Asosiy tushunchalar va tahlil usullari
Download 1.41 Mb. Pdf ko'rish
|
sistem tilshunoslik leksikologiya fanidan (2)
(-dir) qo’shimchasi (yoz—yozdir) va kesimlik ko’rsatkichi (-dir) (U
shoirdir) moddiy, tash qi jihatdan o’xshash bo’lishiga qaramay, mohiyatan butunlay boshqa-boshqadir. Chunki ularning o’zaro munosabatlari butunlay boshq a-boshqa birliklar orqali, ular tarkibida voqyelashadi. Til birliklari oras ida, asosan, uch xil munosabat lar farqlanadi: 1) o’xshashlik (paradigmatik) munosabatlari; 2) poronali (iyerarxik) munosabatlar; 3) qo’shnichilik (sintagmatik) munosabatlari. O’xshashlik (paradigmatik) munosabatlari tilshunoslikda bir-birini 12 eslatib turish (assotsiatsiya) munosabatlari (assotsiativ munosabatlar) deb ham yuritiladi. O’xshashlik munosabatlarining mohiyati shundan iboratki, o’xshashlik qatorlariga (bular para digma deb ataladi) o’zaro o’xshashlikka va ayrim far qlarga ega bo’lgan til birliklari birlashadi. Chunonchi, 1—2- jadvallarda berilgan lug’aviy paradigmalar shunday qatorlardandir. [Ona] lug’aviy birligini esga olsak, u quyidagi qator bilan bog’lanadi: 3- jadval [ona] : [ ota] [bola] [ona] lug’aviy birligining mohiyati shu qatordagi birliklarning o’zaro munosabatlari orqali aniqlanadi. O’xshashlik munosabatlari bilan bog’langan birliklar (paradigma a’zolari) nutqda bir xil o’rinni (pozisiyani) egallaydi va bir xil xususiyatlarga ega bo’ladi. Chunonchi: A B V G D Ye [men : sen] [xat] [ga] [yoz -] [-di] -m (man) : : : : [u] [noma] [dan] [chiz -] [-gil] -ng (siz) : : : [ni] [tasvirlar -] [ib] (di) [maktub] : [insho] Bu yerda A, B, V, G, D, Ye larning har biri alohida olingan, mustaqil paradigmatik (o’xshashlik) qatorlar — paradigmalardir. A—B—V—G—D—Ye qatorlarining har biri shu o’rinda nutqda voqelasha oladi va bir xil o’rin hamda xususiyatlarga ega b o’ladi [Men xatni yozdim. Sen xatni yozding] va h . k. Paradigmalar bevosita kuzatishda berilmagan b o’lib, ular jamiyat a’zolari ongida mavjud va aqliy— lisoniy tahlil orqali aniqlanadi. Shunga ko’ra turli nutqiy 13 ko’rinishlarda, jadvallarda, tasvirlarda be rilgan paradigmalar t o’liq va mukammal emas. Balki shartli nutqiy birikishlardir. Paradigmatik (o’xshashlik) munosabatlar til ziddiyatlarida (oppozitsnyalarda) voqyelashadi, «ko’rinadi». O’zaro o’xshashlik (paradigmatik) munosabatlarida bo’lgan birliklarning (yoki birlik guruhlarining) o’xshashlik asosida ayrim farqlar bilan bir-biriga qarama-qarshi quyilishi ziddiyat (oppozitsiya), ziddiyatda ishtirok etayotgan birliklar (birliklar guru hi) esa ziddiyat a’zolari deb aytiladi. Har bir ziddiyatda ushbu a’zolar muayyan belgi - xususiyatlariga ko’ra bir-biriga qarama-qarshi quyiladi. Bu belgilar shu ziddiyat belgisi (oppozitsiya markasi) deb aytiladi va shartli ravishda B harfi bilan belgilanadi. Til birliklari orasida bir necha ziddiyatlar farqlanadi. Bu ziddiyatlarning eng asosiylari t o’rt xildir. Ular quyidagilar: 1) teng qiymatli (ekvipolent) ziddiyatlar; 2) mutanosib (proporsional) ziddiyatlar; 3) darajali (gradual) ziddiyatlar va 4) noto’liq (privativ) ziddiyatlar. Quyida ushbu ziddiyatlarning har biriga alohida to’xtalamiz. Teng qiymatli (ekvipolent) ziddiyat deganda ikki til birligining o’ziga xos belgi-xususiyatlari asosida o’zaro qarama-qarshi quyilishi, ziddiyati tushuniladi. Masalan: [ona] : [bola]. Bu ziddiyatda bir til birligi voyaga yetgan, nisbatan katta yoshdagi shaxsni, ikkinchisi esa voyaga yetmagan, nisbat an kichik yoshdagi shaxsni ifoda etadi. Yana qiyoslang: [qo’y] : [qo’chqor]. Bu ziddiyatdagi til birliklaridan biri «urg’ochilik», ikkinchisi esa «erkaklik» ma’nosiga ega. Shunga k o’ra ushbu til birliklari o’zaro zid munosabatdadir. [kitob] : [daf tar]; [qo’uy] : [echki]; [ot] : [eshak]; [oq ] : [qora]; [qizil] : [sariq ]; [men] : [sen] kabi til bir liklari orasidagi ziddiyatlar h am teng qiymatli ziddiyatlardir. Mutanosib ziddiyatlar deganda muayyan bir belg i asosida tuzilgan ziddiyatlar qatori tushuniladi. Chunonchi, «erkaklik va «urg’ochylik» belgisi asosida juda ko’p lug’aviy ziddiyatlar hosil qilinadi. 14 Qiyoslang: [qiz] : [yigit]; [er] : [xotin]; [ona] : [ota]; [kampir] : [chol]; [ona] : [aka]; [megajin] : [ qoban]; [sigir] : [ho’kiz]; [baytal] : [ayg’ir] ... kabi yuzlab ziddiyatlar o’zaro mutanosibdir. Chunki bunday ziddiyat ayni bir belgi asosida tashkil topadi. Mutanosib ziddiyatlarni hisobga olish til birliklarining mo hiyatini aniqlashda, sanoqli xususiyatlarga k o’ra ko’plab narsa-predmetlarnint mohiyatini ochishda katta yordam beradi. Mutanosib ziddiyatlarning belgilari D. I. Mendeleevning davriy jadvalidagi elementlarga o’xshab ketadi. Ayni bir element minglab moddalarning tarkibida turli xil birikmalarda uchraydi. Mutanosib ziddiyatlarda ham xuddi shunday. Darajali ziddiyat eng kamida uchta til birligi orasida b o’ladi va bu birliklar muayyan bir belgi -xususiyatning darajasiga — oz-ko’pligiga ko’ra o’zaro-qarama-qarshi quyiladi. Masalan, [tuzuk] : [durust] - Download 1.41 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling