Atomning elementar zarrachalari protonlar, neytronlar, elektronlar


Orbitallarning to’lib borish tartibi


Download 283.86 Kb.
bet3/15
Sana17.02.2023
Hajmi283.86 Kb.
#1205302
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
ATOM TUZILISHI VA ELEMENTLARNING DAVRIY SISTEMASI

Orbitallarning to’lib borish tartibi
Pauli prinsipi – bir atomda to’rtala kvant sonlari bir xil bo’lgan ikkita elektron bo’la olmaydi. Demak, bir orbitalda parallel spinli ikki elektron mavjud bo’la olmaydi. Har bir orbitalga ikkitadan ortiq elektron joylasha olmaydi. Misol uchun 1s2 uchun 4 ta kvant son qiymatlari quyidagicha;
↑ 1 s 0 +1/2
↓ 1 s 0 –1/2
Hund qoidasi – ayni pog’onachada turgan elektronlar mumkin qadar juftlashmaslikka ya’ni spinlarining yig’indisini mumkin qadar kattalashtirishga (ko’proq joy egallashga) intiladi.


Klechkovskiy qoidalari:
1. Atom orbitallarining elektron bilan to’lib borishida avval (n+l) yig’indining eng kichik qiymatiga mos keladigan orbital avval to’ladi.
2. Agar bir necha orbitallar uchun (n+l) ning qiymati teng bo’lsa, avval n ning kichik kiymatidan boshlab elektron orbitallar elektron bilan to’lib boradi. Shunga asoslanib, elektron orbitallarning energiyalari qiymati quyidagicha bo’ladi:
1s 2s 2p 3s 3p 4s 3d 4p 5s 4d 5p 6s 4f 5d 6p 7s 5f 6d 7p
Bu qatordan ko’rinib turibdiki, n+l qiymati qancha kichik bo’lsa, orbitalning energiyasi Shunchalik kam bo’ladi va yadro ga yaqinroq joylashadi. eng kam energiya tamoyili va Gund qoidasi atomlarning faqat qo’zg’almagan holatlari uchun taalluqlidir. Atomlarning qo’zg’algan holatida elektronlar Pauli tamoyili buzilmassa istalgan orbitalda bo’lishi mumkin. Har qanday element atomida elektronlarning orbitallarda taqsimlanishi va joylashishi shu qator asosida yoziladi. elektron formulani yozish uchun quyidagilarni doimo yodda Saqlash lozim:
Elementning tartib raqamini ya’ni elektronlar sonini, atomdagi elektron qavatlar sonini, energetik pog’onalarda elektronlarning taqsimlanishini energetik yacheykalar soni, unda elektronlarning spinlar bo’yicha taqsimlanishini bilish kerak.


Atomlarning elektron (konfiguratsiyasi) tuzilishi
Kimyoviy element atomida elektronlarning pog’ona va pog’onachalarga taqsimlanishini ifodalanishi atomning elektron tuzilishi (konfigratsiyasi) deyiladi. Asosiy (qo’zalmagan) holatdagi atomda barcha elektronlar minimal entrgiya qoidasiga amal qiladi. Quyidagi tartibda pog’onachalar elektronlari to’lib boradi:

  1. Bosh kvant soni n kichik (minimal);

  2. Pog’ona ichida dastalb s pog’onacha, so’ngra esa p va keyin d (l kichik bo’lsa) to’lib boradi;

  3. To’lib borishda (n+1) qiymati kichik (minimal) bo’lsihi kerak (Klechkovskiy qoidasi);

  4. Hund qoidasiga binoan;

Mashq. Sesiy (Cs) 6 – davrda joylashgan bo’lib, undagi 55 elektron (tartib raqami 55) 6 ta energetik pog’onalar va pog’onachalar bo’yicha taqsimlanadi. Orbitallarning elektronl bilan to’lib borish tartibiga muvofiq quyidagini ifodalaumiz:
55Cs 1s2 2s2 2p6 3s2 3p6 4s2 4p6 4d10 5s2 5p6 5d10 6s1

Download 283.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling