Asosiy tushunchalar va tahlil usullari


-mavzu.  MA’NODOShLIK QATORLARI


Download 1.41 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/35
Sana05.01.2022
Hajmi1.41 Mb.
#216532
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35
Bog'liq
sistem tilshunoslik leksikologiya fanidan (2)

9-mavzu. 
MA’NODOShLIK QATORLARI. 
Reja: 
1. Ma’nodoshlik qatoriga birlashuvchi leksemalar ning turi haqida. 
2. Ma’nodoshlik qatorining atash va vazifa semalari.  
3. Ma’nodoshlik qatorida darajalanish hodisasi. 
 Ma’nodoshlik  (sinonimiya)  qatorlari  o’zbek  tilshunosligida  atroflicha 
o’rganilgan  leksik  paradigmalardan  biridir.  Shaklan  har  xil,  mazmunan 
bir  xil  so’zlar  qatori  —  muayyan  o’xshashlik  asosida  bir  necha  til 
birliklarining  o’zaro  bog’lanishi,  bu  birliklar  orasidagi  muayyan  farqlar, 
ularning  tabiati  va  yuzaga  chiqishi  kabilar  maxsus  ilmiy  ishlarda,  o’nlab 
qo’llanma  va  darsliklarda  o’z  yechimini  topgan.  Shu  sababli  bu  masalaga 
atroflicha 
to’xtashni 
lozim 
topmadik. 
Ma’nodoshlik 
qatoriga 
birlashadigan  leksemalar  asosan  ik ki  xil:  1)  ma’nodoshlikning  barcha 
tilshunoslar  tomonidan  shak -shubhasiz  ajratiladigan  turi  —  sememasi 
tarkibidagi  atash  va  vazifa  semalari  bir  xil,  ifoda  semalari  esa  har  xil 
bo’lgan  leksemalardir.  Bunga  avval  ham  ko’rib  o’tilgan  (yuz)—(bet)—
(aft)—(bashara)  —  (turq)  qatorini  keltirish  maqsadga  muvofiq .  Ayni 
qatordagi  beshta  leksemaning  atash  s emalari  bir  xil,  ammo  ifoda  semal ari 
esa  har  xil.  Aniqrog’i,  bu  holda  «shaxsiy  salbiy  munosabat»  semasi  (yuz) 
leksemasida  ifodalanmagan,  neytral.  Ushbu  belgi  (b et)  —  (aft)  — 
(bashara)  —  (turq)  leksemalarida  ifodalangan.  Salbiy  munosabat  darajasi 
(bet)  dan  (turq)qa  qarab  o’sib  boradi.  Shunday  qatorni  «ijobiy 
munosabat»  va  uning  daraja  belgisi  asosida  (yuz)  —  (chehra)  —  (jamol) 
—  (diydor)  —  (oraz)  leksemalari  ham  tashkil  o’tadi.  Bu  holda  ayni  belgi 


 
95 
(chehra)dan  (oraz)ga  tomon  o’sib  boradi.  O’z  navbatida,  bu  leksemalar 
sirasiga  «o’ta  kitobiylik»,  «nazmga  xoslik»,  «eskirganlik»  belgilari  bilan 
(uzor) va (ruxsor) leksemalari  ham qo’shiladi. Qiyoslang: 
Uning  yuzlari  oqarib  ketgan  edi.  (Sh.  Rashidov.)  Uning  betlari 
yumdalangan. 
(M. 
Ismoiliy.) 
Xo’jabekovning 
 
aftidan 
 
naxs 
tomayotgandek. (S. Anorboyev.) 
Muttaham   qozining   ...  basharasiga  tupurgisi  keldi. (M. Ismoiliy.) 
Yor-og’aynilar  diydorini   ko’raylik.   (Oybek.)  
Orazingni, ey dildor, bog ’ aro namoyon  qil. (Muqimiy.) 
(yurak)  —  (qalb)  —  (dil)  —  (ko’ngil)  —  (siyna)  shakldoshlik  qatori 
ham leksemalar tarkibidagi ifoda  semalari asosida tuzilgan. 
Ma’nodoshlik munosabatlarini  to’liq va atroflicha tadqiq qilish, o’zbek 
tili 
leksemalari 
sememasi 
tar kibidagi 
ifoda 
semala rni 
(ingerent 
konnotatsiya  semalarini)  o’rganish  imkoniyatini  turdiradigan  muh im 
omildir. Bunday semalar  qatoridan, jumladan, quyidagilar o’rin oladi: 
1) ijobiy baho yoki salbiy baho yoki munosabat se malari; 
2) leksemaning  qo’llanish  doirasini  belgilovchi  se malar      («so’zlashuv  
nutqiga    xos»,    «kitobiylik»,    k o’tarinkilik»,  «g’ayri  oddiylik»,  «nazmga 
xoslik»,  «ma’lum  bir  toifa  nutqiga  xoslik    (argo,  jargon)»,  «shevaga 
xoslik» va b.); 
3) leksemaning      davrga      munosabatini      ifodalovchi   semalar   
(«eskirganlik»,      «yangilik»,      «o’ta      zamonaviylik»,  va  h.  k.)  
Ma’nodoshlik      qatorlarini      mufassal  tekshirysh  shubhasiz  yangi-yangi 
ifoda  semalarini  aniqlashga        imkon      beradi.        Ma’nodoshlik   
qatorlarining  umumiy    xususiyatlaridan  di qqatga    sazovori    shuki,    bu  
qatorlar,  albatta,  bi tta  bosh  leksema  (dominanta)  at rofida    birlashadi.  
Bosh  leksemaning  xususiyati  shun daki,      bu      leksemaning      sememasi   
tarkibidagi        ifoda  semalari    Ma’nodoshlik  qatorida    belgilangan, 
oydinlashtirilgan  ifoda  semalariga  n isbatan  befarq  (neytral)      bo’ladi.   
Masalan,      1.  [ogir]  —  [vazmin]  —-  [zalvorli].      Ushbu     qator  
ko’tarinkilik»,    «kitobiylik»,   nfoda  semalary    asosida  tashkil  topgan. 


 
96 
Ayni  qatordagi      [og’ir]    leksemasida  qayd  etilgan  sema  belgilan magan,  
[vazmin]  va  [zalvorli]  leksemalarida  esa  ifo dalangan,      oydinlashtirilgan.   
2.        [tush]  —  [peshin];  —[peshona]  —  [manglay].  Bu  qatorda  [tush],— 
[peshona]  oddiy  (neytral)  leksemalar  bo’lib,  [peshin]  va  [manglay] 
so’zlarida  sheva  va  eskirganlik  belgilari  mavjud.  3.  [pul]  —  [aqcha]  — 
[mullajiring]  —  [yakan]  qa  -[pul]  oddiy  (neytral),  bosh  so’z  bo’lib, 
[aqcha]-eskirganlik,  [mullajiring]  da  so’zlashuvga  xoslik,  [yakan]da  esa 
jargonga  oidlik  xususiyatlari  kuzatiladi.  Ma’nodoshlik  q atoridagi  bosh 
so’zning  bir  qancha  xususiyatlari  ichida  quyidagilarni  alohida  ta’kidlab 
o’tish  zarur;  1)  bosh  leksemaning  mazmuni  qatordagi  barcha  boshqa 
leksemalarga  nisbatan  kambag ’alroq,  yuzakiroq  bo’ladi.  Chunki  muayyan 
qator  a’zolari  o’zlarining  qo’shimcha  ma’nolariga  ko’ra  bosh  so’zdan 
farqlanib  turadi.  Qiyoslang:  [rahmat]  —  [tashakkur]  —  [qulluq].  Ushbu 
qatordagi  [rahmat]  so’zida  [tashakkur]  va  [qulluq]  leksemalariga  xos 
bo’lgan  ko’tarinkilik  bo’yog’i  yo’q;  2)  bosh  leksemaning  qo’llanish 
doirasn  va  miqdori  (chastotasi)  qatordagi  barcha  bosh qa  leksemalarga 
nisbatan  keng  va  ko’p  bo’ladi;  3)  bosh  leksema  nutq  sharoiti  talabi  bilan 
istagan  vaqtda  o’z  ma’no  guruhidagi  barcha  so’zlarni  almashtira  oladi. 
Yuqorida  (yuz)  so’zi  ishtirokidagi  q atorga  oid  barcha  gaplardagi 
ma’nodoshlarni  (yuz)  so’zi  bilan  almashtirish  mumkin.  Bu  holda  ma’no 
jihatdan  jiddiy  o’zgarish  yuz  bermaydi;  4)  bosh  lek sema  muayyan 
qo’shimcha  vositalar  bilan  o’z  qatoridagi  leksemalarning  qo’shimcha 
ifoda 
semalarini 
anglata 
oladi . 
Masalan, 

Download 1.41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling