Avtomobil transporti muxandisligi
Download 1.67 Mb. Pdf ko'rish
|
ИНваДА Маъруза матни 2020 21 16.01.21 Имзо
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tezkor kontaktli diagnostik datchiklar.
- Stroboskoplar.
13.2 Diagnostik datchiklar
Ob’ektlarning nazorat qilinadigan miqdorlari (bosim, harorat, chastota, tezlik, yorug‘lik kuchi, kuchlanish, elektr toki va boshqalar)ni o‘lchash, uzatish, saqlash, qayd etish va boshqariladigan jarayonlarga ta’sir etish uchun qulay, lekin kuzatuvchining bevosita hissiyotiga bo‘ysinmaydigan signalga aylantiruvchi moslama datchik deb ataladi. Uning yordamida olingan axborotga o‘lchov asbobiga borish yo‘lida ishlov beriladi, ya’ni signal kuchaytiriladi, unga xalaqit beruvchi shovqinlar yo‘q qilinadi, tahlil etiladi hamda miqdori va fazasi bo‘yicha tozalanadi. Datchiklar quyidagi turlarga bo‘linadi (13.2-rasm): Tezkor kontaktli diagnostik datchiklar. Ular tarkibiga ustiga transport vositasi qo‘yiladigan yoki ularni transport vositasi bosib o‘tadigan hamma stendlardagi datchiklar kiradi. Bu stendlarda ostsillograf shkalali asboblar bilan almashtirilgan. Kontaktsiz diagnostik datchiklar. Ular diagnostika qilinayotgan Ob’ekt bilan mexanik kontaktda emas. Kontakt yorug‘lik nuri, magnit yoki issiqlik maydoni yordamida amalga oshiriladi. Stroboskoplar. Stroboskopik samaradan transport vositasining aylanma yoki to‘g‘ri chiziq bo‘yicha harakatladigan 30 elementidan kam bo‘lmagan hollarda foydalanish mumkin. Transport vositasiga doimiy o‘rnatilgan diagnostik datchiklar. Ular agregat va mexanizmlarga o‘rnatiladi, diagnostikalash jarayonlarini tezlashtiradi va avtomatik diagnostikalash tizimining elementlari bo‘lib xizmat qiladi. O‘rnatilgan datchiklar harorat, bosim, kuchlanish, tormoz suyuqligi, yonilg‘i va moy sathidan tashqari ayrim uzellarning yeyilish darajasi haqida ham axborot beradi. Masalan, dumalash podshipniklaridagi yeyilishlar ularning halqalariga yopishtirilgan tenzodatchiklar yordamida aniqlanadi. Datchiklarga qo‘yiladigan asosiy talablar: - o‘lchovlarning haqqoniyligi (aniqlik, qayta o‘lchash imkoniyati, sezgirligi); - ishonchliligi (buzilishsiz ishlash, chidamlilik, ta’mirlashga moyillik, saqlanuvchanlik); - texnologik ishlarga moyilligi (diagnostika jarayonlarining murakkabligi, ish hajmi, universalligi); - tejamliligi (bahosi, ekspluatatsiya sarflari, qo‘llashdan olinadigan samaradorlik). |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling