Asosiy tushunchalar va tahlil usullari
Download 1.41 Mb. Pdf ko'rish
|
sistem tilshunoslik leksikologiya fanidan (2)
Bola o’ziga tikilgan ko’zlarni ko’rdi. U yugurib kelayotgan odamlarga
qaradi. Asrora uzoqlarga termilib turib, allanimalarni o’ ylardi (S. Ahmad). Ko’rinib turibdiki, bu misollarda ( ko’z) sememasining bosh, yetakchi semasi voqelashgan. (ko’z) leksemasi qator fe’llar bilan bog’liq qurshovlarni tashkil q ilib, sememaning boshqa turlarini hosil qiladi. (ko’z) leksemasining fe’lli qurshovlardagi — bog’liq qurshovlardagi semema ko’rinishlari yuqoridagilar bilan chegaralanmaydi. Bu leksema bog’liq qurshovlarda yana qator yangi semema turlarini hosil q ilishi mumkin. Jumladan, (tashlamoq), (solmoq), (tushmoq), (tinmoq) kabi fe’llar bilan kelgan (ko’z) leksemasi sememaning boshqa turlarini: «nazar», «nigoh», «qarash» ma’nosini voqelantiradi: (Yigitning ko’zi yonidagi qizga tushdi). (Ko’z) leksemasi (-dan) chiqish kelishigi va uzoqlashmoq, yiroqlashmoq, chetda bo’lmoq, yo’qolmoq. kabi fe’llar bilan birikib, yangi ma’no turini kashf etadi. Qiyoslang: (Otliq ko’zdan yiroqlashdi). Bunday bog’liq qurshovda (ko’z) so’zi «nazari ilg’ay oladigan joy» 90 Ma’no turini ifoda etgan (ko’z) leksemasining yuqorida qayd etilgan har ikkala yangi ma’no turi: («nazar, nigoh, qarash», «nazari ilg’ay oladigan joy») ham shu leksemaning asosiy, yetakchi sememasi bilan bo g’liqligini, aloqadorligini saqlab, ular bilan metonimik aloqada bo’ladi. [ko’z] leksema sememasining ushbu ko’rinishlari yuqorida sanab o’tilgan to’qqizta tur bilan cheklanmaydi. Aniqrog’i, bu leksemaning yana boshqa ma’no turlarini aniqlash mumkin. Ammo ayni vaqtda yuqoridagi tahlillarimiz asosida ushbu hodisalar h aqida muayyan xulosa chiqarish mumkin, deb o’ylaymiz. Shunday qilib, leksemaning mazmun tizimi ikki asosiy tarkibiy dismdan iborat: 1) bosh, asosiy, yetakchi semema. Shunga ko’ra muayyan leksema ongimizda yashaydi. Ushbu semema erkin qurshovda turli-tuman ko’rinishlarda, holatlarda yuzaga chiqadi; 2) sememaning ma’no turlari. Sememaning ma’no turlari turlicha bog’liq qurshovlarda (muayyan cheklangan so’zlar bilan qo’shnichilik munosabatlariga kirishganda) voqelashadi va leksemaning yetakchi sememasi bi lan tarixiy aloqadorlikda bo’ladi. Aniqrog’i ular orasida ma’no zanjiri, bog’ liqligi mavjud bo’ladi. Navbatdagi vazifa sememaning ma’no turlari sof nutqiy hodisani yoki til bosqichiga aloqador bo’lgan, lug’atlarda o’z aksini topishi zarur hisoblangan hodisani, degan masalani hal qilish bilan bog’liqdir. Aytish kerak, masala ancha murakkabligi bilan ajralib turadi. ( Ko’z) so’zining nutqning turli shakllarida voq elanishini kuzatsak, bu holda sof nutqiy (kontekstual) ma’nolarning (ko’z) so’zining muayyan ma’no turi asosida yuzaga kelganligining guvoh i bo’lamiz. Bundan esa biz semema ma’no turlarining til bosqichiga aloqadorligi, leksemaning mazmun tizimiga kirishi haqida hukm chiqara olamiz. Binobarin, o’zbek tilining to’liq, mukammal izohli lug’ati sememaning barcha ma’ no guruhlarini mumkin qadar to’liq, sharhlashi, izohlashi lozim. Shuningdek, a’lo darajadagi mukammal izohli lug’atlar sememaning bir ma’no turlari qurshovini ham iloji boricha to’liq aks ettirishi shart. Demak, lug’atning sifat darajasini 91 belgilovchi asosiy omillardan biri shudir. VI. Yuqorida ko’rib o’tilganlardan tashqari leksemalar barqaror (doimiy, turg’un) qurshovlarda ham ishtirok etadi. Masal an (ko’z) leksemasi: ko’zi och — och-ko’z, xasis, ziqna; ko’zi yoridi — yengil bo’ldi, farzand ko’rdi, tug’di; ko’z yumdi — o’ldi, vafot etdi kabi yuzlab iboralar tarkibida ham keladi. Ammo bu iboralar tarkibida ( ko’z) so’zi mustaqil ma’noga ega emas. Barqaror (doimiy) qurshov shaklan va qurilishi jihatidan bulinuvchan bo’lsa-da, ma’no, mazmun jihatidan turg’un, bo’linmas til birligi, alohida semema sifatida yuzaga chiq adi. Shuning uchun barqaror (doimiy, turg’un) qurshovlardagi ma’nolar (ko’z) leksemasining mazmun tizimiga kirmaydi. Tur g’un qurshovli (ko’z) leksemasi semema ji hatidan alohida til birligi bo’lganligi sababli erkin va bog’liq qurshovli (ko’z) leksemasi bilan omonimik (shakldoshlik) munosabatlariga kirisha oladi. Download 1.41 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling