Asosiy tushunchalar va tahlil usullari


Download 1.41 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/35
Sana05.01.2022
Hajmi1.41 Mb.
#216532
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35
Bog'liq
sistem tilshunoslik leksikologiya fanidan (2)

(U ko’zini yumdi) gapi o’zbek tilida uchta ma’no beradi:  
1) kimdir ko’zlarini (qoboqlarini) yopdi; 
2) kimdir (nimagadir) e’tibor bermadi;  
3) kimdir vafot etdi. 
VII.  (ko’z)  leksemasining  mazmun  tizimi  yu qorida  aytilganlar  bilan 
chegaralanmaydi.  Bu  leksemada  yana  bitta  semema  ajralib  turadi.  Bu 
«zarar—zahmat», «ziyon» sememasidir. (Ko’z) leksemasi tarkibidagi ayni 
semema  yetakchi,  asosiy  emas.  Ushbu  sememaning  qo’llanish  doirasi 
ham,  ko’lami  ham,  qurshovi  ham  chegaralangan,  ya’ni  tordir.  Ammo  bu 
semema  (ko’z  II)  avvalgi  semema  bilan  (ko’z  I)  ayni  bir  qurshovda  kela 
oladi va ma’no farqlaydi 
2) Unga  ko’zdan  ko’p  ziyon  bo’ldi  (ya’ni  ko’z  tegashidan  va  har 
qayoqda huda-behudaga qarayverishdan); 
3) Buning  ko’zi  yo’q,  qo’rqmang:      (1)  ko’zi    yo’q,      ko’ra  olmaydi;    
2)  ko’zi      tegmaydi,    ziyon      keltirish      xislati  yo’q.  Albatta,  (ko’z  II) 
sememasi  bilan  (ko’z  I)  sememasi  orasida  qandaydir  tarixiy  (rasmiy, 


 
92 
udumiy,  xurofiy)  aloqadorlik  mavjud  bo’lgandir.  Ammo  bunday 
aloqadorlik  nolisoniy  omil  hisoblanadi.  O’zbek  tilining  tizimida  bu 
sememalar  bir  leksemaning  t urli  sememalari  sifatida  q aralishi  lozim. 
Ammo  ayni  vaqtda  ular  omonimlik,  ya’ni  bir -biridan  batamom  uzilish 
dyarajasiga  yetgan  emas.  Demak,  [ ko’z]  leksemasining  mazmun  tizimida 
ikki  sememani:  1)  asosiy,  yetakchi  bir  necha  ma’no  turiga,  keng 
qo’llanish doirasiga ega sememani va 2) kam tarqalgan, qo’llanish doirasi 
chegaralangan sememani ajratish mumkin.  
[Ko’z]  leksemasining  o’zbek  tilidagi  mazmun  ti zimini  taxminan 
quyidagi  jadval  orqali  ko’rsatish  mumkin.  (Shuni  eslatamizki,  bu 
jadvalning  o’ta  yuzakiligi  (ko’z)  leksemasining  barcha  sememalari 
hozircha to’liq aniqlanmaganligi bilan bo g’liqdir). 
 Semema  haqida,  uning  tarkibi  uch  xildagi  semalar  yi g’indisidan 
iboratligi haqida gapirgan edik. Bular: 
atash semalari;  
ifoda semalari;  
vazifa semalari. 
[ko’z]   leksemasining  mazmun  tizimida  ko’rib  o’tilgan  asosiy  I 
sememaning  bosh,  yetakchi  va  mazmuniy  turlarida  o’zgarishlar  ko’pincha 
atash  semalari  doirasida  sodir  bo’lgan  edi.  Masalan,  (yog’ochning  ko’zi) 
va  (qizning  ko’zi)  birikmalarida  sememaning  ikki  mazmun  turi  ikk i  xil 
anglatmishni 
(denotatni) 
bildirib 
kelyapti. 
Ya’ni 
ular 
atash 
sememalarining  tarkibiga  ko’ra  farqlanib  turibdi.  Ammo  ayni  vaq tda 
ifoda  va  vazifa  semalari  tarkibida  o’zgarish  sodir  bo’lgani  yo’q.  Shuning-
dek,  leksemaning  mazmun  tizimi  na faqat  atash  semalaridagi,  balki  undan 
keyingi  semalardagi  o’zgarishlarni  ham,  bu  o’zgarishlar  asosida  semema 
turlarini  va  hatto  yangi  sememalarni  ham  rivojlantirishi  mumkin.  Biz 
quyida  [sher]  va  [yaxshi]  leksemalarining  maz mun  tizimini  tahlil  qilish 
orqali  ifoda  va  vazifa  sememalarining  semalar  tarkibidagi  o’zgarishlarni 
ko’rib o’tamiz. 
  
(sher)  leksemasining  yetakchi,  bosh  sememasi  «Mushuksimonlar 


 
93 
oilasiga  mansub,  kalta  va  sar g’ish  yungli  (erkaklari  esa  qalin  yolli)  yirik 
sut  emizuvchi  yirt qich  hayvon».  [sher]  leksemasi  ushbu  sememasi  bilan 
erkin  qurshovlarda  qo’llanadi.  Shuningdek,  ushbu  leksema  ayni 
sememasi  va  anglatmishi  bilan  ongimizda  (xotiramizda)  yashaydi, 
mavjud  bo’ladi.  Leksema  sememasi  tarkibidagi  ifoda  semalari  me’yoriy 
(neytral,  normal)dir.  Ammo  ayni  vaqtda  (sher)  leksemasi  muayyan 
sharoitda  shaxsga  nisbatan  ham  qo’llanilishi  mumkin.  Bu  holda  u: 
azamat,  dovyurak,  polvon ,  qo’rqmas,  shijoatli  kabi  qator  ma’nolarni 
ifodalab  keladi.  Shunga  ko’ra  kuchli  ta’sirchanlik,  ijobiy  ba ho  kabi 
qo’shimcha  ma’no  bo’yoqlari  —  ifoda  semalari  hosil  bo’ladi.  Qiyoslang: 
(Alisher, chindanam shersiz. Buyuk sher). (Uyg ’un, I. Sultan).  O’xshatish 
(metafora)  usuli  bilan  h osil  bo’lgan  sememaning  ushbu  maz mun  turi  ham 
til  birligi  deb  sanalishi  lozim.  Buni  ikki  nuq tai  nazar  bilan  isbotlashimiz 
mumkin:  1)  (sher)  leksemasi  yuqorida  qayd  etilgan  sememasi  bilan  erkin 
qurshovda  qo’llanadi.  Masalan,  (Sher  o’lmaydi)  gapida  qanday  mazmun 
voqelashayotganini  faq at  katta  matn  (makrokontekst)  or qali  aniqlash 
mumkin.  Binobarin,  erkin  qurshov  qonuniyati  asosida  bu  ikki  semema 
alohida  til  birligi,  mustaqil  sememalar  deb  tan  olini shi  kerak;  2) 
(dovyurak)  semema  turi  asosida  nutqda  juda  ko’p,  xilma-xil  ma’no 
nozikliklari bilan farqlanuvchi nutqiy ma’no ko’rinishlari shakllanadi. 
[sher] 
leksemasidagi 
// 
«yirtqich 
hayvon» 
va 
«dovyurak» 
sememalarning  ikki  musta qil  semema  sifatida  ba holana  olmasliklarining 
bosh  sababi  shundaki,  bu  mazmuniy  turlarning  orasidagi  aloqadorlikning, 
bog’lanishning  juda  yaq inligidir.  Ammo,  shuningdek,  semema  turini 
to’la-to’kis  nutqiy  ma’no  ko’rinishi  deb  baholash  ham  mumkin  emas. 
Chunki,  u,  birinchidan,  faqat  nutq  sharoiti  bilan  emas,  balki  murakkab 
metaforik  jara yon  —  yetakchi  sememadagi  bir  q ator  atash  semalarini 
(jumladan,  «hayvon»,  «yirtqich»  semalarini  chetlashtirish,  boshqa  bir 
qator  semalarni  esa,  jumladan,  «kuch li»  semasini)  kuchaytirish, 
me’yordagi,  oddiy  ifoda  seme malarini  shu  hisobda  «kuchli  shaxsiy  ijobiy 
baho»  semasiga  almashtirish  asosida  yuzaga  kelgan.  U  nutqda  juda  ko’p 


 
94 
ma’no  ko’rinishlariga  ega  bo’lishi  mumkin.  Shu  bois  bu  semema  [sher] 
sememasining  muayyan  mazmun  turi  sifatida  ba holanishi  va  til 
bosqichidagi  birlik  deb  qaralishi,  lug’atlarda  qayd  etilishi  maqsadga 
muvofiqdir. 

Download 1.41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling