Asosiy tushunchalar va tahlil usullari
-mavzu. SEMEMANING NUTQDA VOQELANISHI
Download 1.41 Mb. Pdf ko'rish
|
sistem tilshunoslik leksikologiya fanidan (2)
5-mavzu.
SEMEMANING NUTQDA VOQELANISHI. Reja: 1. Sem emaning nutqda to’g’ri ma’noda voqelanishi. 2. Sem emaning nutqda ko’chma ma’noda voqelanishi. 3. Sinekdoxa. 4. Metanomiya. Sememaning nutqda to’g’ri va ko’chma ma’nolar sifatida voqelashishi. Barcha til birliklari kabi smema muayyan ko’rinishlari orqali voqelanadi. Leksemaning nutqdagi voqelanish shakli so’zdir. Binobarin, sememaning nutqdagi voqelashish, yuzaga chiqish shakli 66 so’zning ma’nosidir. So’zning ma’nosi muayyan matnda va muayyan nutqiy sharoitda voqelashishi sababli u aniq va ravshan bo’ladi. So’zning ma’nosi faqat imkoniyat tarzida mavjud bo’lgan semema sifatida xilma- xillikka, umumiylikka ega emas. Turlicha matn va (sh aroitlarda bitta leksemaning voqelanishi sifatidagi yuzlab so’zlarda yuzlab ma’no bo’yoqlari, jilvalari bo’lishi mumkin. Ayni vaqtda bu ma’no bo’yoqlari, agar u bir semema orqali voqelashgan bo’lsa, bir sememaning turlicha nutqiy ko’rinishlari hisoblanadi. Semema nutqda ikki xil voqelanishi, namoyon bo’lishi mumkin. Birinchidan, so’zning ma’nosida semema aloqador bo’lgan tushunchaga munosabat saqlanib, sememaning tarkibidagi atash, if oda va vazifa semalari munosabatida keskin o’zgarish yuz bermaydi. Masalan, (Mening opam mendan ikki yosh katta. U tibbiyot oliygo hida o’qiydi,) matnida (opa) so’zining ma’nosi [ona] leksemasining sememasi bilan o’xshash, umumiy. A N IQ RO R I (opa) so’zining ma’no tarkibi bilan [opa] leksema sememasining tarkibi deyarli bir xil. Bu o’rinda asosiy farq shundaki, [opa] leksema sememasida na faqat gapining egasi bo’lish smemasi, balki boshqa gap bo’lagi vazifasida ham kela olish kabi vazifa semasi ham mavjuddir. (opa) so’zida esa muayyan gap bo’lagi bo’lish vazifasi ega vazifasi bilangin a cheklangan, xolos. Semema tarkibi bilan so’z ma’nosining mos kelishi sememaning nutqda to’g’ri voqelanishi deyiladi va an’anaviy tilshunoslikda «so’zning o’z ma’nosi», «so’zning to’g’ri ma’nosi» deb yuritiladi. Ba’zan bunday qo’llanishga nisbatan «uzual ishlatilish» ham deyiladi. Sememaning to’g’ri voqelanishida semema tarkibidagi atash va ifoda semalarining munosabati o’zgarmaydi. Masalan, yuqorida keltirilgan misolda (opa) so’zi ma’nosi (opa) leksema sememasi kabi oddiy (neyt ral) bo’yoqqa ega. Lekin (opa, to’g’riga borasiz, keyin chapga qaytasiz) gapida (opa) so’zi ma’nosi bilan [opa] leksem» sememasi tarkibida farq bor. [Opa] sememasi tarkibidagi «qarindoshlik», «qon-qarindosh», «bevosita», «bir avlod» kabi semalar chetlashtirilib, kuchsizlantirilib, «shaxs», «mendan katta», «ayol» 67 semalari kuchaytirilgan. [Opa] sememasida oddiy hisoblanuvchi shaxsiy munosabat anglatuvchi ifoda semasi «hurmat» semasi bilan almashtirilgan. Demak, chetlashtirilga n atash semalari o’rnini kuchaytirilgan ifoda semala ri egallagan. So’z ma’nosida semema tarkibidagi ayrim semalarning chetlashtirilishi, ayrimlarining esa kuchaytirilishi semema bog’langan tushuncha bilan so’z ma’nosi bog’langan tushunchalarning farqlanishi sememaning ko’chma voqelanishi deyiladi. So’zning ko’chma ma’nosi tilshunoslikda ko’chma ma’no, okkazional qo’llanilish, metaforik qo’llanilish kabi atamalar bilan ham ataladi. So’zning ko’chma ma’nosi, asosan, sememadagi atash semalarini qisman chetlashtirish, yo’ldosh va ifoda semalarini esa kuchaytirish orqali hosil bo’ladi. Atash semalari qancha ko’p chetlashtirilsa, so’z ma’nosidagi yo’ldosh va ifoda semalari shuncha ko’p kuchaytiriladi. Jumladan, (Suhbatda Mastonning salmogi ta bora ortmoqda edi. Ilgari Download 1.41 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling