vegetativ hujayradan asosiy farqlari. Kapsula va shilliq qavat. Kimyoviy tarkibi va funktsiyalari. Bakteriyalarning harakati, xivchinlari. Joylanishi, tashkil topishi, kimyoviy tarkibi. Fimbriy va pililar va ularning funktsiyalari.
Bakteriyalarning sporalari va ularning hosil bo’lishi. Ba’zi bir mikroorganizmlar noqulay sharoitda vaqtincha tinim davriga o’tadi, ya’ni spora hosil qiladi. Spora endogen usulda hosil bo’lsa, u vegetativ hujayra ichida yetiladi. TSitoplazmada har xil shaklga ega granulalar uchraydi. Ularning xosil bo’lishi mikroorganizmlar o’sadigan muhitning fizik - kimyoviy xususiyatlarga bog’liq bo’lib, kiritmalar mikroorganizmlarning doimiynbelgilari emas.Ko’pincha kiritmalar mikroorganizmlarga energiya va uglerod manbai bo’lib xizmat qiladi. Ular mikroorganizmlar yaxshi oziqa muhitida o’sgandagina hosil bo’ladi va yomon muhitga tushganda esa sarflanadi. Kiritmalar qatoriga glikogen (hayvon kraxmali), granulyoza, β - oksimoy kislota, volyutin (polifosfatlar), oltingugurt tomchilarini kiritish mumkin. Kiritmalarning hosil bo’lishi, ko’pincha oziqa muxitini tarkibiga bog’liq bo’ladi. Masalan, tajribalar yordamida glitserin va uglevodlarga boy oziqa muhitida o’sgan bakteriyalarda valyutin, vodorod sulьfidga boy muxitda esa oltingugurt to’planishi aniqlangan. Ba’zi oltingugurt bakteriyalarida amorf holdagi SaSO3 uchraydi. Ulardan tashqari, bakteriya hujayrasida oqsillar, fermentlar, uglevodlar, aminokislotalar, RNK, nukleotidlar, pigmentlar bor. Hujayradagi molekulyar birikmalar hujayraning osmotik bosimini saqlab turadi. 19..bakteriyalarning hujayrasi strukturasi.akteriyalarning ko’plari kapsula bilan o’ralgan. Ular shilimshiq moddadan iborat bo’lib, mikro- va makrokapsuladan iborat bo’ladi. Makrokapsulaning qalinligi 0.2 mkm, mikrokapsulaniki esa - 0.2 mkmdan kichik (16 - rasm). Makro - va mikrokapsulaning ichki tomonida shilliq qavat va uni ichki tomonida esa eruvchan shilliq qavat bo’ladi Kimyoviy tuzilishi. Kapsula geteropolisaxarid bo’lib, uning tarkibi 90% suvdan iborat, polisaxarid, polipeptid, lipid (tuberkullyoz bakteriyalarda) birikmalaridan tashkil topgan. Kapsulali bakteriyalar kapsulasiz bakteriya yashay olmaydigan muhitlarda ham yashay olishi mumkin Prokariotli mikroorganizmlarning hujayrasining bo’yalish hususiyatiga qarab 2 guruxga bo’lib o’rganiladi. Agarda prokariotli mikroorganizmlarning tanasi binafsha rang bilan so’ngra yod bilan bo’yalsa u paytda uning tanasi bo’yaladi. Bo’yalgan tanani spirt bilan yuvilsa, ya’ni spirt ta’sirida 2 hil holat kuzatiladi:Grammusbat turlar – bunda yuvilgandan keyin ham tanada bo’yoq qolgan bo’ladi.Grammanfiy turlarda – teskarisi, ya’ni bo’yoq yuvilib ketadi va rangsiz bo’lib qoladi.Bakteriyalar, asosan, bir hujayrali, xlorofilsiz mikroorganizmlar bo'lib, biologik xususiyatlariga ko'ra prokariotlarga mansub, ular tabiatda keng tarqalgan va atroflicha o'rganilgan. Bakteriyalar kattaligi mikrometr (mkm) bilan o'lchanadi, o'rtacha 0,1-0,15 mkm dan (mikoplazma) 3-500 mkm gacha Download 104.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling