Avtomobil transporti muxandisligi


Tormozlanish xususiyatlarini diagnostikalash stendlarining tasnifi


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet91/108
Sana01.03.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1241772
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   108
Bog'liq
ИНваДА Маъруза матни 2020 21 16.01.21 Имзо

14.3 Tormozlanish xususiyatlarini diagnostikalash stendlarining tasnifi
Doimiy qo‘zg‘almas sharoitda tormoz tizimini diagnostikalash orqali uning
texnik holati to‘g‘risida to‘liq axborot olinadi (14.1-rasm).
Avtotransport korxonalari va texnik xizmat ko‘rsatish stansiyalarida,
diagnostikalash asosan stendlarda bajariladi. Stend shunday qurilmaki, unda transport
vositasining yo‘ldagi harakati shakllantiriladi (taqlid (imitatsiya) qilinadi).


93
Maydonchali inersion tormoz stendi: Maydonchali inerstion tormoz stendida
(14.2-rasm) transport vositasining tezligi 6–12 km
/soatga yetkazilib, so‘ng
maydonchaning ustida birdan tormoz beriladi va tormozlanish yo‘li aniqlanadi.
Bu stend tormoz tizimining ekspress-diagnostikasida ishlatiladi. Ekspress-
diagnostikalash oldindan belgilangan vaqt ichida parametrlarning cheklangan soni
bo‘yicha o‘tkaziladi.
Tormoz tizimini stendlarda sinash
Maydonchali stendda
Rolik (baraban)li stendda
Energiya mexanizmli
Kuch mexanizmli
14.1-rasm. Tormoz tizimini diagnostikalsh usullari
14.2-rasm. Maydonchali tormoz stendining shartli tasviri
1- maydonchalar; 2- datchik; 3- roliklar; 4- transport vositasi g‘ildiragi;
5- qaytariluvchan prujina.


94
Tormozlanish jarayonida yuzaga keladigan transport vositasining inersiya
kuchlari va shinalar bilan maydoncha orasida paydo bo‘ladigan ishqalanish kuchlari
platformalarning siljishiga olib keladi, u esa datchiklar yordamida qabul qilinadi. Siljish
tormoz kuchiga proporsionaldir. Bunda paydo bo‘ladigan inersiya kuchlari transport
vositasining tormoz kuchlariga to‘g‘ri keladi. Agar tormoz samarasiz bo‘lsa, u holda
transport vositasi g‘ildiragi stend maydoni bo‘yicha aylanib ketaveradi va maydonchalar
siljimaydi. Tormoz samarali bo‘lsa, g‘ildirak maydonda to‘xtaydi, inersiya hamda
ishqalanish kuchlari ta’sirida transport vositasi va u bilan birga maydonchalar oldinga
qarab harakatlanadi. Har bir maydonning siljish miqdorini datchik yordamida o‘lchov
asbobi yozib boradi.
Bunday stendning afzalliklari: tezkorligi; tayyorlanayotganda va ishlatishda kam
metall va energiya sarfi; tormozga umumiy baho berishning qulayligi. Kamchiligi:
g‘ildiraklar bilan maydonchalar orasidagi ilashish koeffitsientining o‘zgarishi sababli
ko‘rsatkichlar past turg‘unlikka ega. Undan tashqari, transport vositasi
tormozlanayotganda maydoncha ustida qiyshiq turib qolishi mumkin. Shuning uchun
bunday stendlar keng qo‘llanmay qolgan.
Yuqoridagi kamchiliklar rolikli (barabanli) stendlarda yo‘q.

Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling