Asosiy tushunchalar va tahlil usullari
-mavzu. LEKSEMA PARADIGMALARI
Download 1.41 Mb. Pdf ko'rish
|
sistem tilshunoslik leksikologiya fanidan (2)
6-mavzu.
LEKSEMA PARADIGMALARI. Reja: 1. Leksem alarni t izim sifatida tahlil qilish. 2. Leksik tizimlar. 3. Leksem alarning mazmuniy guruhlari. 4. Leksik maydonlar. Biz sistem tahlil jarayonida har bir narsaning moh iyatini shu 72 narsaning o’ziga o’xshash, ayni vaqtda undan farqli va hatto, unga zid boshqa narsalar bilan bo’lgan munosabati orqali ocha olishimizni bir necha bor ta’kidlagan edik. Til birliklarining o’xshashlik (paradigmatik), qo’shnichilik (sintagmatik) va poronali (iyerarxik) kabi asosiy munosabat turlari, ularning mohiyati haqida batafsil ma’lumot berdik. Tizim qonuniyatlari bilan, tilni tizim sifatida o’rganish usullari bilan I —III boblarda atroflicha tanishishdan m aqsad o’zbek tili lug’at tarkibini, leksemalarini tizim sifatida o’rganish yo’llarini belgilab olishdir . Leksemalarni tizim sifatida tah lil qilishdagi asosiy mezon ularni o’zaro ichki munosabatlar asosida muayyan qatorlarga, guruhlarga, tur va turkumlarga — katta-kichik paradigmalarga ( o’xshashlik qatorlariga) birlashtirishdir. Shunday q ator, guruh, tur va turkumlarda — leksemalarning o’zaro shakl va mazmun munosabatlarida har bir leksemaning, leksema qatorlarining, guruhlarining mohiyatini, tabiatini ochish, aniqlash mumkin bo’ladi. Leksemalarning o’zaro muayyan o’xshashligi, farqi va zidligi kabi ma’no munosabatlari asosida birlashgan guruhlari esa leksik tizim yoki lu g’aviy tizim deb yuritiladi. Lu g’aviy tizim ham, barcha til tizimlari kabi, pog’onali (iyerarxik) qurilishga ega bo’ladi. Ya’ni lug’aviy tizimning o’zi murakkab — bir necha tarkibiy qismlarning birikishidan tashki l topadi. Har bir tarkibiy qism esa o’z navbatida murakkabligi bilan ajralib turadi. Binobarin, bularning har ikkisi (dastlabkisi va oxirgisi) h am murakkab bo’lib, bu jarayon alohida, yakka so’zgacha davom etadi. Jumladan, o’zbek tilining lug’aviy tizimi (buni shartli ravishda L deb belgilaymiz) musta qil leksemalarga (M), yordamchi leksemalarga ( YO ) va undov leksemalarga (U) b o’linadi. O’z navbatida mustaqil leksemalar (M) esa ish ora ma’noli leksemalar — olmoshlarga (O) va atash, nomlash vazifasini bajaruvchi atovchi leksemalarga (A), yordamchi leksemalarga Yo), bog’lovchilarga (B), ko’makchilarga (K), yuklamalarga (Yu) ajraladi. Atovchi leksemalar esa, o’z navbatida, ot (o), sifat (sf), son (sn), fe’l (f) va ravish (r)ga b o’linadi. Ularning har biri, o’z navbatida, yana o’nlab mavzu (tematik) guru hlarga 73 (t), bularning har biri esa yana h am kichikroq ma’no guruhlariga (g)— alohida, yakka so’zga yetib kelguncha pog’onali ravishda bo’linib kelaveradi. Poronali qurilishda har bir boskqich pastki bosqichga nisbatan katta, yuqori bosqichga nisbatan esa kichik h isoblanadi. Shu bois lug’aviy tizimlarga nisbatan katta tizim (makrotizim) va kichik tizim, tizimcha (mikrotyzm, podtizim, atamalari ko’p ishlatiladi. Ayni vaq tda «katta tizim» va «kichik tizim» tushunchalari hamisha nisbiy bo’ladi. Chunki muayyan bo’g’inda (bosqichda) muayyan tizim yuq oridagi joylashganidan kichik (ya’ni unga nisbatan kichik tizim, tizimcha, mikrotizimdir), pastda joylashganidan esa katta (ya’n i katta tizim, makrotizimdir). Hatto o’zbek tilining butun lug’at tarkibi tilning atovchi (nomlovchi) birliklari (leksemalar, so’z yasash vositalari, so’z birikmalari hosil qilish qoliplari, murakkab atamalar, iboralar va h. k.) ga nisbatan kichik tizimdir. Leksik tizimlarning bunday pog’onali (bosqichli) qurilishi leksema sememasi tarkibidagi semalarning birlashtiruvchi va farq lovchi semalarga bo’linish dialektikasi b ilan, nisbiyligi bilan uzviy bog’ liqdir. Muayyan leksik tizim muayyan sema (belgi, ma’noning tarkibiy qismi, bo’lagi) asosida tashkil topadi. Bu sema leksik tizim uchun birlashtiruvchi sema hisoblanadi. Ayni vaqtda u (sema) o’zi birlashtiruvchi leksik tizimni o’ziga nisbatan yuqorida joylashgan tizimdan farqlab turadi. U farqlovchi sema vazifasini bajaradi. Lug’at tizimi tarkibidagi leksik tizimlar ( lug’aviy tizimlar) ning turli bosqichlari tilshunoslikda turlicha nomlanadi. Leksik tizimlarning tilshunoslikdagi turlicha atamalari bilan tanishganda, quyidagi, ya’ni nutqda voqelashgan alohida so’zning ma’nosidan (nutqiy ma’no ko’rinishiga oid yuqoriga — semema turiga, bundan esa sememaga qarab borish ma’quldir. Biz ham ishda shu yo’lni qo’llaymiz. 1. So’zning muayyan nutq parchasida voqelashgan ma’nosi shu so’zning tildagi umumiy ko’rinishi bo’lgan leksema (yoki so’z yasash 74 qolipi) sememasining ruyobga chiqish shaklidir. Leksema sememasining namoyon bo’lish shakli tilning ichki qurilishiga emas, balki til va nutq munosabatiga aloqadordir. Shunga ko’ra bu tilshunoslikda maxsus atama bilan atalmaydi. II. Leksemaning bir necha sememasi va har bir sememaning bir necha turi bo’lishi mumkin. Leksema sememalari (semema turlari) orasidagi munosabatlar leksemaning mazmun (ichki) tizimi (LMS) deb ataladi. III. Har bir leksema tilda o’z ma’nodoshlariga (sin onimlariga) ega bo’ladi. Ular birgalikda muayyan semantik guruhni, qatorni hosil siladi. (Masalan: diydor — jamol — chehra — yuz — bet — aft — bashara —turq). Bunday leksik qatorlar ma’nodoshlik (sinoni mik) qatorlari (SQ) deb ataladi. IV.O’zbek tilidagi ko’pgina leksemalar mazmunan zid, qarama-qarshi bo’ladi (katta-kichik), (kun-tun), (yig’la-kul), (shod-g’amgin). Bunday leksemalarning juftlari zid (antonimik) juftlar (q atorlar) (AQ) deb yuritiladi. V. Leksema sememasiga quyi dagicha ta’rif berilgan edi: «Semema leksemaning ichki, ma’no tomoni bo’lib, leksemaning o’xshashlik va qo’shnichilik munosabatlari orqali aniqlanadigan atash, ifoda va vazifa semalarining bir butunligi dir». Demak, har bir leksema nafaqat sinonimik va antonimik qatorlardan tashkil topadi. Balki har bir leksema muayyan birlashtiruvchi sema asosida boshqa leksemalar o’zaro birlashgan, birikkan guru hni ham tashkil etadi. Chunonchi, [k o’z] — [quloq] — [burun] — [ O G ’ I Z ] leksemalari «sezgi a’zolari» birlashtiruvchi semasiga ko’ra, [daraxt] — [tol] — [mirzaterak] — [baqaterak] — [qayin] — [archa] va h. k. «daraxt» umumiy se masiga ko’ra bir guruhga birlashadi. Bunday guru hlar leksemalarning mazmuniy guruhlari (LMG) deb ataladi. Bunday LMG lar o’z birlashtiruvchi semasining nomi, atamasi bilan nomlanadi. Masalan, «sezgi a’zola ri LMG», «daraxt LMG», «tana a’zolari LMG» va b. 75 VI. Turlicha LMGlar o’zaro umumiy sema — birlashtiruvchi sema asosida yana ham kattaroq tudalarga, guru hlarga birlashadi. Chunonchi, «daraxt», «gul», «o’t», LMG lari birlashtiruvchi «o’simlik» semasi asosida leksemalarning mavzu to’dalariga (LMT) birlashadi. LMTlari o’z ichiga kamida ikkita LMG dan tortib o’ntagacha va o’ndan ortiq LMGlarni olishi mumkin. I—VI bandlarda nomlari sanab o’ tilgan leksik tizimlar bir turkumga oid leksemalarni o’z tarkibiga oladi. Ularning h ar biri o’z xususiyliklariga ega bo’lsada, ko’pincha ular umumiy atamalar — leksik tizimlar, leksim paradigmalar kabi atamalar bilan ata ladi. Til va nutq hodisalari, leksema va so’zlar izchillik bilan farqlanmaganda esa so’zlarning lug’aviy paradigmalari, leksik paradigmalar, so’zlarning o’xshashlik qatorlari kabi atamalar bilan ham nomlanib keladi. Bir turkumga oid leksemalarni birlashtiruvchi leksik tizimlardan tashqari turli turkumlarga oid b o’lgan, ammo bir mavzu doirasidagi leksemalarni birlashtiruvchi leksik maydonlar (tematik maydonlar) ham ajratiladi. «Ruhiy holat» mavzuli maydoni (xursand — xafa), (shod — rimgin), ( SO G ’ — devona), (kasal —tetik), (g’azab — nafrat), (ishonch — gumon), (kulmoq — yig’lamoq), (quvonmoq—zerikmoq), (shodlanmoq — xafalanmoq), (ma’yuslanmoq — tetiklanmoq), (bo’shashmoq—jonlanmoq) kabi o’nlab LMT va LMGlarni o’z ichiga oladi. Leksik maydonlardan tash qari sistem leksikologiyada har bir soha (kasb-hunar, marosim, urf-odat, kishi nomlari, joy nomlari, ilmiy atamalar) alohida-alohida atalgan lug’aviy tizimlar sifatida o’rganiladi. Har bir sohaning o’zida o’z leksemalari, sinonimik va antonimik q atorlari, LMG, LMT va maydonlari ajra tiladi. Ularning har biriga alohida, nisbatan mustaqil tizimlar sifatida qaraladi. Leksik tizimlarning turlari va darajalari xilma -xil, turli-tuman bo’lishiga qaramay, sistem leksikologiyada ushbu bandning II—V va qisman, VI bandlarida sanab o’tilgan leksik tizimlarning ta dqiqiga alohida e’tibor beriladi. Chunki qolgan tizimlarda II—V turlarda ko’riladigan 76 umumiy qonuniyat vaqoidalar asosan takrorlanadi. Biz ham ushbu ishning keyingi bandlarida shu xildagi leksik tizimlarning ta hlil usullariga to’xtab o’tamiz. Download 1.41 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling