Asosiy tushunchalar va tahlil usullari
Download 1.41 Mb. Pdf ko'rish
|
sistem tilshunoslik leksikologiya fanidan (2)
ostin-ustun, olg’a, ilgari, tashqari, yuqori, teskari, ichkari, ushoq, uvoq ,
yom’gir, tangri, quyosh, dengiz, yaylov, qirg’oq, botqoq , eshkak] kabi 39 yuzlab ikki va undan ortiq bo’g’inli turkiy o’zakli so’zlarni uchratamiz. Shu kungi tilimiz nuqtai nazaridan muayyan so’z yasash q olipining hosilasi bo’la olmaydigan bu so’zlarning barchasi tub so’zlar bo’lib, nutqda tayyor leksemalar sifatida voq elashadi. Tarixan esa ular leksema emas, balki nutqiy hosilalar — yasama so’zlar va so’z formalari (shakllari)dir. Soddalanish hozirgi kunda ham davom etayotgan, sodir bo’layotgan hodisadir. Biz hozir [birdan , birga, boshqa, o’zga, bu yoqqa, u yoqqa, qasddan, haqiq atan, tasodifan, aftidan...] kabi til birliklaridagi jo’nalish kelishigi qo’shimchasi [-ga], chiqish kelishigi qo’shimchasi [- dan], ravish yasovchi qo’shimcha [-an]larni ajrata olmaymiz. Bu so’ zlar shu holida soddalashib, tayyor leksemalarga aylangan. Leksemalar paydo bo’lishining yana bir k eng tarqalgan usuli yaxlitlanish (ideomatizatsiya)dir. Yaxlitlanish deb tarixan yasama bo’lgan leksema ma’nosining so’z yasash (yoki forma yasash) qolipi ma’nosidan uzilishiga, uzoqlashishiga, ixtisoslashishiga aytiladi. Masalan, [o’ ynash] leksemasini olib ko’raylik. Birinchidan, bu so’z 9 —[[fe’l] + [ish] harakat nomi] qolipining hosilasi, nutq birligidir: (bolalar ko’chaga o’y nashga chiqishdi] . Lekin boshqa [o’ynash] leksemasi ham mavjud bo’lib, u xususiy ma’noga ega. Bu ma’no ruscha «lyubovnik» (lyubovnitsa) so’zlari orqali beriladi. Ushbu ma’noda [o’ynash] so’zi aloh ida leksema sifatida tilda tayyordir. [o’xshash, qarash, yo’nalish, jo’nalish, q urilish, yigilish, tanish, ko’rinish ...] kabi tarixan 9- qolip hosilasi bo’lmish bu so’zlar ham ixtisoslashgan ma’noga ega bo’lgan, yaxlitlangan va leksemalarga aylangan. Yaxlitlanish natijasida nut q birliklarining til birliklariga — leksemalarga o’tishi kunda sodir bo’ layot'gan faol jarayondir. Leksemalar hosil bo’lishining eng unumli yo’ llaridan biri atamalas hish terminlashish, terminologizatsiya) dir. Nutqiy h osilalarga ma’lum bir so ha nuqtai nazaridan ta’rif berilib, ularning ma ’nosi ixtisoslashsa, bunday hosilalar ham tilning mustaqil leksemalariga, atamalariga (terminlariga) aylanadi. Jumladan, [sing-] fe’li 9- qolip hosilasi 40 (singish) so’ziga biologiya va til shunoslikda muayyan xususiy ma’ nolar yuklatilib, ruscha «assimilyatsiya» (biologiyada ovqatning hazm bo’lishi: tilshunoslikda yonma-yon kelgan tovushlarning o’zaro ta’siri natijasida bir-biriga o’xshab ketishi) ma’nosi berilgan. Bunday xususiy ma’nolarga ko’ra barcha atamalar alohida leksemalarni tashkil etadi. Atamalashishning navbatdagi t o’rini nutq hosilalari (so’z va so’z birikmalari)ning atoqli otlarga o’tishida ko’rish mumkin. Masalan, [Kattatqo’r G ’ ON , Yangiyer, Yangibozor, Eskijo’va, Kattabog’, Itolmas, Bo’riboy ...] kabilar ham mustaqil leksemalar qatoridan o’rin oladi. Leksemalar hosil bo’lishining navbatdagi keng tarqalgan usuli leksemalashishdir. Ta rixan so’z birikmalari (hatto gap) qoliplarining hosilasi bo’lgan so’z birikmalari (gap qismlari) orasidagi sintaktik aloqaning yo’qolishi va bu hosilalarning shakl hamda mazmun butunligi, tayyor, turg’un birliklarga aylanishi leksemalashish deyiladi. Masalan, [boshog’riq, belbog’, ishboshi, QO ’ L QO P , ko’zoynak va h] kabi leksemalar shular jumlasidandir. Biz «leksemalar tarkibi» «o’zak» va «tub so’zlar» tarkibidan ancha kengdir, deb bejiz ayt magan edik berilgan ma’lumotlar bu fikrni to’ldiradi. Leksemalarning turlicha k o’rinishlaridan faqat bittasi an’anaviy tilshunoslikning o’zak va tub so’zlariga tug’ri keladi. Leksemalarning qolgan turlari, ya’ni tarixiy, unumsiz so’ z yasash qoliplarining hosilalari, soddalashgan, yaxlitlashg an, atamalashgan, atoqlilashgan, leksemalashganlari, umuman tarixiy tushuncha bo’lgan o’zak va tub so’zlardan keskin farq qiladi. Ular miqdoran tub so’zlardan bir necha marta orti qdir. Aytilganlardan shunday xulosa qilish mumkinki o’zbek tili leksemalarining tarkibi nutqiy hosilalarning yaxlitlashishi, shakl va mazmun butunligini hosil q ilishi asosida muntazam boyib boradi. Leksemaning xususiyatlari. Leksemani ng eng asosiy xususiyati aytilganidek, tayyorligi, shakl va mazmun ji hatidan butunligi, 41 soddalashgan (yaxlitlashgan , atamalashgan, atoklilashgan va h. leksema mazmunining o’z qismlari mazmunining Y IG ’ IN disidan iborat emasligi va shu sababli leksemalarning tarkibiy qismlarga bo’linmasligidir. Binobarin, leksemalar jamiyatning ba rcha a’zolari uchun tayyo r, umu miy va majburiy hisoblanadi. Jamiyat a’zosi lekse mani yasamaydi, balki uni tayyor holda qabul qiladi. Ayni vaqtda leksemaning xusus iyatlari aytilganlar bilan cheklanib qolmaydi. Leksemalar til birligi si fatida tilga berilgan ta’rifidagi qator boshqa xususiyatlarga ham egadir. Jumladan, leksemalar jamiyat a’zosining ongida bosh qa leksemalar bilan o’xshashlik qatorlarida (paradigmalarda) yashaydi. Ma salan, [kitob] leksemasi, birinchidan, [daftar], [blok not] bilan, ikkinchidan, [oynoma], [ro’ znoma] bilan, uchinchidan, [qissa], [roman] bilan, to’rtinchidan esa, [mu qova], [varaq], [bet], [bob] va h . k. bilan birgalikda o’xshashlik qatorlarida yashaydi. Ana shu munosabat lar asosida turlicha ma’no kashf etadi. Leksemalar jamiyat a’zosining ongida nafaqat o’xshashlik munosabatlarida, balki qo’shnichilik munosabatlarida ham yashaydi. Shuning uchun, jumladan [ki tob] leksemasi, bir tomondan, [o’ qi-], [yoz-] [ol-] kabi, [qiziq], [zerikarli] kabi leksemalari bilan, ikkinchi tomondan, [son qo’shimchalari], [egalik qo’shimchalari], [kelishik qo’shimcha lari] va h. k. kabi morfemalar bilan qo’shnichilik munosabatlarida bo’la oluvchi til birligidir. Grammatik morfemalar ( qo’shimchalar) nafaqat ma’noga, balki, muayyan sintaktik vazifaga ham egaligi sababli lekse- malar til vakilining ongida nutqda bajarishi mumkin bo’ lgan barcha vazifalari bilan ishtirok etadi. Bu o’ xshashlik va QO ’ S HN IC H I L IK munosabatlari, ma’no va vazifa imkoniyatlari nutqda oydinlashadi, aniqlashadi. Qator imkoniyatlardan biri nutq sharoitiga, ko’zlang an maqsadga, ifodalanayotgan fikrga moyl ravishda tanla nadi. Demak, leksemalar til egalari ongida vo qelashgan va voqyelashadigan nutqiy imkoniyatlar Y IG ’ I ND IS I sifatida yashaydi. Ushbu imkoniyatlar til so hibi, nutq muallifiga tanlash imkonini beradi. Lekse malarning ma’nosi, xususiyati leksemalarning muayyan nutq birligidan boyroqligini va 42 cheksiz imkoniyatlarga egaligini ta’minlaydi. Leksema va so’z. Leksema—til birligi, tayyor va turlicha imkoniyatlar majmuasi bo’lsa, so’z uning voqelanishi, ro’yobga chiqishi, aniq shakl, mazmun va vazifa kashf etgan moddiy k o’rinishidir. Har bir lek- sema nuqtda muayyan so’z sifatida namoyon bo’ ladi. Ayni vaqtda so’zlar leksemalarning voqelanishi bilan chek lanmaydi. Tilda mutanosib leksemalarga ega bo’lgan nutqdagi so’zlarga nisbatan unumli sermahsul va kammahsul so’z yasash qoliplarining hosilalari bo’lgan yasama so’zlar miqdori bir necha marta ko’pdir. Bu munosabat leksemalarning o’zak va tub so’zlarga nisbatan miqdor munosabatiga juda ham uxshaydi. Tub so’zlarning umumiyati sifatida tilimizdagi leksemalarga nisbatan unumsiz (tarixiy) so’ z yasash qoliplarining, soddalashish, yaxlitlashish, atamalashish, ato qlilashish mahsuli bo’lgan leksemalar ko’p bo’lganidek, leksemalarning voqelashish shakli sifatidagi so’zlarga nisbatan nutqda unumli so’z yasash qoliplarining hosilasi bo’lgan so’zlar ko’pdir. Nutq iy hosila sifatida so’zga ta’rif berilayotganda mana shularga e’tibor berish za rur. Aytilganlardan kelib chiqib, so’zga quyidagicha ta’rif berish mumkin: Leksemalarning va unumli so’z yasash qoliplarining nutqda voqelashgan, aniq shakl, mazmun va vazifaga ega k o’rinishiga so’z deyiladi. Chunonchi: Download 1.41 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling