Asosiy tushunchalar va tahlil usullari
Download 1.41 Mb. Pdf ko'rish
|
sistem tilshunoslik leksikologiya fanidan (2)
(ber, bir, bor, bo’r, bur) unlilarining nutqiy qurshovi bir xil, ammo
so’zlarning ma’nosi boshqa-boshqa. Shuning uchun bu so’zlardagi unli tovushlar tildagi mustatsil fonemalarning in’ikosi hisoblanadi. (qul, kul) so’zlarida ham (u) tovushlari talaffuzda farqlanadi. AN IQ RO G ’ I , [u] ning qattiq shakli hamisha (q, G ’, X , o va h. k.) tovushlari bilan, yumshoq shakli esa (k, g, e va h. k.) tovushlari bilan yonma-yon kelganda yuzaga chiqadi. Demak, yumshoq (u) va qattiq. (u) bog’liq, belgilangan, noo’xshash qurshovlarda voqelashadi, namoyon bo’ladi. BO RL IQ qurshovlardagina yuzaga chi qadigan nutq birliklari tildagi bir barqaror birlikning nutqiy ko’rinishlaridir. Shuning uchun (qul va kul ) so’zlarida ham bitta birlikning [tor, lablanmagan unli] ikki nut qiy ko’rinishi, voqelashgan. Leksema sememasi va nutqdagi so’z ma’nolari orasidagi munosabatni aniqlashda sistem tahlil yuqorida qayd etilgan barqaror birliklar va nutqiy ko’rinish erkin (o’xshash) va bog’liq (noo’xshash) qurshov tushunchalaridan foydalanadi. Leksema sememasi va uning tarkibidagi semalar, yuqorida ko’rsatganimizdek, leksemalarning o’xshashlik va qo’shnichilik munosabatlari asosida, ma’no, ifoda va vazifa semalarining jami sifatida aniqlanadi. Semema til birligi bo’lgan leksemaning mazmunini tashkil etadi, barqaror birlik sanaladi. U nutqda turlicha ko’rinishlarda namoyon bo’lib, o’ziga, shu matnga, sharoitga xos qo’shimcha ma’no bo’yoqlari, jilvalari, qirralari (ottenkalari) bilan voq elashadi. Chunonchi, [yaxshi] leksema sememasining tarkibi «bel gi»,; «barqaror belgi», «sifat belgi», 62 «baho belgisi», «ijobiy», «umumiy baho», «ichki va tashqi», «me’yorda», «oddiy» (neytral) kabilar sifatida yuqorida qayd etilgan edi. Ushbu aytilganlarni nazarda tutib, [yaxshi] leksemasiga quyidagicha ta’rif berish mumkin: «Umumiy ichki va tashqi xususiyatni, so’zlovchining ijobiy munosabatini, me’yorda deb sanalgan ijobiy shaxsiy bahoni uslubiy bo’yoq jih atidan oddiy sifatida ifodalovchi as liy sifat». Binobarin, ayni semema [yaxshi] leksemasining barq aror, til birligi sifatidagi tomoni sanaladi. Nutqda esa bu mazmun yuzlab ma’no ko’rinishlarida voqelashadi. Masalan, (yaxshi qiz), (yaxshi xo tin), (yaxshi kishi), (yaxshi usta), (yaxshi san’atkor),. (yaxshi o’q ituvchi), (yaxshi bastakor), (yaxshi yozmoq ), (yaxshi yugurmoq) va b. so’z birkimalarida (yaxshi) so’zi o’ziga xos qator ma’nolarga ega bo’ladi. A N IQ R OG ’ I (yaxshi qiz) birikmasida (yaxshi) «chiroyli, kelishgan, odobli, aqlli...» kabi so’zlar bilan, (yaxshi xotin) birik masida esa saranjom-sarishta, matonatli, halol, mehribon» kabi so’zlar bilan ma’nodosh bo’ladi. (yaxshi) so’zining qanday qo’shimcha ma’nolarga ega, uning nutqda qaysi so’z bilan bog’lanib, birikib kelishiga bog’liq (yaxshi) so’zining har bir ma’nosi bog’liq (noo’xshash) qurshovlarda voqelashadi. Shuning uchun bu birikmalarda (yaxshi) sememasi turli nutqiy ko’rinishlarda yuzaga chiqadi, namoyon bo’ladi. Ayni vaqtda ushbu birikmalar orasida qurshov bilan bog’li q bo’lgan ma’no farqlari mavjuddir. (Yaxshi, hozir yetib boraman. Yaxshi. Va’da h am berayin.. gaplarida (yaxshi) so’zi butunlay boshqacha qurshovda, boshqa gap bo’laklaridan ajratilgan holda kelib, (xo’p), (xo’p bo’ladi), (ma’qullayman) kabi, ma’no munosabatlarini ifodalamoqda. Shunga ko’ra [yaxshi) so’zining ushbu qurshovi avvalgi qurshovga mutlaq o’xshamaydi. Demak, bu qurshovda [yaxshi] leksemasi avvalgi, ya’ni yuqorida ko’rsatilgan ijobiy shaxsiy baho sememasini emas, balki boshqa bir sememasini yuzaga chiq argan. Binobarin, [yaxshi] leksemasida kamida ikki semema, ikki xil qurshovda voqelanuvch i mazmun, ma’no ko’rinishlari mavjuddir. 63 Bu holda [yaxshi] ikki sememali bitta leksemami yoki shakldosh (omonim) ikki leksimami degan savol tug’iladi. Ushbu masala an’anaviy tilshunoslikda sistem tilshunoslikka nisbatan chuqurroq va ilmiy jihatdan to’laroq o’rganilgan. Buning sababi shundaki, an’anaviy tilshunoslik ayni sememalar orasidagi tarixiy bog’lanishlarga tayanadi. Sistem tilshnos lik esa sememalar orasidagi tarixiy bog’lanishlarga tayana olmaydi. An’anaviy tilshunoslik ma’no turlari (sememalar) orasidagi bog’lanish zanjiriga taya nadi. Agar ikki semema orasida bog’lanish zanjiri, uzluksizlik, birin -ketinlik, birining ikkinchisidan kelib chiqishi mavjud bo’lsa, bunday sememalar bir leksemadagi ikki va undan ortiq sememalar sifatida talqin etiladi [yaxshi] leksemasining yuqo rida ko’rsatilgan har ikki sememasida ham «ijobiy baho» semasi mavjuddir. Shu asosda bu ikki semema bir leksemaga birlashishi mumkin. Yuqorida aytilgan larga ko’ra sistem tahlil bir sememali va ko’p sememali leksemalarni farqlaydi. Nutqda bir sememali lek sema ham, ko’p sememali leksema ham ko’p ma’noli so’zlar sifatida voqelanishi mumkin. Ya’ni turli qurshovlarda muayyan leksema muayyan sememasini (yoki yagona sememasini) turli ko’rinishlar orqali, ma’no buyoqdorligi orqali na moyon qilishi mumkin. Leksema ko’p sememali bo’lsa, har bir sememaning nutqda voqelanishidagi qurshovi o’ziga xos, erkin bo’l ganligi uchun leksema nutqda, matnda faqat bitta sememasining nutqiy ko’rinishini yuzaga chiqara oladi. [Dona] leksemasini olib ko’raylik. Lug’atda bu leksemaning 6 ma’nosi qayd etilgan. Misollari q uyidagilar: 1) besh dona tuxum; 2) anor donasi; 3) qum donalari; 4) materiya alohida donalar yig’indisidan tuziladi; 5) satranj taxtasidagi dona; 6) cho’p donalari. Bu ma’nolarni osonlikcha ikkita alohida qurshovda yuzaga chiqadigan sememalarga birlashtirish mumkin. Ko’rsatilgan ma’nolardan birinchisi [sanoq son + dona] qolipi orqali voqelashadi. Bu q olipda ( DON A ) alohida ma’noga ega. U [-ta] qo’shimchasiga ma’nodosh: (o’ttiz dona tuxum — o’ttizta tuxum). 64 Ikkinchi qolip esa quyidagicha: [murakkab tuzilishga ega bo’lgan narsa- buyum nomi+dona]. Bu q olipda (dona) 2—6— ma’nolarini yuzaga chiqaradi. U o’zi bog’lanib kelgan so’zning ma’nosiga, atalmishiga MO S ravishda uning tarkibiy qismlarini ifod alab keladi. Shuning uchun (q um donalari) bilan (satranj donalari) kabi so’z birikmalarida (dona) turlicha ma’nolarga ega bo’lsa ham, bu ma’nolar bitta sememaning (murakka b tuzilishga ega bo’lgan muayyan narsa-buyumning) eng kichik tarkibiy qismi yoki turli nutqiy ko’rinishidir. Demak, [dona] leksemasida ka mida ikki sememani ajratish mumkin. 2 —6- ma’nolarning nomustaq illigini, ularning maxsus matnda, borliq qurshovda yuzaga chiqishini q uyidagi tajriba ham osongina isbotlaydi. Demak, (dona) so’zini matndan ajratgan holda, alohida olsak, bu holda yuqorida qayd etilgan ikki mazmunnigina eslaymiz, xolos. «Figura» LMK— satranj bilan aloqador matnda, «zarra» ma’nosi qum va shunga o’xshash narsalar bilan bog’li q matnlarda yuzaga chiqadi, voqelashadi, ya’ni u bir sememamaning turli ko’rinishi bo’ladi. Ko’p sememali leksema o’zining har bir sememasi orqali turlicha leksemalar bilan o’xshashlik va qo’shnichilik munosabatlariga kirishadi. Masalan, [tana] leksemasini olaylik. Lug’atda bu leksemaning to’rtta umumiste’moldagi va bitta ixtisos lashgan ma’no turi beriladi. Misollari quyidagilar: 1) tanasi yo’g’on odam; 2) tanamning jarohati... tuzalar; 3) tanasi boshqa dard bilmas; 4) ... yo’g’on qayrag’ochlar, tanalari Download 1.41 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling