Asosiy tushunchalar va tahlil usullari
Download 1.41 Mb. Pdf ko'rish
|
sistem tilshunoslik leksikologiya fanidan (2)
muttaham
qozining... basharasiga tupurgim keladi. Ushbu ganda (basharasini) so’zini (xunuk yuziga yoki razil yuziga, benomus yuziga va h. k.) birikmalari bi lan almashtirish natijasida salbiy munosabat — hatto bu munosabatning darajasi ham qo’shimcha vositalardan va bosh leksema qatnashgan birikmadan anglashiladi; 5) bosh leksemaning eng mu him xususiyatlaridan biri shundaki, ma’nodoshlikka nisbatan kattaroq bo’lgan leksik paradigmaga — leksemalarning maz mun guruhlari (LMG ga) tarkibiga shu ma’nodoshlik qatoridagi bosh leksemagina kiradi. 97 Ma’nodoshlik qatorining boshqa a’zolari LMG tarkibidan joy olmaydi. Tilning lug’aviy birliklaridan (le ksemalardan) tashkil topadigan ma’nodoshlik qatorlari hamisha ochiq bo’ladi. Ya’ni ma’nodoshlik qatorlari birinchidan, davr taq ozosi, nutq, jamiyat talabi asosida to’ldirilib borishi mumkin. Ikkinchidan, ma’nodoshlik qatorlari nutqning atash birliklari, frazeologik iboralar, musta qil leksema sememalarining turlari, yasama so’zlar, so’z birikmalari, so’zlarning nutqiy ko’chma, ma’nolari bilan bog’lanib, o’z qatorini nutqiy ma’nodoshlik (kontekstual sinonimiya) vositalari bilan kengaytirib boradi. Masalan, o’zbek tilining ma’nodosh leksemalar lug’atida [sevgili] bosh leksemasi ma’nodoshlik qatorida [mahbuba] , [yor] [nigor] , [dildor] kabi leksemalarni ko’rsatadi. Naz-miy nutqda esa shu tushunchani yuzdan ortitsturlicha so’zlar ifodalay oladi. Bulardan ayriml ari: (dilbar), (dilrabo,) (dilju), (dilnavoz), (dilorom), (dilso’z), (diliston), (dilband). Bular (dil -)— bosh qismi faqat (dil-) bilan kelgan so’zlar. Xuddi shunday so’z larni (gul-), (- pesha), (be-), (lik) va h. k. tarkibiy qismli so’zlar ichida ham topish mumkin. Bular o’zbek tilidagi [sevgili] leksemasining nutqiy ma’nodoshlaridir. Ma’nodoshlik qatorining yuqorida ko’rib o’tilgan atash va vazifa semalari bir xil, ifoda semalari farqli bo’lgan turidan boshqa yana bir turli ma’nodoshlik mavjud. Lekin ko’pgina tadqiqotchilar bunday qatorlarni ma’nodoshlik deb hisoblamaydilar va leksemalarning mazmun guruhlarini alohida-alohida LMG lari deb baholaydilar. Bular narsa- buyum, belgi, harakat-holatni turlicha darajalab atovchi [ninni}— [chaqaloq] — [go’dak]—[bola] ...kabi leksemalar guruhidir. Biz bunday ma’no munosabatlarini mazmuniy darajalanish (graduonimiya) deb atagan edik. Bunday nomlanishning sababi shun daki, ushbu leksemalar qatori o’zaro darajali ziddiyatda (graduonimikoppozitsiyada) turadi. [ninni] — [chaqaloq] — [go’dak] — [bola] darajalanish qatorini [bola] — [farzand] —[zurriyod] ma’nodoshlik qatori bilan qiyoslasak, ular orasida anchagina farq borligini sezish qiyin emas. Asosiy farq shundaki, ma’no doshlik 98 qatoridagi leksemalarning atash semalari bir xil, bir turdagi narsa -buyum, belgi-xususiyat, harakat-holatni anglatadi. Darajalanish q atorida esa umumiy atash semalari bir xil, lekin ular ma’lum bir - semaning turli darajalarini ifodalaydi. Masa lan, [ninni] — [chaqaloq] — [go’dak] qatorida «yoshning miqdori» semasi darajalanadi. Ma’nodoshlik va darajalanish qatorlari orasidagi ikkinchi far q shundaki, ma’nodoshlik qatoridagi leksemalar o’zaro ifoda semalari bilan farqlanadilar. Darajalanish qatorida esa bu shart emas. [ninni] — [chaqaloq] — [go’dak] — [bola] ... darajala nish qatorini ma’nodoshlikning bir turi sifatida baholashda biz q uyidagilarga asoslandik: Birinchidan, biz darajalanish qatorlari deb ajratadigan qatorlar ko’pgina tadqiqotlarda ma’nodoshlar d eb qaraladi. Ikkinchidan, darajalanish qatorlari ham bir bosh leksema atrofida bo’ladi va LMG ga shu qatordan faqat shu bosh leksema kiradi. Uchinchidan, darajalanish qatorining bosh leksema si — ma’nodoshlik qatorining bosh leksemasi singari nutqda o’z qatori a’zolarining o’rnini bosa oladi. Ayni vaqtda shuni ham ta’kidlash kerakki, agar tadq iqotchilarimiz darajalanishni ma’nodoshlikning bir ko’rinishi sifatida qabul qilmasalar, mohiyat o’zgarmaydi. Faqat darajalanish haqidagi kuzatishlar navbatdagi LMG lariga bag’ishlangan bo’limga LMG larinin g bir turi tahlili sifatida ko’chirilishi lozim, xolos. Bu yerda shuni alo hida ta’kidlash lozim: buyuk bobomiz Mir Alisher Navoiy o’zining «Muhokamatul— lug’atayn» asarida [tamshimoq] — [ichmoq] — [sipqarmoq] va [ingramoq] — [singramoq] — [yig’lamoq] — [siqtamoq] — [o’kurmoq]—[hay-hay yig’lamoq] leksemalari qatorini ma’nodoshlar (sinonimlar) sifatida qayd etgan. U ushbu qodisani bir asosiy tushuncha: «ichmoq» va «yig’lamoq » tushunchalarining tanavvul ( ko’rinishlari, turlari) deb bergan va buni aniq misollar bilan isbotlagan edi. Quyida darajalanish qatorlariga misollar kelti ramiz. Qatorlarning bosh so’zi qalin (qora) harflar bilan bosilgan: 99 Otlar: 1. [qiz] — [juvon] — [ayol] — (yoshiga ko’ra). 2. [qulun] — [toy] — [g’o’nan] — [do’nan]. 3. [buzoq] — [tana] — [g’unajin] —[sigir]. 4. [o’g’il] —[o’smir]- [o’spirin] —[yigit]— (yoshiga ko’ra). 5. [nihol] — [ko’chat] — [daraxt] 6. [kulba] — [hujra]— [xona] —[uy]— [hovli] — [qasr] —[saroy] — [koshona] —(hajmi va hashamiga ko’ra). 7. [qishloq] — [kent] — [shahar] — (hajmi, aholisi va obodonligiga ko’ra). 8. [nasim] — [shabada]—[shamol]—[yel] — Sifatlar: 1. [chiroyli] — [suluv] — [ko’rkam] — [zebo]. 2. [tuzuk] — [durust] —[yaxshi] —[ajoyib] — [g’alati]. 3. [moviy] — [ko’k] — [yashil], 4. [ Q IZG ’ ISH ] — [qizil]— [qirmizi]. 5. [tuyg’un] —[sergak] —[sezgir] —[ziyrak]. Olmoshlar: 1. [shu]-[bu]-[u]. Ravishlar: 1. [endi] —[hozir]-[boya]. Fe’llar: 1. [shipshitmoq] — [pichirlamoq] —[shivirlamoq] — [aytmoq] — [baqirmoq]. 2. yurmoq] — [chopmoq] — [yugurmoq] — [yelmoq]. 3. [mudramoq] — [uxlamoq] — [sotmoq]. 4. [ yig’lamoq] — [siqtamoq] — [o’kirmoq]. 5. [tashlamoq ] — [otmoq] — [irg’itmoq]. 6. [tebranmoq ] — [chayqalmoq] — [lapanglamoq] — [kalovlanmoq]. 100 Taqlidiy so’zlar va undovlar: 1. [taq-taq] — [to’q-to’q] — [tiq-tiq] 2. [shir-shir] — [sho’r-sho’r] — [shar-shar]. 3. [dik-dik] — [duk-duk] — [dop-dop]. 4. [biq-biq] — [buq-buq] — [bak-bak]. 5. [eh] —[uh] —[ah] —[vah]. Bunday qatorlarni miqdoran juda ko’p keltirish mumkin. Ushbu misollardan yavdol k o’rinib turibdiki, darajalanish asosi da o’zbek tili leksemalari orasida ma’lum mazmuniy munosabatlar o’rnatiladi. Darajalanish leksemalarni paradigmalarga (guru hlarga) birlashtirishning omillaridan biri bo’lib xizmat qiladi. Albatta, darajalanish qatorlari ma’nodoshlikning bir turi sifatida qaraladimi yoki LMG larning bir turi sifatida o’rganiladimi, bu alohida tadqiq qilinadigan masaladir. Download 1.41 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling