Asosiy tushunchalar va tahlil usullari


Download 1.41 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/35
Sana05.01.2022
Hajmi1.41 Mb.
#216532
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   35
Bog'liq
sistem tilshunoslik leksikologiya fanidan (2)

 
 
 


 
85 
 
 
 
 
8-mavzu. 
BOG’LIQ QURSHOV VA LEKSEMANING VALENTLIGI.  
Reja: 
1. Bog’liq qurshov nima? 
2. Sem emaning ma’no turlari (“Ko’z” leksemasi misolida).  
3. Leksem aning valentligi.  
 
1.  B
OG

L IQ  Q
urshov. 
BOG

L IQ 
qurshov  erkin  qurshovga  ziddir.  Erkin 
qurshov  mohiyatan  bir  xil  qurshov  bo’lib,  unda  til  birliklari  o’z 
mustaqilligini  to’da  saqlab  qoladi.  Masalan,  (Olma ni  otdi  nigorim,  ol 
dedi,  Men  so’radim  olmasining  rangini?  Ne  so’rarsan,  olma  rangi  ol 
dedi).  Demak,  bu  tuyu qda  (ol  dedi)  qurshovi  ikki  marta  qayd  etilgan. 
Shunga  muvofiq  u  ikki  ma’no  kashf  etgan.  Bu  qurshovlarning  har  biri 
o’ziga  xosligi,  mustaqilligi,  alohidaligi  bilan  ajralib  turadi.  Shunga 
ko’ra,  bu  holda  (ol)  so’zining  ma’nolari  uning  atrofida  joylashgan 
boshqa  so’zlarga  bog’liq  bo’lmaydi.  Yana  qiyoslang:  (Men  bo’laman) 
gapi  ham  kamida  ikki  ma’noga  ega.  Ya’ni:  1)  (bu  ishni  qilgan  kishi) 
menman;  2)  (men  bo’laklayman,  taqsimlayman).  Demak,  o’zbek  tilida 
ikkita  [bo’l  —]  leksemasi  ajratiladi.  Yana  mi sol;  (Buni  to’rga  qo’ying): 
1) mo’’tabar joy, uyning peshgohi; 2)   (to’r, setka). Mustaqil leksemalar  
(sememalar) xohlagan qurshovda, hatto aynan bir xil  qurshovda ham kela 
olishi  uchun  ularning  qurshovi  mustaqil,  erkin  bo’ladi.  Shu  sababli 
qurshovlar  o’zaro  zid  bo’lib,  o’zaro  farqlanib  turishi  ham,  bir  xil 
bo’lishi ham mumkin, ya’ni qurshov chegaralanmaydi. 
   Agar  nutqiy  ma’no  turlari  muayyan  qurshovda,  ya’ni  ma’lum  sanoqli 
so’zlar  doirasida  voqelasha  olsa,  bunday  qurshov  bog’liq  qurshov  deb 
yuritiladi.  Quyida  [ko’z]  leksemasining  nutqdagi  ma’nolarini  bog’liq 


 
86 
qurshov nuqtai
 
nazardan ko’rib chiqamiz. 
      1.  Birinchi  misold a  (ko’z  kosasi)  ko’z  so’zi  inson  (yoki  hayvon)   
tana    a’zolarining  birini—ko’rish  a’zosini  ifodalab  kelgan.  Bizning 
ongimizda      [ko’z]    leksemasi,  eng  avvalo,  aynan  mana  shu  mazmuni, 
ifodalanmishi  bilan  aks  etadi.  Demak,  [ko’z]  leksema  sememasi  «narsa», 
«tana  a’zosi»  va  «ko’rish  vositasi»  kabi  asosiy,  yetakchi  atash  semalari 
birikmasidan  iboratdir.      [Ko’z]    lekse ma  sememasi  shu  ma’nosiga  ko’ra 
ko’plab  leksemalar  bilan  erkin  birikishda,  erkin  qurshovda  bo’ladi. 
Binobarin,  shu  so’z  bilan  birika  oladigan  leksemalar  maz munan  turlicha, 
miqdoran  esa  juda  ko’pdir.  Masalan,  (Qo’yning  ko’zi)  so’z  birikmasi  
qolipida      ko’z  so’zi  o’zidan  oldin  keluvchi  va    jonli  mavjudotlarni    
ifoda  etuvchi  minglab,  yuz  minglab  leksemalar,  yasama  so’zlar,  so’z 
birikmalari bilan birika oladi.  Qiyoslang: «Odamning ko’zi», «Salimaning 
ko’zi»,  «qorong’ida  uzoq  muddat  yashaganning  ko’zi»,  «ilonning  ko’zi» 
va  h.  k.  [ko’z]  leksemasi  bunday  erkin  qurshovlarda  «jonli  (tirik) 
mavjudotning  ko’rish  vositasi,  quroli»  kabi  mazmun  munosabati  bilan 
ishtirok etadi. 
[ot+ot]  birikmasi  b irinchi  —  tobe  bo’lak  vazifasida  jonsiz 
narsalarning  nomi  kelsa,  (k o’z)  so’zi  boshqacha  ma’noga  ega  bo’ladi: 
jumladan,  (taxtaning,  yog ochning  ko’zi),  (derazaning,  oynaning  ko’zi), 
(buloqning,  quduqning  ko’zi),  (uzukning  ko’zi),  (xurjunning  ko’zi)  va 
b.  Bu  birikmalarda  (ko’z)  so’zining  ma’nosi  bir  xil  emas.  Ammo  ayni 
vaqtda  birikmalardagi  ko’z  so’zini  «narsalarning  muayyan  belgisi  bilan 
ajralib 
turadigan 
qismi, 
bo’lagi» 
ma’no 
xususiyatiga 
ko’ra 
umumlashtirish  mumkin.  Ko’rinib  turibdiki,  birikmalardagi  [ko’ z] 
so’ziga  berilgan  ushbu  izox  ma’quldir.  Chunki,  birinchidan,  so’z 
birikmalarida 
(ko’z) 
so’zi  bir  xil  ma’noda  qo’llangan  emas. 
Ikkinchidan,  minglab  nar salarda  «muayyan  belgisi  bilan  ajralib 
turadigan  qism  yoki  bo’lak»  behisobdir.  Ularni  (ko’z)  so’zi  bilan  atab 
bo’lmaydi.  Masalan,  choynakning  dastasi,  qorni,  jumragi,  ichi; 
devorning  yorig’i,  mo’rining  tuynugi  va  h.
 
Uchinchidan,  yuqorida  qayd 


 
87 
etilgan  (ko’z)  so’zi  ma’lum  miqdordagi  —  chegaralash  mumkin  bo’lgan 
so’zlar  bilangina  birikadi.  Bu  so’zlar:  (taxta,  yog’och,  deraza,  oyna, 
buloq,  quduq,  uzuk,  hurjun)  kabilardir.  Shuni  ham  eslatib  o’tamizki, 
hatto  [uzuk]  leksemasi  bilan  bir  qatorda  turuvchi  [bilako’zuk],  [zirak] 
leksemalari  bizga  ma’lum  ma’no  nutqtai  nazaridan  [ko’z]  leksemasi 
bilan  bog’lanib,  (bilako’zukning  ko’zi,  zirakning  ko’zi)  kabi  so’z 
birikmalarini  hosil  qila  olmaydi.  Shuning  uchun  (k o’z)  so’zining 
yuqorida  sanalgan  (taxta,  yog ’och  va  h.  k.)  so’zlar  bilan  hosil  qiluvchi 
qurshovi,  bu  qurshovdagi  ma’nosi  bog’liq,  belgilangan  qurshov  bo’ladi. 
Ya’ni,  ko’z  so’zining  yuqorida  qayd  etilgan  ma’nosi  faqat  belgilangan 
so’zlar  ta’siri  ostidagina  voqelashib,  nutq  sharoiti  bilan  uzviy  bog’liq 
bo’ladi.  Demak,  (ko’z)  leksemasida  ajratilgan  «ko’rish  quroli» 
yetakchi,  asosiy  bosh  sememasi  bilan  birga  faqat  muayyan  so’zlar 
qurshovida  (bog’liq  qurshovda) 
yuzaga 
chiqadigan 
«muayyan 
predmetlarning  (yo g’och,  taxta  ...  xurjun)  k o’zga  o’xshash  belgilarga 
ega  bo’lgan  qismi»  semema  turini  ham  alohida  qayd  etishi  mumkin. 
Sememaning  ushbu  turining  nutqda  yuzaga  chiqishi  uchun  kichik  matn, 
bog’liq qurshov bo’lishi lozim. 
[Ko’z]  leksema  sememasining  bu  turi  bilan  uning  (leksemaning) 
asosiy,  yetakchi  sememasi  orasida  ma’lum  bir  o’xshashliklar  (odamning 
ko’zi  —  taxtaning  ko’zi  —>  buloqning  ko’zi)  mavjud.  Masalan, 
(«butunning  qismi»,  «doyra  shaklida»,  «ajralib  turadigan»,  «yoriq,  o’yiq 
shaklda»)  va  h.  k.  shular  jumlasidandir.  Shunga  ko’ra  sememaning  bu 
turi  asosiy,  yetakchi  sememadan  o’xshatish  (metafora)  usuli  bilan  hosil 
bo’lgandir.  Ammo  (ko’z)  sememasining  bu  turi  voqelikdagi,  bog’liqdagi 
narsa-buyumlarning  o’zbek  tilidagi  yakkayu  yagona  mavjud  izohi, 
atamasidir.  Shu  narsa,  buyum  o’zbek  tilida  boshqacha  nom  bilan 
atalmaydi.  U  boshqa  tillarda,  ko’pincha,  alohida-alohida  so’zlar  orqali 
beriladi.  Jumladan:  «ko’z»—«glaza»,  «glaznoye  yabloko»,  «quduqning 
ko’zi»— «istochnik kolodsa».  
Demak,  [ot+ot] qolipidagi so’z birikmalarida ikkinchi —hokim bo’lak 


 
88 
vazifasida (ko’z) so’zining kelish : hollari yuzasidan o’tkazilgan 
yuzaki tahlil (ko’z) leksemasida ikki ma’no turini ajratish imkonini 
beradi: 
a.  Bosh,  asosiy,  yetakchi  sema:  «Tirik  (jonli)  mavjudotning  ko’rish 
quroli bo’lgan a’zosi». 
2.  Muayyan  narsa-buyumlarning  (taxta,  yo g’och,  deraza,  oyna, 
buloq, quduq,
 
uzuk, xurjun,..) k o’zga o’xshash qismi. 
III.  (ko’z)  leksemasi  belgi-xususiyatlarni  ifo dalovchi  asliy  sifatlar 
bilan  ham  birikadi.  Shunga  muvofi q  u  bunday  birikmalarda  yangicha 
ma’no  xususiyatlariga  ega  bo’ladi.  Qiyoslang:        a)    katta  ko’z,  kichik 
ko’z; b)  qora ko’z, moviy ko’z, ko’k ko’z; v) sariq ko’z, qizil ko’z. 
Bu  misollarda  (ko’z)  leksemasi  uchta  yangi  ma’no  xususiyatlarini 
(turini)  namoyon  etgan:  1.  Ko’z  soqqasi.  2.  Ko’z  soqqasining 
o’rtasidagi  qorachiq  atrofida  joylashgan  ma’lum  bir  rangga  (qora, 
qo’ng’ir,  moviy,  ko’k,  yashil...)  ega  bo’lgan  qismi,  ko’z  qorachig’i; 
ko’z  soqqasining  odatdagi  oq  rangli  qismi,  ko’z  qi.  [Ko’z] 
leksemasining  bu  ma’no  turi  ham  bog’liq  qurshovda—muayyan  so’zlar 
doirasida  (a)  ko’z  o’yig’i,  b)  ko’z  qorasi,  v)  ko’z  oqi)  voqelashib, 
ushbu  leksemaning  asosiy,  yetakchi  se memasi  bilan  butun-bo’lak  va 
yonma-yonlik  munosabatlari  orqali  bog’lanadi.  Bunday  holda  (ko’z) 
leksema sememasi turlari orasidagi ma’no bog’lanishlari saqlanadi. 
Quyida  (ko’z)  leksema  sememasining  ajratilgan  ma’ no  turlariga 
to’xtalamiz.  Ushbu  leksema  sememasining  bu  turlarini  avvalgilari  bilan 
umumlashtirsak,  bu  holda  (ko’z)  sememasining  5  turini  ajratish  imkoni 
tug’iladi: 
a. Bosh, yetakchi semema: «ko’rish quroli». 
2. «Muayyan narsalarning...  bo’lagi». 
3. «Ko’z soqqasi». 
4. «Ko’zning ma’lum bir rangdagi ( qora, qo’ng’ir, moviy, ko’k, 
yashil) qismi, ko’z qorasi». 
5. «Ko’z soqqasining odatdagi oq rangli qismi, ko’z oqi». 


 
89 
IV.  (ko’z)  leksemasi  nafaqat  ot  va  asliy  sifatlar  bilan,  balki  qator 
nisbiy sifatlar bilan ham birikadi. Masalan: 
1) ochiq ko’z, yumuq ko’z, qisiq ko’z; 
  2) o’tkir ko’z. 
 
Bunday  bog’liq  qurshovlarda  (ko’z)  leksema  sememasining  yana  ikki 
ma’nosini farqlash mumkin: 
1) ko’z o’yig’i (qoboqlar oralig’i); 
2) ko’rish qobiliyati. 
Shunday  qilib  (ko’z)  leksema  sememalarining  jami  miq doran  yettitaga 
yetkaziladi. 
V.  (Ko’z)  leksemasi  juda  ko’p  fe’llar  bilan  ham  birikib  keladi.  Bunday 
qurshovlar  ham  erkin  va  bog’liq  qurshovlar  hisoblanadi.  (ko’z)  leksemasi 
o’zining  asosiy,  yetakchi  sememasi  ko’rish  a’zosi  asosida  shu  a’zoga  xos 
bo’lgan  harakatlarni  ifodalovchi  nigoh  fe’llariga  birikib,  ular  bilan 
birgalikda  erkin  qurshovda  ishtirok etadi:  Uning  ko’zlari  ma’yus  boqardi. 

Download 1.41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling