Ataiyi, Sakkokiy, Lutfiy g‘azallari asarlari matni ustida ishlash


Download 141.1 Kb.
bet9/10
Sana20.06.2023
Hajmi141.1 Kb.
#1636051
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Atoiy Sakkokiy Lutfiy g\'azallari asarlari matni ustida ishlas. o\'zbek tili tarixi

Lutfiy lirikada o‘zicha bo‘lgan o‘zbek va fors-tojik adabiyotidagi gumanistik an’analarni yuqori ko‘taradi. An’anaviy mahbub, may, bahor mavzulari orqali insonga xos fikrlar, hayollarni aytishga intiladi. Inson hayoti, olijanob tuyg‘ular to‘g‘risida o‘z mulohazalarini kuylaydi, o‘rta asrdagi johillik va razolatga qarshi norozilik bildiradi. Lutfiy lirikasining asosiy mundarijasini ana shu ma’noda dunyoviylik tashkil qiladi.

Shoirni kishini o‘z ixtiyoriga qo‘ymaydigan husn: qora qosh bilan o‘ynashgan qiyg‘os so‘zlar, pistani hayratda qoldirgan og‘iz, farishta va parilaridan ortiq yor o‘ziga maftun qiladi.

Shoirni kishini o‘z ixtiyoriga qo‘ymaydigan husn: qora qosh bilan o‘ynashgan qiyg‘os so‘zlar, pistani hayratda qoldirgan og‘iz, farishta va parilaridan ortiq yor o‘ziga maftun qiladi.

Shoir g‘azallarian birida zohidlar tomonidan va’da qilingan u dunyoda yor jamolini a’loroq ko‘radi:

Keldim eshikka, orzum yuzingdurur, ko‘rguz chiqb,

Kelginki, Lutfiy hojati uchmoq emas, diydor erur.

Lutfiyning oddiy insonga xos fikr va xayol, ehtirom va nafrat, shodlik va musibat ohanglarini ifodalab, real dunyo go‘zaliga muhabbat qo‘yishi, shubhasiz, o‘z davridagi hukmron ideologiyaga zid edi. Shu jihatdan quyidagi misralar ham g‘oyat diqqatga sazovordir:

Lutfiy qul kirmas bitiqqa, ko‘p nasixat qilmangiz

Kim, aning devona ko‘ngli ishq farmonidadur.

Shoir qator g‘azallarida o‘z ko‘nglini Ka’baga, yorni esa Isoga o‘xshatadi. Hayot lazzatlaridan bahramand bo‘lishga chaqiradi, zuhdu toat qoidalaridan kuladi.

Shoir qator g‘azallarida o‘z ko‘nglini Ka’baga, yorni esa Isoga o‘xshatadi. Hayot lazzatlaridan bahramand bo‘lishga chaqiradi, zuhdu toat qoidalaridan kuladi.

Lutfiy g‘azal, ruboiy va tuyuqlarida kishining ichki his-tuyg‘ularini, tarki dunyochilikka qarshi hayot zavqini kuylash bilan chegaralanib qolmaydi. Uning lirikasidagi mavzu shoirning hayotga yaqinlashishga qarab kengayib, rivojlanib boradi. Yor, may nomi bilan bog‘langan g‘azal, ruboiy, tuyuqlar tarkibida, parishon ravishda sochilib ketgan va dastlabki qarashda mavhum ko‘ringan misralarda Lutfiy o‘z davrida avj olgan adolatsizlikni, kishilarning normal yashashlariga halaqit berayotgan urush-talashlarini, podshox va uning atrofidagi amaldorlarning johilligi, badohliklarini aks ettirib, ularni fosh etishga harakat qiladi:


Download 141.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling