Asosiy tushunchalar va tahlil usullari
Download 1.41 Mb. Pdf ko'rish
|
sistem tilshunoslik leksikologiya fanidan (2)
(Bog’imizda mevali daraxtlar o’ sadi) gapida to’rtta so’z mavjud. Bu
to’rt so’zdan 3 tasi [bog’], [da-raxt]. [o’s] leksemalarining nutqiy ko’rinishi, bittasi esa {[ot] + [ -li] = («ot atalmishiga ega» ma’noli sifat)} Qolipning hosilasidir. Bu gapdagi so’zlar aniq shaklda [(birinchidan, moddiy yozma nutq shakli—harflar va oraliqlar tizmasi, ikkinchidan ( -imizda), (-lar), (bosh kelishik), ( -adi) qo’shimchalari bilan] va aniq 'vazifada (daraxtlar — ega, o’sadi — kesim, turli — aniqlovchi, bog’imizda — o’rin holi) kelib, qator ma’no imkoniyatlaridan, bi rikish qobiliyatlaridan faq at bittasini yuzaga chiqargan. Leksemalarning ma’ no turlari. grammatik shakllari ( qabul qiladigan qo’shimchalari), gapda bajara oladigan vazifalari ni hoyatda 43 rang-barang bo’lsa, so’zlarniki esa aniq, chegaralangan bo’lad i. Bir gapda (matnda) leksema bir imkoniyatini vo qelashtirgan bo’lsa, ikkinchi matnda uning ikkinchi bir imkoniyati namoyon bo’ ladi. Demak, leksema va so’z orasidagi munosabat til va nutq bo’linishining in’ikosi bo’lib, leksema til birligi, so’z esa nutq birligi sifatida ko’zatiladi. Har bir leksema — tilning, so’z — nutqning umumiy xususiyatlarini mujassamlashtiradi. Leksema va so’zlarning tuzilish turlari. Sistem tahlilga ko’ra leksemalarning tuzilish turlari de b aytilishi va masala sifatida quyilishi g’ayri-ilmiydir. Binobarin, aniq , fan hodisalariga nisbatan «kvad ratning turlari» deyilishi qanchalik mantiqsiz bo’lsa, «leksemaning tuzilish turlari» deyilishi ham shunchalik mantiqsiz, asossizdir. Chunki leksema tayyor til birligi bo’lib, uning nimalardan tashkil topganligi mutlaqo ahamiyatsizdir. Shunga ko’ra leksemalarning emas, balki “so’ zlarning tuzilish turlari” deyilishi maqsadga to’la muvofiqdir. Chunki so’zlar hosila sifatida, albatta, turlicha tuzilishga ega bo’ladi. Ammo til ijtimoiy hodisa sifatida tarixdan butunlay ajra lib ketmaydi. U hamisha o’zida turli davrlar «bo’yog’ini» saqlaydi. Leksemalarning hosil bo’lish usullari bilan tanishganimizda, til birliklarining tarix bilan, o’tmish bilan aloq alarining guvohi bo’ldik. Bunday bog’lanish uzviy bo’lganligi sababli «leksemalarning tuzilish turlari» masala si fatida qo’yilishi unchalik mantiqsiz emas. Chunki bu narsa til bilan tarixning alo qalarini yaqqolroq, aniqroq ko’rishimizga imkon beradi. Ayni vaqtda shuni es dan chiqarmaslik kerakki, leksema bo’linmas, tayyor bu tunlik ekan, uning tuzilish turlari bilan tanishish leksemalarning sistem ta hliliga emas, balki t ar i x iy tahliliga tayanadi. Qurilish turlariga ko’ra leksemalar sodda, soddalashgan, qo’shma, juft va murakkab bo’lishi mumkin. Sodda leksemalar tarixan bo’linmasdir. Ular bitta morfemadan iborat bo’lib, an’anaviy tilshunoslikning-«o’zak», «tub» deb ataladigan birliklariga moyl keladi. [bor], [dala], [kel -], [qoch-], [oq], [sariq], 44 [men], [u], [ikki], [un] kabila r sodda leksemalar sifatid a mavjuddir. O’zga tillardan olingan — olinma so’zlarning barchasi tarkiban qanchalik murakkab bo’lmasin, agar ularning yasovchilari o’zbek tili tizimida o’zlashgan bo’lmasa, ular tub leksemalar sanaladi. Soddalashgan leksemalar hozirgi til nuqtai nazaridan tayyor va bo’linmas, shakliy va mazmuniy butunlikka ega bo’lib, tarkibi tarixan murakkab bo’lgan leksemalardir. Chunonchi, [qochoq, [qirrin], [cholg’u], [supurgi], [o’yinchoq]. [yasha-], [birik-], [ Q IZG ’ IS H ], [ko’klam], [kiyim], [ekin], [to’lin] kabi unumsiz (tarixiy) so’z yasash qoliplarining hosilalariga [ushoq] [ichkari], [tangri], [ko’rash], [o’ynash] kabi qo’shimchalari o’zak bilan birikib, soddalashgan, yaxlitlashgan so’z shakllariga soddalashgan leksemalar sifatida qarash mumkin. [Sanchish], [uyg’unlashish], [bo’linish] kabi atamalashgan hosilalar ham soddalashgan leksemalar qatoridan o’rin OLMOG ’ I lozim. (ishchi) so’zini tahlil etaylik. Bu so’z o’zbek nutqida bir necha ma’noga ega: 1. [ish] atalmasining ijrochis i, shaxs. Ayni ma’no 1 b qolipning [kasb, faoliyat, harakat nomi] + [ -chi] = (ot atalmishi bilan shug ’ullanadigan, aloqador shaxs) izohi bilan bog’liq. Ushbu ma’noda, (ishchi) so’zi hosila bo’lib, nutq birligi hisoblanadi. Ammo [ishchi] leksemasi ham mavjud. U ixtisoslashgan ma’noga egadir. [asalari] leksemasi, jumladan, quyidagi tur — jins (gipo-giperonomik) o’xshashlik qatori bilan bog’lanadi: [asalari] : [ona] : [erkak] : [ishchi]. Bu qatorda [ishchi] leksemasi asalarining bir to’rini nomlab, atab keladi. Uning ma’nosi 1 b qolipidan kelib chiqmaydi, ya’ni hosila emas. Bu o’rinda [ishchi] so’zi soddalashgan leksemadir. Bunday misollarni ko’ plab keltirish mumkin. Qo’shma leksemalar tarixan ikki va undan ortiq o’zak (lug’aviy morfema) larning shakliy va mazm uniy butunlikka aylanishi natijasida yuzaga keladi [belbog’] , [oqsoch], [oqsoq ol] , [belko’rak] . Qo’shma leksemalar, ayniq sa, atoqlilashgan va atamalashgan leksemalar tarkibida ko’p bo’ladi: [Yangiqo’rg’on], [Miyonbozor], [Eskijuva] va h. 45 Juft leksemalar qo’shma leksemalarning bir turidir. Juft leksemalarning o’zaklaridan biri tilda mustaqil leksema sifatida keng qo’llaniladi. Ikkinchisi esa qo’llanilmaydi yoki juda kam qo’llaniladi: [bola-chaqa] , [idish-tovoq] , [yetim-yesir] , [qarz-qavola] , [o’rta- miyona] , [maza-matra] va h. Murakkab leksemalarga faqat atamalashgan va so’z birikmalaridan yasalgan leksemalar kiradi. Murak kab leksemalar (atamalar, terminlar) deyarli har bir fan sohasida juda ko’plab topiladi. Masalan, [gap bo’lagi], [bosh bo’lak], [ikkinchi darajali bo’lak], [aniq nisbat], [bosh kelishik], [o’tgan zamon[ va h . So’zlar ham tuzilishiga ko’ra turlichadir. Ular, asosan, quyidagi tuzilish turlariga ega: 1) sodda tub so’zlar; 2) sodda yasama so’zlar; 3) qo’shma so’zlar; 4) juft so’zlar; 5) takror so’zlar; 6) murakkab so’zlar. So’zlarning barchasi leksemalar yoki maxsus so’z yasash qoliplari asosida nutqda hosil qilinadi. Shuning uchun leksemalarning yu qorida qayd etilgan beshta turi ham sodda, soddalashgan, qo’shma, juft va murakkab so’zlar sifatida nutqda voqelashadi. Ammo lek semalarga tayanadigan qo’shma, juft va murakkab so’zlar tom ma’noda qo’shma, juft va murakkab so’zlar emas. Ularning barchasi til birligi hisoblanadi. Chunki ular tayyor, shakl va mazmun butunligiga ega bo’lgan til birligi- leksemaning voqelanishi, nutqda namoyon bo’lishidir. Shu sababli so’zlarning tuzilish turlari haqida fikr yuritganda, ikki yo’ldan birin i tanlash zarur. Birinchi yo’lga ko’ra so’zlar: 1) leksemalarning voqelanishi ruyobga chi qishi; 2) unumli so’z yasash qoliplarining hosilalari kabi ikki katta guru hga ajratilishi lozim. Bu holda har bir guruhda qo’shma, juft, takror, va murakkab so’zlarning ajratilishi ma qsadga muvofiq. Shu bilan birga, birinchi guru hda, bulardan tashqari, yana sodda so’zlar, ikkinchi guruhda esa sodda yasama so’zlar ajratiladi. Sistem tahlil usuli talabiga ko’ra bu eng to’g’ri va mukammal yo’ldir. 46 Ikkinchi yo’lga ko’ra esa sodda, qo’shma, juft, tak ror va murakkab so’zlarga ajratiladi. Ayni vaqtda ularning har biri o’z ichida ikki guruhga: a) leksemalarning nutqiy shakllari (voqelanishi) va b) so’z yasash qoliplarining hosilalari kabilarga bo’linishi kerak. Bu yo’l sistem tahlil usulidan bir qadam orqaga chekinish hamda tarixiy va shakliy omillarni bir po rona yuqori qo’yish yo’lidir. Download 1.41 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling