Ataiyi, Sakkokiy, Lutfiy g‘azallari asarlari matni ustida ishlash


Download 141.1 Kb.
bet8/10
Sana20.06.2023
Hajmi141.1 Kb.
#1636051
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Atoiy Sakkokiy Lutfiy g\'azallari asarlari matni ustida ishlas. o\'zbek tili tarixi

Lutfiy XIV asr oxiri – XV asrning o‘rtalarida yashab ijod qildi. Mavlona Lutfiy o‘z zamondoshlari orasida “malik ul-kalom” (A.Navoiy ta’rifi), “so‘z lutfida yagonai davron” (Xondamir ta’rifi) shoir sifatida shuhrat qozongan. Uning bizgacha yetib kelgan asarlari tarixiy va ilmiy manbalarda Lutfiy taxallusi bilan berilgan. Mavlona Lutfiy turkiy va fors tillarida ijod qildi.

Shoirning ijodi erta boshlanib, umrining so‘nggi kunlarigacha ham ijod bilan mashg‘ul bo‘lgan. Manbalarda xabar berilishicha, shoir “uftad” radifli g‘azalni 99 yoshida – vafot etgan yili yoza boshlagan. Navoiyning aytishicha, Lutfiy bu g‘azalni tugata olmagani uchun, uni davom ettirib tugatishni Abdurahmon Jomiyga vasiyat qilgan. Jumladan, Navoiy “Majolis un-nafois” asarida Lutfiy to‘g‘risida ma’lumot berganda, yuqoridagi she’r haqida ham to‘xtaladi.

Va Mavlononing “Zafarnoma” tarjimasida 10mimh baytdin ortiqroq masnaviysi bor, bayozg‘a yozmog‘on uchun shuhrat tutmadi va lekin forsiyda qasidago‘y ustodlardin ko‘pining mushkul she’rlariga javob aytibtur va yaxshi aytibtur.

Lutfiy ijodi merosi janrlar bo‘yicha quyidagi miqdori tashkil etadi: g‘azallar – 372 ta bo‘lib, 4712 misra; qasidalar – 3 ta bo‘lib, 214 misra; to‘rtlik (tuyuqlar) – 115 ta bo‘lib, 460 misra; fardlar 60 ta bo ‘lib, 120 misra; ayrim baytlar 22 ta bo‘lib, 44 misra.

Lutfiy ijodi merosi janrlar bo‘yicha quyidagi miqdori tashkil etadi: g‘azallar – 372 ta bo‘lib, 4712 misra; qasidalar – 3 ta bo‘lib, 214 misra; to‘rtlik (tuyuqlar) – 115 ta bo‘lib, 460 misra; fardlar 60 ta bo ‘lib, 120 misra; ayrim baytlar 22 ta bo‘lib, 44 misra.

Shoirning lirik she’rlar “Devon”i uning hayotlik davridayoq katta shuhrat qozongan.Lutfiy ijodi faqat g‘azallar bilan cheklanmaydi. U “Gul va Navro‘z”, “Zafarnoma” kabi yirik asarlar ham yaratgan.

Lutfiy “Devon”ining nusxalari ko‘p.Ularning hammasi qo‘lyozma holida bo‘lib, ko‘chirilish e’tibori bilan XIX va XX asr boshlariga to‘g‘ri keladi. Faqat so‘nggi yillardagina Lutfiy “Devon”ining Britaniya muzeyida saqlanayotgan boshqa bir nusxasining fotokopiyasiga ega bo‘lingan. Bu nusxa 1511-yilda ko‘chirilgan va shoir “Devon”ining boshqa nusxalari o‘rtasida eng nodir qo‘lyozmadir.


Download 141.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling