Asosiy tushunchalar va tahlil usullari


Download 1.41 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/35
Sana05.01.2022
Hajmi1.41 Mb.
#216532
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   35
Bog'liq
sistem tilshunoslik leksikologiya fanidan (2)

 
7-mavzu. 
LEKSEMANANG MAZMUN TIZIMI  
Reja: 
1. Leksik paradigma. 
2. Leksem aning qurshovi.   
3. Erkin qurshov. 
4. Leksik qurshovlarda ma’no farqlari. 
Nutq  hamisha  rang-barangligi,  turlichaligi  bilan  ajralib  turadi. 
Nutqning  vazifasi  tilning  turli  sat hlarini,  bu  sath  birliklarining  mazmun 
va 
vazifalarini 
nutq 
sharoiti 
bilan, 
so’zlovchining  maqsadi  va 
imkoniyatlari  bilan  uyg’unlashtirib,  muayyan  holda  fikr  almashtirishni 
voqelashtirishdan  iborat  bo’ladi.  Shu  sababli,  ko’rib  o’tganimizdek,  nutq 
birliklari  hodisalar,  xususiyliklar  sanalib,  ularning  har  biri  o’zidagi 
umumiyliklar  zarralarining  birikishi  natijasidir.  So’zning  nutqiy  ma’nosi 
nutq  sharoiti,  o’zaro  (birikkan  so’zlarning  ma’nosi  matn  ta’sirida 
shakllanib,  xilma -xillikka  ega  bo’ladi.  Biz  (yaxshi)  so’zining  (yaxshi 
qiz),  (yaxshi  xotin),  (yaxshi  us ta),  (yaxshi  kishi),  (yaxshi  san’atkor), 
(yaxshi  o’qituvchi),  (yaxshi  bastakor),  (yaxshi  yozmoq),  (yaxshi 
yugurmoq)  kabi  so’z  birikmalarida  turli-tuman  ma’no  bo’yoqlari  kashf 
etganligini  ko’rib  o’tdik.  Ammo  sanalgan  ma’no  b o’yoqlari  [yaxshi] 
leksemasining  nutqda  qabul  qila  oluvchi  ma’no  xususiyatlarining 
hammasi  emas   (yaxshi)  leksemasining  nutqda  namoyon  qila  oladigan 
ma’no  bo’yoqlari  nutq  shakllarining  cheksizligi  kabi  cheksizdir.  Shuning 
uchun  bir  qator  tilshunoslar  XIX  asr ning  oxirlari  va  XX  asrning 
boshlarida  umuman  «so’z»  tushunchasi  va  so’zning  umumiy  ta’rifi, 


 
77 
umumiy  ma’nosi  va  umumiy  mohiyati  yo’q  deb  aytishgan.  Ular  nutqdagi, 
matndagi  har  bir  so’z  alohidalikdir.  So’zning  mohiyati  uning  qo’llanilgan 
joyidagina  aniqlanishi  mumkin;  bir  tilda  yaratilgan,  yaratilayotgan, 
yaratilishi  mumkin  bo’lgan  matnlarda  qancha  so’z  bo’lsa,  tilda  ham 
shuncha  so’z  bor  deb,  umumiy  so’z  (leksema)  tushunchasidan  qochgan 
edilar.  (Jumladan,  bunday  fikrni  mash hur  rus  tilshunosi  —  psixolingvist 
A. A. Potebnya yo qlab chiqqan edi.) 
Sistem  tilshunoslik  bu  masalaga  boshqacharoq  yondashadi.  Til 
birliklarini  farqlashda,  dastlab,  til  birliklarining  shakl  va  mazmun 
mutanosibligiga  asosla nadi.  Sistem  tilshunoslik  ikki  til  birligi  orasida 
shakl  va  mazmun  farqi  bo’lsa,  bunday  birliklar  musta qil,  alohida-alohida 
til  birliklari  hisoblanishi  lozimligini  ta’kidladi.  [yo l],  [yel]  va  [el]; 
[yaxshi]  va  [yomon];  [bosh]  va  [ qosh].  Tilning  mustaqil  leksemalari 
dastlab  shu  usul  bilan  ajratiladi.  Lekin  leksema  muammosi  bu  bilan 
chegaralanib  qolmaydi.  Chunki  tilda  shakl  va  mazmun  mutanosibligi 
bilan  birga  shakl  va  mazmun  nomutanosibligi  ham  mavjud.  Bunda  bir 
necha holat farqlanadi.   Bu holatlarning asosiylari quyidagilardir:  
 1-holat — (tana), (ot), (yoz) ...  
 
    2-holat—(arava), (aroba), (baravar), (barobar) ...  
     3-holat — (narvon), (shoti) ...  
     4- holat — (yuz), (bet),  (aft),  (bashara),  (turq ) ... 
     5-holat —(qo’y), (
QO

CH QO R
),
 
(
QO

ZI
)
 
... 
    6-holat — ko’z: 
        a) ko’z kosasi (a’zo); 
 b) 
 ko’zidan uzoq (nazar); 
 v) 
ko’zi o’tkir (ko’rish qobiliyati); 
 g) 
derazaning ko’zi; 
 d) 
yog’ochning ko’zi; 
 ye)  buloqning ko’zi; 
 j) xurjunning ko’zi; 
z) ko’zi tor (ziqna); 


 
78 
      i) ko’z bo’yamoq (aldamchilik qilmoq) ... 
Bunday  holatlar  o’z  navbatida  bir  necha  turli  bo’ladi.  Qolgan 
holatlarni  shularga  q iyoslash  mumkin.  Quyida  bu  holatlarning  har  birini 
alohida-alohida ko’rib  chiqamiz. 
 Birinchi  holat:  shakl  va  mazmun  no mutanosibligi  mavjud  hollarda 
mustaqil 
leksemalarni, 
alohida-alohida 
sememalarni 
nutqiy 
ko’rinishlardan  (variantlardan),  ko’p  ma’nolilikdan  (polisemiyadan), 
shakldoshlikdan  (omonimiyadan)  farqlash  qiyinlashadi.    Bunday 
hollarda  sistem  tilshunoslik  leksemaning  qaysi  leksemalar  bilan 
o’xshashlik  munosabatlariga kirishi  (leksik paradigma)  va  leksemaning 
qurshovi (distributsiyasi) tushunchalaridan foydalanadi.  
Leksik  paradigma  tushunchasi  bilan  yu qorida  tanishgan  bo’lsakda, 
bu  haqda  eslatib  o’tamiz.  Leksik  paradigma  leksemalarning  o’zaro 
mazmun  o’xshashliklari  va  farqlari  asosida  muayyan  q atorlarga, 
guruhlarga  birlashishidir.  Shu  asosda  birinchi  ho latda  berilgan 
misollarni ko’rib chiqamiz: 
1)  [buzoq — tana — g’unajin — sigir] 

Download 1.41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling