86
yeyilganlik mahsulotlari to‘yinganligining o‘sishi, ma’lum yo‘l
yurilganidan keyin sodir
bo‘ladigan falokatdan darak beradi.
Birinchi usul bo‘yicha transport vositasining umumiy ishlash qobiliyati va
ekspluatatsion
xususiyatlari baholansa, ikkinchi va uchinchi usullar orqali
nosozliklarning kelib chiqish sabablari aniqlanadi. Shuning
uchun transport vositalari
bo‘yicha, birinchi navbatda, umumiy diagnostika o‘tkaziladi, undan keyin
ularning
texnik holati aniqlanadi.
13.4 Texnik dignostikalash vositalari va ularga qo‘yiladigan talablar
Texnik diagnostikalash vositalari (TDV) diagnostik parametrlarni o‘lchash uchun
mo‘ljallangan texnik stend, moslama va qurilmalardan iborat.
Ular test rejimi beruvchi,
diagnostik parametrlarga ishlov berishni oson qiluvchi yoki to‘g‘ridan to‘g‘ri axborotni
qabul qiluvchi datchiklar, o‘lchov moslamalari va natijalarni
aks ettiruvchi moslamalar
(milli, raqam ko‘rsatuvchi asboblar, ossillograf ekrani va h.k) dan tashkil topgan.
Texnik diagnostikalash
vositalari tashqi, doimiy o‘rnatilgan va transport vositalariga
vaqti-vaqti bilan o‘rnatiladigan bo‘lishi mumkin, ularning tasnifi 13.3-rasmda
keltirilgan.
A)
Tashqi texnik diagnostikalash vositalari tarkibiga qo‘zg‘almas
stendlar va
ko‘chma asboblar kiradi:
qo‘zg‘almas stendlar – asosan maxsus xona ichida poydevor (fundament) ga
o‘rnatilgan bo‘ladi; xona chiqindi gazlarni tashqariga chiqarish va shovqin to‘sish
jihozlari bilan ta’minlanadi (13.4-rasm);
Do'stlaringiz bilan baham: