Asosiy tushunchalar va tahlil usullari
-mavzu. SEMEMA VA UNING TARKIBI
Download 1.41 Mb. Pdf ko'rish
|
sistem tilshunoslik leksikologiya fanidan (2)
4-mavzu.
SEMEMA VA UNING TARKIBI Reja: 1. Nom ema va semema haqida. 2. Sem emaning tarkibi. 3. Ifoda semalari. 4. Vazifa semalari. 5. Sem ema semalarining munosabati. 6. Semalarning darajasiga ko’ra turlari. Leksema ikki tomonga ega til birligidir. Aniqrog’i, u shakl va mazmun tomonlaridan iborat ramzdir. Shuni alohida qayd qilamizki, til ramzlarining (leksemalarning) shakl va mazmun tomoni xususiy atamalar bilan ataladi. Sistem tilshunoslikda leksemaning shakl tomoni nomema deyiladi. Nomema faqat leksemaning shakliga (moddiy qobig’i, tashqi tomoniga) nisbatan ishlatiladi. Leksemaning mazmun tomoni (ma’nosi, ichki tomoni, signifikati va h. k.) esa semema nomi bilan yuritiladi. Demak, leksema = nomema + sememadir. Nomema tilga xos tomondir. U ongimizda muay yan fonemalar tizmasi sifatida mavjud. Nomemaning fo nemalar tizmasidan iboratligi ichki nutq jarayonida (kishi fikr yuritganda, she’r yoki matnni ichda, tovush chiqarmay o’qiganda) aniq ma’lum bo’ladi. Chunki odam ichki nutq jarayonida so’zlarni, qo’shimchalarni ketma-ket tizib, xuddi 47 gapirayotganday ularni bir -biriga biriktiradi, grammatik ji hatdan shakllantiradi. Shu asosda fikr yuritadi. Demak, inson fa qat ovoz chiqargandagina emas, balki ovoz chiqarmaganida ham fone malarga moddiy shakl beradi. Odamning ichki nutqi o’zidan boshqa hech kimga ayon bo’lmaydi. Tashqi nutqda esa nomema tovushlar (yoki harflar) tizmasi, imo-ishoralar, turli xil signallar k o’rinishida muayyan tus oladi, voqelashadi. Avvalgi boblarda ko’rib o’tganimizdek, tashqi nutqning aniq moddiy shakli nutq vaziyati bilan, so’zlovchi (nutq muallifi) ning maqsad va imkoniyatlari bilan belgilanadi. Sistem tilshunoslik leksemal arning moddiy tomoniga — nomemalarga ko’p ahamiyat bermaydi. Chunki ko’rib o’tganimizdek, nomemaning aniq shakli nutq sharoiti bilan bel- gilanadi va u leksemaning mo hiyatiga ta’sir etmaydi. Leksemaning mohiyati uning ichki tomoni — semema orqali va shunga ko’ra leksemaning boshqa til birliklari bilan munosabatga, aloqag a kirishuvi orqali belgilanadi. Ammo nutqda, ayniqsa, nazmiy, nutqda nomema katta ahamiyatga ega bo’ladi. Nazarimizda behad katta ah amiyatga ega: qofiya, radif, tajnisning o’nlab turlari, qalb, saj’, tasrit’, tasmit, taattuf, harfiy va lafziy san’atlar nomemaning xususiyatlariga tayanadi. Shu sababli naz miy nutqda nomema va uning voq elanishiga katta e’tibor beriladi. Leki n til leksemalarining ilmiy tadq iqidagi asosiy tayanch nuqta bo’lib, leksemalarning ichki tomoni semema hisoblanadi. Semema leksemaning ichki tomoni uning mazmuni; ma’nosi nmani ifodalab kelishidir. Semema ko’pincha ongimizda ma’lum bir tushuncha va tushunchalar bilan borliq bo’ladi. Tushuncha — ong, mantiq birligi, Semema esa tilga, leksemaga xos birlikdir. Juda ko’p hollarda bir semema bir necha tushunchani o’z ichiga oladi. Jumladan, [o’rik] leksemasining sememasi quyidagi tushunchalarda namoyon b o’ladi: 1)toza, tar mevaning bir turi (toj. zardolu); 2) shu mevaning quritilgani (toj. G’ulung); 3) shu mevani beradigan daraxt. Bir sememaning bir necha tushunchani o’z ichiga olishini juda ko’p 48 meva nomlarida ko’rish mu mkin, qiyoslang [olma; anor; shaftoli; olcha; bodom; pista va h. k.) Ammo [uzum], [mayiz], [tok] leksemalarida tar meva, uning quritilgani, daraxti bosh qa-boshqa leksemalar orqali ifodalanadi. Demak, [o’rik] leksema si uch tushunchaga, voqealikdagi uch xil narsa — predmetga (atalmishga) alo qador bo’lsa, [uzum], asosan, bir tushunchaga — tar mevaning ma’lum turiga, bitta atalmishga aloqadordir. Shunga ko’ra tushuncha va semema o’zaro hamma vaqt ham mos kelmaydi. Bu hodisani, ayniqsa, sinonimlarda (ma’nodosh leksemalar da) yaqqol ko’rish mumkin. [yuz], [bet], [aft], [bashara], [tur q], [chehra], [jamol] leksemalarining sememala ri, asosan, bitta tushuncha bilan - odam boshi old tomonining atalmishi bilan bo g’lanadi. Ammo ayni vaqtda har bir leksema ushbu ma’noni o’ziga xos xususiyati, qo’shimcha ma’no munosabati bilan anglatib, ifoda lab keladi. Leksema o’zining eng muhim vazifasi bo’lgan voqealikdagi, inson ongidagi narsa-buyum, belgi, xususiyat va mo hiyatlarni atashni semema orqali bajaradi. Sememaning ongimizdagi tushunchalar bilan bo g’liqligi leksemaning atash, nomlash vazifasini bajarishga imkon beradi. Semema ongimizda mavjud bo’lgan turlicha tushunchalar bilan bog ’lanadi. Mantiq fanidan ma’lumki, ongi(mizdagi tushunchalarning hammasi ham voqelikdagi narsa-buyum, belgi-xususiyat, munosabat aso sida hosil bo’lmagan. Aniqrog’i, faqat ongimiz mahsuli bo’lgan tushunchalar ham mavjuddir. Chunonchi «dev», «pari», «jin», «ajina», «arvo h» kabi xayoliy tushunchalar, «qizillik», «go’zallik», «adolat» kabi mavhum tushunchalar shular jumlasidandir. Binobarin, sememal ar shunday tushunchalar bilan ham bog’lana oladi. Leksema sememalar na faqat tushunchalar bilan, balki tasavvur va obrazlar (tasvirlar) bilan ham bog’lanadi. Undov va taqlidiy leksemalarda shunday xususiyatni ko’rish mumkin. Aniqrog’i, bu leksemalar atash vazifasini emas, balki tasvirlash vazifa sini o’taydi. Masalan, [yilt-yilt], [milt-milt], [taq-tuq] kabi taqlidiy, [oh], uh] , [vah-vah] kabi undov so’zlar shunday tasviriy ifoda vositala ridir. Shuni ham aytish kerakki, yordamchi leksema sememalarida ham tushuncha bilan 49 bog’lanish yo’q. Chunki yordamchi leksemalar, aytilganidek, qo’shimchalar va leksemalar -ziddiyatida oraliq uchinchi vazifasini o’taydi. Ular shaklan (nomemasiga ko’ra) leksema, mazmuni (vazifasi), sememasiga ko’ra esa qo’shimchadir (qiyos.: kitobni akamga/akam uchun oldim). Sememaning, tushunchalar bilan bog’ liqligi faqat mustaqil leksemalardagina yuz beradi. Undov, taq lidiy so’zlarda, yordamchi leksemalarda, olmoshlarda e sa bunday bog’lanishni ko’rmaymiz. Aytilganlardan shunday xulosa qilish -mumkin, semema — nomema bilan bog’langan ma’no, mazmun va vazifa. U leksemaning ichki tomonidir. Semema juda murakkab tarkibga egaligi sababli, bu haqda alohida fikr yuritamiz. Download 1.41 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling