Avtomobil transporti muxandisligi


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet85/108
Sana01.03.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1241772
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   108
Bog'liq
ИНваДА Маъруза матни 2020 21 16.01.21 Имзо

ko‘chma asboblarga – qo‘zg‘almas stendlar majmuidagi hamda texnik xizmat
ko‘rsatish va ta’mirlash maxsus ustaxona va postlaridagi nosozliklarni aniqlovchi
asboblar kiradi;
Texnik diagnostikalash
vositalari
Harakat jarayonida
holat parametrlarini
baholovchi vositalar
Tashqi
Transport vositasiga
doimiy o‘rnatilgan
Transport vositasiga vaqti-
vaqti bilan o‘rnatiladigan
Qo‘zg‘almas
stendlar
Chegaraviy holat
indikatorlari
Holat parametrlarini
baholovchi va esda
saqlovchi vositalar
Ko‘chma
asboblar
Axborotlarni
markazlashtirilgan
holda olish
moslamalari
Axborot va maslahat
beruvchi tizimlar
13.3-rasm. Texnik diagnostikalash vositalarining tasnifi


87
B)
Doimiy o‘rnatilgan texnik diagnostikalash vositalari.
Texnik
diagnostikalashning transport vositasi konstruksiyasi ichiga o‘rnatilgan vositasi yoki
ichiga o‘rnatilgan tekshiruv tizimi transport vositasining tarkibiy qismi bo‘lib
hisoblanadi, transport vositasi, uning tizimi, uzeli konstruksiyasiga kiradi. Texnik
diagnostikalashning tashqi vositalari davriy, odatda, navbatdagi servis xizmati bilan
birga o‘tkaziladigan tekshiruvni ko‘zda tutadi. Boshqa vaqtda transport vositasi texnik
holatini haydovchi nazorat qilib turadi. Transport vositasi texnik holatini, uning uzel va
agregatlaridagi ish jarayonlarini tavsiflaydigan parametrlar to‘g‘risida to‘liq,
haqqoniy va doimiy kelib turadigan axborot bo‘lishi kerak.
Ichiga o‘rnatilgan zamonaviy diagnostikalash vositalari axborotni nazorat qilish,
ishlov berish, saqlash va uzatishni avtomatlashtirishni ta’minlaydi.
Ular transport vositasi bilan birgalikda loyihalanadi va ishlab chiqariladi.
Bunda diagnostikalashning yordamchi ish hajmlari kamayadi (tashqi diagnostika
vositalarini o‘rnatish va yechish, nazorat nuqtasiga ulash), ekspluatatsiyaning real ish
tartibotlarida texnik holat doimiy nazorat ostiga olinadi.
Ichiga o‘rnatilgan diagnostikalash vositalari transport vositalari boshqaruvi
tizimlari bilan chambarchas bog‘liq. Ular axborotni ko‘pincha aynan bir datchiklardan
oladi. Natijalarni ko‘rsatish uchun raqamli va milli asboblardan, nur va tovush
indikatsiyasidan foydalanadi. Ko‘rsatish moslamalarining vazifalariga boshqa
moslamalardan chiqish signallarini qabul qilish, ularni aniqlash, axborotni displeyda,
shkalada, lampa yoki tovush signallarini so‘z buyruqlarida aks ettirish kiradi (13.5-
rasm).

Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling