Asosiy tushunchalar va tahlil usullari
Semalarning darajasiga ko’ra turlari
Download 1.41 Mb. Pdf ko'rish
|
sistem tilshunoslik leksikologiya fanidan (2)
Semalarning darajasiga ko’ra turlari. Semema tarkibidagi semalar
darajasiga ko’ra ham tasnif qilinadi. Darajasiga ko’ra semema semalari birlashtiruvchi semalarga (integral semalar) va far qlovchi semalarga (differensial semalarga) ajratiladi. Birlashtiruvchi, semalar deb ikki va undan ortiq leksemalarni bir guruh ga birlashtiruvchi, bir necha sememalar uchun umumiy sanaluvchi semalarga aytiladi. Jumladan, [ota], 56 [ona], [aka], [ona] leksema sememalari uchun 1) qarindosh, 2) qon- qarindosh, 3) bevosita sarindosh, 4) mendan katta kabi birlashtiruvchi, umumiy semalar hisoblanadi. Chunki bu semalar ushbu leksemalarining tarkibida mavjuddir. Far qlovchi semalar deb ikki leksemani (yoki leksemalarning ikki guruhi ni) bir-biridan farqlovchi semalarga aytiladi. Chunonchi [ota] va [ona] leksemalari «erkak» va «ayol» semalariga ko’ra o’zaro farqlanib turadi. Aynan shu semalar [aka] va [opa] leksema sememalarida ham ko’zatiladi. YOK I [ota] va [ona] leksemala ri «I avlod» semasi asosida birlashib, «bir avlod» semasiga ega [aka] va [opa] leksemalari bilan teng qiymatli ziddiyat hosil qiladi. Farqlovchi sema vazifasini nafatsat at ash semalari, balki ifoda va vazifa semalari ham o’tayveradi. Jumladan, [ajoyib] va [ralati], [ajo yib] va [ajib] leksema sememalaridagi «so’zlashuv nutqiga xoslik», «kitobiy nutqqa xoslik» semalari farqlovchi sema vaszifasini bajaradi. Shuni aytish kerakki, semalarni birlashtiruvchi va far qlovchi semalarga ajratish o’ta shartlidir. Chunki ko’p hollarda, ayniqsa, leksemalarning katta guru hlaridan pog’onali usulda kichik, undan va yana ham kichik guruhlar ajratilganda, ayni bir sema kichikroq guruhni kattaroq guruhning boshqa ma’no turlaridan farqlaydi (ya’ni farqlovchi sema vazifasini o’taydi). Ayni vaqtda u ajratilgan guruhdagi leksemalarni o’zaro birlashtiradi. Masalan, [tuzuk] , [durust], [yaxshi] va [ajoyib] kabi leksemalar qatorida 1) «belgi», 2) «barqaror belgi», 3) «sifat belgi», 4) «baholash», 5) «umumiy baho», 6) «ijobiylik» kabi oltita sema umumlashtiruvchi, birlashtiruvchi semalar hisoblanadi. Lekin bu qatorda tom ma’nodagi birlashtiruvchi sema «ijobiylik» semasidir. Chunki «belgi» semasi sifat, qisman ravish va fe’l turkumlarini birlashtirib, ot va sonlardan farqlaydi. “Barqaror belgi» semasi esa sifatlarni fe’llardan ajratadi va ularni alo hida guruhga birlashtiradi. «Sifat belgi» semasi asliy sifatlarni ( -roq qo’shimchasi bilan birika olad igan sifatlarni) sifatning boshq a ma’no turlaridan ajratadi va ularni shu sema asosida birlashgan guru hga kiritadi. «Baholash» semasi shaxsiy baho va munosabatni ifodalovchi sifatlarni 57 (yaxshi, yomon, dono, zukko, sezgir, ahmok.. . .) asliy sifatlarning boshqa turlaridan farqlaydi va alohida guruhga birlashtiradi. «Umumiy baho» semasi shu ma’no xususiyatiga ega bo’lgan baholash sifatlarini [yaxshi], [yomon] bo shqa xususiy baho [dono], [chaqqon], [ahmoq] . . . sifatlaridan ajratadi. «Ijobiylik” semasi esa [yaxshi] qatorini «salbiylik» semasiga ega [yomon] qatoridan ajratadi va bu qatorni alohida guruhga birlashtiradi. Ko’rinib turibdiki, birlashtiruvchi va farqlovchi semalar tushunchasi o’ta nisbiy bo’lib, ayni bir sema bir ji hatdan farqlovchi, ikkinchi jihatdan esa birlashtiruvchi sema vazifasi ni o’taydi (ma’lum bir kichik guruhni birlashtirib, shu guruhni u kiradigan kattaro q guruhning boshqa guruhchalaridan farqlaydi). Shu bo’linishda [tuzuk], [durust], [yaxshi)], [ajoyib] leksik paradigmasida «belgining I, II, III, IV darajasi» semasi farqlovchi sema vazifasini o’taydi. Birlashtiruvchi va farqlovchi semalarning nisbiyligi boshqa bir hodisada ham namoyon bo’ladi. Jumladan, [ota], [ona] leksemalarida «erkak» va «ayol» farqlovchi sema vazifasini o’taydi. Ammo [bobo], [ota], [aka], [tog ’a], [amaki], [o’g’il] leksemalari q atorida «erkak», [buvi], [ona], [opa], [xola], [amma], [q iz] qatorida esa «ayol» semasi birlashtiruvchi sema va zifasini o’taydi. Birlashtiruvchi va farqlovchi semal arning ajratilishi shartli va nisbiy bo’lganligi uchun semema tarkibidagi semalarni joylashtirishda alo hida qoidaga rioya qilinadi. Kattaroq guruhlarni birlashtiruvchi semalar kichikroq guruhlarni farqlovchi va birlashtiruvchi semalardan oldin beriladi. Ulardan keyin mutanosib ziddi1yat hosil qiladigan semalar beriladi. So’ng belgining darajasi semalari va oxirida esa ifoda semalari beriladi. Masalan, [padar] leksema sememasining ma’no tarkibi quyidagicha berilishi mumkin: [padar] =1) predmet; 2) shax s; 3) qarindoshlik; 4) qon-qarindoshlik; 5) bevosita; 6) 1 - avlod; 7) «men» dan katta; 8) erkak; 9) kitobiy; 10) k o’tarinki. Bu sememadagi I—IV semalar maxsus guru hlarni farqlaydi va birlashtiradi. V—VIII semalar qarindoshlik nomlari ichida m utanosib 58 ziddiyatlar hosil qiladi. Ya’ni, ayni shu belgi bir necha ziddiyatda takrorlanadi. Chunonchi, «erkak», «ayol», semasi na faqat [ota] : [ona], balki [bobo] : [buva], [kuyov] : [kelin], [amaki] : [amma] ziddiyatlarida ham, «1-avlod» semasi [ota] : [ona]; [tog ’a] : [amaki]; [xola] : [amma] va [ o’g’il] : [qiz] ziddiyatlarida ham takrorlanadi + . IX, X semalar ifoda semalari sifatida [padar] leksemasini [ota] leksemasidan tom ma’noda farqlaydi. Ular farqlovchi sema vazifasini o’taydi. Leksema sememasini tarkibiy qismlarga, semalar ga ajratib taxlil qilish komponent tahlil usuli deb aytiladi. Bu usul s istem tilshunoslikda til birliklarining ma’no (mazmun) tomonini o’rganishda asosiy hisoblanadi. So’z ma’nosini tarkibiy qismlarga ajratib o’rganish usuli nafaqat leksik ma’noni, balki grammatik, ma’noni o’rganishda ham keng qo’llaniladi. Aniqrog’i, ushbu usul so’z ma’nosini o’rganishda eng qulay usullardan sanaladi. Chunki bu usul sano qli semalar yordamida son-sanoqsiz sememalarning va so’zlarning ma’no tarkibini aniqlash, izohlash va tasvirlash imkonini beradi. Shu ji hatdan u mohiyat e’tiboriga ko’ra moddiy dunyoda D. I. Mendeleev davriy jadva lidagi elementlarni eslatadi. 100 dan orti qroq turlicha elementlarn ing turli usulda birikishi butun moddiy olamni yuzaga keltirganide k, 100—150 semaning birikishi ham tillardagi mikdoran cheksiz lek sema va so’z ma’nolarini tasvirlash imkonini beradi. Shuning uchun ayni tahlil usulining kelajagi ni hoyatda porloqdir. Biz tolibi ilmlarimizga A. M. Ko’znetsovning yakunlovchi asari bilan chuqur tanishib chiqishlarini, komponent ta hlil usulini to’liq o’zlashtirib olishlarini maslahat beramiz. Sememaning xususiyatlari, tushuncha bilan alo qasi, tarkibi kabilar bilan tanishib chiqqanimizdan so’ng sememaga ta’rif b erish imkoniga egamiz. Semema leksemaning ichki, ma’no tomoni bo’lib, leksemaning Download 1.41 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling