Asosiy tushunchalar va tahlil usullari
Download 1.41 Mb. Pdf ko'rish
|
sistem tilshunoslik leksikologiya fanidan (2)
«singlim» deb to’rgan yigitlar sal o’tmay «opa» deydigan bo’lishdi) (A.
Qahhor) matnida (opa) so’zining ma’nosidan nafaq at qarindoshlikka oid atash semalari, balki shaxsni yosh ji hatdan tavsiflash semalari ham chetlashtirilgan. Ayni vaqtda «hurmat», «ayol», «shax s» semalari, [opa] sememasi uchun yo’ldosh semalar bo’lgan «bilag’on», «tajribali», «maslahatchi» semalari esa kuchaytirilgan. (Hoy, bo’rilar. Bu so’zlaringdan qayt) matnida bo’ri leksema sememasiga oid «hayvon», «yirtqich hayvon» kabi atash semalari butunlay chetlashtirilib, «qonxo’r», «rahmsiz», «beshafqat», «manfaatparast» kabi yo’ldosh semalar kuchaytirilgan. Shuningdek, «hayvon» semasini «shaxs» semasi bilan almashtirish natijasida ifoda semalari kuchaytirilgan. Nutq sharoitida atash semalarini q isman chetlashtirib, yo’ldosh va ifoda semalarini kuchaytirish sememaning vazifa sema larini, jumladan, leksemaning me’yoran oddiy qo’shnichilik munosabatlarini kengaytirish tufayli yuz beradi. Chunonchi, (temir qoshiq) va (temir iroda) kabi k o’rib o’tilgan so’z birikmalaridagi [temir] leksema sememasinin g voqelanishini 68 ko’rib o’tamiz. Leksemalar orasidagi me’yoriy bog’lanishda (qo’shnichilik munosabatlarida) o’zaro bog’lanadigan ikki sememada o’xshash semalar bo’lishi shart. Masalan, [temir] leksema sememasi tarkibida «modda», «qattiq modda», «metall» kabi atash semalari mavjud. [Qoshiq] leksema sememasida esa «qattiq moddadan qilingan» sema bor. Bu leksema sememalari orasidagi o’xshash semalar ikkita: «qattiq» va «modda». Demak, ushbu lekse malar nutqda bemalol, me’yoriy, oddiy, qo’shnichilik munosabatlariga kirisha oladi. Bu jarayonda lekse ma sememalari to’g’ri voqelanadi. (Temir iroda) birikmasida esa zid, ya’ni o’xshash bo’lmagan semali sememalar o’zaro birikkan. Bu holda «iroda» mavhum tushuncha sifatida voqelashadi. Birikma leksema sememalari orasid agi nomuvofiqlik, qarama-qarshilik [temir] sememasidagi «modda» sema sini chetlashtiradi. Ayni vaqtda «qattiq» yo’ldosh semasi bo’rtadi, «tasviriylik va badiiylik» ifoda semalari esa kuchayadi. Bunday ko’chma ma’nolar so’zlarga xos bo’lib, faqat nutqda voqelashadi. Shuning uchun ushbu ma’nolar nut qiy ko’chma ma’nolar deb yuritiladi. So’zlardagi ko’chma Ma’noning bu turi tilshunoslikda metafora — o’xshatish asosida hosil qilingan ko’chma ma’no deyila di. Metafora ko’chma ma’no hosil qilishning eng keng tarqalgan usuli sifatida badiiy uslubning, nutq badiiyatining eng mu him omillaridan hisoblanadi. Semema tarkibidagi semalar a sosida nutqda ko’chma ma’no hosil qilish atama tabiatiga ega bo’ lmagan deyarli barcha so’zlar uchun xosdir. Hatto yordamchi so’zlar ham vazifa semalarini keskin o’zgartirib, ko’chma ma’nolar hosil qilishi mumkin. («Agar»ni «magar»ga kuyov qilsalar, tug’ilgay bir o’g’il, oti «koshki». G’. G’ulom), gapida barcha so’zlar — yordamchi so’zlar ham ko’chma ma’noda ishlatilgan. Aytilganlardan shunday xulosa qilish mumkin: semema nutqda to’g’ri va ko’chma (metaforik) ma’nolar orqali yuzaga chiq adi va so’zning muayyan qurshovdagi muayyan ma’nosi sifatida voqelashadi. 69 Nutqiy metaforik ko’chma ma’no qo’llanish doira sining kengayishi, ko’chma ma’noning sememadan uzoqlashishi natijasida ko’chma' ma’no o’zining xususiy atash semalariga ega bo’lishi mumkin. Ayni vaqtda ko’chma ma’no o’zi uchun asos, manba bo’lgan sememaday uzilishi va leksemadagi mustaqil semema tomon rivojlanishi ham mumkin. Bunday rivojlanish sistem leksi kologiyaning emas, b alki tarixiy (diaxronik) tilshunoslikning alohida-alohida olingan leksemalar dagi mazmuniy rivojlanishning o’rganish manbai bo’laloladi. Bu jarayon sistem tahlil asosida tushuntirilishi ham, izohlanishi ham mumkin emas. Masalan, o’zbek tilining izohli lug’atida, [och (-moq)] fe’l leksemasining 12 ma’no turi qayd etiladi. Bu ma’no turlarining barchasi ma’no umumiyligiga egadir. A N IQ R OR I , [och] fe’l leksemasining sememaleri «bi ror to’siqni o’rtadan ko’tarmoq», «to’siq ortidagini namoyon qilmoq» semalariga ega. Shunga ko’ra taxminan qilish mumkinki, ushbu 12 ma’no turi dastlab metaforik usul bilan hosil qilingan nutqiy ko’chma ma’nolar bo’lgan. Bu ma’nolarning umumlashishi, qo’llanish doirasining kengayishi, ixtisoslashishi natijasida ko’chma ma’nolar alohida-alohida sememalar sifatida rivojlangan. Albatta, lug ’atda sanalgan barcha 12 ma’no turi mustaqil semema bo’lolmaydi. Bu sememalarning ko’pchiligi muayyan sememaning nutqiy ko’rinishlari (variantlaridir). Ammo ayni v aqtda ayni sememalarning ichida alohida, mustaqil hisoblanish mumkin bo’lgan sememalar ham mavjuddir. Demak, nut qiy hosilalardan — so’zlardan leksemalar rivojlangani kabi nutqiy, ko’chma ma’nolarda sememalar ham rivojlanishi mumkin. Tilshunoslikda so’zlardagi boshqa ko’chma ma’nolar, ya’ni sinekdoxa, metonimiya va vazifadoshlik (funksiyadoshlik) asosida hosil qilingan ko’chma ma’nolar ham ajratiladi. quyida shular asosida hosil qilingan ko’chma ma’nolarning sememaga munosabati masalasiga t o’xtalamiz. Download 1.41 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling