Asosiy tushunchalar va tahlil usullari
-mavzu. LEKSEMALARNING MAZMUN GURUHLARI VA
Download 1.41 Mb. Pdf ko'rish
|
sistem tilshunoslik leksikologiya fanidan (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4. Butun bo’lak m unosabatlari. 5. Vazifadoshlik munosabatlari. 6. Pog’onalilik munosabatlari.
10-mavzu.
LEKSEMALARNING MAZMUN GURUHLARI VA MAVZU TO’DALARI. Reja: 1. Leksemalarning mazmun guruhlari (LMG) haqidagi tadqiqotlar. 2. LMG m arkazi va qurshovi. 3. LMG da jins-tur munosabatlari. 4. Butun bo’lak m unosabatlari. 5. Vazifadoshlik munosabatlari. 6. Pog’onalilik munosabatlari. 7. Leksemalarning mavzu to’dalari. LMG sistem leksikologiyaning eng zarur tu shunchalaridan biri hisoblanadi. LMG deganda, muayyan birl ashtiruvchi semasi asosida 101 muayyan guruhga birlashuvchi, ayni vaqtda farqlovchi semalariga ko’ra esa o’zaro farqlanib, ajralib turuvchi leksemalar tushuniladi. Tom ma’noda, yuqorida ko’rib o’tilgan ma’nodoshlik qatorlari va xususan, mazmuniy darajalanish qatorlari LMG larining bir turidir. Biz fa qat amaliy qulayliklar, atama aniq ligi maqsadida ma’nodoshlik va darajalanish qatorlarini LMG laridan ajratdik. LMG lari xilma -xil shakllar va turlarga egadir. Bun day turlardan biri ma’nodoshlik va darajalanish qatorlaridir. Har bir ma’nodosh qatorlar uchun atash semalari umumlashtiruvchi, ifoda semalari esa farqlovchi semalar vazifasini o’taydi. Darajalanish qatorlarida esa darajalanadigan belgi umumlashtiruvchi sema, bu belgining turli darajalari (eng oz — ozroq — oz — me’yorda — ko’p — ko’proq — eng ko’p) esa farqlovchi sema vazifasini bajaradi. Ushbu qatorlarni LMGlaridan ajratishning asosiy sababi shuki, bu qatorlarsiz ham juda ko’p turli-tumanlikka ega bo’lgan LMGlari miqdor va turlarini leksemalarning qonuniyatlari aniq belgilangan mazmun guru hlaridan farqlashdan iboratdir. LMGlari ma’lum bir umumiy belgi (umumlashti ruvchi semalar) asosida leksemalarni ma’lum bir guruhga birlashtiradi. Ushbu leksemalar ongimizda mana shunday guruhlar sifatida yashaydi. Nutq ehtiyojiga, fikrning mazmun, maq sad va shakliga ko’ra biz shu guruhlar ichidan kerakli leksemani tanlab olamiz. Nutq sharoitiga, nutq ishtirokchilari tabiatiga mos ravishda bu leksemaning ifoda xususiyatlarini belgilaymiz va ma’nodoshlik qatoridan zarur leksemani ma’lum bir so’z shaklida nutq faoliyatiga chiqaramiz. Shunga ko’ra bir so’zni nutqda namoyon qilish uchun ongimiz minglab tenglashtirish va ajratish amallarini baja radi + . Bularning barchasi til vositalarining o’xshash guruhlaridan zaruriysini tanlab olish jarayonida bo’ladi. O’zbek tili leksemalarining mazmun guruhlari sistem usulda yetarlicha + B u ha yr a t l a na r l i i s h e ma s . S e k u nd i ga s a r i yb 1 0 . 0 0 0 0 0 0 d a n o r t i q a m a l l a r ni b a j a r a o l a d i ga n h i s o b l a s h a s b o b l a r n i b i z ni n g o n gi mi z d a n , mi ya m i z d a n b i r ne c ha ma r t a o j i z d i r . 102 o’rganilmagan. Faqat nutq fe’llari I. Qo’chqortoyev tadqiqotlarida, holat fe’llari R. Rasulov ishlarida, qavm-qarindoshlik nomlari M. Narziyeva, baholash sifatlari S. G’iyosov, hayvon nomlari R. Safarova, tana a’zolari nomlari B. Jo’rayev, ko’lam sifatlari I. Abdura hmonov izlanishlarida zamonaviy usullarda LMG lari sifatida ta hlil etildi. Ammo LMGlarini ajratish nazariyasi o’zbek tilshunosligida hali to’la ishlab chiqilmagan. Leksemalarni LMGlariga birlashtirishda ularni shunday belgilar asosida umumlashtirish lozimki, bu guru hga birlashuvchi leksemalar muayyan sohaga, muayyan turkumga oid bo’lib, ular orasida o’xshashlik juda ko’p, farq esa oz bo’lsin. LMGni hosil qiluvchi muayyan lek semalar o’ziga nisbatan katta bo’lgan mustaqil guruhlarga birlasha oladigan leksemalarni o’z ichiga olmasligi kerak. Masalan. o’zbek tilidagi kiyim- kechak nomlari guruhiga (LMGga) kiyim-kechak nomlarini atovchi — telpak, do’ppi, quloqchin, qalpoq, bo’yinbog’, gardanband, sharf, ko’ylak, nimcha, yaktak, ishton, kostyum, shim, to’n, paypoq , etik, kovush, kalish kabi ko’plab leksemalarni kiritish mumkin emas. Chunki bu leksemalar qatori, haqiqatan ham, shu belgi asosida birlashadi. Ammo ular o’z navbatida bir necha ichki, nisbatan tor doiradagi guru hlarga ajraladi. O’zbek tilidagi kiyim-kechak nomlarini kamida 5 ta LMG ga ajratib o’rganish kerak. Bular quyidagilar: 1. «Bosh kiyim» LMG: (bo’rk, do’ppi, takya, telpak, qalpoq, kuloh, salla, shlyapa, shapka ...). 2. «Ich kiyim» LMG: (ishton, ko’ynakcha; siynaband, cho’milg’ich, nimcha, trusi, mayka ...). 3. «Ustki kiyim» LMG: (kiyim, ko’ylak, yaktak, t o’n, po’stin, yopinchiq, yog’mirlak, shim, shalvar, poy joma, palto, kostyum...). 4. «Oyoq kiyimlari» L MG: (paypoq, etik, mahsi, ka vush, kalish, tufli, choriq...), 5. O’ragichlar LMG: (ro’mol, qiyiq, belbog’, tasma, peshonaband, gardanband, bo’g’ nbog’, poytava, kamar...). O’zbek tilidagi hayvon nomlarini atashga xizmat qiladigan 103 leksemalar ham bir necha LMGlarini hosil qiladi. Jumladan, R. Safarova faqat uy hayvonlari atamalari ichida quyidagi LMGlarini ajratadi: 1) qoramol LMG: (sigir, buzo q, tana, g’unajin, ho’ kiz, buqa, govmish...); 2) «ot» LMG: (ot, baytal, biya, ayg’ ir, saman, yo’rg’a, yobu, t o’riq, jiyron, bedov,... tubicho q, toy...). 3) «qo’y» LMG: (qo’y, qo’chqor, qo’zi, baqlan, hisori, arabi, merikos...), 4) «echki» LMG: (echki, ta qa, serka, ulo q...). 5) «it» LMG: (it, qanjiq, ko’ppak, bo’ribosar, tozi, gurji, kuchuk ...). 6) «eshak» LMG: (eshak, mocha, xo’tik, xachir...). 7) «tovuq» LMG: (tovuq, xo’roz, makiyon, j o’ja...). 8) «cho’chqa» LMG: (cho’chqa, kabon, megajin...). S. G’iyosov «umumiy ijobiy shaxsiy ba ho» semasi bilan birlashuvchi LMG bosh so’zlarini quyidagi miqdorda belgilaydi: (yaxshi, tuzuk, durust, chiroyli, ko’rkam, go’zal, zebo, q iziq, ajoyib, g’alati, ajab, ajib). Bu qatorda darajalanish va ma’nodoshlik munosabatlari bilan o’zaro bog’langan (tuzuk, durust, ko’rkam, go’zal, zebo) va (ajoyib, ajib, g’alati, ajab) leksemalarini ajratish mumkin; (tuzuk—durust—yaxshi— ajoyib), (chiroyli — go’zal —zebo) bosh leksemalari (yaxshi) va (chiroyli) bo’lgan darajalanish qatorini; (g’alati — qiziq — ajoyib — ajab — ajib) esa shakldoshlik qatorini tashkil etadi. Demak, sifatlarning umumiy ijo biy shaxsiy baho LMG (yaxshi — chiroyli...) tarkibiy qismlardan iborat bo’ladi. I. Qo’chqortoyev o’zbek tilidagi nutq fe’llarini 8 ta LMG iga ajratadi 1. demoq fe’li; 2. gapiruv fe’llari (gapirmoq, atamoq , aljimoq, maqtamoq, tushuntirmo q, isbotlamoq, yakunlamoq...); 1) ifodalov fe’llari (aytmoq, bildirmoq, ta’kidlamoq...); 4) talaffuz fe’llari (boshqarmoq, o’shqirmoq, qichqirmoq, big’illamoq); 5) sub’ektiv hukm fe’llar (kesatmoq, maqtamoq, ta’riflamoq, yomonlamoq, chalpimoq, o’pkalamoq, haqoratlamoq, jerkimoq, sarg’amoq, salomlashmoq, tabriklamoq..); 104 6) nutqiy da’vat fe’llari (buyurmoq, undamoq, targ’ib qilmoq, da’vat qilmoq taklif etmoq, chaqirmoq, qistamoq...); 7) simmetrik nutq fe’llari: (suhbatlashmoq, gaplashmoq, hangomalashmoq, chaqchaqlashmoq, o’rtoqlashmoq, sirlashmoq, dardlashmoq, fikrlashmoq, maslatsatlashmoq. . .); 8) sukut fe’llari: (gapirmadi, aytmadi, indamadi, churq etmadi, tilini tiymoq, jim bo’lmoq, sukut saqlalamoq. Biz bu yerda har bir LMGning, asosan, bosh , yetakchi leksemalarini sanab o’tdik. I.Qo’chqortoyev esa kitobida har bir LMG ga mansub bo’lgan 100 ga yaqin tub, qo’shma fe’llarni, frazeologik iboralarni, fe’llarning ko’chma ma’nolari bilan bog’liq jarayonlarni atroflicha tahlil etadi. R. Rasulov o’zbek tilidagi holat fe’llarini 9 ta LMG ga ajratadi; 1) davomli holat fe’llari: (turmoq, yotmoq, o’tirmoq, 2) harakat natijasi bo’lgan holat fe’llari: (to’xtamoq, tinmoq, qoraymoq, yorishmoq. . .); 3) ijro holati fe’llari: (saqlamoq, asramoq, qo’riqlamoq, poylamoq. . ); 4) harakatning holati fe’llari: (kuchaymoq, qizimoq , ko’paymoq. . .); 5) malaka holati fe’llari: (odatlanmoq, o’rganmoq, ko’nikmoq. . .); 6) obrazli holat fe’llari: (qaqqaymoq, olovlanmoq, charaqlamoq, oltinlanmoq. . .); 7) biologik holat fe’llari: (keksaymoq, chanqamoq, gullamoq, qovjiramoq. . .); 8) fiziologik holat fe’llari: (uxlamoq, charchamoq, kasallanmoq, semirmoq. . .); 9) ruhiy holat fe’llari: (qo’rqmoq, zavqlanmoq, g’azablanmoq, uyalmoq. . .). LMG markazi va qurshovi. LMGlar ikki qismdan — asos va qurshovdan iborat bo’ladi. LMG asosi, odatda, bir necha (2 — 5) leksemadan tashkil topadi. Bu h olda har bir leksema muayyan 105 ma’nodoshlik va darajalanish qatorlarining bosh so’zi vazifasini o’taydi. LMG qurshovi esa bosh leksemalarning ma’nodoshlik va darajalanish qatorlari birliklarini, bu qatorlarga kiradigan va kiritiladigan frazeologik iboralarni, yasama va qo’shma so’zlarni, leksemalarning semema turlari zamini shu qator mazmuniga yaqinlashadigan leksemalarni va ni hoyatda sof nutqiy ma’nodoshlarni o’z ichiga oladi. Ular miqdori LMG asosidan 20—30 baravar ortiq bo’ladi va hamisha ochiq tabiatga ega, ya’ni yangi birliklar, ma’no nozikliklari bilan to’ldirilib boriladi. LMGlarning markazi katta bar qarorlikka egadir, qurshovi esa juda tez o’zgaruvchandir. Chunonchi, «osmon jismlari» LMGning asosi XV asrda ham, hozirgi o’zbek tilida ham atigi to’rtta leksemadan iboratdir. Bular: [quyosh, oy, yulduz, sayyora] leksemalardir. Lekin bu leksemalarning qurshovi har bir davr uchun o’ziga xos bo’ladi va o’zgarib turadi. Chunonchi, XV asrda [quyosh] leksemasi qurshovi [kun, gunash, oftob, shams, meh r, mehrihovar, shashi hovar, mehri anvar olamtob, olamso’z...} kabi birliklarni o’z ichiga olsa, hozir, asosan, (kun, oftob) so’zlari bilan chegaralanadi. Xuddi shunday [oy], [yulduz], [sayyora] leksemalarining ham qurshovi XV asrga nisbatan ancha kamaygan. XV asrda [oy] leksemasi qurshovi [moh, mohtob, mohi tobon, hilol, badr], [yulduz] qurshovida [sitora, hovkob, kumush, axtar] kabilarni ko’rsak, hozir bu qator ancha toraygan. Ammo juda ko’p so’zlarda davrlar o’tishi bilan qurshovning asosan kengayishini ko’rish mumkin. Masalan, birinchi avlod q on-qarindoshlik nomlari (ota — ona— bola) leksemalaridan iborat. Lekin faqat [ota] leksemasining shu kungi qurshovi bir necha leksema, so’z va birikmalarni o’z ichiga oladi: (padar, qiblagoh, jad, pushtipanoh, olampanoho rqa tayanch duogo’y va h. k.) Bular sirasiga (ota) tushunchasini ifodalashga xi zmat qiladigan (dada, ada, bobo...) kabi sheva so’zlari ham qo’shiladi. LMG markaziy leksemasi har birining qurshovi alohidadir va tabiatan shu leksema bosh bo’lib kelgan shakldoshlik va darajalanish qatorlaridan iboratdir. LMG 106 nisbatan barqaror va o’ta keng, deyarli cheklanmagan va o’ zgaruvchan qurshovlardan iborat ekanligi tilning ham barqaror, ham o’zgaruvchan ijtimoiy hodisa sifatida uzoq muddat yashashiga imkon beradi. Ma’nodoshlik va darajalanish qatorlarining cheklanmaganligi esa har bir nutq sohibiga u yoki bu ma’noni ifodalash uchun o’ z nutqini xususiylashtirishga deyarli cheksiz imkoniyatlar beradi. LMG markazida joylashgan leksemal ar bu markazda ma’lum tartib, ma’lum ziddiyat asosida o’zaro barqaror munosabatlarda bo’ladi. Bu ziddiyat va munosabatlar turli -tuman bo’ladi. LMGning har bir a’zosi uning boshqa barcha a’zolariga qator semalari bilan o’xshash bo’lib, atigi bir-ikki semasi bilangina farqlanib turadi. Birinchi ziddiyat not o’liq bo’lib, unda (qoramol va buzoq) kuchsiz, belgisiz a’zoni tashkil etadi. Shuningdek, urg’ochi va erkak mol hamda uning bolasini atab kela oladi. [sigir, ho’kiz, buqa] esa kuchli, belgili a’zoni tashkil etadi va uning uchun II b ziddiyatda bu belgi aniqlanadi. II b ziddiyat teng siymatli ziddiyat bo’lib, [sigir] leksemasi «urg ’ochi» belgisi bilan «erkak» belgisi [ HO ’ K IZ va buqa] ga ziddir. III ziddiyatda «erkak» belgisi yana ham aniqlanadi. «Bichilmagan» belgisi asosida tuziladigan bu noto’liq ziddiyatda [buqa] kuchli, belgili a’zo bo’lib, faqat bichilmagan erkak q oramolni atab keladi. [Ho’kiz] esa bichilgan va bichilmagan erkak qoramolga nisbatan ishlatilaveradi. II a qator ziddiyati «yoshi kichik» semasi asosida tuziladi, chunki birinchi qatordagi belgi (qoramol, buzoq) leksemalarida «jins» belgilanmagan va aniq lanishi mumkin emas. Shuning uchun (q oramol, buzoq)ning navbatdagi ziddiyati yangi (yosh) semasi asosida o’tkaziladi. Agar biz «qoramol» semasini (SO deb, jinsni—(S 2 ) deb, «urg’ochi» semasini— (S 2 ' ), «erkak» semasini (S 2 2 ), “bichilmagan»ni (S 2 3 ), «yoshi kichik»ni (S 3 ) deb shartli belgilar bilan ifodalanadi. Bu qatordan ko’rinib turibdiki, oxirida kelgan [bu zoq] sememasi ifodalangan, barqaror (Sz) [yosh semasiga] ega va u yana davom 107 ettirilishi, aniqlanishi mumkin. Qatorning boshida to’rgan [qoramol]— LMGning bosh leksemasi esa ifodalanmagan (neytral) (Sz) bilan tugaydi. Demak, «qoramol» LMGdagi leksemalarda S 3 (yosh) aniqlanishi mumkin. Shu bois [buzoq — tana — g’unajin] darajalanish qatori shu sema—«(yosh)» sema si asosida tuziladi. Barcha LMGlarining, markaziy leksemalari o’zaro mana shunday barqaror munosabatlarda turadi va ularning sememalari tarkibi, tuzilishi sanoqli semalar asosida an iq tavsiflanishi mumkin. Tad qiqotchi M. Narziyeva 200 leksemani o’z ichiga olgan yosh otlarining ma’no tuzilishini — LMG markazini 8 sema bilan ixchamgina sharhlab bergan. LMG markaziy leksemalarining o’zaro munosabatlarini ko’rib chiqish LMGlar markazining o’zidayok. boshqa yetakchi leksemani va uning markaziy qurshovini farqlashni taqozo qiladi. Biz yuqorida ko’rib o’tgan «qoramol» va «qarindosh» LMGlarida bosh leksema [qoramol] va [qarindosh] leksemalaridir. Nutq fe’llarining yuqorida sanab o’tilgan LMGlari uchun [gapirmo q], [aytmoq], [talaffuz qilmoq] va h. k. «umumiy ijobiy baho belgisi” LMG uchun [yaxshi], «bosh kiyim» LMG uchun [bo’rk], «qo’y» LMG uchun [qo’y] va h. kabilar bosh leksemalardir. LMG bosh leksemasi ma’nodoshlik va darajalanish qatorlarining bosh leksemasi xususiyatlariga egadir. LMGda bosh leksema b o’lmasligi ham mumkin. Bunda LMG qurilishida bo’shliq seziladi va til bunday bo’shliqni yangi bitta leksema yoki boshqa atov birligi (so’z birikmasi va b.) bilan t o’ldirishga intiladi. Masalan, «oyoq kiyimi» LMGda qad imda [kechak] bosh leksemasi bo’lgan (bu leksema kiyim-kechak)da saqlangan. LMG bu leksemani yo’qotdi va tarkibi ancha ravshan bo’lgan (oyoq kiyimi) birikmasi bilan LMG ni birlashtirdi. Shunga ya qin hodisani «burk» LMG da ko’ rish mumkin. Chunki [bo’rk] leksemasi yo’qolish arafasida va u «bosh kiyim» birikmasi bilan almashtirilmo qda. «LMGlari markazidagi leksemalar o’zaro qanday munosabatlarda turadi» degan savol tug’lishi tabiiydir. Bu savolga biz tolibi ilmlarimizga: «Buni siz aniqlaysiz»,— deb javob bera 108 olamiz, xolos. Buning boisi shundaki, ja hon tilshunosligida leksemalararo ma’no munosabatlari, asosan, ma’nodoshlik (sino nimiya), zid ma’nolilik (antonimiya) va, q sman, jins-turlilik (giponimiya) munosabatlarini o’rganish bilangina cheklangan. O’zbek tilshunosligi ea bu sohda yana ham ilgarilab ketdi. O’zbek tilidagi LMG markaziy leksemalari orasidagi ma’no aloqalarini O’rganish (graduonomiya), jins- tur (giponimik), butun —bo’lak (partonimik), vazifadoshlik (funksionimik) va poro nalilik (iyerarxonimik) kabi ma’no mu nosabatlari ajratilishi mumkinligini ko’rsatdi. Bu munosabatlar asosida LMGlarining tashkil topish xususiyatlari esa hali umuman o’rganilgan emas. Darajalanish (graduonomiya) haqida biz bob boshida gapirib o’tdik. Endi navbat yuqorida sanalgan maz muniy aloqalarning boshqa turlariga keldi. Faqat shuni alohida qayd etishimiz joizki, bu nu qtai nazardan nafaqat o’zbek tili lug’at tarkibi, balki bo shqa tillar-lug’ati kam tadqiq etilmagan. Bizning quyida bayon eta digan tahlillarimizga kelajak o’zining jiddiy tuzatish va to’ldirishlarini qo’shimchalarini kiritadi. Jins-tur (giponimik) munosabatlari. Voqelikda narsa, belgi. xususiyatlararo jins -tur bog’lanishlari juda keng tarqalgan. Bunday bog’lanishlarni tabiatda ham, hayotda ham, fanda ham juda ko’p uchratamiz. Masalan, (daraxt) tushunchasi bor. Lekin voqelikda, umuman, (daraxt) mavjud emas. Voqelikda faqat uning turlari «to’g’ri burchakli to’rtburchak», «teng yonli to’rtburchak», «kvadrat», «romb», «parallelepiped», «parallelogramm», «trapetsiya» va h. k. mavjuddir. Voqelikdagi va ongimizdagi bunday mavjudotlar orasida jins (daraxt, to’rtburchak) va tur (q ayin, olma, kvadrat, romb. . .) munosabatlari bor ekan, ular, albatta, tilda o’z aksini topadi. Shuning uchun tildagi LMGlarining markazida t o’rgan juda ko’p leksemalar o’zaro jins-tur mazmuniy munosabatlari bilan bog ’lanadi. Bunday LMGlaridan: «qoramol», «ot», «yaxshi», «gapirmoq», . . . kabi LMGlarni olaylik. Ularning qurilishi va tarkibi bilan yuqorida tanishib chiqdik. Jins-tur (giponimik) munosabatlari bilan bog’langan LMG «daraxt» 109 a’zolari (qayin, tol, terak, baqa-terak, majnuntol, archa, . . ., olma, o’rik...), gul LMG (rayhon, sadbarg, atirgul, gultojixo’roz, safsargul» karnaygul, piyozgul va h. k.), idish LMG (tovoq, kosa, piyola, choynak. . .), palos LMG (gilam, sholcha, palo s, buyra), ovqat LMG (osh, palov, manti, chuchvara. . .), ichimlik LMG (suv, sharob, sharbat) . . . Ushbu misollardan kurinib turibdiki jins -tur munosabatlari asosida juda ko’p LMGlari tashkil topgan. Ularni qunt va diqqat bilan o’rganish o’zbek leksikologiyasining navbatdagi vazifalaridan biridir. Butun bo’lak (partonimiya) munosabatlari. Butun bo’lak munosabatlari ham voqyelikda keng tarqalgan bo’lib, voqelikning bevosita in’ikosi bo’lgan ongimizda, ongning shakli va ifoda vositasi bo’lgan tilimizda o’z aksini topishi kerak (topadi ham). Butun bo’lak munosabatlari bilan bog’langan LMGlari miqdori ham o’zbek tilida anchagina bor. Jumladan, (daraxt, ildiz, shox, barg) leksemalar guru hini olib ko’raylik. Bu guruh o’zaro butun bo’lak munosabatlari bilan bog’langan «butun» bosh leksema (daraxt) bilan, bo’laklar esa (ildiz, shox, barg) leksemalari bilan ifodalanadi. Bu qatorda qiziq bir hodisani ko’ramiz. (Daraxt) leksemasida yetakchi (daraxt sememasi dan boshqa sememaning yana bitta mazmuniy turi mavjuddir. Bu «daraxt tanasi» semema ma’no turidir. Daraxtni choping, daraxtga mix qoqmang, daraxtni oqlang kabi gaplarda xuddi shu daraxt tanasi ma’no turi voqelashgandir. Demak, (daraxt) o’zining ikki semema turi bilan ikki vazifani o’taydi: yetakchi sememasi asosida (barg, shox, daraxt tana), (ildiz) leksemalarini bitta «daraxt» butun bo’lak LMGga birlashtiradi. (Ildiz), (shox) leksemalariga nisbatan esa «daraxt» tanasi sememasi asosida butunning bo’lagi ma’nosida keladi. Shu sababli qo’shni LMGdan (butun bo’lak LMGdan) (tana) leksemasidagi sememaning bitta ma’no turi yordamga keladi va «daraxt», «tana» ma’nodoshligi hosil bo’ladi. Butun bo’lak munosabatlari bilan bog ’langan yana bir necha LMGlarini ko’rib o’tamiz: (kitob, muqova, varaq, bet); (odam, bosh, b o’yin, tana, oyoq, qo’l); (tana, yelka, ko’krak, qorin, bel, orqa); (panja, kaft, barmoq , tirnoq).. Tasavvur 110 etish mumkinki, butun —bo’lak munosabatlari asosida tarkib topgan LMG oz emas. Vazifadoshlik (funksionimiya) asosida tuzilgan LMGlari miqdoran oz. Bunday LMG sanoqli bo’lib, ular, asosan, ot turkumida aniqlanadi. Chunonchi, (qalam, ruchka). Lekin bunda ham yozuv quroli jins-tur LMG xususiyatini ko’rish mumkin. Vazifadosh lik LMGning mikdoran ozligi vazifadoshlik asosida maxsus ma’no ko’chish usulining o’zbek tilida juda unumli ekanligi tufayli dir. P OG ’ O NAL IL IK (iyerarxonimiya) munosabatlari asosida ham LMG ajraladi. Bu, ayniqsa, ilmiy atamalar sirasida juda ko’p uchraydi. Masalan, biologiyada (tip — sinf — turkum — oila — urug’ — tur). Lekin bunday LMGda jins-tur munosabatlarini ham ko’rish mumkin. Leksemalarning mazmuniy guru hlari masalasi bilan bog’liq fikrlarni yakunlar ekanmiz, o’zbek tilidagi LMGlarini aniq ajratish, ularning orasidagi o’zaro ma’no munosabatlarini aniqlash, har bir LMGning markaziy leksemalari va qurshovlarini tavsiflash va bu ishlarning natijasi sifatida «o’zbek tilining uyadosh so’zlari lug’ati»ni tuzib, xalqimizga tuhfa qilish bizning zimmangizdagi vazifalardan bi ridir. Barcha leksik paradigmalardan sistem tahlil uchun eng asosiysi LMGlaridir. Shuning uchun ularni ajratish asoslarini, qurilishini atroflicha va puxta o’rganishimiz zarur. LMT bir umumiy mavzuga oid bir necha LMGni o’zida birlashtiradi. Masalan, o’zi bir necha LMGlari dan iborat «uy hayvonlari» yoki «qush» kabi LMTlari shular jumlasidandir. I. Qo’chqortoyev tomonidan ajratilgan nutq fe’llarining 8 ta LMG «demoq» LMT (nutq fe’llari LMT) ga birlashadi. LMTlarining o’ziga xos va diqqatga sazovor xususiyat i shundaki, LMTlari ham markaz va qurshovdan iborat bo’lib, ularning markaziga LMG larining bosh leksemalarigina mansubdir. LMGlarining markaziy a’zolari esa LMT dagi marka ziy leksemalarning qurshovini tashkil etadi. Shu usul bilan leksik paradigmalari ka ttalashib borgan sari quyi bosqichdan yuqori bosqich markaziga kiradigan leksemalar soni 111 kamayib boraveradi. Shu usul bilan til o’zining munosabatlar chizmalari va qonuniyatlarini mumkin q adar soddalashtirib boraveradi. Ya’ni ayni bir munosabatlar mo hiyatan quyidan yuqorigacha takrorlanib boradi. Jumladan, «o’simlik» LMTni olaylyak. U o’z navbatida ustki, asosiy, markaziy leksemadan iboratdir. [Osimlik] [maysa] [buta] [daraxt] Ya’ni mohiyatan bu jins-tur munosabatlari asosida tuzilgan LMGdir. [o’simlik, maysa, buta, daraxt] bitta LMGdir. LMGlariga xos bo’lgan barcha xususiyat va qonuniyatlar bularga ham tatbiq etiladi. Lekin (ma y- sa)— (buta) — (daraxt) leksemalari oddiy leksemalar emas, balki ma’nodoshlik, darajalanish, jins-tur, butun bo’lak munosabatlarini aks ettiruvchi bir necha leksik paradigmaning bosh leksemasidir va bularning orqasidan tilda yuzlab leksemalaer, nutqda esa minglab atov birliklari ergashadi. Gap tuzilishi va tarkibining o’ta sodda va tejamliligi shundaki, mohiyatan bir xil munosabatlar tilning turli bos qichlarida, sathlarida, shakllarida yangi-yangi ko’rinish va mazmun kashf etadi. Shuning uchun mohiyatini to’laligicha hech kim anglamagan, umri davomida imkoniyatlarining milliard — milliardining bir qismidan h am hech kim foydalanishga ulgurolmaydigan, cheksiz sanalgan til sano qli ma’no g’ishtlari (semalar), shakl birliklari (30—40 fonema) va munosabat turlarining o’zaro rang-barang birikib, ko’z ko’rolmaydigan, quloq eshitib nihoyasiga yeta olmaydigan turli -tumanlikni tashkil etadi. Buni faqat riyoziyotda o’n raqami va to’rt amalning soddaligi, riyoziyot esa shularning turli xildagi bir lashuvlarining natijasidan iboratligi bilan yoki moddalarining xilma-xilligini sanab, tavsiflab poyoniga yeta olmaydigan quyosh tizimi sayyora laridagi barcha moddalarni D. Mendel eevning kaftdek keladigan kimyo viy elementlar davriy jadvali o’z ichiga olishi bilan qiyoslash mumkin. Tilshunoslikning vazifasi esa mana s hunday |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling