13.3 Transport vositalarini texnik diagnostikalash usullari
Transport vositalarini texnik diagnostikalash va diagnostik parametrlarni o‘lchash
usullari ularning fizik mohiyati bilan ifodalanadi. Diagnostik parametrlarning turiga
qarab diagnostikalash usullari uchga bo‘linadi:
I. Ekspluatatsion xususiyatlardan kelib chiquvchi parametrlar bo‘yicha
diagnostikalash
- Tortish-iqtisodiy ko‘rsatkichlari (yetakchi g‘ildiraklardagi tortish kuchi,
quvvati, yonilg‘i sarfi va h.k.). Diagnostikalashning tortish-iqtisodiy (energetik) usullari
tizim va agregatlar ishining samaradorligi, yonilg‘i sarfi, ishlab chiqarilgan energiya,
uni uzatish va isroflari parametrlarini o‘lchashga asoslangan. Ular, shuningdek,
samaradorlik yoki yuklanish-tezlik parametrlari bo‘yicha diagnostikalash usullari
nomlari bilan ham ma’lum. Energetik usullardan transport vositasi ekspluatatsiyasidagi
ish tartibotlari va sharoitlarini imitatsiya qiladigan yuklamali yoki dinamometrik
stendlar yordamida umumiy diagnostikalash uchun foydalaniladi.
-
Tormoz tizimining samaradorligi ko‘rsatkichlari. Transport vositasining
tormozlanishi uning samaradorligi va t ur g‘ unligi b ila n ta vs ifla nad i. Tormoz
tizimini diagnostikalashda transport vositasining g‘ildiraklardagi tormoz kuchi, tormoz
yuritmasining ishga tushish vaqti, tormozlanish yo‘li va boshqa parametrlari aniqlanadi.
-
Yurish xususiyatlari ko‘rsatkichlari (boshqaruvchi g‘ildiraklardagi yon
tomon kuchlari va h.k.).
-
Atrof-muhitga zararli ta’sir ko‘rsatkichlari (ishlatilgan gazlar zaharliligi,
quyuq tutun, shovqin va h.k.). Motorning chiqindi gazlarini har xil moddalar bilan
to‘yinganligi bo‘yicha diagnostikalash usuli nafaqat ichki yonuv dvigateli texnik
holatini baholash, balki transport vositasi ekologik xavfsizligini baholash uchun ham
muhim ahamiyatga ega.
Datchiklar (mexanik, gidravlik,
pezometrik, induksion va h.k.)
Tezkor
kontaktli
Kontaktsiz
Stroboskopik
Tez o‘rnatiladigan va
yechiladigan
Transport vositasi konstruksiayasiga
doimiy o‘rnatilgan
M
ag
n
it
li
O
sm
a
Q
is
q
ic
h
li
R
ez
b
al
i
Nazorat
asboblariga
ulangan
Markaziy
shtepselga
ulangan
13.2-rasm. Transport vositasiga o‘rnatiladigan diagnostic datchik turlari.
85
Do'stlaringiz bilan baham: |