Asosiy tushunchalar va tahlil usullari


Download 1.41 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/35
Sana05.01.2022
Hajmi1.41 Mb.
#216532
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35
Bog'liq
sistem tilshunoslik leksikologiya fanidan (2)

B
 
                                             
1
2
B
 
 
 
 
             B
3
                                  urug’li (nasl beruvchi) 
Qoramol, sigir, ho’kiz buqa 
“jinsi aniq” 
[sigir, ho’kiz, buqa] 
Urg’ochi 
erkak 
[sigir] 
[Ho’kiz, buqa] 


 
17 
 
                                                   +[buqa]       
                                                                     
0
[ho’kiz] 
(privativ),  ikkinchi  ziddi yat  esa  teng  qiymatli  (ekvi valent)  dir.  Noto’liq 
ziddiyatlarning  belgilarini  tanlash  tadqiqotchining  ixtiyorida  emas.  Bu 
belgilar  til  birliklarining  mohiyatidan  kelib  chiqishi,  til  hodisalari  bilan 
isbotlanishi  keraq  Masalan,  5-  jadvalning  birinchi  ziddiyatida  «jinsi 
aniq»  belgisini  «jinsi  noaniq»  belgisi  bilan  almashtirish  mumkin  emas. 
Chunki  [sigir],  [ho’kiz],  [buqa]  so’zlari  qatorida  «jinsi  noaniq»  belgisi 
emas,  balki  «jinsi  aniq»  belgisi  anitslashib  boradi.  «Jinsi  noaniq»  belgisi 
tanlanganda  bu  belgi  ikkinchi  qatordagi  «urg’ochi»,  «er kak»  belgilari 
bilan  o’zaro  zid  munosabatga  kirishgan  bo’lar  edi.  Binobarin,  «jinsi 
aniq»,      so’ngra  «erkak»,  «urg’ochi»,  «nasl  beruvchi»  (urug’li)  belgilari 
bir-birini  to’ldiruvchi,  aniqlashtiruvchi  belgilar  hisoblanadi.   Uchinchi 
qatordagi  (belgi)  esa  faqat  «urug’li»  bo’lishi  mumkin.  Shu  qatorga 
«urug’siz» belgisini qo’yish mumkin emas. Chunki o’zbek tilining o’ziga 
xosligi,  ma’no  imkoniyati  shuni  taqozo  qiladi.    O’zbek  tilida    [ho’kiz] 
bichilgan,  urug’  bera  olmaydigan  erkak  qoramolni  ham,  urug’  bera 
oladigan  [buqa]ni  ham  ifodalab  kelaveradi.  [buqa]    esa  bichilgan    
bo’lishi        mumkin  emas.  U  faqat  urug’li  bo’ladi.  Aytilganlarga  ko’ra 
ziddiyat  belgilarini  tanlash  ixtiyoriy  emas,      balki  til      birliklarining 
tabiati  bilan  bog’liq:  Yana  qiyoslang  [tuzuk],    [durust],  [yaxshi], 
[ajoyib];  [chiroyli],  [suluv],  [ko’rkam],  [zebo]  kabi  ijobiy  baho 
ifodalovchi  asliy  sifatlar  qatorini  olib  ko’rayli q  Bu  qator        birliklari 
«ijobiy baho» (B
1
) belgisi bilan birlashadi va «salbiy ba ho» belgisiga ega  
[yomon],    [xunuk],    [badbashara]    so’zlari  qatori  bilan  teng  qimmatli 
ziddiyat hosil qiladi. 
Noto’liq  ziddiyatlarning  til  qurilishida  alohida  mavqega  egaligi 
tadqiqotchilar  tomonidan  qayta-qayta  aytilgan.    Noto’liq  ziddiyatlarning 
til  qurilishida  alohida  o’ringa  egaligi  ularning  dialektik   qurilishida  til 


 
18 
birliklari 
orasidagi 
davomiylikni, 
o’zaro 
bog’lanishni, 
birining 
ikkinchisiga  o’tib  turish  jarayonini  o’zida  aks  ettirishi  bilan  bog’liqdir. 
Agar  biz  teng  qimmatli,  darajali  va  noto’liq  ziddiyat  a’zolarining 
mohiyatini  aylanalar  bilan  chizib  ko’rsatmoqchi  bo’lsak,  bu  holda  teng 
qimmatli  ziddiyatlar  ikkita  yonma -yon,  o’zaro  zid  quyilgan  aylanalar, 
darajali  ziddiyatlar  esa  o’sib  borayotgan        aylanalar,  noto’liq  ziddiyatlar 
esa  bir-biri  bilan  o’zaro  kesishib,  V  umumiy  qismiga  ega  bo’lgan  ikkita 
aylanma sifatida berilishi mumkin.  
A  va  B  aylanalarining  umumiy  qismi  bo’lgan  V—  ham  A,  ham  B  dir. 
Demak,  u  A  ham  emas,  B  ham  emas.  Binobarin,  V  shunday  qismki, 
unda  A  ning  ham,  B  ning  ham  xususiyatlarini  topish  mumkin.  Ushbu 
tarkibiy  qismda  qarama-qarshiliklar  (A  va  B)  o’zaro  birlashib,  bir 
butunlikni  hosil  qiladi.  Ularning  ko’rashi  bir  butunlik  ichida,  bir 
butunlik sifatida namoyon bo’ladi.  
 

Download 1.41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling