Asosiy tushunchalar va tahlil usullari
Download 1.41 Mb. Pdf ko'rish
|
sistem tilshunoslik leksikologiya fanidan (2)
Sememaning tarkibi. Leksema nomemasi fonemalar tizmasidan
iboratligi haqida gapirib o’tdik. Fonemalar tizmasi bir necha fonemaning oldinma-keyin kelishi demakdir. Binobarin, har bir nomema tarkibiy qismlarga — alohida-alohida fonemalarga ajraladi. Masalan, quyidagi leksemalarning nomema larini solishtirsak, buning guvo hi bo’lamiz: [ber; bir; bo’r; bur; bor; ter; ber; sher; bez; bek; bel; bet]. Tilimizdagi fonemalarning tarkibiy qi smlarga, muayyan farqlovchi belgilarga ajralishini ko’rib o’tgan edik. Nomema va fonemalarda bo’lgani kabi sememada ham tarkibiy qismlar, sememani tashkil etuvchi mantiqiy bo’laklar mavjud va ular ham ajratiladi. Tilshunoslikda sememani hosil qiluvchi ma’no bo’laklari (sememaning tarkibiy qismlari) sema deb aytiladi. Masala n, [daraxt] leksemasining sememasini olsak, bu semema taxminan qu yidagi ma’no bo’laklaridan, tarkibiy qismlardan — sememalardan iboratdir: 1) «predmet», 2) «o’simlik», 3) «yerda o’suvchi», 4) «tanali», 5) «ildizli», 6) «shoxli», 7) «bargli». Binobarin, bu o’rinda [daraxt] leksema sememasining yettita ma’no bo’lakchalari — semalari ma’lum bo’ldi, xolos. Semalar sanog’ini yana davom ettirish mumkin. Ayni vaqtda ushbu semalarning o’ziyoq [daraxt] leksemasi haqida muayyan tasavvur bera oladi. Shuni ham aytish kerakki, seme ma 50 tarkibidagi semalar tabiati bir xil emas. Semalar ma’no xususiyatiga, umumiylik darajasiga ko’ra o’zaro farqlanadi. Ma’no xususiyatiga ko’ra semema tarkibidagi semalar uch xil bo’ladi: 1.Atash semalari (denotativ semalar). 2.Ifoda tasvir, qo’shimcha ma’no semalari (konnotativ semalar). 3.Vazifa semalari (funksional semalar). Har bir semema tarkibida shunday semalar mavjuddir. Ammo ularning (har bir semaning) muayyan semema tarkibidagi o’rni, ahamiyati, mavqei turlicha bo’ladi. Atash semalari ob’ektiv borliqdagi narsa-buyum, belgi-xususiyat, miqdor kabilarni atovchi, nomlovchi semalardir. Ular ongimizdagi tushunchalar bilan sememalarning aloq asini belgilab beradi. Masalan, yuqorida keltirilgan [daraxt] leksema sememasi ning barcha semalari atash semalaridir. Avval ko’rib o’tilgan [tuzuk], [durust], [yaxshi], [ajoyib] leksema sememalarining belgining darajasig a ko’ra ajratiluvchi ziddiyat belgilari ham atash semala ridir. Bu qatordagi so’zlarining atash semalarini quyidagicha ko’rsatish mumkin: 1) «belg i», 2) «barqaror belgi», 3) «sifat belgi», 4) «shaxsiy baho», «ijobiy», 5) «ichki-tashqi». Ushbu atash semalari qayd etilgan so’zlarning barchasi uchun umumiydir. Ayni semalar orasidagi far q esa belgining me’yordan ikki po g’ona («tuzuk»da), bir pog’ona («durust»da) pastligi, me’yordaligi («yaxshi»da), me’yordan bir pog’ona yuqori («ajoyib»da) ekanligidadir. [ota], [ona], [aka], [ona] leksema sememalaridagi atash sema larini quyidagicha ajratish mumkin: 1) «qarindosh», 2) «q on-qarindosh», 3) «bevosita mendan katta». Bu uch sema har to’rtala leksema sememalari uchun umumiydir. «I avlod» semasi. [ota], [ona], ni [aka], [opa] dan ajratadi. Chunki keyingi ikki leksema sememasi uchun 6) «men» bilan bir avlodga mansublik» semasi xosdir. [ota] va [ona], [aka] va [opa] leksema sememalari 7) «erkak jinsiga mansub»; 8) «ayol jinsiga mansub» semalariga ko’ra o’zaro farqlanadi. Demak: [ota] = qarindosh, qon = qarindosh, bevosita «men» dan katta; 51 «I avlod», erkak. [ona] = qarindosh, qon = qarindosh, bevosita «men» dan k atta; «I avlod», ayol. [aka] = qarindosh, qon-qarindosh, bevosita «men»-dan katta; bir avlod, erkak. [opa] = qarindosh, qon- QAR IN DO SH , bevosita «men» dan katta, bir avlod, ayol. Sememalarni semalarga ajratishda, semalarning o’ ziga xosliklarini aniqlashda sememalar, albatta, leksemalar qatori (paradigmasi)da ko’ rib chiqilishi va tahlil etilishi lozim. Aks holda, qaysi xil seme malar ahamiyatli (relevant), qaysi xillari esa ahamiyatsiz (irrelevant) ekanligini aniqlolmay qolamiz. Chunonchi, rus tilid a «sestra» leksema sememasida «qarindosh», «qon-qarindosh», «bevosita», «bir avlod», «ayol» kabi semalar mavjud. Ammo «mendan katta // kichik» semasi y o’q. Chunki rus tili qon-qarindoshlik leksemalari paradigmasida [sestra] leksemasi shu belgi asosida biror leksemaga zid q uyilmaydi. O’zbek tilida esa bunday ziddiyat bor. Qiyoslang: [opa], [singil] ; [aka] : [uka]; [baytal] : [biya] va b. O’zbek tilidagi oxirgi har ikkala leksema, ham «urg’ochi» semasiga ega. Ammo bu leksemalar orasidagi ziddiyat «ur g’ochi» semasi asosida emas, balki — «qulunli» semasi asosida voqelashdi. Ushbu ziddiyat noto’liq bo’lib, [biya] kuchli, [baytal] esa zaif a’zodir. Rus tilida esa [kobыla] leksema sememasida «qulunli // qulunsiz» semasi yo’q. Chunki leksemalar paradigmasida ham leksemalarning ayni belgiga ko’ra ziddiyati yo’q. Demak, sememaning semalar tarkibini ani qlashda leksik paradigma hal qiluvchi ahamiyatga egadir. Se memaning semalar tarkibidagi atash semashari sememaning eng muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Chunki muayyan leksema mana shu semalar orq ali ongimizdagi tushunchalar bilan bog’lanadi. Shuning uchun an’anaviy tilshunoslikda ma’nodoshlik (sinonimiya) munosabatlarini aniqlashda, asosan, atash semalariga tayaniladi. Atash semalari sememani muayyan tushuncha bilangina 52 bog’lab qolmay, balki voqelikdagi leksema ifodalanmishining xususiyatlarini ham o’z ichiga oladi. Ammo ifodalanmish xususiyatlari ni ifodalovchi atash semalari semema tarkibida hamma vaqt ham markaziy o’rinni egallamaydi, bo’rttirilmaydi. Ma salan, [ota] sememasining atash semalari qatorida «g’amxur», «ta’minotchi», «yo’l ko’rsatuvchi» kabi, ona sememasida esa «g’amxur», «mushfiq», «hamdard» kabi atash- xususiyat semalarini ham ko’rish mumkin. Ifodalanmish xususiyatlarini ifodalaydigan atash sema larini shartli ravishda yo’ldosh-atash semalari deb nomlaymiz. Tilshunoslikda bunday semalar perife riya (chekka) semalari, yo’ldosh semalar (periferiyn ыe i sopustvuyuщiye semы) deb ataladi. Yo’ldosh semalar deyarli har bir semema tarkibida mavjud. Masalan, [bo’ri] sememasi «hayvon», «sut emizuvchi h ayvon», «yovvoyi hayvon», «yirtqich hayvon», «itlar oilasndan» kabi atash semalari bilan birga «qonxo’r», «rahmsiz», «o’z manfaatidan boshqa narsani ko’zlamaydigan» kabi yo’ldosh semalarga ham ega. [arslon]) se memasi esa «qo’rqmas», «mo’ljalidan qaytmas», «ochiq hujum qiladigan» kabi yo’ldosh-atash semalariga egadir. Yo’ldosh-atash semalari ko’p hollarda ifoda semalari bilan bog’lanib, ifoda hamda atash semalari orasida orali q uchinchi vazifasini o’taydi. Ifoda semalari deganda semema tarkibidagi, atash semasidan tash qari, turli qo’shimcha ma’nolarni (uslubiy buyoqni, shaxsiy munosabatni, qo’llanish doirasini) anglatuvchi semalar tushuniladi. Atas h semalari kabi ifoda semalari h am leksemalar paradigmasida ani qlanadi. Chunonchi, [yuz], -[aft], [bet], [bashara], [tur q], [chehra], [jamol] leksik paradigmasini olaylik. Ushbu q atordagi atash semalari bir xil. Ular bir ifodalanmishni (anglat mishni) ifoda etadi. Ammo bu qatordagi [yuz], [bet], [aft], [bashara], [turq] leksemalari so’zlovchi salbiy munosabatining darajasiga ko’ra o’zaro darajali ziddiyatga ega. Bu o’rinda salbiy munosabat [aft] dan [turq]qa tomon o’sib boradi. [yuz] : [chehra] : [jamol] so’zlarida esa aksincha. Ya’ni bu leksemalarda ijobiy 53 munosabat semalari mavjud. Bu so’zlar ham o’zaro darajali ziddiyatni tashkil etadi. Aniqrogi, [yuz] sememasida shaxsiy munosabat aniq belgilanmagan (ya’ni u ziddiyatning zaif a’zosi). Boshqa leksemalarda esa shaxsiy munosabat aniq ifodalangan (ya’ni ular not o’liq ziddiyatning kuchli a’zosi). Ayni leksemalar o’z navbatida «salbiy», «ijobiy» belgisi (semasi) asosida teng qiymatli ziddiyatni - hosil qiladi. Bular o’z navbatida belgining I, II, III, VI va h. k. darajasiga ko’ra o’zaro mutanosib darajali ziddiyatlarni hosil etadi. Ifoda semalari semema tarkibida, albatta, berilgan bo’ladi. Ular leksemalarni farqlashga xizmat qiladigan yoki oddiy, ifodalanmagan, neytral bo’lishi mumkin. Shuning uchun tilshunoslikda leksemalarni farqlovchi semema tarkibidagi ifoda semalari (inger ent konnotadiya va muayyan sharoitdagina (matnda, ko’pincha ko’chma ma’noda ishlatilganda) hosil bo’ladigan ifoda semalari (adgerent konnotatsiya) farqlanadi. [yuz] : [bet] ... paradigmasidagi ifoda semalari semema tarkibiga kiruvchi semalardir. [daraxt] s ememasida ifoda semasi oddiy, belgilanmagandir. [chinor] leksemasida esa ifoda sema lari semema tarkibiga kirmaydi. Ammo muayyan matn da, nutq sharoitida bu so’z ifoda semalariga (umrboqiy», «sershox», «mustahkam» va h. k.) ega bo’lishi mumkin. Ifoda semalari nafaqat shaxsiy munosabatni, balki boshqa uslubiy buyoqlarni, uslubiy xususiyatlarni ham o’z ichiga oladi. Masalan, [turq ], [bashara], leksemalari [aft], [aft -angor] leksemalariga «jonli tilga xos» semasiga ko’ra, [ajib] leksemasi [ajoyib] leksemasi ga «kitobiylik», [g’alati] leksemasi esa [ajoyib] leksemasiga «jonli so’zlashuv tiliga xos» semasiga ko’ra ziddir. Bu semalar h am ifoda semalari sirasiga kiradi. Hozirgi kunda —«yangilik» semasi bilan ajralib t o’rgan juda ko’p leksemalar 1930—88 yillarda qo’llanilgan leksemalar o’rnida ishlatilmoqda. Masalan, [samolyot] : [tayyora], [aeroport] : [tayyorago h], [oppozitsiya] : [ziddiyat], [assimilyatsiya] : [singish] va h. k. Badiiy adabiyotda o’tmish davri NUT Q IN I , ruhini to’g’ri aks ettirish uchun 54 mualliflar maxsus eskirgan so’zlardan ham keng foydalanadilar. Arxaizm va istorizm deb ataluvchi bunday leksemalar «eskirgan» semaga ega bo’ladi, [aeroplan] : [samolyot] va h. k. Ifoda semalari undov va taqlidiy so’zlarda benihoya kuchli bo’lib, semema tarkibida asosiysanaladi. [oh], [uh], [voybu] kabi undovlarda ma’lum bir holat yoki his-hayajonni atashdan, nomlashdan ko’ra uni ifodalash, tas virlash kuchli bo’ladi. Xuddi shunga o’xshash hodisani [tiq-tiq], [taq-taq] kabi leksemalarda ham ko’rish mumkin. An’anaviy tilshunoslikda so’zlarning uslubiy buyog’ I (ya’ni ifoda semalari) asosida so’zlarning uslubiy tasnifi keng o’rganilgan. Bu tasnifda so’zlar, asosan, umumiste’mol so’zlari, qo’llanishi cheklangan so’zlar, uslubiy buyoqda ega so’zlar, kitobiy so’zlar va so’zlashuv tiliga xos so’zlar kabi guruhlarga bo’linib, maktab va oliygo h darsliklarida, ilmiy tadqiqotlarda keng izohlangan. Download 1.41 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling