Asosiy tushunchalar va tahlil usullari
Download 1.41 Mb. Pdf ko'rish
|
sistem tilshunoslik leksikologiya fanidan (2)
borayotgan jamiyat talabini q ondira olishi, jamiyat a’zolariga, hech bir
qiyinchilik tug’dirmay rivojlanishi shakl va mazmun nomutanosibligiga ko’ra yuz beradi. Biz kunda bu jarayonning guvohi bo’lamiz. quyidagi dalillarga muro jaat qilaylik: 1. Oktabr to’ntarishidan keyin juda ko’ p lug’aviy birliklarning shakli o’zgarmadi, ammo mazmuni o’zgardi: [arbob, rais, hakim, hakam va b.]40—80- yillarda ko’plab lug’aviy birliklarning ma’nolari saqlandi. Shakli esa, asosan, ruscha sha kllar bilan almashtirildi: (sho’ro→so vet, inqilob→revolyu- siya, jumhuriyat→respublika, viloyat→oblast, tuman→ rayon). 2. Bugungi kunda rus tilidan va u or qali G’arbi y Yevropa tillaridan kirgan minglab lug’aviy birliklarning hatto ilmiy-texnik atamalarning ma’no (mazmun)lari saqlanmoqda. Ammo shakli esa qisman o’zbekcha, ko’pincha arabcha va tojikcha so’zlar bilan almashtirilmoqda: (Vrach→hakim, televizor→oynai jahon, institut→oliygoh, fakultet→kulliyot, student→talaba kabi). 3. Biz har kuni yuz martalab lug’aviy birliklarni ko’chma ma’noda qo’llaymiz. Qiyoslang: [Singlim, bu qanday bino? Akajon, biroz qarashib yuboring,] Bu gaplarda (singlim, akajon, qarashib yuboring) so’zlarida lug’aviy ma’no o’zgartirilgan, shakl esa sa qlangan. Qo’shni tillarda, ayniqsa, ko’p tillilik sharoiti da o’z lug’aviy birliklariga ma’nodosh (sinonim) so’zlar olish, tanlash, ulardan erkin foydalanish ham qayd etilgan nomutanosiblikka ko’ra yuz beradi. Ayniqsa, eski o’zbek tilining 29 badiiy-nazmiy nutqida bu usuldan ni hoyatda ko’p foydalanilgan. Shu sababli faqat bir «sevgili» tushunchasini ifodalash uchun eski o’zbek tilimizda 100 dan ortiq shakldosh so’z bor . Bunday imkoniyatlarning barchasi tilning rivojla nishi uchun qulay omil bo’lib, tildagi shakl va mazmun no mutanosibligi bilan asoslanadi. Sistem leksikologiya va tarixiyli k. Sistem leksikologiya, umuman, sistem tilshunoslik, tilning ma’lum bir davridagi bar qaror (turg’un, statik, sinxronik) holatini o’rganishga xizmat qiladi. Shuning uchun til birliklarining tarixi, rivojlanishi, o’zgarishlari sistem leksikologiyada tadqiq qilinmaydi. So’zning kelib chiqishi (etimologiyasi ), davrlar bo’yicha uning ma’no va qo’llanishidagi o’zgarishlari so’zning tarkibida (strukturasida) sodir bo’ lgan o’zgarishlar, uning qaysi tildan olinganligi (qaysi tarixiy-etimologik qatlamga mansubligi) kabi qator tarixiy hodisalarni sistem leksikologiyaning tadqiq usullari bilan o’rganib bo’lmaydi. Sistem tilshunoslikda bu masalalar bilan shug’ullanuvchi maxsus yo’nalish — tarixiy (diaxronik) tilshunoslik mavjud. U tilning barqaror holatini o’rganuvchi turg’un (sinxronik) tilshunoslikka , qarama- qarshi qo’yiladi. Tarixiy tilshunoslik tilning har bir birligini alohida, mustaqil holda olib, davr lar bo’yicha uning taraqqiyotini, o’zgari shlarini o’rganadi, o’ziga xos qonuniyatlarini aniqlab beradi. Turg’un (sinxronik) tilshunoslik esa tilda muayyan davrda mavjud bo’lgan birliklar, yonma- yon yashayotgan umumiyliklar orasidagi munosabatlarni o’rganadi, aniqlaydi. Chunonchi, hozirgi o’zbek tilida [ona], [volida], [modar], [ena], [aya] lug’aviy birliklari yonma-yon yashab kelmokqda. Sistem leksikologiya ushbu lug’aviy birliklar orasidagi munosabatlarni aniqlab, ularning hozirdagi mohiyatini ochishga h arakat qiladi. Sistem leksikologiya uchun bu so’zlardan birining aslan turkiy ekanligi, ikkinchisining arab tiliga oidligi, uchinchisining eroniyligi, to’rtinchi va beshinchisining esa o’zbek shevalaridan olinganligining ahamiyati yo’q. Bu masala bilan qiziqqan tolibi ilmlar E. Begmatov, H. G’ulomov A. K. Borovkov va T. Xol murodovlarning maxsus ishlariga murojazt 30 qilishlari mumkin . Shuni ham aytish kerakki, sistem leksikologiya so’z ning tarixan tub yoki yasamaligi bilan ham qiziqmaydi. Sistem leksikologiya uchun so’zning tuzilishidagi ahamiyatli narsa ayni til birligi tayyor, umumiy, majburiymi yoki u biror qolipning hosilasimi ekanligidir. Agar so’ z muayyan qolipning hosilasi bo’lib, muayyan qismlarga bo’ linsa va ma’lum bir qonuniyatga bo’ysunsa, bu — bir holat. Agar biron qolipning hosilasi bo’lmasa, tayyor qismlarga ajralmasa va muayyan qonuniyat asosida hosil qilinmasa, bu —tamoman boshqa bir holat. (Bu haqda kelgusi boblarda aloxida fikr yurita miz.) Binobarin, aytilganlarga ko’ra sistem tilshunoslik o’zak va negiz kabi tarixiy tushunchalardan ham foydalanmaydi. Download 1.41 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling