Ataiyi, Sakkokiy, Lutfiy g‘azallari asarlari matni ustida ishlash


Download 141.1 Kb.
bet5/10
Sana20.06.2023
Hajmi141.1 Kb.
#1636051
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Atoiy Sakkokiy Lutfiy g\'azallari asarlari matni ustida ishlas. o\'zbek tili tarixi

Atoyi fors-tojik she’riyatining Hofiz, Kamol Xo‘jandiy kabi mashhur g‘azalnavislari tajribalaridan ham puxta xabardor bo‘lgan. Atoyi ijodida o‘zbek shoirlari orasida Lutfiy lirikasining ta’siri seziladi. Uning devonida Lutfiy she’rlariga ergashish, o‘xshatmalar bitish yo‘lida yaratilgan g‘azallar bor.

Atoyi devonidagi g‘azallar g‘oyaviy-tematik jihatdan oshiqona, ma’rifiy, diniy-tasavvufiy mavzularda bitilgan. Shoir she’rlarida Qur’on va hadislar mazmunini singdiradi. Muqaddas manbalardan iqtiboslar keltiradi.Tasavvufdagi may, qadah, mayxona, zulfu xol, qosh, ko‘z, bel, zunnor, sanam kabi istilohlar vositasida murakkab ma’no-mazmunlarni ifodalaydi. U Navoiy tabiri bilan aytganda “majoz tariqi bilan haqiqat asrori” ni kuylagan shoirdir. Uning har bir satridan oshiqligi, darveshligi, dini iymonda sobitligi sezilib turadi.

Dini iymonimdan ayirma, dami oxir meni,

Ey sanamlar zulfini belimga zunnor aylagan.

Atoyining ilohiy ishq, tasavvufga bag‘ishlangan bir necha yaxlit g‘azallari ham mavjud. Jumladan, “Har necha bo‘lsa yorda kirbi anovu martabat”, “Ayoqing tuprog‘i birla qasamkim” satrlari bilan boshlanadigan g‘azallar shoirning tariqatga bo‘lgan munosabatini, irfoniy qarashlarini ifodalshi bilan ahamiyatlidir.

Atoyining ilohiy ishq, tasavvufga bag‘ishlangan bir necha yaxlit g‘azallari ham mavjud. Jumladan, “Har necha bo‘lsa yorda kirbi anovu martabat”, “Ayoqing tuprog‘i birla qasamkim” satrlari bilan boshlanadigan g‘azallar shoirning tariqatga bo‘lgan munosabatini, irfoniy qarashlarini ifodalshi bilan ahamiyatlidir.

Ijtimoiy-siyosiy hayot illatlarini tanqid qilish Atoyi she’riyatida juda kam uchraydi. Lekin ayrim baytlarda “shoh-gado”, “g‘ani-faqir” kabi obrazlar orqali jamiyatdagi ba’zi tengsizliklarga ishora qilib o‘tadi. Ishiq azobi, zamona javri, yor va ag‘yordan jafo-yu g‘ussalar tortgan shoir:

Yo ishq balosi manga, yo javri zamona

Yo yor jafosi manga, yo g‘ussai ag‘yor?

deya norozilik ohangidagi misralar bitadi. Yoki:


Download 141.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling