Asosiy tushunchalar va tahlil usullari
-mavzu. SISTEM LEKSIKOLOGIYADA TAHLIL USULLARI
Download 1.41 Mb. Pdf ko'rish
|
sistem tilshunoslik leksikologiya fanidan (2)
2-mavzu.
SISTEM LEKSIKOLOGIYADA TAHLIL USULLARI . Reja: 1. Sistem leksikologiyada til va nutq hodisasi. 2. Tilda shakl va mazmun nomutanosibligi. 3. Til birliklari. 4. Sistem leksioklogiya va tarkibiylik. Dialektikada xususiylik umumiylikning, vo qelik imkoniyatning, hodisa mohiyatning, oqibat sababning, tasodifiylik zaruratning y uzaga (ruyobga) chiqish, voqelayish shakli ekanligi Sizga o’rta maktabning jamiyatshunoslik fanidan tanish. Bizning ongimizda, miyami zda faqat umumiyliklar mavjud. Ular ob’ektiv bo rliqda, hayotda faqat xususiyliklar (yakka predmet, na rsa, buyum, belgi, xususiyat, voqea-hodisa va h. q) orqali muayyan moddiy shaklda yashaydi. Ongimizda, tabiatda, jamiyatda mavjud b o’lgan haq qanday umumiylik, 19 imkoniyat, zarurat bizning sezgi a’zolarimizga ta’sir etishi uchun, ya’ni yuzaga (ruyobga) chiqishi, voqelanishi uchun ma’lum bir shaklni, oddiy ko’rinishni qabul qilishi shart. Masalan, bulutlardagi elektr zaryadlari imkoniyat sifatida mavjud. Biz uni sezishimiz uchun qarama- qarshi zaryadli bulutlar to’qnashishi va ularning imkoniyati chaqmoq, yashin va momaqaldiroq kabi moddiy shaklni olishi, shu or qali yuzaga (ruyobga) chiqishi voqelanishi zarur. Inson ongidagi til ham xuddi shunday. Biz tovush chiqarmay uylaymiz, fikr yuritamiz. Ammo fikrimizni ifodalash uchun uni (fikrni) ma’lum bir moddiy qobiq orqali shakllantirishimiz kera q Ushbu moddiy qobiq qandayligining, qanday moddalardan, «xom ashyodan» tarkib topganligining hal qiluvchi ahamiyati yo’q. U og’zaki nutqda havo to’lqinlari, yozma nut qda turli xil harf va ishoralar (shartli belgilar), imois hora nutqdda turli xil harakatlar. telefon va radio or qali so’zlashayotganda radiot o’lqinlari ko’rinishida bo’lishi mumkin. Dengizchilarning o’zaro yorug’lik to’lqinlari va bayroqchalar orqali «gaplashish»i («fikr almashtirish»i) keng tarqalgan. Davlat avtoinspeksiyasi xodimlari esa haydovchilar va yo’lovchilar bilan svetofor chirori va y o’l harakati belgilari vositasida «gaplashadilar». Ular bizga ma’lum harakatlarning bajarilishi uchun buyruq, ta’qiq va ruxsat beradilar. Aytilganlarning barchasi ongimizda mavjud b o’lgan fikr, h UK M va qonuniyatlarning yuzaga (ruyobga) chiqish shaklidir. Yuzaga chi qqan har bir umumiylik (imkoniyat, mohiyat), aytilganidek, aniq bir moddiy shaklga ega bo’ladi, xususiylikka aylanadi. Demak, u umumiylig ini yo’qotadi, muayyan shaklga o’tadi. Masalan, (kitob) so’zini yozsak va talaffuz etsak, bu ikki xususiylikdir. Chunki biri harflar tizmasi ko’rinishida, ikkinchisi esa muayyan tovushlar ( havo to’lqinlari) «ko’rinishida» namoyon bo’ladi. Shu bilan birga, ayni vaqtda ular orasida umumiylik bor. Ya’ni ularning har ikkalasi ham ongimizda, nutqimizda [daftar], [qalam], [o’qimoq], [yozmoq ], [roman], [qissa] va boshqa lug’aviy birliklar bilan o’zaro munosabatda b o’lgan, 20 hayotdagi aniq bir narsaning nomi, atamasi sifatida ongimizda ma’lum shakl va mazmun birikishi asosida imkoniyat — «ko’rinishda» mavjud (kitob] lug’aviy birligining (umumiyligining) vo qelanish shaklidir. Shunga ko’ra nutqning turli ko’rinishlaridagi xususiyliklar (hodisalar) orasidagi umumiylik aslida ularning tildagi muayyan umumiyligining shakli ekanligi bilan asoslanadi. Masalan, ma’lum bir matnda (kitob) so’zi 50 marta takrorlanadi. Demak bu ellikta xususiylik bo’lib, biri ikkinchisidan, albatta, far q qiladi (hyech bo’lmasa, makon va zamonda). Aniqrog’i, ayni bir so’zni birin-ketin ikki marta yozsak yoki talaffuz etsak , ular turli makon va zamonda bo’ ladi. Lekin ayni vaqtda bu ellikta xususiylik tilimizdagi bitta [kitob] umumiyligi ning yuzaga chiqish shakli sifatida o’zaro birlashadi. Shunday qilib, «yuzaga (ruyobga) chi qish shakli» deganda, tildagi mavhum umumiyliklarning muayyan moddiy qobiq ostida, shaklda — xususiylik ko’rinishida real haq iqatga aylanishi, ob’ektiv borliqqa o’tishi va sezgi a’zolarimizga ta’sir qilishi tushuniladi. Til bizning ongimizda imkoniyat, umumiylik, munosabatlar sifatida mavjud. U nutq orqali yuzaga chiqadi, nutqda muayyan moddiy shaklda, ko’rinishda bo’ladi, xususiylik (umumiylikka tayanadigan xususiylik) sifatida sezgi a’zolarimizga ta’sir etadi. Shunga ko’ra til bizning va boshqalarning ongida mavjud bo’lgan umumiylik bilan bog’lanadi va tushuniladi. Binobarin, tilda biron narsa y o’qki, u nutqda ruyobga chiqmasa. Ayni vaqtda nutqda voqelashgan h ar bir xususiylik to’liq bo’lmagan, juz’iy, bosh qa umumiyliklarning zarralari bilan aralashgan, yakkalik, alohidalikdir. Ular xususiyliklar ostida yotgan tildagi umumiylik larning rang-barangligini, butun murakkabliklarini to’liq aks ettira olmaydi. Chunki umumiylik uning qayd etilgan, birga ruyobga chi qqan shakllaridan, ko’rinishlaridan ko’ra to’laroq, boyroq va mukammalroqdir. Zero, ayni umumiylik qayd etilgan milliardlab xususiyliklardan bosh qa son-sanoqsiz 21 xususiyliklarda yuzaga chi qa olish imkoniyatiga egadir. Til va nutq, til birliklari va nut q birliklari orasidagi o’zaro aloqa va munosabatlar dialektikada xuddi mana shu umumiylik va uning yuzaga (ruyobga) chiqish, voqelanish shakli bo’lgan xususiyliklarning munosabatlari orqali izoxlanadi, o’lchnadi. Me’yor ta’rifida «jamiyat (ijtimoiy) tomo yili belgilangan, aniqlangan konuniyatlar va imko niyatlar» tushunchasi mavjud. Bu tushuncha quyidagi izohlapni talab etadi. Birinchidan, tilning moddiy tomoni haqidagi bizning tasavvurimiz nut qda yuzaga chi qar ekan, u qanday shakl va ko’rinishda voqyelanishi jamiyat tomonidan muayyan me’yorlar bilan belgilangan b o’ladi. Masalan, [bu yo qqa kel] tushunchasini imo-ishora bilan ifodalamo qchi bo’lsak, ko’rsatkich barmoqni yoki qo’lni ishora qilinayotgan kishidan o’zimiz tomon harakatlantirishimiz lozim. Og’zaki nutqda esz jamiyatimiz tomonidzn qabul qilingan maxsus tovushlar tizmasi mavjud b o’lib, biz ularni talaffuz etishimiz — aytishimiz shart. Aytilganlarning barchasi me’yorning tarkibiy qismlaridir. Shunga ko’ra til imkoniyatlari me’yor darchasidan o’tib, nutqda yuzaga chiqadi. Ikkinchidan, jamiyat tomonidan qabul qilingan yana qator me’yorlar, qoidalar, qonuniyatlar bor. Masalan, yangi tug’ilgan chaqaloqni nomi bilan atamaslik, uni turli hayvon nomlari bilan atash, shuningdek, jamiyat yomon, xunuk, qo’pol deb bilgan predmet, narsa, voqea-hodisalarning nomlarini aytmaslik (tabu), ularni bo shqa so’zlar bilan aytish (evfemizm) (rixlat etdi; xudo ra hmatiga sazovor bo’ldi, ko’z yumdi—«o’ldi» o’rnida) kabi me’yorlar ham mavjuddir. Bulardan tashqari, adabiy tilning— adabiy til uslublarining (s o’zlashuv, yozma, suhbat, badiiy tasvir, nasriy tasvir, she’riy tasvir, ilmiy ta hlil, ma’ruza, xat, ish yuritish va h. qlarning) : o’z me’yorlari, xususiy so’zlari — atamalari, birliklari borki, bularning barchasi jamiyat tomonidan me’yor, o’lchov sifatida qabul qilingan. Nutq yaratuvchi shaxs ushbu me’yorlarga bo’ysunishi lozim. Shunga ko’ra nutqning moddiy shakli to’la-to’kis ixtiyoriy bo’lmay, u me’yorlar bilan 22 chegaralangandir. Demak, til imkoniyat, umumiylik, munosabatlar tizmasi sifatida, moddiy q obiq haqidagi tasavvo’rning ma’lum bir ma’no (yoki vazifa) bilan bog’lanishi sifatida ongimizda mavjud. Me’yor esa imkoniyatimizni qa nday shakl va ko’rinishlarda yuzaga chi qarish imkonini belgilab beradi; nut qda bu umumiyliklar me’yor darchasidan o’tib, aniq moddiy shakl va ko’rinish oladi, xususiyliklar, sifatida yuzaga chiqadi, voqelikka aylanadi. Shunday qilib, til tayyor birliklarning o’zaro munosabatlari tizmasi kabi jamiyat a’zosi ongida muayyan imkoniyat, umumiylik sifa tida mavjud. U nutqda bevosita kuzatishda berilgan, moddiy shakl olgan holatda yuzaga chiqadi. Bizning sez gi a’zolarimizga ta’sir etib, tovush qobig’i ostida yotgan, yashirin ma’noni bizga yetkazadi. Ma’noni yetkazish, uzatish vazifasini esa nutq bajaradi. Shuning uchun til — me’yor — nutq bir mukammal jarayonning, aniqrog’i nutq faoliyati jarayonining turli tomonlari sifatida namoyon bo’ladi. Ayni vaqtda ulardan har birining o’z xususiyatlari, o’z qonuniyatlari, o’z vazifalari bo’lib, bularning har birini o’rganish uchun tadqiqotchi maxsus usullar, yo’llar (metodikalar)dan foydalanishi lozim. Masalan, nutqni o’rganish uchun tadqiqotchilar tabiiy (moddiy, fizik) xususiyatl arni sezgi a’zolarimizga ko’ra aniqroq va chuqurroq tahlil etuvchi asbob- uskunalar, mashinalar, kompyuterlardan, mate matik (statistik) tahlil usullaridan foydalanish imkoniyatlariga ega bo’lsalar, ikkinchi tomondan, tilning ichki qurilishini, til birliklarining mohiyatini tadqiq etish uchun esa dialektik kategoriya va tushunchalar ni chuqur o’qib olgan holda til birliklarining bevosita kuzatishda berilmagan munosabatlarini va ular orqali til birliklarining mo hiyatini, umumiylik ta biatini ochishlari mumkin. Til — ob’ektiv borliqdagi barcha tabiiy va ijtimoiy narsa-hodisalardan farqli o’laroq o’qa serqirra, ko’p tomonlamali hodisa bo’lganligi uchun 23 uning har bir qirrasidan, har bir tomonidan keli b chiqib, unga turlicha ta’riflar berish mumkin. Dialektika nuqtai na'zaridan bunday ta’riflar, ular biri ikkinchisini rad etgan taqdirda ham, bir-birini to’ldiradi va tilning serqirra, ko’p tomonlamali mohiyatini to’laroq anglashga zamin yaratadi. Til va nutq hodisalarini farqlash sistem tilshu noslikda eng asosiy mezon sanaladi. Shunga ko’ra sistem tilshunoslik an’anaviy tilshunoslikdan farqlanadi. An’anaviy tilshunoslik bevosita kuzatishda berilgan nutqiy hodisalar tahlili bilan shug’ullanadi va dialektik bilish nazariyasining «jonli mushohada (empirik tavsifiy bilimlar)» bosqichiga to’g’ri keladi. System tilshunoslik esa bevosita kuzatishda berilmagan umumiyliklar (mo hiyatlar)ning o’zaro munosabatlarini aniqlash, belgilash bilan mash g’ul bo’lib, dialektik bilish nazariyasining «abstrakt tafakkur» bosqichiga to’g’ri keladi. Binobarin, sistem tilshunoslik bilan an’anaviy tilshunoslik orasidagi farq mana shundadir. Ayni vaqtda sistem tilshunoslik an’anaviy tilshunoslikdan far qli, mutlaqo boshqa fan emas. Dialektika nuqtai nazaridan sistem tilshunoslik an’anaviy tilshunoslikning zaruriy davomi, tara qqiyot bosqichidir. An’anaviy tilshunoslik til va nutq ni izchillik bilan farqlamaganligi sababli «til» va «nutq» atamalarini qo’llashda ham jiddiy befarqlikka yo’l qo’yilgan. Shunga ko’ra tilshunoslikda ushbu atamalarning biri o’rnida ikkinchisini ishlatish keng tar qalgan. Sistem tilshunoslikda esa til va nutq farqlanadi, «til» va «nut q»qa, alohida-alohida ta’rif beriladi va bu atamalar qayd etilgan ma’nolarda ishlatiladi. Shu sababli sistem tilshunoslikda «G’afur G’ulom asarlarining til xususiyati» birikmasini uchratmaymiz. Chunki G’afur G’ulom badiiy asarlarining tili aslida o’zbek tilidir. Ammo o’zbek jamiyatining barcha a’zolari uchun tayyor, umumiy, majburiy b o’lgan o’zbek tili G’afur G’ulom yozma badiiy nutqida o’z lisoniy (nutq iy) xususiyatlariga ega b o’ladi. Binobarin, qayd etilgan so’z birikmasi «G’afur G’ulom yozma badiiy nutqining xususiyatlari» deb sistem tilshunoslikda o’zgartiriladi, unga aniqlik 24 kiritiladi. Sistem tilshunoslikda tilning o’ ziga xos uchta asosiy qurilishi — fonema, morfema, qolip bo’lgani kabi nutqning ham o’ziga xos asosiy birliklari ajratiladi. Katta -kichiklik (iyerarxik) munosabatlari bilan o’zaro bog’langan bu birliklarning yozma va og’zaki nutqdagi ko’rinishi quyidagilardir: tovush ( harf) — bo’rin— so’z.— so’z birikmasi — gap — qo’shma gap — matn. Nutqning alohida ko’rinishlarida" (chunonchi, imo -ishora nutqining, saxna nutqining, yorug’lik belgilari (signallar) bilan aloqa qiluvchi nutqning, ilmiy nutqning) o’ziga xos qator birliklari bo’ladi. (Masalan, matematik simvollar, kimyoviy elementlar, fizik o’lchovlar va h. k.) Ular nutqning maxsus sohalarida alohida-alohida o’rganiladi. Tilda shakl va mazmun no mutanosibligi. Til va uning birli klari fikrni shakllantirish, ifodalash vositasi b o’lganligi sababli bizning ongimizda ular ikki tomonning — shakl va mazmun (ma’no, vazifa) tomonlarining birikmasi sifatid a mavjuddir. Masalan, [kitob] lug’aviy birligi ongimizda moddiy tomon dan [k], [i]), [t], [o], [b] kabi fonemalar tizmasidan iborat. Bu fonemalar tizmasi [daftar], [oynoma], [ruznoma] va h. k. kabi lug’aviy birliklar bilan o’xshashlik munosabatlariga ega. [ o’qi-], [yoz] kabi lug’aviy birliklar bilan, [ - gaz], [-lar], [-im va h. q], [-ni], [ning] va h. q morfemalari bilan esa qo’shnichilik munosabatlariga kirisha oladigan ma’no bilan bog’langandir. Bu ma’no ongimizdagi «kitob» tushunchasi bilan, tushuncha esa hayotdagi, voqelikdagi (kitob) predmet bilan bog ’liqdir. Sistem tilshunoslikda bularning har birining o’z nomi bor: Moddiy tomon — substansiya, ifodalovchi, shakl, moddiy tomon, tashqi Download 1.41 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling