Atomning elementar zarrachalari protonlar, neytronlar, elektronlar


Tartib raqami, ionlanish energiyasi va elekromanfiylikni miqdoriy ifodalash


Download 283.86 Kb.
bet6/15
Sana17.02.2023
Hajmi283.86 Kb.
#1205302
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
ATOM TUZILISHI VA ELEMENTLARNING DAVRIY SISTEMASI

Tartib raqami, ionlanish energiyasi va elekromanfiylikni miqdoriy ifodalash.
Element tartib raqami son qiymat bo’yicha neytral atomdagi protonla yoki elektronlar soniga to’g’ri keladi. Shuningdek u yadro zaryadini ham bildiradi. Ingliz olimi Mozli yaratgan qonun (1913 yil) bo’yicha: element roentgen nurlanish spektri chastotasining kvadrat ildizostisi chiziqli funksiya bo’lib, u elememtning davriy sistemadagi tartib raqamiga bog’liqdir.
ν = K(Z – a)2
bunda, ν–rentgen nurlanish chastotasi; Z–element tartib raqami; K va a–doimiyliklar.
1- masala. Quyidagi ma’lumotlarga asoslanib noma’lum elementni tartib raqamini aniqlang: xromning rentgen nurlar (Kα) bilan nurlanishda to’lqin uzunligi λ 2,33∙10-10m, element uchun (Kα) esa bu qiymat 2,80∙10-10m ga teng.
Echish. Mozli qonuniga asosan: ν = K (Z-a)2 dan foydalanamiz. Bunda ν – rentgen nurlanish tebranishlar chastotasi, Z-element tartib raqami, K va a – doimiy sonlar. To’lqin uzunligi va tebranishlar chastotasi quyidagi nisbatda bog’liq: λ = c/ν; ν = c/λ; c/λ = K (Z–a)2; ZCr = 24;

Topilgan K doimiylik qiymatidan foydalanib elementning tartib raqamini aniqlaymiz: (Z-1)2=440; (Z-1)21; Z=22.
Demak noma’lum element tartib raqami 22 ga teng bu titan.
Ionlanish energiyasi – bir mol atomldan cheksiz uzoq masofaga elektronni ajratib olish uchun bajariladigan ish. Cheksiz uzoq masofa deyilganda atomga n isbatan Santimetrning ulushlari o’lchamidagi masofa tuShuniladi. Masalan: bu Erda eI – ionlanish energiyasi.
Ionlanish energiyasini aniqlashni usullaridan biri bu elektron bilan “urish” metodidir. U atomlarni gazda potensiallar farqi ta’sirida energiya olgan elektronlar bilan nurlantirishga asoslangan.
Ionlanish potensiali – erkin elektronga atomdan elektronni siqib chiqarish uchun etarli energiya bilan ta’minlaydigan potensiallar farqininig minimal (eng kam) qiymati. Odatda ionlanish energiyasi ionlansi\h potensialiga teng bo’lib, elementlar atomlari uchun birinchi, ikkinchi, uchunchi…ionlanish potensiali farqlanadi.

Download 283.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling