Avtomobil transporti muxandisligi


 Tormoz tizimini diagnostikalash


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet89/108
Sana01.03.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1241772
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   108
Bog'liq
ИНваДА Маъруза матни 2020 21 16.01.21 Имзо

15.2 Tormoz tizimini diagnostikalash
Statistik ma’lumotlarga qaraganda texnik sabablarga ko‘ra sodir bo‘ladigan
falokatlarning 40–45 foizi transport vositalari tormoz tizimining nosozliklari natijasida
kelib chiqar ekan.
Tormozlanishning samaradorligi tormoz tizimining transport vositasi harakatiga
sun’iy qarshilik ko‘rsatish qobiliyatini tavsiflaydi. Transport vositasi turg‘unligi esa
uning tormozlanish jarayonida me’yoriy yo‘lak (koridor) chegaralarida (
h) qolish
qobiliyatini tavsiflaydi.
Tormoz boshqaruvi texnik holatiga qo‘yiladigan xavfsizlik talablari va nazorat
uslublari Тoshkenт avтomobil yo’llarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi insтiтuтi
“Avtomobil transporti ekspluatatsiyasi” kafedrasi xodimlari tomonidan ishlab chiqilgan
O‘zbekiston davlat standartlari (O‘zDSt 1057:2004 va O‘zDSt 1058:2004) bilan
belgilanadi.
Tormoz tizimi bo‘yicha vujudga keladigan nosozliklar asosan diagnostikalash
orqali aniqlanadi. Tormoz tizimini diagnostikalash jarayoni ekspluatatsiya sharoitlari va
xarakterli nosozliklar ro‘yxati asosida diagnoz oshiriladi, unga tegishli ravishda
diagnostik parametrlar tanlanadi, me’yoriy ko‘rsatkichlar aniqlanadi, diagnostikalash
texnologiyasi ishlab chiqiladi.
Diagnostik parametrlar tormoz tizimining nosozliklari ro‘yxati asosida tuzilgan
tuzilmaviy-sababiy shakllarni tahlil qilish bilan aniqlanadi. Diagnostik-me’yoriy
ko‘rsatkichlar esa, ekspluatatsiya sharoitlaridan qa’ti nazar, tormoz tizimining
buzilmasdan ishlashi, berilgan tormozlanish yo‘li va transport vositasi sekinlashishini
ta’minlashi kerak.
Transport vositalarining tormoz tizimiga quyidagi asosiy ekspluatatsion talablar
qo‘yiladi:
– berilgan tezlikdagi eng qisqa tormozlanish yo‘li;
– tormozning hamma g‘ildiraklarda bir vaqtda ishlashi;
– tormoz tizimi yuritmasining qisqa vaqtda ishga tushishi;
– chap va o‘ng g‘ildiraklardagi tormoz kuchlarining tengligi.
Nosozliklarning kelib chiqishi va tuzilmaviy parametr ko‘rsatkichlariga
asoslangan holda tormoz tizimining diagnostik parametrlarini ikki turga bo‘lish
mumkin: umumiy va elementar diagnostik parametrlar.
Umumiy diagnostik parametrlarga transport vositasining tormozlanish yo‘li va
sekinlashishi, tormoz kuchlari va ularning g‘ildiraklardagi qiymatlari farqi kiradi.
Elementar diagnostik parametrlarga tepkini bosish kuchi, tormoz kuchining
oshishi yoki kamayishi, tormoz mexanizmining ishga tushish vaqti, tormoz kamera
shtogining yo‘li, tepkining erkin yo‘li, kompressorning ish unumdorligi va boshqalar
kiradi.


92
Tormoz tizimining diagnostik parametrlari quyidagi hollarda o‘lchanadi:
– transport vositasining harakati jarayonida;
– transport vositasiga doimiy o‘rnatilgan diagnostik vositalar yordamida;
– qo‘zg‘almas sharoitda – tormoz stendlari yordamida.
Transport vositasi ekspluatatsion xususiyatlarining tormoz tizimi bo‘yicha asosiy
diagnostik parametrlari quyidagilar: S
T
– tormozlanish yo‘li, m; P
T
– tormoz kuchlari,
N; S
s
– sekinlashish yo‘li, m; t
s
– sekinlashish vaqti, sek; j
s
– sekinlashish miqdori,
m
/sek
2
.
Transport vositasi texnik holatini baholashda uning harakat xavfsizligiga bevosita
yoki bilvosita ta’sir etuvchi agregat va mexanizmlar texnik holatini aniqlash asosiy
tadbirlardan hisoblanadi. Transport vositasi tormoz tizimining texnik holati va uning
ishlash samaradorligi GOST 25478-91 bo‘yicha harakatda sinash va stendda sinash
usullari bilan aniqlanadi.

Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling