Asosiy tushunchalar va tahlil usullari


Download 1.41 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/35
Sana05.01.2022
Hajmi1.41 Mb.
#216532
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35
Bog'liq
sistem tilshunoslik leksikologiya fanidan (2)

(Suvchi)  so’zini  olib  ko’rayliq  Bu  so’z  nimalardan  iborat?  Bu  savolga 
javob berish qiyin emas. (suvchi) uch narsaning birikishidan yasalgan:  
1) suv — suyuqlikning nomi; 
2) -chi — shaxs oti yasovchi qo’shimcha; 
3) ma’lum turdagi qo’shimchalarning ma’lum xildagi o’zaklarga   
(jumladan,   narsa   nomlariga)  qo’shilib, shu narsa-predmet    bilan    
shug’ullanuvchi  (aloqador) 


 

shaxsni atab keluvchi so’z yasay olishi haqidagi qoida
+

Demak,  (suvchi)  yasama  so’z  bo’lib,  u  [suv] ,  [-chi]   kabi  birliklar  va 
qoidadan  iborat.  Bularni  o’zbek  tili  jamiyatining  har  bir  a’zosi  shu 
jamiyatdan  tayyor  holda  oladi  va  jamiyatda  qabul  qilingan  shakl  va 
vazifada  ishlatadi.  U  ma’lum  xildagi  suyuqlikni  [suv]  deb  nomlashi 
shart.  [suv]  o’rnida  (vasser)  yoki  (tezob)  so’zini  ishlatsa,  jamiyat  uni  yo 
tushunmaydi,  yo  tuzatib  quyadi.  Chunki  (vasser)  o’zbek  jamiyati  uchun 
emas,  nemis  jamiya ti  uchun  xosdir.  (tezob)  esa  o’zbek  jamiyatida 
maxsus  kimyoviy  suyuqlik  (kislota)  ni  anglatadi.  U  (suv)  dan  butunlay 
farq qiladi. 
Aytilganlarga  ko’ra  til  birliklarini  shaxs  yasamaydi,  balki  tayyor 
holda  jamiyatdan  qabul  qiladi  va  belgilangan  shakl  va  vazifalarda 
ishlatadi.  Shular  aso sida  nutqiy  hosilalar  yasaydi.  Masalan,  [xat]ni  [ -ni] 
qo’shimchasi  bilan  biriktiradi  va  (xatni)  hosilasini  yasaydi,  uni  jamiyat 
tomonidan  belgilangan  o’rinlarda  ishlatiladi.  Ma’lum,  bo’ldiki, 
“Jamiyat  a’zolari  uchun  tayyor,  umumiy  va  majburiy”  deganda  mana 
shular tushuniladi.   
Ta’rifdagi  izoh  talab  etadigan  uchinchi  tushuncha  “fikrni 
shakllantirish  va  uni  ifodalashga  xizmat  qiladigan  birliklar” 
tushunchasidir.  Ushbu    ta’rif  dialektikaning  shakl  va  mazmun 
munosabatlari haqidagi ta’limoti bilan bevosita bog’lanadi. Til birliklari 
nafaqat  mazmun,  vazifa  tomoniga,  balki  muayyan  moddiy  (shakl) 
tomoniga  ham  egadir.  Moddiy  tomon  (substansiya)  haqidagi  tasavvur 
fikrni,  ong  birliklari -tushuncha  va  tasavvurlarni  shakllantiradi,  bir 
moddiy  qobiqqa  “joylashtiradi”.  Bu  moddiy  qobiq,  shakl  nutqda  t urli 
ko’rinishlarda  (chunonchi,  og’zaki  nutqda  havo  yoki  elektromagnit -
radio  to’lqinlari,  yorug’lik  signallari),  yozma  nutqda  harflar,  tinish  va 
boshqa  yozuv  belgilari  (chunonchi,  matematik,  fizik,  kimyoviy  va 
lug’aviy  shartli  belgilar),  imo-ishora  nutqida  turli  harakatlar  orqali 
yuzaga  chiqadi.  U  fikrni  shakllantiribgina   qolmay,  balki  uni  ma’lum  bir 
                                                           
+
 Buni shartli ravishda “[ot+chi]=(shaxs oti)” deb ko’rsatish mumkin. 


 

masofaga  yetkazishga,  o’zidan  tashqariga  chiqishga,  ta’sir  etishga, 
o’zgalarning  qabul  qilishlariga  imkon  beradi.  Shunga  ko’ra  “fikrni 
shakllantirish”  tushunchasi  til  birliklarining,  albatta,  ma’lum  bir 
moddiy  tomonga  ega  ekanligiga  ishora  qilib  turadi.  Ammo  ayni  vaqtda 
moddiy  tomonning  qanday  materiallardan  iborat  ekanligi,  qanday 
materiallardan  iborat  ekanligi,  qanday  shaklda,  ko’rinishda  yuzaga 
chiqishi  nutq  sharoiti  bilan  belgilanadi.  Masalan,  qop -qorong’i  xonada 
imo-ishora  bilan  so’zlashib  bo’lmaydi.  Shuningdek,  yorug’  sershovqin 
joyda og’zaki nutqdan ko’ra imo-ishora nutqi afzaldir. Fikrni qayd qilib 
qo’yish,  uzoq  muddat  saqlash  va  yzoq  masofalarga  yetkazis hning  eng 
qulay  yo’li  yozma  nutqdir.  (Magnit  lentalaridagi  yozuvlar  ham  yozma 
nutqdir.) 
Shunday  qilib,  “fikrni  shakllantirish  va  uni  ifodalash”  tushunchasi 
tilda  moddiy  tomon  haqida  muayyan  tushuncha  va  tasavvur  birligidan, 
moddiy  tomon  haqidagi  tasavvur  e sa  ma’lum  bir  ma’no  va  vazifa  bilan 
bog’langanligidan xabar berib turadi.  
Ta’rifidagi  izoh  talab  tushunchalaridan  yana  biri  “birlik”  [“birliklar”] 
tushunchasidir.  Til  birligi,tilning  qurilish 
 
(struktur)  birligi  deganda,  aso -
san, uchta muhim birlik tushuni ladi. Bular: 
1) fonema; 
2) morfema; 
3) qolip (konstruksiya, qurilma, model).  
Ayrim  tadqiqotchilar  bunga  lug’aviy  qatlam  birli gi  —  leksemani  ham 
kiritadilar.  Hozircha  tilning  qurilish  birligi  sifatida  fonema,  morfema  va 
qurilma  (mo del,  selil)  haqida,  ushbu  tushunc halar  bilan  tanishish 
maqsadida qisqa fikr yuritamiz.  
1.  Fonema  —  til  moddiy  tomoni  (substansiyasi)ning  eng  kichik  birligi 
bo’lib,  aloqa  quroli  uchun  ahamiyatli  bo’lgan  farqlovchi  fonologik 
belgilarning  barqaror  yig’indisidir.  Chunonchi,  o’zbek  tili  unlila riga 
asosan,  ikki  xil  farqlovchi  fonologik  belgi  xos.  Bular:  1)  lablanganlik 
(shart. L
+
) — lablanmaganlik (L
-
). 


 

2)   Kenglik — (K),   o’rtalik — (O’), torlik — (T). 
[K+L
+
]=[O] 
[K+L
-
] =[a] 
[O’+L
+
] =[O’] 
[O’+L
-
]=[e] 
[T+L
-
]=[i] 
[T+L
+
]=[U] 
O’zbek  tili  undoshlar  tizimida  (sistemasida)  ham  xuddi  shunday 
fonologik farqlovchi belgilar mavjud va ular turlicha birikishlarda o’zbek 
tili undoshlarining mohiyatini tashkil etadi.   
2. Morfema — tilning eng kichik, ma’noli birligi b o’lib boshqa ma’noli 
qismlarga  bo’linmaydi.  U  ma’lum  bir  ma’no  va  vazifaning  ma’lum 
moddiy  ko’rinishi,  shakli  bilan  uzviy  bog ’lanadi.  Yuqorida    ko’rib 
o’tilgan  (suvchi)  so’zi  tarkibidagi  [suv]  va  [-chi]  mana  shunday 
birikmalarga — morfemalarga misol b o’la oladi. 
Morfemalar  lug’aviy  va  qo’shimcha  (yoki  umumlashma),  grammatik -
affiksal  morfemalarga  ajratiladi.  Bunda  [suv]  —  lug’aviy  morfema,  (-
[chi]  esa  qo’shimcha  (umumlashma,  affiksal,  grammatik)  morfema 
sifatida qaraladi. 
Biz 
ikkinchi 
bobda 
lu g’aviy 
morfema, 
so’z 
va 
leksema 
munosabatlariga  alo hida  to’xtalamiz.  Hozircha  «lug’aviy  birlik»  atamasi 
ostida lug’aviy morfemalarni (an’anaviy tub s o’zlarni) nazarda to’tamiz. 
3.  Qolip  (model,  konstruktsiya) -til  birliklarining  o’zaro  birikish  yo’li, 
usuli  va  uning  mahsuli.  Chunonchi:  {[muayyan  ot]+[ -chi]=ko’rsatilgan 
narsa  –  predmet  bilan  mashg’ul  shaxs}.  Bu  qolipdan  ko’rinib  turibdiki,  u 
ikki  qismdan  inorat.  Birinchi  qismda  o’zaro  birikuvchi  til  birliklari 
sanaladi,  ikkinchi  qismda  esa  shu  birikishning -nutqiy  mahsulning 
mohiyati  ko’rsatiladi.  Demak,  qolip  bu  til  birliklarining  o’zaro  birikish 
va nutqiy hosilalar berish yo’lidir. 


 
10 
Qolipning  tarkibiy  qismi  sifatida  unga  nisbatan  kichikroq  qolip  ham 
bo’lishi  mumkin.  Chunonchi,  {[muayyan  ot]+[chi]+[ -lik]}=  kasb-kor 
mavhum oti: (etik→etikchi→etikchilik). 
Shunday  qilib,  til  birliklari  deyilganda,  fonema,  morfema  va  qoliplar -
o’zgarmas birliklar tushuniladi. Ular muayyan moddiy ko’rinishda nutqda 
voqelashadi, namoyon bo’ladi.  
“Munosabatlar”  deganda  bir  butunlikning  tarkibiy  qismlari -birliklari 
orasidagi  o’zaro  aloqalar,  bog’lanishlar  tushiniladi.  Bunday  aloqalar 
turlicha  bo’lishi  mumkin.  Shakl,  ma’no  yoki  vazifa  jihatidan  o’xshashlik 
va  farqlar  til  birliklari  or asidagi  o’zaro  munosabatlar,  aloqalarning  eng 
asosiy  ko’rinishidir.  Masalan,  [yaxshi]  va  [chiroyli]  ikkita   til  birligini 
olayliq  Ular  orasida  juda  ko’p  o’xshash  tomonlar  mavjud.  Qiyoslang:  1) 
har  ikkala  til  birligi  ham  asliy  sifatlar  guruhiga  oid;  2)  har  i kkala  til 
birligi  ham  belgi  tushunchasini  ifodalaydi;  3)  har  ikkala  til  birligi  ham 
ijobiy  belgini  ifoda  etadi;  4)  har  ikkala  til  birligi  ham  bir  shaxsning 
boshqa  bir  shaxs  yoki  narsa -predmetga  bo’lgan  munosabatini,  bahoni, 
anglatadi va b. 
ushbu  o’xshash  tomonlar  bilan  birga  [yaxshi]  va  [chiroyli]  so’zlari 
orasida  farqli  tomonlar  ham  mavjud.  Bular,  asosan,  quyidagilardan 
iborat:  [yaxshi]  ham  tashqi,  ham  ichki  tomonlarga  nisbatan  ijobiy  bahoni 
ifodalay  oladi.  Shuning  uchun  (yaxshi  qiz)  birikmasi  sharoit  tala biga 
(kontekstga)  ko’ra  “yaxshi”,  ya’ni  chiroyli,  kelishgan  qiz”  ma’nosiga 
ham,  “yaxshi,  ya’ni  aqlli,  odobli,  tarbiyali  qiz”  ma’nosiga  ham  ega  bo’la 
oladi;  [chiroyli]  esa  faqat  tashqi  tomonga  nisbatan  ijobiy  bahoni 
ifodalaydi. A. Qahhor: “Chiroyli xotin ya xshimi, xunuk xotin yaxshimi?” 
gapini  tuzganda,  [yaxshi]  va  [chiroyli]  so’zlarining  aynan  mana  shu 
ma’nolariga asoslangan. 
Til  birliklari  orasidagi  farq  kuchayib,  ziddiyat  darajasiga  yetishi  ham 
mumkin.  Qiyoslang:  [oq] ;  [qora] ;  [kun] ;  [tun] .  Til  birliklari  orasidagi 
farqlar  ziddiyat,  qarama-qarshilik  darajasiga  k o’tarilganda  ham  ular 
orasidagi  o’shashliklar  saqlanadi.  Aniqrog’i  ,
 
[oq]  va  [qora]  sifat,  asliy 


 
11 
sifat  ekanligi,  rang -tus  ifodalashi  bilan,  [kun]  va  [tun]  esa  ot  ekanligi, 
vaqt nomini, sutkaning bi r qismini anglatishi bilan  o’xshashdir. 
Sistem  tahlilda  munosabat  tushunchasi  juda  katta  a hamiyatga  ega 
bo’ladi.  Chunki  har  qanday  tizimda  har  bir  birlshshing  mo hiyati  shu 
birlikning  o’zida  emas,  balki  ayni  tizimning  birliklari  orasidagi 
munosabatlar orqali aniqlanadi. 
Masalan, to’rtta to’g’ri chiziqdan yoki gugurt cho’pidan kvadrat (a) va 
tashqi burchakli teng tomonli uchburchak (b) yasaymiz:  
    B                       C                                B
1  
 
a)  
 
 
 
 
 
Man 
   
    A 
 
 
     D  
 
A
1                                    
 C
1                                            
D
1  
 

  ABCD  va            A
1
,B
1
,  C
1
,  D
1
  tarkibidagi  birliklar  (to’g’ri  chiziqlar, 
gugurt  cho’plari)  bir  xil  b o’lishiga  qaramay,  ular  bu  butunliklar  (kvadrat 
va  tashqi  burchakli  uchburchak)  ichida  turli  xil  mohiy atga  egadir.  Chun-
ki  butunliklar  ichidagi  ushbu  birlikl ar  o’zaro  turlicha  munosabatlarda 
bo’ladi. 
Til birliklarida  ham  aynan shunday.  Orttirma nisbat k o’rsatkichlaridan 

Download 1.41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling