Asosiy tushunchalar va tahlil usullari
Navoiy davlat pedagogika insti tuti O’zbek filologiyasi fakulteti
Download 1.41 Mb. Pdf ko'rish
|
sistem tilshunoslik leksikologiya fanidan (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Navoiy – 2008 1-mavzu. “SISTEM TILSHUNOSLIK” FANINING MAQSAD VA VAZIFALARI, ASOSIY TUSHUNCHALARI.
- 3. Sistem tilshunoslikda “birliklar” va “munosabat” tushunchasi. 4. Ziddiyat va uning turlari.
Navoiy davlat pedagogika insti tuti O’zbek filologiyasi fakulteti
o’quv-uslubiy kengashi (2008 yil 3-son majlisi) qaroriga asosan nashrga tavsiya etilgan. 3 Navoiy – 2008 1-mavzu. “SISTEM TILSHUNOSLIK” FANINING MAQSAD VA VAZIFALARI, ASOSIY TUSHUNCHALARI. Reja: 1. Sistem leksikologiya -tilshunoslikning tarkibiy qismi. 2. Dialektika va sistem tilshunoslik. 3. Sistem tilshunoslikda “birliklar” va “munosabat” tushunchasi. 4. Ziddiyat va uning turlari. Sistem leksikologiya tilni tizim sifatida tushunuvchi sistem tilshunoslikning tarkibiy qismi bo’lg anligi sababli sistem tilshunoslikning asosiy tushunchalari bilan tanishmasdan turib, sistem leksikologiya bilan shug’ullanish, uni o’zlashtirish mumkin emas. Shunga ko’ra ishimizning ayni bobida shu masalaga to’xtalamiz. Ushbu bob sistem leksikologiyaga, umuman, tilni tizim sifatida o’rganishga kirish vazifasini o’taydi. Sistem tilshunoslikning an’anaviy tilshunoslikdan farqi nimada? Sistem tilshunoslik tilga tizim si fatida yondashadi, tizim qonuniyatlari asosida til, uning birliklari va hodisalarini tal qin etadi. Nutq faoliyati mahsulida umumiylik va xususiylikni, mohiyat va hodisani, imkoniyat va voqelikni farqlaydi. Shu sababli sistem tilshunoslik bilan shug’ullanish, uni tahlil etish uchun dialektikaning qayd etilgan tushunchalari bilan chuqur tanishgan bo’lishimiz shart. Sistem tilshunoslik nutq faoliyatini uchga: «til — me’yor (norma)—nutq»qa ajratadi. Til bevosita kuzatishda berilmagan. U jamiyat a’zolarining ongida mavjud bo’lib, ularning barchasi uchun tayyor, umumiy, majburiy 4 bo’lgan, fikrni shakllantirish va uni ifodalashga xizmat qiladigan birliklar va ularning o’zaro munosabatlari haqidagi tasavvurlar yig’indisi sifatida qaraladi. Nutq tilning namoyon bo’lishi, ro’yobga chiqish, voqyelanish shakli bo’lib, u bevosita kuzatishda berilgan, moddiy (tabiiy, fizik) shaklga egadir. Me’yor (norma)—til birliklarini nutqning u yoki bu ko’rinishida ishlatish qonuniyatlari va imkoniyatlari bo’lib, ular jamiyat tomonidan belgilangan va aniqlangandir. Bu uchta ta’rifdagi ko’pgina tomonlar muayyan izohni talab qiladi. Shular haqida to’xtab o’tamiz. Dastlab tilga berilgan ta’rifdagi bir qator tushunchalarni aniqlaymiz, izohlaymiz. Bevosita kuzatishda berilgan (berilmagan) —-dialektik ta’limotda (dialektiklar Ibn Rushd, Abu Alo Almaariy, I. Kant, F. Gegel va boshqalarning asarlari va tasavvuf ta’limotlarida) butun borliq ikkiga — bevosita kuzatishda berilgan, muayyan moddiy shaklga ega bo’lgan xususiyliklarga (voqeliklar, hodisalarga) va shu xususiyliklarning orqasida to’rgan umumiyliklarga (mohiyat, imkoniyatlarg a) ajratiladi. Xususiyliklar moddiy shaklga ega bo’lganligi uchun ularni ko’rish, sezish, yozish, ulchash mumkin. Sezgi a’zolariga ta’sir eta oladigan, ulchash mumkin bo’lgan har qanday narsa «bevosita kuzatishda berilgan» deyiladi. Masalan, (Men xat yozdim), gapini yozsak yoki talaffuz etsak, imo-ishora bilan tasvirlasak, u bevosita kuzatishda berilgan, moddiy shakllarga ega bo’lgan hodisa bo’ladi. Uning moddiy shakli har xil bo’lishi mumkin. Yozuvda bu harflar tizmasi, tinish belgilari, katta va kichik, qo’shib yoki ajratib yozish, talaffuzda esa havo to’lqinlari, ohang, birliklar orasida qisqa to’xtash (pauza), imo -ishorada qo’l, ko’z, yuz, lab va h. q a’zolarining turli xil harakatlaridir. Bularning barchasi bevosita kuzatishda berilgan, ulchash mumkin bo’lgan hodisalardir (voqyeliklar, xususiyliklardir). Sistem tilshunoslik bularning barchasini, jumladan, (Men xatni yozdim) gapini ham nutqqa, nutqiy hodisalarga kiritadi. Lekin dialektiklar ta’limotiga ko’ra bevo sita kuzatishda berilgan 5 hodisa (voqelik, xususiylik) asosida mohiyat (imkoniyat, umumiylik) yotishi keraq (Men xatni yozdim) gapida qanday umumiylik bor? Dialektika nuqtai nazaridan bu savol noto’g’ri qo’yilgan. Dialektiklar ta’limotiga ko’ra har bir xususiylikda (voqyelikda, hodisalarda) yuzlab umumiyliklarning zarralari (yuzaga chiqish shakllari) birlashadi va bir xususiylikni tashkil etadi. Shuning uchun yuqoridagi savol «qanday umumiylik bor» emas, balki - «qanday umumiyliklarning yuzaga chiqishlari, ko’rinishlari bor?» deb tuzatilishi kerak + . (Men xatni yozdim) misoliga qaytamiz. (Men) so’zini olamiz. Bu yozilgan (yoki talaffuz etilgan), ya’ni nutqiy moddiy hodisa. Lekin bizning ongimizda “Men” tasavvuri va tushunchasi, umumiyligi bor + + va bu “Men” istagan so’zlovchi uchun uning o’zi, qolgan barchalar uchun muayyan umumiylik sifatida bir tomonidan [“men”] ongimizda [“u”] tushunchalari va umumiyliklariga, ikkinchi tomondan [“biz”]ga qarama - qarshi turadi. Demak, (men)ning ongimizdagi yashash holati: 1-jadval [“men”] : [“biz”] : [“sen”] : [“u”] + + + 1-jadvalda berilgan holat bevosita kuzatishda berilmagan, bizning ongimizda mavjud bo’lgan umumiyliklarning (mohiyatlarning, imkoniyatlarning) o’zaro munosabatidir. Biz buni aqliy yo’l bilan + Biz kunda yuzlab turli xildagi daraxtlarni ko’ramiz. Bularning barchasi xususiylikdir. Lekin bizning ongimizda butadan tanasi borligi va kattaligi bilan farqlanuvchi, mevali yoki mevasiz, bargi, shoxi, ildizi bor o’simlik—«daraxt» umumiyligi ham mavjud. Har bir yakka daraxt shox, barg, tana, ildiz va h. qlardan iborat. Ongimizda esa «barg», «shox», «ildiz», «tana» umumiyliklari ham bor. Demak, har bir yakka «daraxt»da nafaqat (daraxt) umumiyligi, balki (ildiz), (shox), (barg) umumiyliklari ham ro’yobga yuzaga chiqadi. Shuning uchun istagan xususiylik bir necha umumiyliklar zarralarining bararor yigindisidir. ++ Nutq birliklari va hosilalarini (xususiyliklarni, voqeliklarni, hodisalarni) til birliklari (umumiyliklar, imkoniyatlar, mohiyatlar)dan farqlash uchun nutq birliklarini yumaloq (( )), til birliklarini to’g’ri ([ ]) qavslar ichida beramiz. Tafakkur birliklari qo’shtirnoq ichida beriladi. +++ Ikkita birlik orasidagi ikki nuqta bu birliklarning o’zaro qarama-qarshi qo’yilganligidan, ziddiyatidan darak beradi. 6 aniqlashimiz mumkin. [Men] kabi [xat]ning ham ongimizdagi mohiyati uning uzoq va yaqin munosabatlari chizmasidan aqliy tahlil asosida ochiladi. Chunonchi, [xat]ning munosabatlari 2 -jadvalda berilgan. 2-jadval [xat] : [maktub] : [norma] : [insho] [kichik hajmda yozilgan asar] [xat]ning mohiyati, umumiy ma’nosi 2-jadvaldagi so’z va tushunchalar orasidagi munosabatlardan ochilishi mumkin. Xuddi shuningdek, [ -ni], [yoz], [di], [-m] kabi birliklarning ham o’z umumiyliklari bor va ularning har biri ma’lum bir munosabatlar tizimidan (sistemasidan) aqliy tahlil yo’li bilan ochiladi va bevosita kuzatishda berilgan bo’lmaydi. (Men xatni yozdim) nutqiy hosilasida (gapida) bulardan tashqari, o’zak va qo’shimchalarning o’zaro birikishlari, gap ko’rilishi, so’z birikmalari hosil qilish bilan bog’liq bo’lgan yana bir qator umumiyliklarning zarralari — yuzaga, ro’yobga chiqish, voqelanish shakllari mujassamlashgan va biz bularning barchasini tah il etish imkoniyatiga ega emasmiz. Til va nutqning farqlanishidagi birinchi, bosh me zon «bevosita kuzatishda berilmaganlik (umumiylik, imkoniyat, mohiyat)» va «bevosita kuzatishda berilganlik (xususiylik, voqyelik, hodisa)»dan iboratdir. «Ma’lum bir jamiyatning barcha a’zolari uchun tayyor, umumiy va majburiy bo’lgan» bu tushuncha ham muayyan izoh ni talab etadi. Download 1.41 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling