Atomning elementar zarrachalari protonlar, neytronlar, elektronlar


Download 283.86 Kb.
bet5/15
Sana17.02.2023
Hajmi283.86 Kb.
#1205302
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
ATOM TUZILISHI VA ELEMENTLARNING DAVRIY SISTEMASI

Asosiy davriylik – atom u yoki bu xossasining qaralayotgan guruh(cha) doirasida elementning tartib raqamiga bog’liqli ravishda o’zgarishining umumiy holati. Masalan, asosiy davriylik guruh(cha)larda yuqoridan pastga qarab atomlar orbital radiuslarining umumiy oshishida ifodalanadi.
Ikkilamchi davriylik – Davriy sistama guruh(cha)larida elementlar va ularning birikmalari ko’pgina xossalari element atom massalari ortishi bilan davriy o’zgaradi.
Ichki davriylik – davr ichida elementlar turli xossalarining tartib raqamlariga bog’liqlikning o’ziga xos va qaytariluvchan xusuiyatlarida ko’rinadi. Masalan d lementlar fizik-kimyoviy xossalarini taqqoslaydigan bo’lsak ularda davr ichida ham ikki xil o’zgarish qonuniyati borligini kuzatish mumkin.
Shuni ham ta’kidlash kerakki “asosiy davriylik”, “ikkilamchi davriylik” va “ichki davriylik” umumiy tushunchalar emas va ba’zi maxsus adabiyotlardagina keltiriladi va izohlanadi.
Guruh katta va kichik davr elementlarini o’z ichiga olgan vertikal qator. Guruhlarda elementlarning valent elektronlar soni bir xil bo’lib, u guruh nomeriga tengdir. Guruhlar asosiy (s va p-elementlar) va qo’shimcha (d va f elementlar) guruhlarga bo’linadi. Barcha guruhlarda yadro zaryadi ortib borishi bilan (davr raqami ortishi) metallik xossasi kuchayadi, atom radiusi ortib boradi, ionlanish energiyasi, elektronga moyillik, elektromanfiylik kamayadi.
Asosiy va qo’shimcha guruh elementlari uchun ularning yuqori oksidlari va gidroksidlari (gidratlari) umumiydir. I – III guruhlar (B dan tashqari) elementlari oksid va gidratlari asosli xossaga, IV – VIII guruhlarda kislotali tabiatga ega.

Guruh

I

II

III

IV

V

VI

VII

VIII (inert gaz-lardan tashqari)

Yuqori oksid

E2O

EO

E2O3

EO2

E2O5

EO3

E2O7

EO4

Oksid gidrati

EOH

E(OH)2

E(OH)3

H2EO3

H3EO4

H2EO4

HEO4

H4EO4

Gidridi

EH

EH2

EH3

EH4

EH3

H2E

HE




Asosiy guruhlar elementlari uchun vorododli birikmalari (gidridlari) umumiy formulaga ega. I – III guruh asosiy guruh elementlari qattiq moddalar gidridlar (vorodod oksidlanish darajasi -1), IV - VII guruhlar birikmalari – gazlar, IV guruh elementlari vodorodli birikmalari neytral xossalai, V guruh elementlari birikmalar –asosli tabiatga ega bo’lsa, VI va VII guruhda bu kislotalilikka ega.
Elementning davriy sistemadagi joylashgan o’rniga asoslanib uning asosiy xossalari qo’shni elementlar xossalarining o’rtachasi deb qaralishi mumkin:

 

1 – Mashq. Davriy sistemadagi joylashgan o’rniga asoslanib tartib raqami 34 ga teng bo’lgan kimyoviy elementni tavisflang. Buning uchun quyidagi xususiyat va xossalarini ko’rib chiqing:
1. Davriy sistemadagi joylashuv o’rni (tartib raqami, davri, qatori, guruhi, guruhchasi, atom massasi).
2. Atom tuzislihi (yadro zaryadi; yadro tarkibi – protonlar soni (p11), neytronalr soni (n01) va elektronlar soni (ē); energetik pog’onalar va pog’onachalar soni; elektron konfiguratsiyasi, kvant qobiqchalar, valent elektronlar soni va turiga qarab).
3. Birikmalari (yuqori oksid va gidroksidi, vodorodli) formulalarini va xususiyati.
4. Qo’shni elementlar (davr va guruh bo’yicha) bilan taqqoslanishi.
Echish. Tartib raqami 34 bo’lgan element bu selen (Se). element IV davrda joylashgan bo’lib, atomida 4 energetik pog’ona mavjud. U VI asosu guruhda joylashgan. Uning valent elektronlari 4s va 4p po’gOHachalarda taqsimlangan.
Selenning elektron formulasi (konfiguratsiyasi): 34Se 1s2 2s2 2p6 3s2 3p6 3d10 4s2 4p4
Tashqi elektron qobiq quyidagi kvant qobiqchalar tarzida:
Selen atomi 6 valent elektronga ega, shuning uchun yuqori valentligi 6 ga teng bo’lib, bu huruh raqamiga mos keladi. Selen p – element bo’lib, u metalmas xossani namoyon qiladi. Yuqori oksidi SeO3, uning gidroksidi H2SeO4 va gazsimon vodoroli birikmasi H2Se kislotali tabiatga ega.

Download 283.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling