Atomning elementar zarrachalari protonlar, neytronlar, elektronlar
Download 283.86 Kb.
|
ATOM TUZILISHI VA ELEMENTLARNING DAVRIY SISTEMASI
Kvant sonlar
Kvant mexanikasiga ko’ra atomdagi elektronlarning harakati (xususiyati va holati) to’rtta kvant son bilan xarakterlanadi: bosh kvant son – n, orbital – l, magnit - m l, spin kvant son - ms. Bosh kvant son (n) – har bir elektron qavatdagi elektronning umumiy energiyasini belgilaydi va uning yadro dan qanday masofada joylashganini ko’rsatadi. Uning qiymatlari birdan boshlab istalgan butun son bo’lishi mumkin (n=1,2,3…). Bosh kvant son nomeri elementning davr raqamiga va atomdagi elektron qavatlar soniga to’g’ri keladi. Har bir energetik qavatdagi elektronlarning maksimal soni N=2n2 formula (Pauli formulasi) bilan aniqlanadi. Misol. Kadmiy Cd elementi besginchi davrda joylashgan, demak n 5 ga teng. Uning atomida elektronlar beshta energetik pog’onada taqsimlangan. (n = 1, n = 2, n = 3, n = 4, n = 5); beshinchisi tashqi pog’ona hisoblanadi (n = 5). Orbital kvant son (l) – elektron orbitalning shaklini tasvirlaydi. Oddiydan murakkabga tomon orbitallar shakli quyidagicha o’zgaradi; shar, gantel, qo’sh gantel va to’rt parrak. l=0 s- pog’onacha uchun, s –orbital shar shaklida l=1 p- pog’onacha uchun, p –orbital gantelsimOH shaklda l=2 d- pog’onacha uchun, d –orbital murakkab formada l=3 f- pog’onacha uchun, f –orbital juda ham murakkab formada
l ning qiymati 0 dan (n-1) gacha bo’lishi mumkin. Ko’p hollarda l ning qiymati lotin alfavitining kichik harf belgilariga mos bo’ladi: l qiymatlari 0, 1, 2, 3, 4… Harf belgilari s, p, d, f, g… Orbital kvant sonlari bilan bir biridan farq qiladigan elektronlar energiyasi jihatdan ham farq qilinadi. elektronning orbital kvant soni qanchalik katta bo’lsa, uning energiyasi Shunchalik yuqori qiymatga ega bo’ladi. Magnit kvant son (ml) – elektron orbitallarning fazodagi vaziyatini xarakterlaydi. Magnit kvant soni har elektron qavat va bir orbitalga to’g’ri keluvchi energiya holati – energetik yacheykalar sonini bildiradi. Magnit kvant sonning qiymatlari orbital kvant son kattaligi asosida +l va – l oralig’idagi butun sonlardan tashkil topgan, mumkin bo’lgan qiymatlar soni jami bo’lib (2 l +1) qiymatni qabul qilishi mumkin. Masalan l=1 teng bo’lsa, m l=-1, 0, +1 bo’ladi. Magnit kvant son s- uchun nolga, p- uchun -1,0,+1, d- uchun -2,-1,0,+1,+2, f-uchun -3 dan +3 gacha, g-uchun -4 dan +4 gacha va hokazo bo’lishi mumkin. Spin kvant son (ms) – elektronning xususiy mexanik harakat miqdori momentini tavsiflaydi. Uning qiymati +1/2 va –1/2 ga teng bo’lib, elektronlar energetik yacheykalarga joylashganda ularning spinlari yo’nalishini ko’rsatadi. Download 283.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling