Asosiy tushunchalar va tahlil usullari


Download 1.41 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/35
Sana05.01.2022
Hajmi1.41 Mb.
#216532
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   35
Bog'liq
sistem tilshunoslik leksikologiya fanidan (2)

lekin;  uchun,  bilan,  sari,  sayin;  tag,  ost,  bo’y,  old;  sar a;  boshla,  yubor, 
bo’l,  so’ng,  kabi,  yanglig’,  burun  kabilar)  kiradi.  Mohiyatan  ushbu 
yordamchi  leksemalar  grammatik  morfemalardir.  Ular  lekse malarga 
o’xshab,  nutqda  alohidalik  xususiyatiga,  ko’makchi  ot,  sifat,  olmosh, 
ravish  va  fe’llar  esa  o’zicha  grammatik  morfemalarni  ergashtirish 
qobilyatiga  egadir.  Bosh qacha  aytganda,  yordamchi  so’zlar,  leksemalar 
va  qo’shimchalar  orasida  “oraliq  uchinchi”  bo’ lib,  ham  leksemalar,  ham 
grammatik  morfemalar  xususiyatini  o’zida  mujassamlashtiradi.  Ammo 
ular  na  leksemalarga,  na  grammatik  morfemalarga  to’ liq  teng  bo’la 
olmaydi.  Leksemalar  bilan  (lug’aviy  morfemalar  bilan)  qo’shimchalar 
(grammatik,  affiksal  mor femalar)  orasidagi  ana  shunday  dialektik 
bog’lanishni,  birining  ikkinchisiga  o’tish  xususiyatin i  hisobga  olmaslik 
an’anaviy  tilshunoslikda  so’z  ta’rifini  behad  chigallashtirib  yubordi. 
Natijada  so’zga  ta’rif  berib  bo’lmaydigan  darajaga  kelib  qo ldi.  Sistem 
leksikologiya esa bu qarama -qarshilikka barham berdi. 
 Leksemaning  tayyorligi.  Aytilganidek,  leksema ning  eng  asosiy 
xususiyati  uning  «tayyor»ligi,  ya’ni  yasama  emasl igidir.  Demak,  leksema 
muayyan  qolipning,  muayyan  qonuniyatning  mahs uli,  xosilasi  bo’lmasligi 
lozim.  Masalan,  [kitob],  [uy],  [biz],  [o’ g’il],  [kel],  [ket],  [qoch],  [qol], 
[cho’zib],  [ajoyib],  [uch],  [besh]  kabi  minglab  tayyor  birliklar 
voqelikdagi  narsa,  belgi,  miq dor,  harakat,  holat,  xususiyatlarni  atab, 
ifodalab  keladi.  Ular  jamiatning  barcha  a’zolari  uchun  tayyorligi  bilan 
ajralib 
turadi. 
Bu 
birliklar 
nut qda 
grammatik 
qo’shimchalarni, 
umumlashma ma’noli turlicha affiksal morfemalarni o’zlariga ergashtirib, 
ularning  nutqda  ishtirok  etishlariga  asos  bo’ ladi.  Masalan,  (Bog’imizda 
gullar  o’sadi)  gapida  [bog’],  [gul],  [o’s]  leksemalarining  ushbu 
ko’rinishlari  yakka  xilda  bo’lmay,  balki  ularning  har  biri  o’zlarining 
qo’shnichilik  munosabatlarining  bir  qismini  voq elashtirgan  holda  kelgan, 


 
33 
Ular  o’zlari  birika  oladigan  turlicha  qo’shimchalardan  ba’zilari  bilan 
birga gapda turli-tuman vazifalardan birini ado etgan.  
Leksemalarning  «tayyor»lik  belgisi  an’anaviy  tilshunoslikning  «tub 
so’zlar»,  «o’zaklar»  tushunchasiga  mos  kelganday  ko’rinadi.  Aslida  esa 
bunday  emas.  Ha qiqatan  ham,  an’anaviy  tilsh unoslikning  «tub  so’zlari» 
va «o’zaklari» tildagi leksemalarning nutqda voqelashishining bir turidir. 
Ammo  leksemalar  tarki bi  «o’zak»  va  «tub  so’zlar»ga  nisbatan  keng. 
Buning  asosiy  sababi  «tayyorlik»  belgisining  «yasama  emaslik» 
belgisidan  kengligidadir.  Q uyida  «tayyorlik»  va  «yasama  emaslik» 
tushunchalari,  ularning  an’anaviy  va  sistem  tilshunoslikda  talqin 
qilinishi,  baholanishi  haqida  fikr  yuritamiz.  Bu  esa  bizdan  so’z  yasash 
qoliplarining xususiyatlari ustida to’xtab o’tishimizni talab etadi. 
 Unumli  so’z  yasash  q oliplari.  Sistem  tilshunoslikda  “qolip”,  til 
birliklarining  o’zaro  birikish  tizimi  va  bu  brikishning  —  nutqiy 
hosilaning  mohiyati  sifatida  tushuniladi.  Ya’ni  har  qanday  qolip  ikki 
(qismdan  iborat  bo’ladi.  Bu  qismlar  tenglamalar  kabi  (  =  )  belgisi  bil an 
ajratiladi. 
Masalan,  1)  [[aniq  ot]  +  [chi]  =  (ot  anglatgan  narsa -predmet  bilan 
shug’ullanuvchi,  aloqador  shaxs   atamasi)];  2)  [ot]  +  [li]  =  (ot  a nglatgan 
narsaga  egalikni  ifodalovchi  sifatlar)];  3)  [aniq  ot,  sifat+  [lik]  =  (aniq  ot 
yoki sifatdan hosil qilingan mavhum ot); 4) [ [joy no mi, oykonim] + [lik] 
= (muayyan joyda yashovchi, shu joyning tub vakili bo’lgan shaxs )]. 
So’z  yasash  qolipi  uch  qismdan  iborat  bo’ladi:  1)  so’z  yasashga  asos 
bo’luvchi  lug’aviy  morfema—leksima;  2)  leksemaning  ma’nosini 
o’zgartiruvchi  qo’shimcha  —  yasovchi  qo’shimcha;  3)  birikish 
hosilasining tabiati, moh iyati. 
Qolipning  har  uchala  qismidagi  cheklanish  muayyan  qoida  (q onuniyat) 
bilan  belgilanishi  va  tasodifiyl iklardan  holi  bo’lishi  kerak.  Bu  fikr, 
aynisa,  I  va  III  qsi mlarga  oiddir.  A
N IQ R OG

I
,
 
yuqorida  qayd  etilgan 
qoliplardan  birinchisini  olayli k.  Bu  qolipning  birinchi  qismida  ma’lum 
bir aniq ot kelishi mumkin . Masalan, (etikchi, asalchi, bo’ zchi, gulchi).   


 
34 
 
Bunday  yasama  otlarning  miqdori  cheksiz
+
.  Lekin  nutqiy  me’yorga 
ko’ra ayrim aniq otlar [-chi] bilan birikmaydi. Qiyoslang, lug’atla rimizda 
(choynakchi),  (piyolachi) ,  (papiroschi),  (noschi)  kabi  so’zlar  yo’q. 
Ammo  bu  so’zlar  o’zbeklar  uchun  tushunarli  va  o’zbek  tili  jamiyati 
bunday  so’zlarni  yasashi,  tushunishi,  ulardan  nutqida  foydalanishi 
mumkin.  Ya’ni  (noschi)  so’zi  o’zbek  nutqida  ikki  ma’nodan  birida 
qo’llana  oladi:  1)  nos  tayyorlaydigan,  sotadigan  va  h.  k.  shaxs;  2)  nosni 
ko’p  chekadigan  shaxs.  qolgan  so’zlarga  nisbatan  ham  shunday  fikrni 
aytish 
mumkin. 
Demak, 
o’zbek 
nutqida 
(nutq 
me’yorida) 
ishlatilmaydigan  so’zlarda  ham  birinchi  qolipning  barcha  qismlari  to’da 
saqlanadi.  2-  va  3-  qoliplarimiz  o’zbek  nutqi  me’yorida  deyarli  hech 
qanday  mustasnoga  ega  emas.  Bu  o’rinda 
:
qo-lipning  birinchi  qismida 
ko’rsatilgan  biror  turga  oid  leksema  kela  oladi.  Bu  holda  ushbu  qolip 
o’ziga  xos  bo’lgan  nutqiy  hosilani  beradi  va  uning  mohiyatini  aks 
ettiradi.  Qayd  etilgan  qoliplarning  hosilalari  cheklanmaganligi  sababli 
ular  o’zbek  tili  lug’atlarida  to’liq  qayd  etilishi  mumkin  emas.  Til  birligi 
bo’lgan  qolipga  qo’yiladigan  asosiy  talablardan  biri  shudir.  Chunki  til 
birliklarining nutqiy ko’rinishlari, nutqiy namoyon bo’lishlari cheksizdir.  
So’z  yasash  qolipida  u  yoki  bu  qism  (asosan,  birinchi  qism)  muayyan 
tur,  xil  yoki  miqdor  bilan  cheklangan  bo’lishi  mumkin.  Ayni  vaqtda  bu 
cheklanishning o’zi  ham  muayyan  qoida  yoki  miqdor  bilan  chegaralangan 
bo’lishi shart.  Masalan: 5) {[ikkidan  — beshgacha miqdor nomi] + [ov] = 
(jamlovchi  son)}.  Bu  qolip  atigi  4  (to’rtta)  leksemani  o’ z  ichiga  oladi. 
Shunga  qaramasdan  bu  qonuniyat,  qoida  sifatida  mavjud.  Shuning  uchun 
                                                           
+
  B i z   b u  o ’r i nd a   b i r   n a z a r i y  ma s a l a ni   e s l a t i b   o ’ t a mi z .   O ’ z b e k  t i l i d a gi   I I   s h a xs   o t i   ya s o v c hi  
mo r f e ma   n u t q i mi z d a   ( - c hi ) ,   ( -d o ’z ) ,   ( - ga r ) ,   ( -p a z ) ,   ( -b o z )   ka b i   ko ’r i n i s h l a r ga   e g a .   B ul a r   o r t t i r m a  
ni s b a t   mo r f e ma s i n i n g  ( -d i r ) ,   ( -t ) ,   ( - ko r ) ,   ( - ka z )   k a b i   t u r l i   s h a kl l a r i   s i n g a r i )   b i r   mo r fe ma n i n g  
nutqiy  vaziyatdagi  turli  ko ’r inishlarid ir.  Ular nin g  ( nutq iy  ko ’r inishlar ning)  ishlatilishi  me’ yo r 
bilan  belgilanad i.  Shuning  uchun  qolip ning  to ’gri  shakli  [  [aniq  o t]  +  [chi]  ...  ]  emas,  [aniq  ot]  + 
[shaxs  o ti  yaso vchi  mo rfe ma]   =]  bo ’lishi  kerak  edi.  Lekin  tilshunoslikda  til  bir ligini  ifod alas h 
uc h u n   s h u   mo r fe ma ni n g  i s t a g a n  b i r   n ut q i y  s ha k l i n i   t o ’ g ’ r i   q a v s   i c hi d a   ko ’r s a t i s h  q a b u l  
q i l i n g a nl i gi   s a b a b l i   b i z   s ha x s   o t i   q u s hi mc h a s i   [ -c h i ]   yo k i   [ -d o ’z ] ,   yo ki   [ -p a z ]   s i f a t i d a   b e -
rishimizning  ahami yati  yo ’q.  Lekin  -(chi)   nutq iy  ko ’r inishining  q ullanilishi  ( -p az),  ( -boz),  ( -bo n)  
lar ga nisbatan keng. Shunga ko ’ra b iz shaxs o ti yaso vchisini [ -chi] shaklida keltird ik.  
 


 
35 
5- qolip ham til birligi hisoblanadi; 
 6)  [sanoq  son]  +  [-inchi]  =  (tartib  son)  ].  Bu  qo lip  esa  hech  qanday 
cheklanishni  bilmaydi.  U  cheksiz  miqdorda  tartib  sonlarni  berishi 
mumkin.  5-  va  6-  qoliplarni  qiyoslasak,  ular  orasidagi  far q  seziladi.  Har 
ikkala qolip ham unumli, «tirik», yashayapti. Ammo 5 - qolip kam mahsul, 
6-  qolip  esa  sermahsul.  Shunga  ko’ra  so’z  yasash  qoliplari  unumli 
sermaxsul  va  unumli  kammax sul  qoliplarga  ajratiladi .  Qolip  qanchalik 
sermahsul  bo’lsa,  uning  hosilalari,  «mahsuloti»  jamiyat  a’zolari  uchun 
shunchalik  bo’linuvchan,  hosilalarning  ma’nolari  esa  bir  xil,  o’xshash 
bo’ladi. 
Yuqorida aytilganlardan quyidagi xulosaga kelish mumkin:  
1. So’z  yasash  qolipi      til  birligi      bo’ lishi      uchun  bu  qolipning  tarkibiy 
qismlari, 
qolipning 
ishlash 
jarayoni 
muayyan 
qonun-qoidalar 
bilan   
belgilangan bo’lishi shart. 
2. Til  birligi  bo’lgan  o’ta  sermaxsul  so’z  yasa sh  qoliplari  hosilalarining 
miqdori  sanalishi,  lugatlarda  qayd  etilishi  mumkin  emas,  chunki  ular 
cheksiz miqdordadir. 
3.  Unumli  so’z  yasash  qoliplarining  hosilalari  jamiyat  a’zolari  uchun 
bo’linuvchan,  yasamadir.  Ular  jamiyat  a’zolari  uchun  tayyor  holda  emas. 
Shu  sababli  unumli  so’z  yasash  qoliplarining  hosilalari  til  birliklari 
(leksemalar) emas, balki nut q birliklari, yasama so’z lar hisoblanadi. 
Yuqoridagi  xulosalardan  keyin,  ma qsadga  muvofiq,  birinchi  qolipga 
qaytamiz:  1)  [  [aniq ,  ot]  +  [-chi]  =  (ot  ifodalagan  narsa  bilan 
shug’ullanuvchi, aloqador shaxs) ]. 
Nutqimizda (ishchi), (xizmatchi), (tajribachi),  (
G

AL
vachi) kabi so’zlar 
ham  bo’lib,  ularning  I  qismida  aniq,  otemas,  balki  mavhum  ot  kelgan. 
Shunga  asoslanib,  o’zbek  tilda  1a)  [  [mav hum  ot]  +  [-chi]  =  (ot 
ifodalagan  tushunchaga  alo qador  shaxs)]  qolipi  bor  deb  xulosa  chiqara 
olamizmi?  Afsuski,  yo’q.  Chunki  biz  (haqchi),  adolatchi),  (go’zallikchi) 
kabi,  so’zlarni  yasay  olmaymiz.  Demak,  (1a)  qolipi  til  birligi  bo’la 
olmaydi.  Ammo  (1a)  qolipiga  biroz  aniqlik  kiritsak,  u  til  birligi  bo’la 


 
36 
oladi.  1b)-kasb  nomini  va  ayni  vaqtda  harakat  nomini  ifodalovchi 
leksemalar  +-chi  =  (shu  kasb  bilan  shug’ullanuvchi  shaxs).  Ushbu  qo lip, 
ehtimol,  til  birligi  bo’la  olsa  kerak.  Chunki  lug’atlarda  bu  qolipning  juda 
ko’p  hosilasini  berishadi.  Jumladan,  o’zbek  tilining  ters  lug’atida 
quyidagi 58 so’z beriladi: (tajriba chi, g’alvachi, poygachi, p ostanovkachi, 
shtampovkachi,  razvedkachi,  atletikachi,  gimnastikachi,  svarkac hi  va  h. 
k).  Keltirilgan  misollar  (nutq iy  hosilalar)  shuni  ko’rsatib  turibdiki, 
harakat  nomi  -chi  bilan  birikishi  uchun  uning  o’zi  leksema  (tub)  bo’ lishi 
kerak.  Shunga  ko’ra  ayni  qolip  (yozishchi,  ko’chirishchi)  kabi  ho silalar 
bera  olmaydi.  Chunki  (yozish,   ko’chirish)  kabi  so’zlar  leksema  emas, 
balki nutq hosilalari,  yasama so’zlardir. O’zbek tilining so’z yasash t i z i 
m  i,  umuman,  o’rganilgan  emas.  Shu  sababli  biz  bu  o’rinda  aniq,  dalillar 
keltira  olmaymiz.  Un umli  sermaxsul  va  unumli  kammaxsul  qo liplar 
haqidagi  tafsilotlarni  aniqlashni  kelajakka  q oldirib,  qoliplar  bilan 
aloqador  bo’lgan  boshqa  masalaga  o’tamiz.  Navbatdagi  tahlil  so’ z 
yasashning unumsiz (yoki tarixiy) qoliplari ustida  boradi. 
 So’z  yasashning  unumsiz  (tarixiy)  qoliplari.  Ters  lug’atdagi  (-gin)  va 
uning  tovush ko’rinishlari bo’lmish  (-qin),  (-
G

IN
),
 
(-kin),  (-gun),  (-kun), 
(-qun)  qo’shimchali  so’zlarni  ko’rib  o’tamiz.  Ular  quyidagilar:  (1) 
tizgin, 2)Keskin, 3) yolqin, 4) to’lqin, 5) yorqin, 6) itirqin, 7) Pispinqin, 
8) bosqin, 9) to’sqin, 10) sotqin, 11) qochqin,. 12) toshqin, 13) shoshqin, 
14)  quvg’in,  15) 
Q IZG

IN
,
 
16)  ozg’in,  17)  o’zg’in,  18)  so’lg’in,  19) 
T OLG

IN
,
 
20)  to’lg’in,  21)  yong’in,  22)  qirrin,  23)  so’zgun,  24)  surgun, 
25) durkun, .26) uchqun, 27) buzg’un, 28) uyg’un, 29) tuyg’ un). 
Keltirilgan  29  ta  misolning  barchasi  fe’l  o’zaklar dan  yasalgan.  Ularga 
-tin  morfemasi  turli  fonetik  ko’ rinishlarda  qo’shilib,  ot  va  sifat  hosil 
qilgan.  Shunga  asoslanib,  biz  7 -qolipni  ajrata  olamiz:  7 —{[fe’l]  +  +  [ -
gin]  =  (ot  yoki  sifat)}  shaklida  tuzil gan  qolipimiz: 
NU QSO NL I
.
 
Uning o’ng 
qismi o’ta noaniq (ot yoki sifat), So’z yasash qolipida esa bunday bo’lishi 
mumkin  emas.  Qolipda,  yuqorida  (1-,  2-,  3-,  4-,  5-,  6-,  1  b  qoliplari) 
ko’rib  o’tganimizdek,  hosilalarning  ma’no  turi  aniq   kursa'tilishi  kerak  7- 


 
37 
qolipning  yuqorida  qayd  etilgan  hosilalarida  esa  ma’no  t o’rini  aniqlab 
bo’lmaydi. Chunki ularning ichida harakat nomlari ham (8-, 12-, 14-, 15-, 
22-,  24-  misollar),  narsa-predmet  nomlari  ham  (1-,  4-,  9-,  21-,  26-
misollar),  shaxs  otlari  h am  (10-,  11-,  13-,  23-misollar),  belgi  ifodalovchi 
sifatlar  ham  (2-,  3-,  5>  7-,  15-,  16-,  17-,  18-,  19-,  20-,  25-,  27-,  28-,  29-
misollar)  bor.  Sifatlar  ham  ma’no  jihatdan  turlichadir.  Ay tilganlar  7- 
qolipning  o’ng  tomondagi  til  birliklariga  qo’ yiladigan  talablarga  javob 
bera olmasligiga ishoradir.  
Qolipning  chap  tomoniga  murojaat  qilamiz.  Bu  o’rinda  birinchi  qism 
fe’l  deb  qo’yilgan,  xolos.  Tekshiramiz.  Misollardan  ko’rinib  turibdiki, 
ular,  asosan  SGS  (undosh -unli-undosh)  va  GS  (unli-undosh)  qurilishiga 
ega fe’llardir. Shunga o’xshash bor-, kel-, ket-, yot-, chop-, yur-, o’l-,o’t- 
kabi  fe’llarga  (-gin)  qo’shimchasini  qo’shamiz  va  quyidagi  hosilani 
olamiz:  (borgin,  kelgin,  ketgin,,  y otgin,  chopgin,  yurgin,  o’lgin,  o’tgin). 
Natijada  o’zbek  uchun  umuman  tushunarli  bo’lmagan  «so ’zlar»ni  hosil 
qildik.  Demak,  qolipning  chap  tomoni  h am  til  birligiga  qo’yiladigan 
talablarga  javob  bera  olmaydi.  [ -gin]  qo’shimchasining  qanday  so’zlarga 
(o’zaklarga)  qo’shila  olishi  va  qanday  ma’no  ifodalashi  ma’lum  qonun-
qoidalar  bilan  emas,  balki  o’zbek  tilining  lu
G
’ati  bilan  belgilanadi.  Qolip 
hosilalarining  miq dori,  bu  hosilalarning  aniq,  ma’nolari  lug ’at  orqali 
belgilansa, bunday so’z yasash qoliplari unumsiz deb aytiladi. Ushbu so’z 
yasash  qoliplari  ham  sermahsul  va  kammahsul  bo’lishi  mumkin.  Unumsi z 
so’z  yasash  qoliplarining  mahsuli  yasama  so’zlar  emas,  balki  mustaqil 
leksemalardir.  Chunki  ularning  hosil  qilinishi  ma’lum  bir  qoida  bilan 
belgilanmaydi,  balki  lug’at  orqali  aniqlanadi.  Unumsiz  (tarixiy)  so’z 
yasash 
qoliplarining 
hosilalarida 
ma’no  ixtisoslashishi,  hosilalar 
ma’nolarining  bir-biridan  uzilishi,  har  bir  hosilaning  mustaqil  ma’no 
kashf  etishi  kuchayadi.  Shuning  uchun  7 -  qolip  hosilalari  ma’no  ji hatidan 
rang-barang  bo’lib,  ma’lum  qonuniyatga  bo’ysunmaydi.  Buning  sababi 
shundaki,  qolip  tilda  o’z  unumliligini  yuqo tgach,  uning  til  birligi 
sifatidagi  ta’sir  kuchi  qolmaydi.  Natijada  uning  h osilalari  mustaqil 


 
38 
leksemalar  sifatida  rivojlanadi  va  turlicha  ma’nolar  kash f  etadi.  Unumsiz 
(tarixiy) so’z yasash qoliplarining o’zbek tilidagi miqdori yuzga yaqindir. 
Bunday  qolip  hosilalari  E.  V.  Sevortyan,  A.  G’ulomov,  A.  N.  Kononov, 
va  A.  Hojiyevlarning  ishlarida  atroflicha  o’rganilgan.  Leksemalarning 
miqdori  tub  so’zlarga  nisbatan  ancha  ko’p  deyishimizning  asosiy  sababi 
ham  shunda.  Chunki  o’zbek  tilida  unumsiz  (tarixiy)  so’z  yasash  qoliplari-
ning hosilasi bo’lgan, bugungi kunda o’z yasamaligini yo’qotgan mustaqil 
til birliklariga  aylangan  leksema lar  miqdori  o’zaklardan  va tub  so’zlardan 
4  —  5  marta  ko’pdir  (balki  bundan  ham  ko’proqdir).  Barqaror  (sinxronik) 
holatni  va  tarixiylikni  izchil  far qlamaydigan  an’anaviy  tilshunoslikda, 
jumladan,  so’z  yasalishida  haligacha  o’zbek  tilida  mavjud  s o’z  yasash 
qoliplarining  unumliligi  va  ma hsuldorligi  qay  darajada  ekanligi  haqida 
aniq  ma’lumot  yo’q.  An’anaviy  tilshunoslikda  anchagina  unumli  deb 
hisoblanilayotgan  qoliplar  allaqachon  o’z  unumdorligini  yo’qotganga 
o’xshaydi.  [ot]  +  [la]  =  (o’timli  fe’l)]  qolipi  ana  shunday  qoliplardandir. 
Qanday  Bo’lmasin,  so’z  yasali shini  tizim  qonuniyatlari  asosida  jiddiy 
o’rganish  o’zbek  tilshunosligining  dolzarb  masalalaridan  biridir.  Chunki 
hozirgi  kunda  ayni  so hada  T.  Xolmurodovning  ishidan  boshq a  tadqikotga 
ega emasmiz. 
 Leksemalar  hosil  bo’lishining  navbatdagi  faol  usuli  morfologik 
soddalanish  va  yaxlitlanish  (ideomatizatsiya)dir.  Sodd alanish  deb, 
muayyan  so’z  yasash  qolipining  hosilasida  yoki  so’zning  ma’lum  bir 
shaklida  o’zak  bilan  qo’shimchaning  o’zaro  birikib,  shaklan  ajralmas 
butunlikka  o’tishiga  va  shunga  muvofiq  yangi  ma’no  ifodalanishiga 
aytiladi.   Soddalanish  tilda  juda  keng  ta rqalgan  hodisadir.  Hozirgi 
o’zbek tilida tub deb sanaladigan [sin-], [bog’la-], [tingla-], [to’y-], [to’l-
],  [to’q]  kabi  fe’llar  tarixan  [si-],  [ba-],  [ting-],  [to’-]  kabi  o’zaklarning 
turlicha  qo’shimchalar  bilan  birikishidan  tashkil  topgan.  O’zbek  tili 
lugatlarini  ko’zdan  kechirsak  [birin-ketin,  qishin-yozin,  oldin,  keyin, 

Download 1.41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling